Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Agar oʻqituvchi ertaga xohlaganlar kelib, xohlaganlar kelmasligi mumkin desa, sen maktabga borarmiding?


Download 308.66 Kb.
bet4/52
Sana09.09.2022
Hajmi308.66 Kb.
#803012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
1-4 класс корекцион
Задачник по медицинской генетике, amaliy va tizimli dasturiy taminot , Якуний назорат саволлари 15б 16МТ учун Машина деталларини ишлаб(1), Якуний назорат саволлари 15б 16МТ учун Машина деталларини ишлаб(1), Doc1, Turatov Xurshid 6 top.psixologiya , KORRUPSIYA JAMIYAT INQIROZI, dildor3tema, Sugurta ishi uq kirill 5a3ce, Sugurta ishi uq kirill 5a3ce, algo lab-5, world, assessment handbook, Kt va telekomunikatsiya O'rolov Abdulvoris, Kt va telekomunikatsiya O'rolov Abdulvoris
3. Agar oʻqituvchi ertaga xohlaganlar kelib, xohlaganlar kelmasligi mumkin desa, sen maktabga borarmiding?

  • bilmadim

  • uyda qolardim

  • maktabga borardim

4. Biror bir dars boʻlmasligi senga yoqadimi?

  • yoqmaydi

  • ba’zida yoqadi, ba’zida yoqmaydi

  • yoqadi

5. Uy vazifalaring yoʻq boʻlishini xohlarmiding?

  • xohlardim

  • xohlamasdim

  • bilmadim

6. Maktabda faqat tanaffus boʻlishini xohlarmiding?

  • bilmadim

  • xohlamasdim

  • xohlardim

7. Sen ota – onangga maktab hakida koʻp gapirib berasanmi?

  • koʻp gapirib beraman

  • kam gapirib beraman

  • umuman gapirib bermayman.

8. Oʻqituvching oʻrniga boshqa mehribonroq oʻqituvchi kelishini xohlarmiding?

  • bilmadim

  • xohlardim

  • xohlamasdim

9. Sinfda oʻrtoqlaring koʻpmi?

  • kam

  • koʻp

  • umuman yoʻq

10. Senga sinfdoshlaring yoqadimi?

  • yoqadi

  • unchalik yoqmaydi

  • yoqmaydi.



Eslatma: mazkur anketa individual tarzda hamda guruhda qoʻllanilishi mumkin.
Natijalarni qayta ishlash uchun quyidagi kalitdan foydalaniladi.



Savollar

1-javob uchun ball

2-javob uchun ball

3-javob uchun ball

1

1

3

0

2

0

1

3

3

1

0

3

4

3

1

0

5

0

3

1

6

1

3

0

7

3

1

0

8

1

0

3

9

1

3

0

10

3

1

0



Natijalarni baholash:
1. 25 – 30 ball. Oʻquv motivatsiyasi yuqori. Bunday bolalar oʻzining bilish motivi kuchli ekanligi, barcha topshiriqlarni yaxshi bajarishga intilish bilan ajralib turadi.
2. 20 – 24 ball. Oʻquv motivatsiyasi oʻrtacha. Bunday oʻquvchilar guruhi oʻquv faoliyatini ancha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bolalardan tashkil topadi.
3. 15 – 19 ball. Maktabga munosabat ijobiy, ammo bolani koʻproq oʻqish bilan bogʻliq boʻlmagan tomonlar qiziqtiradi. Bunday oʻquvchilar maktabda oʻzlarini yaxshi his etadilar, biroq maktabga asosan oʻrtoqlar, oʻqituvchilar bilan suhbatlashish, chiroyli oʻquv qurollariga ega boʻlish uchun boradilar.
4. 10 – 14 ball. Oʻquv motivatsiyasi past. Bunday bolalar maktabga borishni xohlamaydilar, darslarda bekorchi narsalar bilan shugʻullanib, oʻynab oʻtiradilar.
5. 10 balldan past. Maktabga nisbatan salbiy munosabat, moslashmaganlik mavjud. Bunday oʻquvchilar oʻquv faoliyatini bajarishga qiynaladilar, tengdoshlari va oʻqituvchilar bilan boʻlgan munosabatda muammolarga duch keladilar, ularda ayrim hollarda nerv – psixik salomatlikning buzilishi kuzatiladi.
Eslatma: Anketani ikki usulda qoʻllash mumkin.
1 – usul. Savollar eksperementator tomonidan oʻqib eshittiriladi va javob variantlari taqdim etiladi, bolalar oʻzi tanlagan javobni yozib qoʻyadi.
2 – usul. Savollar har bir bolaga alohida – alohida yozma koʻrinishda tarqatiladi, bolalar tegishli javoblarni belgilaydilar.
(Metodika manbasi: Ratanova T.A., Shlyaxta N.F. Psixodiagnosticheskie metodы izucheniya lichnosti: Uchebnoe posobie. – Pererabotannoe i dopolnennoe izdanie posobiya: T.A.Ratanova, L.I. Zolotareva, N.F.Shlyaxta «Metodы izucheniya i psixodiagnostika lichnosti» - M.: Moskovskiy psixologo – sotsialьnыy institut: Flinta, 1998. 60 – 64 betlar.)
Oila rasmi” testi.
Oila bola koʻzi bilan
Pedagoglar va psixologlar oila muammolarini, uning an’ana va udumlarini, bola shaxsining shakllanishida oilaning ta’sirini oʻrganishda juda koʻp ishlar qilmoqdalar.
Bola ota–onaning faqatgina tarbiyaviy ta’sir etish mahsuli emas. U oʻz oilasini oʻzicha tushunadi va qabul qiladi. Oiladagi oʻz oʻrnini oʻzaro aloqada belgilaydi va oilada oʻzini oʻzicha anglaydi. Bolalar roʻy berayotgan hodisalarga kattalarga nisbatan boshqacha baho beradilar. Biz qachonki atrofimizdagi olamni bola koʻzi bilan koʻrishga oʻrganib olganimizdan soʻnggina, ularni toʻgʻri tushunamiz, hayajonlariga, qaygʻulariga yordam bera olamiz.
Eston psixologi G.Xementaskas tomonidan ishlab chiqilgan mashxur “Oila rasmi” testi kattalarga dunyoni bola koʻzi bilan koʻrishga yordam beruvchi vositadir. Bu test bolaning oʻz oilasiga bergan shaxsiy bahosi haqida, oila a’zolari bilan boʻlgan munosabatlari, bola nimalarni idrok qila olmasligi, nimalarni kuchli xayajon bilan his qilishi haqida tushuncha beradi. Nimalar bolani ongsiz ravishda xavotirga solsa, xuddi shu narsalar bolalarning rasmlarida ifodalanadi.
Oila rasmi bola shaxsining psixologik portretidir. Bu testni 3 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin. Psixologlar bu testdan bolaning oiladagi “Men”ini oʻrganish maqsadida foydalanadilar. Bu testni oʻtkazish pedagogik va psixologik amaliyotda qulay va ommabop. Bu testni oʻqituvchilar, maktab psixologlari va ota – onalar oʻtkazishlari mumkin.

Download 308.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling