O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi xorazm viloyat xalq ta`limi boshqarmasi xiva tumani xalq ta`limi muassasalarini metodik ta`minlash va tashkil


Download 1.09 Mb.
bet2/5
Sana24.02.2020
Hajmi1.09 Mb.
1   2   3   4   5

2014-2015 O`QUV YILI

8-sinf uchun “Operatsion sistemani tashkil etuvchi



dasturlar va qobiq-dasturlar” mavzusidagi dars ishlanmasi

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

Mavzu

Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar va qobiq-dasturlar

Maqsad va vazifalar

Darsning maqsadi: o‘quvchilarni operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar, ichki va tashqi buyruqlar, qobiq-dastur, grafik muhit, yagona dasturiy interfeys, yagona apparatli-dasturiy interfeys tushunchalari bilan tanishtirish.

Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga operatsion sistemaning asosiy vazifalari, ma’lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi, operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish moduli, amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni tahlil qilish moduli, buyruq protsessori, operatsion sistema utilitlari, operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari, qobiq-dastur imkoniyatlari haqida bilim berish.

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o‘quvchilarni yangi bilimlar egallashga va uning ahamiyatini tahlil qilishga yo‘naltirish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterlarday foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish va kerakli ma’lumotlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish.

O‘quv jarayonining mazmuni

Operatsion sistemaning asosiy vazifalari. Ma’lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi (BIOS). Operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur (Boot Record). Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish moduli (IO.SYS). Amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni tahlil qilish moduli (MSDOS.SYS). Buyruq protsessori (COMMAND.COM). Operatsion sistema utilitlari. Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari. Qobiq-dastur va uning imkoniyatlari.

Asosiy tushunchalar

Ichki buyruqlar, tashqi buyruqlar, qobiq-dastur, grafik qobiq, grafik muhit, ko‘pvazifalilik, yagona dasturiy interfeys, yagona apparatli-dasturiy interfeys.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Aralash.

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.

Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.

Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O‘quvchilar operatsion sistemaning asosiy vazifalari, ma’lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi, operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish moduli, amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni tahlil qilish moduli, buyruq protsessori, operatsion sistema utilitlari, operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari, qobiq-dastur va uning imkoniyatlari haqida bilimga ega bo‘ladilar.

O‘quvchilarda shakillantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar

Elektron vositalarda axborotni yig‘ish, qayta ishlash kompetensiyasi: Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlarni ajrata bilish, vazifasini va ishlash prinsipini tushunish. Operatsuon sistema va uning vazifalarini bilish orqali mustaqil ish faoliyatida qo‘llay olish.

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O‘qituvchi o‘z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosuda keyingi darslariga o‘zgarishlar kiritadi va rejalashtiradi.

 DARSNING BLOK-CHIZMASI




Dars bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qism

3  minut




2

O‘tilganlarni takrorlash

7 minut

SJ, K, BST

3

Yangi mavzu ustida ishlash

17 minut

M, AH

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

SJ, K, BST

5

Uyga vazifa

3 minut





O‘TILGANLARNI QISQACHA TAKRORLASH QUYIDAGICHA AMALGA OSHIRISH MUMKIN.

1.Avvalgi mavzudagi materiallar asosida.

2.Avvalgi mavzular va qo‘shimcha testlar.
MAVZUNI YORITISH:

O‘quvchilarga operatsion sistema tarkibi, operatsion sistema o‘zagi haqidagi ma’lumotlar, o‘zakning eng asosiy vazifasi haqida so‘zlab beriladi.

O‘quvchilarga insonning ertalab uyg‘onishi va o‘qish yoki ishga tayyorlanish jarayoni qanday kechishini operatsion sistemani ishga tushishi bilan taqqoslab berilishi qiziqarli bo‘ladi.

Operatsion sistemaning ichki va tashqi dasturlari haqida gapirganda tashqi buyruqlarni o‘yin dasturlari misolida yoritish mumkin.



Qobiq-dasturlar haqida so‘z borganda birinchi operatsion sistemalar bilan muloqot asosan matn ko‘rinishida hamda buyruqlar asosida kechganligi gapirib o‘tiladi. Foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi munosabatni operatsion sistema ta’minlaydi. Operatsion sistemaning interfeysi qancha qulay bo‘lsa, foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi uchun yengil bo‘ladi. Shu maqsadda operatsion sistemaning qobiq dasturlari yaratildi. Bunday qobiq dasturlardan biri Norton Commander (NC) dasturi bo‘lib u MS DOS operatsion sistemasi buyruqlari bazasida ishlaydi. Norton Commander qobiq dasturi Piter Norton Computing firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Dunyoda ko‘plab firmalar tomonidan bunday qobiq dasturlar ishlab chiqarilgandir. Masalan QDOS, Path Minder, Xtree, Pic Commander, Victoria, hattoki MicroSoft firmasi raqobat tarzida o‘zining dastur qobig‘i Shell 4.0 va 5.0 versiyalarini yaratdi. Biroq bu qobiq dasturlar Norton Commander o‘rnini bosa olmadi.

Norton Commander foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida yana shu buyruqlardan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, ularni takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini beradi.

O‘quvchilar bu dasturning ishlash jarayoni bilan tanishtirilmaydi, chunki hozirgi zamonaviy kompyuterlarda boshqa dasturlar qo‘llanila boshlangan.

Mavzu yakunida O‘zbekistonda ham operatsion sistema ishlab chiqish ustida ish olib borilganligi va birinchi o‘zbek tilidagi DOPPIX operatsion sistemasi tajribadan o‘tayotgani haqida ma’lumotlar beriladi.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH VA YAKUNLASH:

Darslikdagi yoki qo‘shimcha savol va topshiriqlar.

Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar.
TESTLARDAN NAMUNALAR:

1. Operatsion sistema buyruqlarini aniqlang.

A) Kalkulyator B) Word D) ichki E) barchasi



2. Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlarni aniqlang.

A) Uzbekdo B) Word D) Msdos.sys E) barchasi


3. Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlarni aniqlang.

A) Word B) Io.sys D) Tenglama E) barchasi


4. Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlarni aniqlang.

A) Uzbekdo B) Word D) Boot record E) barchasi


5. Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlarni aniqlang.

A) Tenglama B) Word D) Command.com E) barchasi


6. Operatsion sistema buyruqlarini aniqlang.

A) Kalkulyator B) Word D) tashqi E) A va B


7. Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlarni aniqlang.

A) Io.sys B) Word D) Boot record E) A va D


8. Operatsion sistemalar keltirilgan javoblarni aniqlang.

A) Dos B) Unix D) Word E) A va B


9. Operatsion sistemalar keltirilgan javoblarni aniqlang.

A) Windows XP B) Paint D) Kalkulyator E) A va B


10. Operatsion sistemalar keltirilgan javoblarni aniqlang.

A) Windows 95 B) Word D) Windows 96 E) A va D


11. Operatsion sistemalar keltirilgan javoblarni aniqlang.

A) Linux B) Kalkulyator D) Windows 99 E) A va D


12. Operatsion sistema boshqaruvida ishlaydigan va u bilan ishlashga ko‘maklashadigan dasturlar … deb ataladi.

A) o‘yinlar B) qobiq-dasturlar D) kalkulyator E) B va D


13. Qobiq-dasturlarga misol keltirilgan javobni aniqlang.

A) Kalkulyator B) Word D) Norton Commander E) A va D


14. Birinchi qobiq-dasturlar misol keltirilgan javobni aniqlang.

A) Kalkulyator B) Word D) Norton Commander E)Windows Commander


15. Qobiq-dasturlarga misol keltirilgan javobni aniqlang.

A) Total Commander B) Word D) Norton Commander E) A va D


UYGA VAZIFA:

1. Test tuzish (10 ta va undan ortiq).



2. Internet tarmog‘idan MAC operatsion sistemasi haqida ma’lumot olish.

Группа 31


Группа 31



D A R S N I N G M A Q S A D I :
Darsning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga axborotning ko‘rinishlari, xususiyatlari haqida ma’lumotbe­rish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarga olinayotgan axborotning insonning bilim va ma’naviy boyliklarining yuksalishiga ta’sirini tushuntirish hamda teran fikrlashga yordam berishini ochib berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning axborot va bilim haqidagi tasavvurini kengaytirish.

Asosiy tushunchalar:

Axborot, borliq, inson ongi, bilim.



Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika darsligi va plakatlar tayyorlab qo‘yiladi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.



Darsda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslub: aqliy hujum, to‘rli usul, klaster, noma’lum halqa,hamma hammaga o‘rgatadi.

O‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi, kommunikativ kompetensiya.
MAVZUNI YORITISH:
Dars nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, undagi tushuncha va ma’lumotlarni o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan hayotiy misollar yordamida izohlash mumkin.

Axborotning ko‘rinishlarini misollar yordamida izohlash maqsadga muvofiqdir:



  • matn: alifbo harflari, raqamlar, tinish belgilari, xat, konspekt hikoya va ertaklar, darslikdagi mavzular va boshqalar yozuv ko‘rinishida ifodalanadi, kompyuterda esa Bloknot, Word dasturlari yordamida tayyorlangan fayllar – ko‘rish sezgisi yordamida ularni o‘qib, mulohaza yuritib axborot olamiz;




1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling