rasm, chizma yoki fotografiya: rasm darsida chizilgan rasmlar, chizmachilikdagi chizmalar, boshlang‘ich sinfda tabiatni kuzatib oylik ob-havo haqidagi jadvallardagi rasmlar, maktab evkuatsiya exemasi, o‘quvchining maktabdan uyga va aksincha xarakat sxemasi, o‘quvchining fotografiyasi, maktabdagi do‘stlari, oila a’zolari yoki tabiat qo‘ynidagi esdalik fotografiyalari, darslikdagi rasmlar va fotografiyalar, buyuk rassomlarning asarlari, allomalarning rasm yoki fotografiyalari, kompyuterda esa Paint dasturi yordamida tayyorlangan fayllar – ko‘rish sezgisi yordamida ularni kuzatib, mulohaza yuritib axborot olamiz;
nur yoki ovoz signallari: quyosh nurining yoritishi va issiqlik tashishi, oyning yerni yoritishi sabablari, o‘yinchoq lazer qurilmalari, lampochkalarning xira yoki kuchli yoritishi, elektr isitish asboblaridan chiqayotgan yorug’lik, biror narsaning yondirilgandagi yoritish xususiyati, insonning gapirganda yoki ta’sirlangandagi tovushi, avtomashina signali, bargning shamoldagi yoki suvning oqishidagi shildirashi, maktab qo‘ng’irog’i, hayvonlar ovozi, nay, nog’ora g‘ijjak, pianino, skripka chiqaradigan tovushlar, kompyuterda esa Windows Media yoki Light Alloy dasturi yordamida ochiladigan fayllar – ko‘rish va eshitish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;
Do'stlaringiz bilan baham: |