O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi xorazm viloyat xalq ta`limi boshqarmasi xiva tumani xalq ta`limi muassasalarini metodik ta`minlash va tashkil


Download 1.09 Mb.
bet4/5
Sana24.02.2020
Hajmi1.09 Mb.
1   2   3   4   5

radioto‘lqinlar: nurning, issiqlik yoki tovushning to‘lqin xususiyatiga egaligi, televizor, radio yoki telefon signallarining radioto’lqin ekanligi – teri-badan, ko‘rish va eshitish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;

  • elektr va nerv impulslari: qorni ochqaganligini, biror yeri og‘riyotganini, stulning qattiq yoki yumshoqligini, stolning silliq va sovuqligini, biror yeri qizib ketayotgani, achishayotgani yoki kuyayotganini – teri-badan sezgisi yordamida inson ongiga ta’sir etayotgan elektr va nerv impulslari orqali ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot oladi;

  • magnit yozuvlari: video yoki audio kassetalardagi, kompyuterning tashqi xotirasidagi (disket, vinchester) yozuvlar – turli qurilmalar (video yoki audio magnitofon, kompyuter va hokazo) yordamida ko‘rish va eshitish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;

  • mimika: turli imo-ishoralar yoki harakatlar (ko‘rsatkich barmoqni lab ustiga bosish – jim bo‘lish ishorasi, ko‘rsatkich barmoqni boshga tegizib aylantirish – nodon ekanligiga ishora, boshqa barmoqlarni bukib bosh barmoqni yuqoriga ko‘tarish – maqtov belgisi, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish – hurmat yoki ijro etishga tayyorgarlik belgisi va hokazo), teatrlashtirlgan harakatlar – ko‘rish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;

  • hid va ta’m: gullar isi, atir va boshqa pardoz ashyolarning isi, tutun, gaz, terlash natijasi, bo‘yoq, taom hidi, yer, bog’, o‘tloqlar va hokazo hidi, shirin, achchiq, nordon ta’m, taomlar, pishiriqlar, shirinliklarning o‘ziga ta’mi – hid va ta’m bilish sezgilari yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;



    • organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar – o‘g‘il yoki qiz farzandning tug‘ilishi, farzandlarning ota-ona, buva-buvi va ulardan avvalgi ajdodlarining belgi va xususiyatlari, fe’lini o‘zida saqlashi, ularga o‘xshashligi – ko‘rish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz.

    Shu o‘rinda axborot olishda inson sezgi a’zolarining ahamiyati, inson ongining imkoniyatlari haqidagi alloma Forobiy fikrlariga urg’u berish o‘tish maqsadga muvofiqdir.

    Axborotdan hayotiy faoliyatimizda foydalana olishimiz uchun asosiy uchta xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini darslikdagi va yuqoridagi kabi misollar yordamida asoslab berilishi maqsadga muvofiqdir.

    O‘quvchilar tomonidan turli rasm, narsa yoki jarayonlarni tavsiflab berilishi orqali axborot va bilishning mohiyatini ular ongiga singdirish mumkin. 7-sinf Darsligidagi topshiriq va mashqlar shu maqsadda berilgan.
    Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

    Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar va topshiriqlarbilan murojaat qilish, turli rasm, jarayonlarni izohlashni topshirish yoki test vazifalarini berish mumkin.

    7-sinf Darsligidagi 1, 2, 4 – mashqlarni bajarish.
    Uyga vazifa:

    7-sinf Darsligidagi 3 – mashqlar, 2 ta test yoki 1 ta krossvord tuzish.


    Ba’zi mashqlarning yechimlari:

    4-mashq: 8 ning 2 ulushi; teng tomonli uchburchak; o‘quvchilarning o‘zlashtirish diagrammasi.
    Qo‘shimcha savol va topshiriqlar

    1. BГруппа 26erilgan gaplarda axborotning qaysi xususiyatlari hisobga olinmagan?

        1. Dam olish kuni basseynda suzishga boramiz. (to‘liqlik)

        2. Bitiruv imtihonidan 7 sinf o‘quvchilari faqat a’lo baho oldi. (ishonchlilik)




    1. Quyidagi sifatlarga ega axborotga misollar keltiring:



    a) ishonchli yoki ishonchli bo‘lmagan

    b) to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan

    d) qimmatli yoki qimmatli bo‘lmagan

    e) tushunarli yoki tushunarli bo‘lmagan

    5-sinf uchunKompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalarimavzusidagi dars ishlanmasi.


    DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI


    Mavzu

    Kompyuter.

    Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari

    Maqsad

    va vazifalar

    Maqsad: O‘quvchilarga kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari haqida tushuncha berish.

    Ta’limiy vazifasi: O‘quvchilarga shaxsiy kompyuterning tashkil etilishi, protsessor, asosiy plata, disk yurituvchi, ma’lumotlarni saqlash vositalari, vinchester, kompyuterning ba’zi qo‘shimcha qurilmalari, kompyuterni ishga tushirish haqida ma’lumot berish.

    Tarbiyaviy vazifasi:Kompyuter qurilmalarini ehtiyot qilish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan tartibda ishlatish.

    Rivojlantiruvchi vazifasi:Kompyuterda ishlash malakalarini rivohlantirish. Fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish.

    O‘quv jarayonining mazmuni



    Asosiy tushunchalar: Monitor, sistema bloki, klaviatura, tashqi xotira, disket, kompakt disk, vinchester, CD-ROM, disk yuritgich, sichqoncha, printer, karnay, quloqchin, kontekst-menyu.

    Informatika darsligi. Informatikadan 5–sinf uchun elektron dars ishlanma va mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Mavzuga oid taqdimot slayd tayyorlanadi.



    O‘quv jarayonini

    amalga oshirish

    texnologiyasi


    Dars turi:Induktiv (oddiy misollardan umumiy xulosalarga olib keluvchi)

    Uslub: Sinf bilan ishlash, guruh bilan ishlash

    Usul:Baxs – munozara, aqliy hujum

    Vosita:Shaxsiy kompyuterningqurilmalari tasvirlangan rasm, sxema, matn, jadvallar,plakatlar, o‘quvchilar bilimini baholash uchun savollar ketma-ketligi hamda tarqatma materiallar, kartochkalar.

    Nazorat:og‘zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish

    Baholash:Rag‘batlantirish, yangi amalga kiritilgan reyting tizimi asosida baholash.

    O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar

    Elektron vositalarda axborotni yig‘ish, qayta ishlash kompetensiyasi: Kompyuterning asosiy va ba’zi qo‘shimcha qurilmalari va ularning vazifalarini bilish.

    Kommunikativ kompetensiya.



    Kutiladigan natijalar


    O‘qituvchi:Belgilangan vaqt ichida kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari, kompyuterni ishga tushirish, uning tuzilishi haqidagi tushunchalar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga erishiladi. Dars jarayonida o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini o‘quvchilarning o‘z hayotida qo‘llay olish malakalari shakllantiriladi. O‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.

    O‘quvchi:Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari, kompyuterni ishga tushirish, uning tuzilishi haqidagi tushunchalaro‘zlashtiradi. Kompyuterni ishga tushirish, o‘chirish, kompyuterda ishlash malakalariga ega bo‘ladi. Kompyuter qurilmalarining vazifalari haqida bilim oladi va ushbu olgan bilimlarini amaliyotda kompyuterda ishlash jarayonida qo‘llay oladi.



    DARSNING TASHKILIY QISMI :

    1. o‘quvchilarning darsga tayyorligi;

    2. sinf xonasi, kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi;

    3. davomatni aniqlash;


    MAVZUNI YORITISH:

    Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.

    O‘quvchilarga zamonaviy shaxsiy kompyuterning tashkil etilishi haqida ma’lumot 5-sinfdarsliklarida o‘quvchi yoshiga mos holda bayon qilingan. Monitor, sistema bloki, klaviatura amalda ko‘rsatib beriladi. Ularni o‘quvchilar o‘z kompyuterlarida amalda ko‘rishadi.
    Kompyuter nima va u qanday tuzilishga ega?

    Kompyuter (ingl.Computer  «hisoblovchi»)  dastur bilan boshqariladigan axborotlarni qayta ishlovchi elektron qurilmaga aytiladi. Hisoblashlar yordamida kompyuter ma’lumotni ma’lum bir algoritm asosida qayta ishlaydi. Kompyuter yordamida hisoblashlarni amalga oshirish – ketma-ket amallarni bajarish demakdir.

    Kompyuter bajaradigan ishiga qarab bir necha turlarga bo‘linadi: shaxsiy kompyuterlar (ShK), serverlar, superkompyuterlar. Biz shaxsiy kompyuterlarni o‘rganib chiqamiz.



    Shaxsiy kompyuterlar ham o‘z navbatida bir nechta variantda bo‘lishi mumkin:


    Statsionar kompyuterlar (rus. Nastolnыy kompyuter, ingl. Desktop Computer) — ofis va uy sharoitlarida ishlash uchun mo‘ljallangan.



    Noutbuk (ingl. notebook – bloknot, bloknotli ShK) – portativ shaxsiy kompyuter. Uning korpusida ShKni tashkil etuvchi elementlar joylashgan: klaviatura, displey, boshqarish qurilmasi (sensorli panel, tachpad). Noutbuklar ixchamligi bilan ajralib turadi. Elektr ta’minoti batareyalardan amalga oshirilishi mumkin (1-10 soatgacha ishlashi mumkin), shuning uchun bunday kompyuterlardan safarlarda, elektr manbalari yo‘q joylarda foydalanish qulay.



    Netbuk (ingl. netbook) – kichik o‘lchamdagi noutbuk. Uning ish unumdorligi nisbatan past, asosan Internet tarmog‘ida va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.





    Server tarmoq orqali unga ulangan kompyuterlarga xizmat ko‘rsatuvchi, imkoniyati tarmoqdagi boshqa kompyuterlardan ancha baland bo‘lgan kompyuter.

    Server sifatida amaliy dastur ham bo‘lishi mumkin.





    Kompyuterning tuzilishi.

    Kompyuterning tuzilishi "kompyuter arxitekturasi" deb ataladi.

    Kompyuter quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: asosiy qurilmalar, qo‘shimcha qurilmalar, kiritish va chiqarish qurilmalari.


    1. Monitor

    2. Asosiy plata

    3. Protsessor

    4. ATA port

    5. Tezkor xotira

    6. Qo‘shimcha platalar

    7. Manba bloki

    8. CD/DVD o‘quvchi qurilma

    9. Qattiq disk

    10. Klaviatura

    11. "Sichqoncha"

    Bu yerda:

    Asosiy qurilmalar: 2, 3, 4, 5, 6, 9

    Qo‘shimcha qurilmalar: 11

    Kiritish qurilmalari: 10

    Chiqarish qurilmalari: 1

    Qo‘shimcha qurilmalar sifatida Skaner, Karnay, Quloqchin, Modem va b. bo‘lishi mumkin.



    Rasm www.wikipedia.org saytidan olingan



    Download 1.09 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
    ma'muriyatiga murojaat qiling