O`zbekiston Respublikasi Xorazm Viloyati Qo`shko`pir tumani


Download 22.65 Kb.
Sana27.11.2020
Hajmi22.65 Kb.
#154034
Bog'liq
Guliston




O`zbekiston Respublikasi Xorazm Viloyati Qo`shko`pir tumani

37- sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi

boshlang`ich sinf o`qituvchisi Jumaniyozova

Gulistonning matematikadan 1 soatlik

Dars ishlanmasi

2017-yil

Sinf: 4

Fan: Matematika

Mavzu: Ko`p xonali sonlarni qo`shish,ko`paytirish,bo`lish haqidagi bilimlarni mustahkamlash, yozma va og`zaki hisoblashni o`rgatish.

Ta`limiy maqsad: Ko`p xonali sonlarni qo`shish, ko`paytirish,bo`lish haqidagi bilimlarni mustahkamlash,yozma va og`zaki hisoblashni o`rgatish.

Tarbiyaviy maqsad: Bolalarni matematika faniga qiziqtirish, ahillik, do`stlik, tarbiyasini berish, fikrlarini mustaqil bayon etishga o`rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Fikrlash doirasini kengaytirish,ko`p xonali sonlarni qo`shish ,ayirish, ko`paytirish va bo`lish malakalarini rivojlantirish.

Dars turi: Mustahkamlovchi dars.

Dars usuli. Suhbat, aralash, musobaqa

Dars jihozlari: Darslik ,test, tarqatma savollar,mavzuga oid rasmlar, boshqotirma.

Darsning borishi:

O`qituvchi: So`zlarning eng shirini,

Ochiq aytsam sirini.

Odob bo`gin sharbatin,

Qalb gavhari qimmatin.

Ko`ngillarni shod etgan.

Qaysi shirin so`z ekan?



O’quvchilar: Assalomu alaykum.

O’qituvchi: Va alaykum assalom,

Ko’zlari munchoqlarim,

Bilimga chanqoqlarim.

Navbatchini bilayin,

Davomatni so’rayin.

O’quvchi: Ustoz sizga ko’makchi,

Bugun o’zim navbatchi.

Sinfda barchamiz jam,

Darsdan qolmaymiz hech ham.



O’qituvchi: Darsga hamma tayyormi?

O’quvchi: Bizlar yaxshi bolamiz, Ochilgan gul-lolamiz.

Sinfdagi barchamiz,

Darsga shay g’unchamiz.

O’qituvchi: Qo’limda bor shunday kitob, ichin ochsam g’ij-g’ij hisob. O’qisang agar, qilar xitob, “Misolim ko’p , javobin top”,

Ne atalar ushbu kitob?



O’quvchilar: Ma-te-ma-ti-ka.

O’qituvchi: Bu fan go’yo ummondir, Mo’jizalar makoni. O’qiganning qunt bilan, Ortar ilmu imkoni.

O’quvchilardan o’tgan mavzu va uy vazifasi so’raladi. Qisqa savol-javob o’tkaziladi.

  1. Bu yil qanday nomlanadi?

  2. O’tgan 2016-yil qanday nomlangan edi?

  3. Prezidentimiz yoshlar haqida qanday fikrlarni aytgan?

  4. Matematika faniga hissa qo’shgan buyuk insonlardan kimlarni bilasiz?

  5. Geometrik tushunchalarga nimalar kiradi?

  6. Fazoviy geometrik jismlardan qaysilarni bilasiz?

  7. “Kes” so’zining o’rniga qanday matematik belgi ishlatiladi?

  8. Beshta cho’pning 10 ta uchi bor. Besh yarimta cho’pning nechta uchi bo’ladi?

O’qituvchi: Aziz o’quvchilarim,

Bilmga chanqoqlarim.

Tilingizda tomib bol,

So’zlangiz bir-bir maqol.

O’quvchilar matematika raqam qatnashgan maqollardan namunalar aytadi.

Sanamay sakkiz dema,

O’ylamay o’ttiz dema.

Yetti o`lchab, bir kes.

Yigit kishiga qirq hunar xos.

Yaxshi otga bir qamchi,

Yomon otga ming qamchi.

Uyga berilgan masala va misollar tekshiriladi.

Quvnoq daqiqada o`quvchilar quyidagi misralarni aytadi.

Misol va masala yechib ,

Aslo charchash bilmaymiz.

Teran fikr yuritib ,

Erkin nafas olamiz.

Murakkab misol,masala,

Aslo bizga chot emas.

Tezda echimin topib,

Imkonni boy bermaymiz.

O`qituvchi:Bugun oddiy dars emas,

Balki sinov darsidir.

O`tib olsak sinovdan,

Bu hammaga yaxshidir.

O`quvchilar uch guruhga bo`linadi. Ularga vazifalar tushuntiriladi. Oquvchilarga 1- miso l og`zaki tushunturib yechadi .

245145-74568=170577 kamayuvchi ayriluvchi ayirma

1.Ayirish amalini belgilash uchun qanday belgi qo`llaniladi?

2.Ayirishda qatnashayotgan sonlar qanday nom bilan ataladi?

3.Ayirish natijasida hosil bo`lgan son nima deb ataladi?

4.Qanday hollarda ayirma kamayuvchiga teng bo`ladi?

5.Qanday holda ayirma nolga teng bo`ladi?



76894+34519=111413 qo`shiluvchi qoshioluvchi yig`indi

  1. Qo`shish amalini belgilash uchun qanday belgi qo`llaniladi?

  2. Qo`shishda qatnashayotgan sonlar qanday nom bilan ataladi?

  3. Qoshishning natijasi nima deb ataladi?

  4. Qanday hollarda yig`indi o`zgarmaydi?

  5. Yig`indi qo`shiluvchiga teng bo`ladimi? O`quvchilarning javoblari tinglanadi.

Guruhlardan bir nafardan o`quvchi chiqib 2- misol yozilgan qartochkalardan birini tanlab oladi va uni yozuv taxtasida bajaradi.

  1. Guruh : 90001-34983+11725=

  2. Guruh: 2903-1-6897-5949=

  3. Guruh: 65846-19757-1-38909=

Misollar yechimi tekshirilgach, bittadan savol yoki testga javob beriladi.

3-misol ham shu tartibda bajariladi. Guruhlarga har bir topshiriq uchun ishga qarab 2,3,4,5 ball yozilgan kartochkalar beriladi.



“Boqi baqaloqning tushligi “ she`riy masala o`qib beriladi, Uni har bir o`quvchi mustaqil yechadi.songra guruhlarning bir nafardan a`zosi doskada tenglama ishlaydi.




1

M
















2







A
















3







T













4




E










5



















M







6




A













7



















T







8

I













9










K




























10

A
















  1. Guruh : 2*(x-f-2917)=12348

  2. Guruh: 420-x*4=300

  3. Guruh: X:186-216=313

Guruhlarning yana bir nafardan a`zosiga topshiriq kartochkasi beriladi.

  1. Guruh:Bo`yi 3 sm , eni 10 sm bo`lgan to`g`ri to`rtburchakning perimetiri va yuzasini toping .

  2. Guruh: Bo`yi 6 sm , eni 8 sm bo`lgan to`rburchakning perimetri va yuzasini toping.

  3. Guruh : Bo`yi 4 sm , eni 7 sm bo`lgan to`rtburchakning perimetiri va yuzasini toping.

O`quvchilarga yana ballar kartochkasi beriladi.

Oxirida guruh sardorlarining bellashuvi bo`ladi. Ular boshqotirmani bajarishadi .



  1. Bilim maskani nima?

  2. Hamma tamoni teng bo`lgan to`g`ri to`rtburchak nima deyiladi?

  3. ………….o`lchab, bir kes.

  4. Ikki tamoni chegaralangan to`g`ri chiziq .

  5. Noma`lum son topiladigan topshiriq nima?

  6. Qo`lsiz, oyoqsiz eshik ochar.

  7. Tamonlar yig`indisi nima deyiladi?

  8. Bilmasvoyning bahjosi.

  9. Sanamay ………… dema.

  10. Nimaning yuzasi , sirti bo`lmaydi.

Sardorlarning ishiga qarab ballar qo`yilgan kartochkalar tarqatiladi. Har bir Guruhning musobaqaga to`plagan ballar hisoblanib, g`olib guruh aniqlanadi va a`zolari rag`batlantiriladi.

Uyga vazifa berilib , dars yakunlanadi.
Download 22.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling