O‘zbekiston respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘G‘risida


Download 24.15 Kb.
Sana12.06.2020
Hajmi24.15 Kb.
#118134
Bog'liq
101 05

101 05.04.2012

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXIV IShINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA

1-ILOVA


Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Asosiy tushunchalar

III. Arxivlarni arxiv hujjatlari bilan jamlash

1-§. Arxiv hujjatlarini fondlashtirish

2-§. Arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlarini tashkil etish

3-§. Arxivlarni arxiv hujjatlari bilan jamlashni tashkil etish

4-§. Jamlash manbalaridan arxiv hujjatlarini qabul qilish

5-§. Tugatilgan tashkilotlardan hujjatlarni qabul qilish

6-§. Arxivning jamlash manbalari bilan o‘zaro hamkorligi

IV. Arxiv hujjatlari hisobi

1-§. MAF ning davlat hisobi

2-§. Arxivda arxiv hujjatlarining hisobini tashkil etish

3-§. Arxiv hujjatlarining hisob birliklari

4-§. Arxiv hujjatlarining kelib tushishi va chiqishini hisobga olish

V. Arxivlarda arxiv hujjatlarini saqlash

1-§. Arxiv hujjatlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha umumiy talablar

2-§. Arxiv hujjatlarini saqlashning normativ rejimlari

§ 3. Arxiv saqlovxonalarini saqlash vositalari bilan jihozlash

4-§. Arxiv saqlovxonasida hujjatlar saqlovini tashkil etish

5-§. Arxiv xonalarini stellajlar, shkaflar va tokchalarni raqamlashtirish tartibi. Topografik ko‘rsatkichlarni yuritish va yorliqlarni rasmiylashtirish

6-§. Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish, topilmagan hujjatlar qidiruvini tashkil etish

7-§. Arxiv hujjatlarining texnik va fizikaviy-kimyoviy holatini tekshirish

8-§. Qoniqarsiz fizik holatda bo‘lgan va tiklab bo‘lmaydigan darajada shikastlangan Milliy arxiv fondi hujjatlarini aniqlash

9-§. Arxiv hujjatlariga fizikaviy-kimyoviy va texnikaviy ishlov berish

VI. Arxivlarda arxiv hujjatlaridan foydalanish

1-§. Arxivning ilmiy-ma’lumotnoma apparati

2-§. Arxiv hujjatlarini arxiv saqlovxonalaridan berishga umumiy talablar

3-§. Arxiv hujjatlari beriladigan muddatlar va ularni rasmiylashtirish

4-§. Berilgan arxiv hujjatlarining saqlanishini nazorat qilish

5-§. Foydalanuvchilarning so‘rovlarini bajarish tartibi

6-§. Arxiv ma’lumotlarini, arxiv ko‘chirmalarini va arxiv nusxalarini rasmiylashtirish

7-§. Arxiv o‘quv zalida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish

8-§. Arxiv hujjatlarini tashish va boshqa joyga ko‘chirish

9-§. Foydalanuvchilarga tashabbusli axborotlar taqdim etish, ko‘rgazmalarni tayyorlash va arxiv hujjatlarini nashr qilish

2-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogi to‘g‘risida NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Umumiy tushunchalar

III. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogining maqsadi va vazifalari

IV. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish tartibi

V. Arxiv fondlarini O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogidan chiqarish

3-ILOVA

Arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risida NIZOM



I. Umumiy qoidalar

II. Arxivlarning maqsad va vazifalari

III. Arxivlarni tashkil etish tartibi

1-§. Davlat arxivlarini tashkil etish

2-§. Nodavlat arxivlarni tashkil etish

3-§. Arxivlarni tashkil etish va faoliyat yuritishiga qo‘yiladigan talablar

IV. Arxivlarni qayta tashkil etish va tugatish tartibi

V. Yakunlovchi qoida

4-ILOVA

Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida Nizom



I. Umumiy qoidalar

II. Asosiy tushunchalar

III. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan bepul asosda amalga oshiriladigan xizmat turlari

IV. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi

V. Xizmatlar ko‘rsatilayotganda arxiv hujjatlarining saqlanishini ta’minlash

VI. Yakunlovchi qoidalar

5-ILOVA

Arxivlar mutaxassislarining O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM



I. Umumiy qoidalar

II. Attestatsiyani o‘tkazishning asosiy prinsiplari va tartibi

III. Komissiya tarkibi va uning ish reglamenti

IV. Attestatsiya komissiyasi qarorlarini amalga oshirish

V. Apellyatsiya tartibi

6-ILOVA


Arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risida Nizom

I. Umumiy qoidalar

II. Arxiv hujjatlarining olib chiqilishi va olib kirilishini davlat tomonidan tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi organlar

III. Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar

IV. Olib chiqiladigan arxiv hujjatlarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish va nazorat qilish tartibi

V. Arxiv hujjatlarini olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma berish, ruxsatnoma berishni rad etish, amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish va uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi

VI. Arxiv hujjatlarini olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish tartibi

VII. Arxiv hujjatlarini olib kirish tartibi

VIII. Arxiv hujjatlarini tranzit bo‘yicha olib o‘tish tartibi

IX. Arxiv hujjatlarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazganlik va rasmiylashtirganlik uchun maxsus yig‘im

X. Arxiv hujjatlarining olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

7-ILOVA


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXIV ISHINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogi to‘g‘risida Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risida Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Arxivlar mutaxassislarini O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom 5-ilovaga muvofiq;
Arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risida Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan o‘z arxiv fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda va shakllarda tegishli arxivlarga muntazam ravishda taqdim etilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi:
arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv fondlari mulkdorlari uchun o‘z arxiv fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek hujjatlarni arxiv saqloviga topshirish bosqichida hujjatlarni to‘g‘ri tartibga keltirishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni bir oy muddatda ishlab chiqsin;
arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritilgan arxiv fondlarining hajmi va tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini va keyinchalik ularning tizimli ravishda hisobga olinishini uch oy muddatda ta’minlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda) 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
5. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,

2012-yil 5-aprel,

101-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga



1-ILOVA
Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi mazkur Nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va arxiv hujjatlarini jamlash, ularning hisobini yuritish, but saqlanishini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom davlat va nodavlat arxivlariga (keyingi o‘rinlarda arxivlar deb ataladi), shuningdek idoraviy arxivlarga tatbiq etiladi.
II. Asosiy tushunchalar
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi davlat yoki nodavlat muassasasi, idoraviy arxiv;
arxiv ko‘chirmasi — arxiv hujjati matnining muayyan bir fakt, voqea, shaxsga tegishli qismi so‘zma-so‘z bayon etilgan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
arxiv hujjatlari — fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanishi lozim bo‘lgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasmalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy manbalardagi yozuvlar;
arxiv kolleksiyasi — bir yoki bir nechta belgilari (mavzusi, qimmatliligi, obyekti, muallifligi, davriyligi va boshqalar)ga ko‘ra birlashtirilgan, kelib chiqishi turlicha bo‘lgan alohida hujjatlar yig‘indisi;
arxiv nusxasi — tegishli tartibda tasdiqlangan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan arxiv hujjatining so‘zma-so‘z bayon etilgan nusxasi;
arxiv ma’lumotnomasi — yuridik kuchga ega bo‘lgan va so‘rovnoma asosidagi hujjatli ma’lumotga ega bo‘lgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
arxiv fondi — yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyati natijasida yaratilgan, tarixiy yoki mantiqiy jihatdan o‘zaro aloqador arxiv hujjatlari majmui;
kelib chiqishi shaxsiy (oila, urug‘) arxiv fondi — ayrim shaxs, oila, urug‘ hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan hujjatlardan tarkib topgan arxiv fondi;
saqlov birligi/hisob birligi — jismoniy ixtisoslashgan arxiv hujjati;
arxivni jamlash manbai — arxiv hujjatlari bilan fondga tegishliligiga ko‘ra jamlanib boruvchi arxivning fond tashkil etuvchisi;
arxiv hujjatlaridan foydalanish — arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish;
kataloglar — arxiv fondlari, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjatlari (yoki ularning qismlari) mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavzu yoki soha bo‘yicha belgilangan tasniflash sxemasi asosida joylashtirilgan arxivning fondlararo arxiv ma’lumotnomasi;
jamlash — arxivni arxiv hujjatlari bilan muntazam to‘ldirib borish maqsadida amalga oshiriluvchi arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlarini fondlashtirish hamda tashkil etish va jamlash manbalaridan ularni qabul qilib olish maqsadida yo‘nalishi va darajasi bo‘yicha zaruriy arxiv hujjatlari bilan to‘ldirib borishga doir ishlar majmui;
ilmiy-ma’lumotnoma apparati (IMA) — arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi yagona ilmiy-uslubiy asosda tuzilgan, bir-biri bilan bog‘liq, o‘zaro to‘ldiruvchi arxiv ma’lumotnomalari majmui (arxivning ilmiy-ma’lumotnoma tizimi);
sharhlar — arxiv hujjatlarining alohida komplekslari tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan, ularning manbashunoslik tahlili bilan to‘ldirilgan arxiv ma’lumotnomalari;
birlashtirilgan arxiv fondi — bir-biri bilan tarixiy va/yoki mantiqiy aloqalarga ega bo‘lgan ikki yoki undan ortiq tashkilotlar, shuningdek o‘zaro tarixiy va/yoki mantiqiy bog‘liq aloqalarga ega bo‘lgan fuqarolarning faoliyati jarayonida paydo bo‘lgan arxiv hujjatlaridan iborat arxiv fondi;
yig‘majild (hujjat)lar ro‘yxati — saqlov birliklari/hisob birliklari tarkibi va mazmunini ochib berish, ularning fondlar ichida tizimlashtirilishi va hisobini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan arxiv ma’lumotnomasi;
foydalanuvchi — arxiv hujjatlaridan zarur ma’lumotlarni olish va ulardan foydalanish uchun arxivga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini (mavjudligini) tekshirish — saqlanayotgan arxiv hujjatlarining haqiqatda mavjudligini aniqlash va yo‘qolgan hujjatlarni topishni tashkil etish uchun ularni aniqlash, konservatsion-profilaktik va texnik ishlash lozim bo‘lgan arxiv hujjatlarini hisobga olishdagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar majmui;
yo‘l ko‘rsatkich — muayyan tartibda foydalanuvchining arxiv fondlari tarkibi va mazmuni bilan umumiy tanishtirishga mo‘ljallangan arxiv fondlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan arxiv ma’lumotnomasi;
sug‘urta nusxa — alohida qimmatli yoki noyob hujjatning boshqa moddiy manbadagi, asl nusxada mavjud bo‘lgan axborotni o‘qish yoki ko‘rish (eshitish) imkonini beruvchi ko‘chirma nusxasi;
arxiv hujjatlarining mavzuli sharhi — foydalanuvchining so‘rovi yoki arxivning tashabbusiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha arxiv hujjatlari, saqlov birliklari/hisob birliklarining sanasi va arxiv shifrlari ko‘rsatilgan holda tuzilgan qisqa yoki izohlangan sarlavhalari ro‘yxati;
topografik ko‘rsatkichlar — arxiv saqlovxonasida hujjatli materiallarning joylashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxati;
ko‘rsatkichlar — arxiv hujjatlarida keltirilgan predmet nomlarining ular haqidagi ma’lumotlar arxiv shifrini ko‘rsatgan holda, alifboli, tizimli yoki boshqa biron-bir belgisiga qo‘ra tuzilgan arxiv ma’lumotnomalari;
tartibga keltirish — arxiv ro‘yxatlarini tuzish, yig‘majildlarni shakllantirish va rasmiylashtirish, hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishni o‘z ichiga olgan hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ishlash va arxivlarda saqlash uchun tayyorlash, shuningdek arxiv ro‘yxatlarini tuzish bo‘yicha ishlar majmui;
arxiv hujjatlarining hisobi — arxivlar tomonidan arxiv hujjatlari va arxiv fondlarining muntazam ravishda kelib tushishi, mavjudligi va holatini belgilangan birliklar asosida aniqlash hamda ularni hisob hujjatlarida aks ettirish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish;
fondlashtirish — arxiv hujjatlarining fondlarga tegishliligini va arxiv fondlarining davriy chegaralarini aniqlash bo‘yicha ishlar majmui;
ekspert komissiyasi (EK) — korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hujjatlarining, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va ularni arxivda saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) — davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni o‘tkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai bo‘lgan tashkilot, muassasa, korxonalarning Markaziy ekspert komissiyalari (MEK) va ekspert komissiyalari (EK) faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
arxiv hujjatlarini saqlash — arxivlarda arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar majmui.
III. Arxivlarni arxiv hujjatlari bilan jamlash
1-§. Arxiv hujjatlarini fondlashtirish
3. Fondlashtirish bo‘yicha ishlar:
arxivlarning arxiv hujjatlarini jamlash manbalarida — yig‘majildlar nomenklaturasi asosida yig‘majildlarni shakllantirish jarayonida va hujjatlarni arxivga topshirish uchun tanlab olishda;
arxivlarda — tartibga keltirilmagan holda topshirilgan arxiv hujjatlarini ro‘yxatlashda, qoniqarsiz tuzilgan ro‘yxatlarni qayta ishlashda, birlashgan arxiv fondlari va arxiv kolleksiyalari tuzishda, fondlashtirishdagi xatolarni tuzatishda amalga oshiriladi.
4. Arxiv hujjatlarining fondga mansubligini aniqlash ularni tegishli fond tashkil etuvchining arxiv fondiga kiritishdan iborat.
Kiruvchi arxiv hujjatlari ularni qabul qilgan fond tashkil etuvchining arxiv fondiga tegishli bo‘ladi.
Chiquvchi (beriladigan) nusxalar hisoblanadigan arxiv hujjatlari ularning muallifi bo‘lgan fond tashkil etuvchisining arxiv fondiga tegishli bo‘ladi.
Ichki muomaladagi arxiv hujjatlari ular tashkil etilgan fond tashkil etuvchining arxiv fondiga tegishlidir.
5. Tashkilot qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda uning vazifalari yangi tashkil etilgan tashkilotga berilganda ish yuritishda tugallangan yig‘majildlar qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan tashkilot fondi tarkibiga kiritiladi, tugatilmagan yig‘majildlar esa uning vorisi bo‘lgan tashkilot fondiga kiritiladi.
Shaxsiy kelib chiqish arxiv fondlari tarkibidan tashkilotning arxiv hujjatlari tegishli arxiv fondlariga, agar mazkur arxiv fondi tegishli arxivda saqlanayotgan bo‘lsa va tashkilotning arxiv hujjatlari shaxsiy kelib chiqish arxiv fondini tashkil etuvchi fuqaroning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmasa, ajratiladi va tegishli arxiv fondiga qo‘shiladi.
6. Tashkilotning arxiv hujjatlaridan iborat yagona arxiv fondini quyidagilar tashkil qiladi:
vakolatxonalar va filiallarning arxiv hujjatlari;
tashkilot tarkibida tuzilgan maslahat organlarining arxiv hujjatlari;
boshlang‘ich jamoat tashkilotlarini tuzishda yaratilgan arxiv hujjatlari;
tugatuvchi tashkilotning arxiv hujjatlari.
Tashkilot huzurida faoliyat yurituvchi jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari va boshqalar)ning arxiv hujjatlari ushbu jamoat tashkilotining ro‘yxatdan o‘tkazilgan davridan boshlab arxivga topshirilgan hujjatlari mustaqil arxiv fondini tashkil etadi yoki tegishli tashkilotning arxiv fondi tarkibiga birlashgan arxiv fondini tashkil etgan holda kiritiladi.
7. Birlashgan arxiv fondi quyidagi arxiv hujjatlaridan shakllanadi:
muayyan hududda faoliyat yuritayotgan maqsad va vazifalari bir turdagi tashkilotlar;
muayyan hududda faoliyat yuritayotgan rahbarlik organi va unga bo‘ysunuvchi tashkilotlar;
faoliyat obyekti bo‘yicha birlashgan tashkilotlar;
bir-birini ketma-ket almashtirgan tashkilotlar, agar avvalgi tashkilotning funksiyalari vorislariga to‘liq yoki qisman o‘tkazilgan va o‘tkazilayotgan bo‘lsa;
ikki yoki undan ko‘p bo‘lgan shaxsiy kelib chiqish arxiv fondlari, agar fuqarolar o‘zaro qarindoshlik, kasbiy, ijodiy, mehnat faoliyati bo‘yicha bog‘liq bo‘lsa.
8. Arxiv kolleksiyasi umumiy xususiyatga ega bo‘lgan, alohida ajratilgan arxiv hujjatlaridan iborat holda arxivga kelib tushadi yoki arxivda shakllanadi. Boshqa bir arxiv, tashkilot yoki fuqaro tomonidan topshirilgan, tarixiy tarkib topgan arxiv kolleksiyasi qayta fondlashtirilmaydi.
9. Arxiv fondi, birlashgan arxiv fondi yoki arxiv kolleksiyasi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari qayta fondlashtirilmaydi. Fondlashtirish jarayonida xatoga yo‘l qo‘yilganda, arxiv hujjatlarini qidirib topish ishlarini murakkablashtiruvchi alohida hollarda arxiv hujjatlari qayta fondlashtirishga istisno tariqasida yo‘l qo‘yiladi.
10. Arxiv hujjatlari jamlash manbaining tashkil topish davri va huquqiy mavqeidan kelib chiqqan holda arxivlarga mavjud arxiv fondining to‘ldiruvchi qismi yoki yangi arxiv fondi sifatida qabul qilinadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylov komissiyalarining arxiv hujjatlaridan birlashgan arxiv fondlarini shakllantirishga yo‘l qo‘yiladi.
11.Yagona arxiv fondini quyidagi arxiv hujjatlari tashkil etadi:
davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarining joylardagi tarmoq boshqarmalari va bo‘limlarining arxiv hujjatlari;
Download 24.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling