O’zbekiston Respublikasida auditorlik nazoratining mohiyati,zarurligi va afzalliklari Bajardi : To’lanov J


Download 294.35 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi294.35 Kb.
#144446
Bog'liq
328EC059

O’zbekiston Respublikasida auditorlik nazoratining mohiyati,zarurligi va afzalliklari

Bajardi : To’lanov J

Tekshirdi: Sharapova M

Reja:

  • O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati;
  • Auditorlik nazoratining mohiyati;
  • Auditorlik nazoratining mazmuni va shakllari.

1.O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin 1992-yil 9-dekabrda O’zbekiston Respublikasida “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun imzolangan.

2000-yil 26-mayda, 734-XII-sonli qaror bilan qonunga o’zgartirishlar kiritildi.

«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda tasdiqlandi.

«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda tasdiqlandi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi joylashtirildi. Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi 734-XII-sonli Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri 2019-yil 16-fevralda tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi auditorlik faoliyatini tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi auditorlik faoliyatini tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Vakolatli organ:

- o‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlaydi va auditning xalqaro standartlarini qo‘llash tartibini belgilaydi; 

- sertifikat topshiradi, qayta rasmiylashtiradi, uning amal qilish muddatini uzaytiradi va tugatadi, shuningdek auditorlar reyestrini yuritadi;

-auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan kelishgan holda sertifikati olish uchun malaka imtihonlarini topshirish reglamentini tasdiqlaydi;

-auditorlarning respublika jamoat birlashmalari ishtirokida malaka imtihonini o‘tkazadi;

-auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan kelishgan holda auditorlarning malakasini oshirishning yagona dasturini tasdiqlaydi va unga amal qilinayotganligi monitoringini o‘tkazadi;

-auditorlik tashkilotlari reyestrni yuritadi;

-auditorlarning respublika jamoat birlashmalari ishtirokida majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazadigan auditorlik tashkilotlari ishning tashqi sifat nazoratini o‘tkazadi;

-auditorlik xizmatlar bozori holatini tahlil qiladi.

2.Auditorlik nazoratining mohiyati

  • Auditorlik nazorati nodavlat moliyaviy nazoratining yangi turi bo’lib, u mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekistonda ham paydo bo’ldi. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor tizimiga o’tilishi va turli tijorat tizimlarining paydo bo’lishi bilan ularning moliyaviy ishonchliligiga, shuningdek ular moliyaviy holatini obyektiv baholashga nisbatan talablar keskin oshirildi. Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari buxgalterlik va moliyaviy hisobotning ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo’jalik operasiyalarining amalda bo’lgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash, tekshirilayotgan iqtisodiy subyektlarning to’lov-hisobot hujjatlarini, soliq deklarasiyalarini va boshqa moliyaviy majburiyatlarini tekshirishdan iborat. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonuni yangi tahrirda 2000 yil 26- mayda qabul qilingan bo’lib, unga 2009 yil 9 sentyabrda O’zbekiston Respublikasining 216-son Qonuni bilan o’zgatirishlar kiritilgan. Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan “Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi”.
  • Auditorlik nazoratining afzalligi va muhimligi shundaki, bu bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlarni yashirin iqtisodiyotga o’tmasligini oldini olish uchun nazorat qilinadi. Agar nazoratda bo’lmasa xo’jalik yurituvchi subyektlar o’zining daromadlarini kam ko’rsatadi va natijada davlatga to’laydigan solig’i ham kam bo’ladi,buning natijasida esa davlat budjetiga tushumlarni kamayishiga olib keladi.

3.Auditorlik nazoratining mazmuni va shakllari.

  • Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va qonun xujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini xamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir. Auditorlik tekshiruvi 2 xil shaklda o’tkaziladi. Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xo’jalik yurituvchi subyekt bo’ladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xo’jalik yurituvchi subyekt mulkdori, shuningdek qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig’ilishi bilan kelishib olinadi.

3.Auditorlik nazoratining mazmuni va shakllari.

  • Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va qonun xujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini xamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir. Auditorlik tekshiruvi 2 xil shaklda o’tkaziladi. Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xo’jalik yurituvchi subyekt bo’ladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xo’jalik yurituvchi subyekt mulkdori, shuningdek qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig’ilishi bilan kelishib olinadi.

Quyidagilar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi kerak:

  • Quyidagilar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi kerak:
  • aksiyadorlik jamiyatlari;
  •  banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
  •  sug’urta tashkilotlari;
  •  investisiya fondlari xamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar xamda ularning investisiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar;
  •  manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
  • Auditorlik tekshiruvining shakllari majburiy auditorlik tekshiruvi tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi 203
  •  mablag’larining xosil bo’lish manbalari qonun xujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar;
  •  ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlar

Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, moliyaviy nazoratning bir bo’g’ini hisoblangan auditorlik faoliyatidagi ichki nazoratni, jamoatchilik nazorati iqtiosdiyotdagi moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishda qanday muhim rol o’ynashini ko’rishimiz mumkin. Iqtisodiyotning qon tomiri bo’lgan banktizimida ham auditorlik nazorati judayam muhim hisoblanadi,sababi auditor o’z xulosasida bankdagi barcha operatsiyalarni qonun ostida amalga oshirilganini tekshirib, unda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun o’z fikrlarini beradi va bank auditorning fikriga binoan ish olib boradi va yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etadi.


Download 294.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling