O‘zbekiston respublikasida mulkchilik to‘G‘risida
Download 137.78 Kb. Pdf ko'rish
|
152-XII-сон 31.10.1990
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKCHILIK TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-sonli Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “O‘zbekiston SSJ” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi” degan
so‘zlar bilan
almashtirilgan. Shuningdek, “Qoraqalpog‘iston ASSR”,
“Qoraqalpog‘iston MSSJ” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli bo‘lgan mol-mulkni saqlash va ko‘paytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. (muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR Oldingi tahrirga qarang. 1-modda. Mulkiy huquq 1. O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi. 2. Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti- harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Z. Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin. 4. Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar va doira chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir. Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta’minlanadi. 5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
1. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mulkka doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi. (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 3-modda. Mulkiy huquq obyektlari (3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 1. Quyidagilar mulk obyektlaridir: O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati. (3-moddaning birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda) 2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, san’at asarlari, axborot, ilmiy g‘oyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan tartibga solinadi. 3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan belgilab beriladi. 4. Mol-mulkdan xo‘jalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar), qonunlar yoki shartnomada boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va o‘zga birlashmalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha bo‘g‘indagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aynan bitta mulkning subyektlari bo‘lishi mumkin. (4-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 5-modda. Mulk shakllari (5-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) 1. O‘zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda bo‘ladi: xususiy mulk; shirkat (jamoa) mulki; ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki; aralash mulk; boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki. 2. O‘zbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang. 6-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish (6-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) 1. Yuridik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha haq undirib olish mulk huquqi, to‘la xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida unga tegishli bo‘lgan mol-mulkka qaratilishi mumkin. Mulkdor o‘zi vujudga keltirgan yuridik shaxslarning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, bu yuridik shaxslar esa mulkdorning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno. 2. Jismoniy shaxslar o‘z majburiyatlari bo‘yicha mulkiy huquq asosida o‘zlariga tegishli bo‘lgan mol-mulk bilan javob beradilar. Jismoniy shaxslarning qarz beruvchilar da’volariga binoan haq undirish tarzida olib qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi. (6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. II BO‘LIM. XUSUSIY MULK 7-modda. Xususiy mulk 1. Xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qo‘llashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin. 2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor o‘z mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin. 3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qo‘ygan mablag‘laridan, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlardan kelgan daromadlardan, meros bo‘yicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan o‘zga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega bo‘lishlari hisobiga hosil etiladi va ko‘payib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yo‘l qo‘yiladi. 4. Fuqaro o‘zining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi. 5. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning a’zosi foydalanish uchun o‘ziga berib qo‘yilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom to‘lagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qo‘lga kiritadi. Oldingi tahrirga qarang. “Toshuyjoyjamg‘armabank”ning egasi ko‘rsatilgan obligatsiyalariga ega bo‘lgan shaxs imtiyozli kreditni to‘liq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini to‘liq to‘lasa, ana shu kvartiraning huquqini qo‘lga kiritadi; (7-modda beshinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda) Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila a’zolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir. Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishga — sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid bo‘lmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir. 6. Xususiy mulk o‘z mol-mulkini sarmoya sifatida o‘rtaga qo‘yish, davlat, kooperativ va o‘zga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yo‘l qo‘yiladigan o‘zga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi.
7. Xususiy mulk bo‘lishi mumkin bo‘lmagan obyektlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi. Oldingi tahrirga qarang. 8. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin. (7-moddaning sakkizinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda) (II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. III BO‘LIM. ShIRKAT (JAMOA) MULKI (III-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 8-modda. Umumiy qoidalar 1. Shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek kooperativlarning, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini o‘z ichiga oladi. 2. Kollektiv mulkning hosil bo‘lishi va ko‘payib borishi davlat korxonalarini ijaraga berish, mehnatkashlar kollektivlariga olingan daromadlardan davlat mol-mulkini sotib olish uchun foydalanish imkonini berish bilan, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyatlariga aylantirish bilan, fuqarolarning va yuridik shaxslarning mol-mulkini kooperativlar va boshqa xo‘jalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun ixtiyoriy birlashtirish bilan ta’minlanadi. 3. Jamoa mulkining turli shakllariga berilmaydigan mol-mulkning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilaydi. (8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 10, 11- bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 9-modda. Oilaviy mulk Oila a’zolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila a’zolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-ro‘zg‘or va yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat berilgan, o‘zga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Oilaviy mulk huquqi o‘z subyektlarining har biriga aynan tegishli bo‘lgan xususiy mulkdan iborat bo‘lishi mumkin.
1. Ijtimoiy o‘z-o‘zini boshqarishning boshlang‘ich bo‘g‘inlari — mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan va tasarruf etadigan mol-mulk, mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol-mulkdan xo‘jalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, moddiy va xayriya yo‘sinidagi yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat.
2. Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining subyektidir. O‘zi saylab qo‘ygan organlar — mahalla mulkini to‘la xo‘jalik yuritish asosida egallaydi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.
1. Xo‘jalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish uchun a’zolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulki — kooperativ mulkdir. 2. Kooperativ mulk uning a’zolari bergan pul yohud boshqa mol-mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni sotishdan hamda kooperativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa faoliyatdan keladigan daromad hisobiga tashkil topadi va ko‘payib boradi. 3. Kooperativ tugatilgan taqdirda budjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulk kooperativ a’zolari o‘rtasida ustavda nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. (11-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 10, 14- bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 12-modda. Ijaraga olingan korxona mulki (12-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan daromadlar va ijaraga olingan korxona mablag‘i hisobidan qo‘lga kiritilgan boshqa mol-mulk shu korxona kollektivining mulkidir. Ijaraga olingan korxona mehnat kollektivi a’zolarining kollektiv ishlarini idora qilishda ishtirok etish hamda foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasining ijara to‘g‘risidagi Qonuni asosida belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. 13-modda. Kollektiv korxonasining mulki (13-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) 1. Kollektiv korxonasining mulki davlat korxonasining butun mol-mulki mehnat kollektivi a’zolarining mulkiga o‘tgan, ijaraga olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda ko‘zda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qo‘lga kiritilgan taqdirda vujudga keladi. (13-moddaning birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Kollektiv korxonasining mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy mulkidir. 2. Kollektiv korxonasining mol-mulki tarkibida uning xodimlari qo‘shgan hissalar belgilab qo‘yiladi. Bunday hissa tarkibiga xodimlarning kollektiv korxonasi vujudga kelishiga asos bo‘lgan davlat korxonasi yoki ijaraga olingan korxona mulkiga qo‘shgan umumiy summasi, shuningdek mazkur korxona vujudga keltirilganidan keyin xodim korxona mol- mulkini ko‘paytirishga qo‘shgan ulushlari kiradi. Xodimning mol-mulkni ko‘paytirishga qo‘shgan ulushi miqdori korxona faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda xo‘jalik faoliyati natijalariga asoslanib shu ulushga mehnat kollektivi belgilaydigan miqdorda protsentlar ajratiladi va to‘lanadi. Korxona bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatgan xodimga, shuningdek vafot etgan xodimning vorislariga qo‘shilgan hissasining qiymati beriladi.
Kollektiv korxonasi tugatilgan taqdirda hissaning qiymati xodimlarga (ularning vorislariga) budjet, banklar bilan va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkdan to‘lanadi.
1. Yuridik shaxs hisoblangan xo‘jalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qo‘shgan hissasi hisobidan, xo‘jalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qo‘lga kiritilgan mol-mulkdan hosil bo‘ladi. 2. Xo‘jalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qo‘shgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar, o‘zga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin. 3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xo‘jalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari bo‘lishi mumkin. 4. Aksiyali jamiyat aksiyalar sotish hisobiga hosil bo‘lgan, shuningdek o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo‘lga kiritilgan mol-mulkning egasidir. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiya egalari bo‘lishlari mumkin. Davlat korxonasi vakolat berilgan davlat idorasining qaroriga asosan korxonaning butun mol-mulki qiymati miqdorida aksiya chiqarib, aksiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin. Aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘ davlat korxonasining qoplanganidan keyin tegishli budjetga tushadi.
1. Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik uyushmasi (shu jumladan konsern, tarmoq, tarmoqlararo va territorial birlashma) unga korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda bergan, shuningdek uning o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir. 2. Xo‘jalik uyushmasi unga kiruvchi korxona va tashkilotlarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. 3. Xo‘jalik uyushmasining faoliyati to‘xtatilgandan keyin qolgan mol-mulk unga kirgan korxona va tashkilotlar o‘rtasida kelishuv asosida hamda ularning qo‘shgan hissalarini (ulushlarini) e’tiborga olgan holda taqsimlanadi.
1. Jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida ko‘zda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy ma’rifiy va sog‘lomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va mol-mulk bo‘lishi mumkin. Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablag‘lari hisobidan ularning ustavlarida ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham bo‘lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining pul mablag‘lari a’zo bo‘lish va a’zolik badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; o‘tkazilgan lotereyalardan tushgan mablag‘lar; ishlab chiqarish-xo‘jalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol- mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini ko‘zlab yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki bo‘la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo‘yilishi mumkin. Jamoat uyushmalari o‘z ustavlarida yozib qo‘yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunlarda belgilanadigan tartibda o‘zga davlatlardan keladigan pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin. Siyosiy maqsadlarni ko‘zlaydigan partiyalar va ijtimoiy harakatlar o‘zga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan moliyaviy va o‘zga moddiy yordam olishga haqli emaslar. (16-moddaning birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) 2. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan ko‘zda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi.
1. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bo‘lishi mumkin. Diniy tashkilotlar o‘z mablag‘iga sotib olgan va barpo etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo‘lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida bo‘lgan mol- mulkka egalik qilishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yo‘l qo‘yiladi. Diniy tashkilotlar ixtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa xayr-ehson qilishni so‘rab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar.
2. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mol-mulk tarzidagi xayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkiga ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (ma’muriy- hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar.
2. O‘zbekiston Respublikasining, ma’muriy-territorial tuzilmaning budjet yoki boshqa mablag‘lari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag‘i hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasining mulki yoki ma’muriy-territorial tuzilmaning mulki bo‘ladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi va ma’muriy territorial tuzilmalarning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Ma’muriy-territorial tuzilma esa O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. 4. O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xo‘jalik faoliyati natijalariga har bir davlatning ma’lum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin. Davlatlararo manfaatlarga daxldor bo‘lgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. (18-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 17, 20- bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 19-modda. Davlat mulkining obyektlari 1. O‘zbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga: Oldingi tahrirga qarang. er (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi; (19-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I- son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda) O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mol-mulki; jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari; jumhuriyat budjetining mablag‘lari, jumhuriyat va davlat ahamiyatidagi banklar, sug‘urta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari; davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy o‘quv yurtlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi boshqa mol-mulklari kiradi. 2. Davlat talab-ehtiyojlarini ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va obyektlarni berish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqi davlat mulkining subyektidir. Mulkiy huquqni xalq nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi. (20-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 17, 22- bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 21-modda. O‘zbekiston Respublikasi subyektlarining respublika sarhadlaridan tashqaridagi mulki O‘zbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda mol-mulk qaysi davlatda joylashgan bo‘lsa, shu davlatning qonunlari, shuningdek xalqaro huquq me’yorlari bilan tartibga solib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang. (24-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. (25-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. (26-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 22-modda. Ma’muriy-hududiy tuzilma mulki (kommunal mulk) obyektlari Mahalliy budjet hisobidan vujudga keltirilgan hamda sotib olingan, shuningdek davlat mulkidan o‘tkazilgan va mahalliy ahamiyatga molik bo‘lgan mol-mulk viloyat, tuman, shahar yoki boshqa ma’muriy-hududiy tuzilma mulkining obyektidir. Davlatning mutlaq mulkiga taalluqli obyektlar kommunal mulk hisoblanmaydi.
Tegishli ma’muriy-hududiy tuzilmaning aholisi kommunal mulkning subyektidir. Mulkiy huquqni ro‘yobga chiqarishni O‘zbekiston Respublikasidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari amalga oshiradilar. (23-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 23, 25- bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 24-modda. Davlat korxonasining mol-mulki 1. Davlat mulki bo‘lgan va davlat korxonasiga biriktirib qo‘yilgan mol-mulk to‘la xo‘jalik yuritish huquqi asosida unga tegishlidir. Korxona o‘z mol-mulki bilan to‘la xo‘jalik yuritish huquqini amalga oshirar ekan, mazkur mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi, unga nisbatan o‘z xohishi bilan qonunga zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi. To‘la xo‘jalik yuritish huquqiga nisbatan, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mulkchilik huquqi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi. (24-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 23, 26- bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 25-modda. Davlat korxonasi mehnat kollektivi a’zolarining mulki 1. Soliqlar va boshqa budjetga to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin davlat korxonasida qoladigan foydaning (daromadning) bir qismi (sof foyda) korxona mehnat jamoasi a’zolarining mulkiga aylanib, undan O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va korxona ustaviga muvofiq foydalaniladi. 2. Mehnat kollektivining a’zosiga tegishli foyda daromad miqdori uning ulushi bo‘ladi. Korxona tugatilgan taqdirda ulush summasi (aksiyalar qiymati) mehnat kollektivi a’zolariga (vorislarga) budjet, banklar bilan va korxonaning boshqa qarz beruvchilari bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mulkdan to‘lanadi.
(26-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) 1. Davlat mulki bo‘lgan va mulkdor tomonidan davlat budjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qo‘yilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida bo‘ladi. 2. Davlat budjetida turuvchi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladilar. 3. Davlat muassasasi (tashkiloti) o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘z egaligidagi pul mablag‘lari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablag‘i yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha tegishli mulkning egasi javobgar bo‘ladi.
Mulkning aralash shakllari mulkdorlarning moddiy va pul mablag‘larini birlashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish prinsipi asosida ham, shuningdek o‘z mablag‘larini birlashtirgan mulkdorlar o‘rtasida daromadlarni qo‘shgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Aralash mulkning o‘z mablag‘larini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasining yoki ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) bo‘lmish korxonalar, mulkiy majmualar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulk O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartib va shartlar asosida mulk qilib respublika va boshqa davlatlar jismoniy hamda yuridik shaxslarning tasarrufiga o‘tkazib berilishi mumkin. (27-1-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda) Oldingi tahrirga qarang. (28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda) Oldingi tahrirga qarang. VI BO‘LIM. AJNABIY FUQAROLAR, TAShKILOTLAR VA DAVLATLARNING MULKI (VI-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. (33-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 29-modda. Chet el fuqarolarining mulki Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin o‘tkazilishini kafolatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang. 30-modda. Chet el yuridik shaxslarining mulki Chet el yuridik shaxslari O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik faoliyatlarini va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan o‘z mulklariga ega bo‘lishga haqlidirlar. Chet el yuridik shaxslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi. Mulkni ko‘paytirish va boshqa davlatlarga o‘tkazish qonunan ta’minlanadi. (30-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 32, 34- bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 31-modda. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mulki Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, xayriya va boshqa xalqaro munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Ularning mol-mulkini asrash, ko‘paytirish va boshqa davlatlarga o‘tkazish imkoniyatlari kafolatlanadi. (31-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 32, 35- bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) VII BO‘LIM. MULKIY HUQUQNING KAFOLATI VA HIMOYa QILINIShI Oldingi tahrirga qarang. 32-modda. Mulkiy huquqning kafolati 1. O‘zbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni ko‘paytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib beradi. (32-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 32, 36- bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. 33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi (33-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) 1. Mulkdor o‘zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qonunlariga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egadir.
2. Mulkdor o‘z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin.
3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud tomonidan amalga oshiriladi. (33-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 4. Ushbu moddada ko‘zda tutilgan huquqlar garchi mulkdor bo‘lmasa ham, mulkdan to‘la xo‘jalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda yoxud shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs o‘z egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
34-modda. Mulkdorning huquqi qonuniy ravishda to‘xtatilgan taqdirda uning manfaatlarini himoya qilish 1. Mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qo‘yish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini to‘xtatib qo‘yishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda mulk huquqi to‘xtatilishi oqibatida yetkazilgan zarar mulkdorga batamom to‘lanadi.
Mulkdor norozi bo‘lgan taqdirda nizo sud tomonidan hal etilmagunicha, mulk huquqining to‘xtatilishiga olib boradigan qaror amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq barcha masalalar ham nizoni ko‘rib chiqish jarayonida hal etiladi.
2. Mulkdor mol-mulkining davlat tomonidan olib qo‘yilishiga mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish shu mulkka qaratilgan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek rekvizitsiya va musodara tartibida yo‘l qo‘yiladi. Tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng yoyilishi va favqulodda ro‘y beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan holda mulkdordan O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qo‘yilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati to‘lanadi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan mol-mulk musodara qilinishi mumkin.
Davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof bo‘lgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning va boshqa shaxslarning o‘zlariga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish borasidagi huquqlari buzilgan taqdirda bunday hujjat mulkdorning yoki huquqi buzilgan shaxsning da’vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topiladi. Mazkur hujjatlarni chiqarish oqibatida fuqarolarga, tashkilotlar va boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlar tegishli hokimiyat yoki boshqaruv organi ixtiyoridagi mablag‘ hisobidan to‘la-to‘kis qoplanishi shart.
Davlat organlari mulkdorga yoxud to‘la xo‘jalik yuritish, bevosita boshqarish huquqi bo‘yicha yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qo‘yishga huquqli emas. Davlat organlari mulkdorning hamda ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning o‘z mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar bo‘ladilar. (36-modda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KАRIMOV Toshkent sh., 1990-yil 31-oktabr, 152-XII-son (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 31-33-son, 371-modda; 1991-y., 11- son, 273-modda; 1993-y., 5-son, 235-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 978-modda) Download 137.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling