O`zbekiston Respublikasining "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida"gi qonuni


Download 22.14 Kb.
Sana10.02.2020
Hajmi22.14 Kb.

O`zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”gi qonuni

O`zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va havsizligi to`g`risida”gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-sonli “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “O'‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktyabrdagi 342-sonli “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori

“O’zbekiston respublikasi hududiga sertifikattsiyalanishi majburiy bo’lgan tovarlarni (mahsulotlar)ni olib kirish tartibi to’g’risida.” (Qayd AV 26.02.2000 y. № 901, rus tilidagi matnda berilgan)Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 1 iyundagi P-3,01-02/16-45-sonli «Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan tovarlar (mahsulotlar)ni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida»gi qaroriga (ro‘yxat raqami 901-5, 01.07.2016 y.) asosan 2016 yil 5 oktyabrdan o‘z kuchini yo‘qotdi.

“Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”. (Qayd AV 18.03.2005 y. № 1458)

“Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va xizmatlarni inspektsiya nazoratidan o’tkazish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” (Qayd AV 06.04.2005 y. № 1464)

“Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida”. (Qayd AV 06.04.2005 y. № 1465)

“Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” (Qayd AV 28.09.2005 y. № 1513)

"Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq iste’moli mollariga gigiyenik sertifikati berish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida" (Qayd AV 08.12.2005 y. № 1525).



“Ishlab chiqarilgan etil spirt - rektifikatini sinovdan o’tkazish va tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida” (Qayd AV 06.09.2007 y. № 1714)

“O’zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq to’lash qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”. (Qayd AV 11.10.2013 y. № 2516).

Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (Qayd AV 30.12.2015 y. № 2748).

"Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" (Qayd AV 21.07.2017 y. № 2899).

Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish kiritildi


12:27 / 19.06.20185735O‘zbekiston

O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrug‘i bilan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.

Ma'lumot uchun: respublikada ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan, alohida ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlar sertifikatlashtirilishi lozim. O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlar muvofiqligini tasdiqlashning tavsiya etilayotgan chizmalari (jami 9 ta) qo‘llaniladi.   
 
Joriy yilning 1 iyulidan boshlab mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlovchi yana bitta chizma – 7A amalga kiritiladi. U bitta tashqi savdo kontrakti doirasida chetdan keltirilgan mahsulotni (transport vositalaridan tashqari) sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi. Sertifikat 1 kalendar yilidan oshmagan muddatga beriladi.    
 
7A chizmasi bo‘yicha sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etish zarur:

• mahsulotning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan tashqi savdo kontrakti;


• mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuv.
 

Joriy yilning 18-20 iyul kunlari Respublikamizning Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida yangi qabul qilinayotgan va kuchga kirgan qonun va qarorlarni amaliyotga tatbiq etish, ularning mazmun mohiyatini aholi va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida keng tushuntirishga bag‘ishlangan seminarlar ketma-ketligi bo‘lib o‘tdi.



Tashkil etilgan seminarlarda “O‘zstandart” agentligining matbuot xizmati raxbari A.G‘.Rasulov, “Respublika SSM” DKning “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” rahbariN.X.Urazqulov, hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari rahbarlari, standartlashtirish va metrologiya boshqarma boshliqlari, shuningdek ushbu viloyatlarda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilot rahbarlari, tadbirkorlik sub’ektlari hamda matbuot hodimlari ishtirok etishdi.

Seminarlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 21 iyundagi "Tashqi iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish va mahalliy eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3077-sonli qarori, 2017 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2935-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi "Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi 475-sonli qarorlarining mazmun moxiyati, afzalliklari va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.

Shuningdek «O‘zstandart» agentligining matbuot xizmati raxbari A.G‘.Rasulov tomonidan Yurtimizda tadbirkorlik sohasi jadal suratlar bilan rivojlanayotganligi, bu borada kichik biznes, xususiy tadbirkor, xususiy mulk egalariga Prezidentimiz va xukumatimiz tomonidan katta e’tibor berilayotganligi, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur xuquqiy bazalar yaratilganligini va tobora takomillashtirib borilayotgani, qulay ish bilarmonlik muxiti shakllanayotganligi, biznesni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar to‘g‘risida gapirib, “O‘zstandart” agentligida shu borada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha axborotlar berildi.

“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” rahbari N.Urazqulov seminarlar mobaynida, viloyatlarda ishlab chiqarish korxonalari Respublikamizda yetakchilar qatorida ekanligi va tashabbuskor tadbirkorlarning o‘rni to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqariladigan maxsulotlar sifatiga e’tiborni kuchaytirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan har bir seminar qiziqarli suhbatlarga boy bo‘lib, barcha ishtirokchilar o‘zlari uchun muhim va kerakli bo‘lgan ma’lumot va yangiliklarga ega bo‘lishdi.
Download 22.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling