O`zbekiston respublikasining oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti 510900-Pedagogika va psixologiya kafedrasi


Download 49.74 Kb.
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi49.74 Kb.
#203648
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdishukurov shohruh kurs ishi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
510900-Pedagogika va psixologiya kafedrasi

207-guruh talabasi

Abdishukurov Shohruh Shermamat o`g`lining
«Ijtimoiy pedagogika » fanidan

«Sharq mutafakkirlari barkamol inson tarbiyasi haqida » mavzusidagi



KURS ISHI


«Ximoyaga tavsiya etilsin» Ilmiy rahbar: Zarmasov. SH

Pedagogika-psixologiya”


Kafedrasi mudiri --------------------P.f.n. I.To`raqulova

Taqrizchilar ---------------------------

Jizzax – 2020



MUNDARIJA

KIRISH…………………………………………………………………






I bob Shatq mutafakkirlari barkamol inson tarbiyasi haqida.....

1.1 XIV-XVI Sharq mutafakkirlarini inson tarbiyasi haqida fikrlar taraqqiyoti...

1.2 Abu Nasr Forobiyning inson tarbiyasiga oid qarashlari ...............





II bob Abu Ali Ibn Sinoning barkamol inson tarbiyasi haqida axloqiy qarashlari.....

2.1 Barkamol inson haqida ..................................................

2.2 Komil inson tarbiyasi ............................................. 


 





XULOSA VA TAVSIYALAR...................................................................







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..................







Ilovalar ………………………………………………………………........









KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng

barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, shuningdek, ma’naviy-madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz tiklanishiga alohida e’tibor qaratildi. Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va Oliy Majlis sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risidagi»Qonun, «Kadrlar tayyorlash

milliy dasturi» va shu kabi me’yoriy hujjatlarda yoshlarga bilim va tarbiya

berishda, ularni etuk mutaxassislar qilib shakllantirishda milliy-madaniy merosga tayanish izchilligi o’z aksini topgan.

Qaysi bir bilim sohasini olib qaramaylik, uning taraqqiyoti ko’p jihatdan

o’tmish tajribasiga mustahkam bog’liq bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Bu

ayniqsa, pedagogika fani taraqqiyoti uchun xosdir. Bu masalada biz milliymadaniy meros va uni o’zlashtirishga tayanib ish ko’ramiz. Chunki o’tmish progressiv tajribalariga, metod va usullariga tayanmasdan turib, yosh avlodni yuksak axloqli qilib tarbiyalash mumkin emas. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda.

Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda».

Sharq xalqlari ko’p asrlarga borib taqaluvchi madaniyatga ega ekanligi

hammaga ayon. Ana shu madaniy yodgorliklar inson qo’li, aqli, mahorat va

malakasi o’tmishdan qabul qilib olgan hayotiy tajribasi natijasidagina milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, san’at va adabiyot asarlariga aylangan demak, madaniyat o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmay, ko’p darajada ta’lim va tarbiya mevasi sifatida shakllangan.

XI asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun II o’z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan ―Bayt-ul-hikma‖ -

Donishmandlar uyi tarixda ―Ma’mun akademiyasi‖ deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Sahl al-Masixiy, tabib Abulxayr Xammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug’ullanganlar.

Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko’tarilish Sharq

Renessansi – Uyg’onish davrining boshlanishga olib keldi.Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu

asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va

jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Shuningdek, Sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib,

ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o’lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.Yuqorida tilga olingan mutafakkirlar va ularning o’lmas ma’naviy-madaniy merosi yosh avlodni yuksak axloqli, mehnatsevarlik, ilmga chanqoqlik, sof vijdonlilik, ota-onaga va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyatga egadir.

Ushbu dolzarb vazifalardan kelib chiqib, biz tadqiqotimizni «Sharq mutafakkirlarining barkamol inson tarbiyasi haqida » mavzusida olib bordik.

Tadqiqotning maqsadi: Ta’lim-tarbiya jarayonida Sharq mutafakkirlarining pedagogik merosidan foydalanishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash.

Tadqiqotning obekti: Ta’lim-tarbiya jarayonida Sharq mutafakkirlarining

pedagogik merosidan foydalanish jarayoni

Tadqiqotning predmeti: Sharq mutafakkirlarining barkamol inson tarbiyasi haqida qarashlaridan ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilishi

Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining mazmunini belgilab beruvchi direktiv-me’yoriy hujjatlar, xususan, rivojlantirishda interfaol metodlardan foydalana olishlari, mutahassis psixologlarning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni natijasini, amaliyotchi psixologlarning ish faoliyatini tashkil etishning shart-sharoitlarini o’rganish.




Download 49.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling