O'zbekiston respublikasining parlamenti


Download 16.78 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi16.78 Kb.
#629155
Bog'liq
Parlament
MALUMOT BAZALARI VA UNING TURLARI, Grfjhtggkjhgkouy, 12 -Amaliy mashg\'ulot, 5 - amaliy mashgulot, bolalar-uchun-ingliz-tili, 16309285411250715, PF-4947 07.02.2017, 5 va 6-lab.mashg\'uloti Noorganik kimyo, gsm-treker-juchok-gf-07 5ef7398e65012 1593260430, 3422200033, 10-Mavzu Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachil, Qattiq jism harakati, markaziy maydon, 12-13-mavzular

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PARLAMENTI
Parlamentning quyi palatasi kabi Senat ham mamlakatning asosiy vakillik organi bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy va davlat-mintaqaviy vakillikni ifoda etadi. Qonunchilik palatasida hamma siyosiy partiyalar fraktsiya orqali qatnashayotganligi va hozirgi vaqtda bitta harakat (Ekologik harakat) mavjudligi sababli Senatning ko‘pchilik qismi mamlakatning barcha mintaqalari vakillaridan tashkil topgan, bunda u mamlakat palatalari o‘rtasida zarur muvozanat va tenglikni ta’minlash, shuningdek mintaqalarning manfaatlarini umumdavlat manfaatlari bilan uyg‘unlashtirish printsipiga asoslangan. Jamiyatda shaxsning rolini yanada oshirish va mamlakat fuqarolarining real huquqlarini ta’minlashga qaratilgan davlat yo‘li e’lon qilinganligini hisobga olib, parlamentning muhim printsipi uning harakatlari hamda faoliyat mexanizmlari butun elektoratning o‘y-fikrlarini ro‘yobga chiqarishidan iboratdir.
Qonun chiqaruvchi oliy organni shakllantirish va uning bundan keyingi faoliyatining o‘zgarmas printsipi huquq va qonun ustunligini hamda hokimiyatning hamma tarmoqlari aniq chegaralanishi va muvozanatda bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Konstitutsiyaga va konstitutsiyaviy qonunlarga, boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq, Senat tarkibini shakllantirishda, birinchidan, mintaqaviy vakillik organlari senatorlarni saylash vositasida, ikkinchidan esa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z Farmoni bilan 16 nafar senatorni tayinlashi yo‘li bilan bevosita ishtirok etadilar.
Yuqori palataning 84 nafar a’zosini saylash “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Bu saylov oldingi chaqiriq deputatlar korpusining vakolat muddati tugaganidan keyin bo‘lib o‘tadi. Oliy Majlis Senatini shakllantirish mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari saylovi bilan bevosita uyg‘unlashadi (o‘zaro bog‘liq bo‘ladi). Qonun chiqaruvchi organning yuqori palatasiga parlament a’zolarini saylashning o‘ziga xos jihati ham aslida shu. Bu ish senatorlikka nomzod ko‘rsatishning «ko‘p bosqichlilik» printsipidan kelib chiqadi va ayni shu jihati bilan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga (quyi palataga) umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov asosida amalga oshiriladigan saylovlardan farq qiladi.
Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida senatorlikka nomzodga nisbatan yosh cheklovi belgilangan bo‘lib, u saylov kuni 25 yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim. Nomzodga qo‘yiladigan yana bir talab uning saylov o‘tkaziladigan kuniga qadar kamida besh yil mamlakat hududida muqim yashagan bo‘lishi shart ekanligidir. Saylovlarni faqatgina davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oy ichida ularning qo‘shma majlislarida o‘tkaziladi. Ana shu majlislarning to‘la huquqliligi ularda mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari umumiy sonining kamida 2/3 (uchdan ikki) qismi ishtirok etishi bilan ta’minlanmog‘i kerak. Senatga bo‘ladigan saylovlarni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakili ham ishtirok etadi. Bu hol Senat a’zolarini saylash tartibi to‘g‘risidagi nizomda tasdiqlab qo‘yilgan.
Senat hujjatlari:
Senat o‘zining vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek palataning ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Senat umumsiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar yuzasidan bayonotlar va murojaatlar bilan chiqishi mumkin, ular palataning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Senat qarorlari, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Senatning mutlaq vakolatlari
1) Senat Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislarini va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiy to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish;
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Senat a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
13) Reglamentni hamda o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish;
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Senat qarorlarini qabul qilish kiradi.
Download 16.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling