O’zbekiston Respublikasining shimoliy-sharqiy viloyatlari iqlimi Toshkent


Download 26.45 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi26.45 Kb.
#183488
Bog'liq
Турдибаева Д


O’zbekiston Respublikasining shimoliy-sharqiy viloyatlari iqlimi

Toshkent –Markaziy Osiyoning yirik qadimiy shaharlaridan biri, O’zbekiston Respublikasining poytaxti. O’rta Osiyoning ulkan sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440-480 m tepalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 2 485 900 kishini tashkil etadi. Shahar Qozog’istonning chegarasiga yaqin joylashgan. Maydoni 334,8 km².

Toshkent vohasi Tyan-Shanning gʻarbiy yonbagʻirlaridan boshlanib Sirdaryo etaklariga tushadigan keng togʻoldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda u uchta — Ugom, Piskom va Chotqol togʻ tizmalari bilan oʻralgan boʻlib, bu tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib oʻtuvchi daralar ajratib turadi. Bu daryolar qoʻshilib Chirchiq daryosini hosil qiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq havzasining tor darasidan oʻtib, Gʻazalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi baʼzi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik boʻylab oqadi. Gʻarbda Chirchiq vodiysiga Qizilqumning qaynoq nafasi uriladi. Bu qayirning bir qismini Chirchiq daryosining hozirgi oʻzani egallagan. Janubiy qismida esa vodiyga kirib boruvchi Ohangaron daryosi yastangan. Ushbu tekislik shimolida joylashgan Aris daryosining vodiysi bilan birga bu tabiiy suv tarmoqlari Oʻrta Osiyo dehqonchilik vohalarining chekka mintaqasini tashkil etadi.

Shaharning iqlimi - kontinental, jazirama, quruq yoz kunlari hamda sovuq qish iqlimi bilan shahar boshqa dunyo shaharlaridan ajralib turadi. Yillik oʻrtacha harorat 13,5 °C. Yozda esa harorat 35 °C gacha yetish bilan birga, qish oylarida buning aksini kuzatish mumkin. Havo harorati −25…−30 C° gacha boradi. Asosiy yogʻinlar noyabr hamda mart oylarida kuzatiladi.

Toshkent iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha temperaturada 13,3°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,1°, eng past temperatura — 29°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,5°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 360-390 mm yogʻin yogʻadi. Chirchiq daryosidan chiqarilgan va butun shahar boʻylab oʻtadigan Boʻzsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Boʻrijar, Oktepa, Qoraqamish va boshqa kanallar uning mikroiqlimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.




Download 26.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling