O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Download 39.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana11.11.2017
Hajmi39.9 Kb.
#19879
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

                                    XOTIRA VA  HAYOL 
  
 
T a ya n ch     s o' z     v a     i b o r a l a r : 
 
Xotira,  assosiasiya,  esda  olib  qolish,  esda  saqlash,  esga 
tushurish,  unutish,  harakat,  emosional,  obrazli,  so'z-mantiq, 
ixtiyoriy,  ixtiyorsiz,  qisqa  muddatli,  uzoq  mudatli,  operativ, 
hayol,  fantaziya,  obraz,  tasavvur,  passiv  hayol,  ijodiy  hayol, 
shirin  hayol,  aktiv  hayol,  anatilik,  sintetik  agglyutinasiya, 
gipertolizasiya,  sxematizasiya,  katta  yarim  sharlar  po’stlog’I, 
nerv, orzu. 
 
Psixikaning  eng  muhim  xususiyati  shundan  iboratki,  individ 
tashqi 
ta'sirotlarning 
aks 
ettirilishidan 
o'zining 
keyingi 
hattiqharakatlarida doimo  foydalanadi. Individual  tajriba ortib borishi 
hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashdi. Agar tashqi dunyoning 
miya  qobig'ida  hosil  bo'ladigan  obrazlari  beiz  yo'qolib  ketaversa, 
tajribaning  shakllanishi  mutlaqo  mumkin  bo'lmay  qolar  edi.  Bu 
obrazlar  bir-biri  bilan  o'zaro  turli  xil  aloqalar  bog'lagan  holda 
mustahkamlanib,  saqlanib  qoladi  hamda  hayot  va  faoliyat  talablariga 
muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo'ladi. 

 
219 
Individning  o'z  tajribasini  esda  olib  qolishi,  esda  saqlashi  va 
keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.  
Biz  sezgan,  idrok  qilgan  narsalar  iz  qoldirmasdan  yo'qolib 
ketmaydi,  balki  ma'lum  darajada  esda  saqlanib  qoladi  va  qulay 
sharoitda  yoki  kerak  bo'lganda  esimizga  tushadi.  Kunlik  tajribamiz 
shuni  ko'rsatadi,  esda  qolgan  narsalarning  hammasi  ham  esimizga 
tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid 
hodisadir.  Esda  qolgan  narsa  xotira  materialini,  esda  saqlanib 
turadigan  va  esga  tushiriladigan  narsa  esa  xotiraning  mazmunini 
tashkil  qiladi.  Ongimiz  aks  ettirgan  narsalarni  mustahkamlash, 
saqlab  qolish  va  keyinchalik  tiklashdan  iborat  bo'lgan  aqliy 
faoliyat  xotira  deyiladi.  Xotira  bir  necha  ruhiy  jarayonni  o'z  ichiga 
oladi: 
1.
 
Esda olib qolish; 
2.
 
Esga tushirish; 
3.
 
Esda saqlash va unitish. 
Bu  jarayonlarning  har  biri  alohida  mustaqil  psixik  xususiyat 
hisoblanmaydi.  Ular  faoliyat  davomida  shakllanadi  va  o'sha  faoliyat 
bilan  belgilanadi.  Muayyan  bir  materialni  esda  olib  qolish  hayot 
faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga bog'liqdir. Esda olib 
qolingan  narsani  keyinchalik  bo'ladigan  faoliyatda  qo'llash  uchun  uni 
esga  tushirish  taqozo  etiladi.  Muayyan  bir  materialning  faoliyat 
doirasidan chiqib qolishi esa uning unitilishiga olib keladi. Materialni 
esda  saqlash  uning  shaxs  faoliyatidagi  ishtirokiga  bog'liq  bo'ladi. 
Chunki  har  bir  muayyan  paytda  kishining  xulq-atvori  uning  butun 
hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. 
 
Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati 
hisoblanadi.  Xotiraning  roli  «o'tmishda  yuz  bergan»  narsani  aks 
ettirish bilangina cheklanib qolishi mumkin emas. 
Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi 
bo'lish bilan birga inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta'minlaydi. 
Xotira  faoliyati  esda  olib  qolishdan  boshlanadi.  Biz  hamisha 
biror narsa yoki xodisani idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda 
olib  qolamiz.  Esda  olib  qolish  jarayoni  eng  avval  miya  po'stida  idrok 
qilinayotgan narsalar-buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning «izlari» 
hosil  bo'lishidan  va  ayni  vaqtda  esda  olib  qolinadigan  material  bilan 
kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning 
ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan 
iboratdir. 
Esda  olib  qolishning  ikki  turi  mavjud:  assosiativ  va  mantiqan 
esda  qoldirish.  Bir vaqtda va bir joyda birin-ketin idrok qilingan ikki 
yoki bir qancha narsa va hodisalarning obrazlari o'rtasida miyada hosil 
bo'ladigan  bog'lanish  assosiativ  bog'lanish  yoki  assosiasiya  deyiladi. 
Masalan,  birorta  ashulani  eshitib  turib,  ayni  zamonda  shu  ashulani 

 
220 
aytayotgan  odamning  o'zini  ham  ko'rsak,  shu  ashulani  idrok  qilish 
o'rtasida yondosh assosiasiya hosil bo'ladi. Assosiasiyaning yondoshlik 
assosiasiyasidan  tashqari  o'xshashlik,  qarama-qarshilik  turlari  ham 
mavjud. 
Ma'nosiga  tushunib  yoki  mantiqan  esda  olib  qolish  jarayonida 
asosiy  o'rinda  fikrlash  jarayonlari  turadi.  Esda  qoldirilayotgan 
materialning  ayrim  qismlari  va  elementlari  o'rtasidagi  ma'no  va 
mantiqiy  bog'lanishlarni  fikr  yuritish  yo'li  bilan  ochiladi.  Ma'no 
bog'lanishlarni ochish birorta narsaning obrazini oddiy esda olib qolish 
emas,  balki  narsa  va  xodisalarga  xos  bo'lgan  eng  muhim  va  zaruriy 
bog'lanishlarni  ochish  demakdir,  bir  guruh  doirasiga  kirgan  narsa  va 
hodisalarning  umumiy  va  muhim  belgilari,  ular  o'rtasidagi  sabab  va 
natija bog'lanishlarini aniqlash demakdir. 
O'tmishda  idrok  qilingan  narsalarning  hisqtuyg'u,  fikr  va  ish 
harakatlarning  ongimizga  qaytadan  tiklanishi  esga  tushirish  deyiladi. 
Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari hosil 
bo'lgan nerv bog'lanishlarning qo'zg'alishidir. 
Idrok  qilingan  narsalar  miyamizda  o'rnashib  qolishi,  esimizda 
turishi  tufayli,  ular  turli  usulda  esimizga  tushishi  mumkin.  Esda 
saqlash  deyilganda  ilgari  tug'ilgan  taasurot,  fikr,  his-tuyg'u  va  ish 
harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va 
mustahkamlanishini  tushunamiz.  Ana  shunday  moyillikning  hosil 
bo'lishi  va  mustahkamlanib  qolishi  nerv  sistemasining  plastiklik  deb 
ataluvchi alohida xususiyatga ega bo'lishi bilan bog'liq. Shuning uchun 
ham  nerv  sistemasi  ilgari  bo'lib  o'tgan  tassurotlarni  takrorlashga 
tayyor  turadi.  Unutish-ilgarilari  esga  olib  qolingan  narsalarning 
ongimizdan  tamomila  yo'qolishi,  ya'ni  uni  esda  tutishga  batamom 
qarama-qarshi  jarayon  deb  tushunamiz.  Bu  xato  fikrdir.  Esdan 
chiqarish  xotirani  ko'pgina  keraksiz  detallardan  holi  qilish  va  eslab 
qolinganini  umumlashtirish,  shu  orqali  esa  uning  saqlanib  qolishiga 
yordam  beradi.  Esdan  chiqarishning  o'ziga  xos  xususiyati  uning  bir 
tekisda  bo'lmasligidir.  Esdan  chiqarishning  oldini  olish  uchun  u 
materialni  shunday,  biroq  o'z  vaqtida  takrorlash  kifoyadir,  chunki 
esdan  chiqarilgan  narsani  qayta  tiklash  uchun  anchagina  mehnat 
talab qilinadi. 
Xotiraning 
mexanizmlari 
haqidagi 
fiziologik 
nazariyalar 
I.P.Pavlovning  oliy  nerv  faoliyati  qonuniyatlari  haqidagi  ta'limotining 
eng  muhim  qoidalari  bilan  chambarchas  bog'liqdir.  Muvaqqat  shartli 
bog'lanishlarning  hosil  bo'lishi  haqidagi  ta'limot-bu  sub'yektning 
individual tajribasi tarkib topishi mexanizmlari haqidagi ta'limot, ya'ni 
aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.  
Xotira  kishi  hayoti  va  faoliyatining  barcha  jabhalarida  ishtirok 
etishi  sababli  uning  namoyon  bo'lishi  shakllari  ham  benihoya  rang-
barangdir. Xotiraning turlarga bo'linishi, eng avvalo, esda olib qolish va 

 
221 
yana  qayta  eyaga  tushirish  jarayonlari  o'rin  olgan  faoliyatning  aynan 
o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu xotiraning u yoki 
bu  turi  kishida  uning  psixik  tuzilishiga  xos  xususiyat  sifatida 
gavdalangan  hollar  uchun  ham  to'g'ridir.  Muayyan  psixik  xususiyat 
faoliyatda gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi. 
Xotira  ta'riflarining  esda  olib  qolish  va  qayta  esga  tushirish 
jarayonlari  sodir  bo'ladigan  faoliyatning  xususiyatlariga  bog'liqligi 
xotiraning  har xil  turlarini  ajratish  uchun  umumiy asos  bo'lib xizmat 
qiladi.  Bunda  xotiraning  ayrim  turlari  uchta  asosiy  mezonga  muvofiq 
tarzda bo'linadi:  
1)  faoliyatda  ko'proq  sezilib  turadigan  psixik  faollikning 
xususiyatiga  qarab  xotira  harakat,  emosional,  obrazli  va  so'z-
mantiqli turlariga bo'linadi; 
2)  faoliyatning  maqsadlari  xususiyatlariga  ko'ra  ixtiyoriy  va 
ixtiyorsiz xotira turlariga bo'linadi 
3)  materialni  qancha  vaqt  esda  olib  qolish  va  esda  saqlash 
muddatiga  ko'ra  (uning  faoliyatdagi  roli  va  tutgan  o'rniga  bog'liq 
ravishda) qisqa muddatli, uzoq muddatli xotira turlariga bo'linadi. 
Harakat  xotirasi-turli  xildagi  ish  harakatlari  va  ularning 
sistemasini  esda  olib  qolish,  esda  saqlash  va  yana  qayta  esga 
tushirishdan iboratdir.  
Emosional  xotira-his-tuyg'uga  xos  xotiradir.  His-tuyg'ular 
hamisha 
bizga 
ehtiyojlarimiz 
va 
qiziqishlarimiz 
qanday 
qondirilayotgani,  bizning  tevarak-atrofdagi  olamga  munosabatimiz 
qanday  yo'lga  qo'yilganligi  haqida  xabar  berib  turadi.  Shuning  uchun 
ham  hissiy  xotira  har  bir  kishining  hayoti  va  faoliyatida  juda  muhim 
ahamiyatga egadir. 
Obraz  xotirasi  tasavvurlarni,  tabiat  va  hayot  manzaralarini, 
shuningdek, tovushlarni, hidlarni, ta'mlarni esda olib qolishdan iborat 
xotira  hisoblanadi.  U  ko'rish,  eshitish,  hid  bilish,  ta'm  bilishga  oid 
xotiradir. 
Bizning  o'y-fikrlarimiz  so'z-mantiq  xotiraning  mazmunini 
tashkil etadi. O'y-fikrlar nutqsiz mavjud bo'la olmaydi, shuning uchun 
ham  ularga oid xotira  ham  shunchaki  mantiqiy deb emas,  balki  so'z-
mantiq  xotira  deb  ataladi.  O'y-fikrlar  turli  xildagi  til  shakllarida 
mujassamlashgan  bo'lishi  mumkinligi  vajidan  ularning  aks  ettirilishi 
materialning  yo  faqat  asosiy  mohiyatini  yetkazishga,  yoxud  uning 
aynan so'z bilan ifoda etilishiga qaratilgan bo'lishi mumkin. 
Biron  narsani  esda  olib  qolish  yoki  eslash  uchun  maxsus 
maqsad bo'lmagan holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish 
ixtiyorsiz xotira deb ataladi. 
Oldimizga  bironta  maqsad  qo'yib  esda  olib  qolganimizda 
ixtiyoriy xotira haqida gap boradi. 

 
222 
Har  kimning  o'ziga  xos  xotira  xususiyatlari  bor.  Xar  kimning 
xotirasidagi  farq  xotiraning  kuchida  ifodalanadi.  Ma'lumki,  xotirasi 
kuchli  va  xotirasi  zaif  odamlar  bor.  Xotiraning  kuchli-kuchsiz  bo'lishi 
esda olib qolish va esdan chiqarish tezlik darajasiga qarab belgilanadi. 
Tez  esga  olib  sekin,  bora-bora  unutish  kuchli  xotiraning  xarakterli 
xususiyati  bo'lsa,  sekin esda olib  qolish  va  tez esdan  chiqarib  qo'yish 
kusiz xotira belgilaridandir. 
Hayol  yoki  fantaziya  tafakkur  kabi  yuksak  bilish 
jarayonlari  qatoriga  kirib,  kishining  o’ziga  xos  insoniy 
xarakterga  ega  bo’lgan  faoliyatlariga  namoyon  bo’ladi. 
Mehnatning  tayyor  natijasini  hayolga  keltirmay  turib  ishga 
kirishib  bo’lmaydi.  Fantaziya  yordami  bilan  kutilayotgan 
natijani  tasavvur  qilish-inson  mehnatining  hayvonlar 
instinktiv  faoliyatidan  tub  farqidir.  Istalgan  mehnat  jarayoni 
zarur tarzda hayolni o’z ichiga qamrab oladi.  
Hayol  inson  ijodiy  faoliyatining  zarur  elementi  bo’lib 
mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o’z ifodasini topadi, 
shuningdek  muammoli  vaziyat  noaniqliq  ko’rsatgan  hollarda 
xulq-atvor  programmasini  tuzishni  ta’minlaydi.  Shuning  bilan 
birga  hayol  faol  faoliyatni  programmalashtiruvchi  emas,  balki  uning 
o’rnini  almashtiruvchi  timsollar  hosil  qilish  vositasi  sifatida  yuzaga 
chiqadi. 
 
Hayolning  psixik  jarayon  sifatida  birinchi  va  muhim  vazifasi 
shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uning natijasini 
tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Hayol mehnatning faqat so’nggi 
natijasinigina emas, balki mehnatning oralik mahsulotlarini tasavvur 
qilish imkonini beradi.  
 
Hayol tafakkur bilan mahkam bog’langandir. Hayol ham tafakkur 
singari kelajakni oldindan ko’rish imkoniyatini beradi. Hayol tafakkur 
singari muammoli vaziyatda, ya’ni masala yechishning yangi usullarini 
qidirib  topishda  yuzaga  keladi.  Tafakkur  singari,  hayol  shaxsning 
extiyojlariga  asoslanadi.  Extiyojlarni  qondirishning    real  jarayonidan 
oldin  extiyojlarni  qondirishning  soxta,  hayoliy  jarayoni  sodir  bo’ladi, 
ya’ni  bu  extiyojlarning  qondirilishi  mumkin  bo’lgan  vaziyatni  jonli, 
yorqin  tasavvur  qilish  mumkin.  Hayol  jarayonlarida  amalga 
oshiriladigan voqelikni oldindan aks ettirish yorqin tasavvurlar tarzida 
va  konkret-obraz  shaklida    sodir  bo’ladi.  Shuning  bilan  bir  paytda 
tafakkur  jarayonlarida  oldindan  aks  ettirish  olamni  umumlashtirib, 
vositali tarzda bilish imkonini beruvchi tushunchalar bilan ishlashda 
sodir bo’ladi. 

 
223 
 
Hayolning  qimmati  shunday  iboratki,  u  hatto  tafakkur  uchun 
kerak bo’lgan to’la va zarur bilimlar bo’lmagan joyda ham biror qarorga 
kelish  hamda  muammoli  vaziyatdan  chiqish  imkonini  beradi. 
Fantaziya  tafakkurning  qandaydir  bosqichlaridan  «sakrab  o’tish»  va 
har  holda  so’nggi  natijani  tasavvur  qilish  imkonini  beradi.  Ammo 
muammoni  yechish  yo’lining  kuchsiz  tomoni  ham  xuddi  mana 
shundadir. Masala yechishning fantaziya tomonidan belgilangan yo’li 
ko’pincha  yetarli  darajada  aniq  va  qat’iy  bo’lmaydi.  Biroq  muhitda 
yetarli bo’lmagan ma’lumotlar bilan yashash va harakat qilish zarurati 
kishida  hayol  apparatining  paydo  bo’lishiga  olib  keldi.  Vaholanki, 
atrofimizni  o’rab  olgan  olamda  o’rganilmagan  sohalar  hamisha  qolar 
ekan, bu hayol apparati hamma vaqt foydali bo’ladi. 
 
Hayol  o’zining  faolligi  bilan  xarakterlanadi.  Shuning  bilan  birga 
hayol  apparati  faqat  atrofdagi  olamni  o’zgartirishga  qaratilgan  shaxs 
ijodiy  faoliyatining  sharti  sifatida  foydalanilishi  mumkin  va 
foydalaniladi.  Ayrim  hollarda  odam  o’ziga  hal  qilib  bo’lmaydigandek 
ko’rinadigan  masalalardan,  turmushning  og’ir  sharoitlaridan,  o’z 
xatolarining  ta’kibidan  va  shu  kabilardan  yashirinish  uchun  real 
tasavvurlardan uzoq bo’lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi. 
Bu  yerda  fantaziya  hayotda  gavdalanmaydigan  obrazlarni  yaratadi, 
amalga oshmaydigan va ko’pincha amalga oshirib bo’lmaydigan ish-
harakat programmalarini belgilaydi. Hayolning bunday formasi passiv 
hayol deb ataladi. 
 
Kishi  passiv  hayolni  oldindan  o’ylab  yuzaga  keltirishi  mumkin: 
jo’rttaga yuzaga keltirilgan iroda bilan bog’liq bo’lmagan, lekin hayotda 
gavdalantirishga qaratilgan hayolning mana shunday obrazlari shirin 
hayol  deb  ataladi.  Qandaydir  quvonchli,  ёqimli,  qiziqarli  narsalara 
haqida shirin hayol surish hamma odamlarga xosdir. Mana shunday 
shirin  hayollarda  fantaziya  mahsulotlari  bilan  ehtiyojlar  o’rtasidagi 
aloqa yengil namoyon bo’ladi. Ammo inson hayoliy jarayonlarida shirin 
hayol  kechirish  hollari  ko’proq  bo’lsa,  bu  shaxsning  passivligidan 
dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi.  
 
Passiv  hayol  o’ylab  qo’yilmagan  tarzda  ham  yuzaga  kelishi 
mumkin.  Bu  asosan  ong  faoliyatining,  ikkinchi  signal  sistemasining 
susayishida,  kishining  vaqtincha  harakatsizlik  holatida,  uyqusirash 
holatida,  uyquda  (tush  ko’rishda),  ongning  kasallikka  uchrab 
buzilishida (gallyusinasiyada) va shu kabilarda sodir bo’ladi. 

 
224 
 
Agar  passiv  hayolni  oldindan  o’ylab  va  o’ylamasdan  qilingan 
turlariga bo’lish mumkin bo’lsa, aktiv hayolni ijodiy va qayta tiklovchi 
hayol turlariga bo’lish mumkin bo’ladi.  
 
O’z  asosida  tasviriga  muvofiq  keladigan  obrazlar  sistemasini 
yaratuvchi hayol qayta tiklovchi hayol deb ataladi. Xoh darslarni, xoh 
badiiy  adabiyotni  o’qishda,  geogrofik  kartani  va  tarixiy  tasvirlarni 
o’rganishda hayol yordami bilan bu kitoblarda, xaritalar va hikoyalarda 
aks ettirilgan narsalarni qayta tiklashga to’g’ri keladi. 
 
Ijodiy hayol kayta tiklovchi hayoldan farq qilgan holda, original va 
qimmatli  moddiy  mahsulotlarda  amalga  oshiriladigan  yangi 
obrazlarning yaratilishini taqozo qiladi. Mehnatda paydo bo’lgan ijodiy 
hayol  ehtiyojlarini  qondirish  yo’lini  izlashda  yaqqol  tasavvurlar  bilan 
aktiv  va  maqsadga  muvofiq  ish  tutadigan  texnik,  badiiy  va  istalgan 
boshqa ijodiyotning ajralmas tomoni bo’lib qoladi. 
 
 Inson  shaxsining  qimmati  ko’p  jihatdan  uning  strukturasida 
hayolning qaysi turi ustunligiga bog’liqdir. Agar o’smirlar va yoshlarda 
konkret  faoliyatlarda  amalga  oshiriladigan  ijodiy  hayollari  passiv, 
quruq  hayolparastlikdan  ustunlik  qilsa,  bu  shaxsning  taraqqiyot 
darajasi yuksakroq ekanligidan dalolat beradi. 
 
Hayol  jarayonlari  idrok,  xotira  va  tafakkur  jarayonlari  kabi 
analitik-sintetik  xarakterga  ega.    Hayolning  mohiyati    tasavvurlarni 
qayta tuzish jarayonidan va o’zimizdagi mavjud obrazlar asosida yangi 
obrazlar  yaratishdan  iboratdir.  Hayol,  fantaziya  real  voqelikni  yangi, 
kutilmagan hamda odatdan o’zgacha qo’shilish va bog’lanishlarda aks 
ettirishdan iboratdir. 
Insonning  bilish  jarayonlarida  xayol  yoki  fantaziya  katta 
ahamiyatga  ega.  Xayol  sеzgi,  idrok,  tafakkur  jarayonlari  bilan  uzviy 
bog`liq bo`lib, borliqni yangi bo`yoqlarda, o`z xohishi, istagi, tasavvuri 
shaqlida  aks  ettirishidir.  Ko`rgan,  eshitgan,  qisqasi  o`z  tajribasidan 
o`tkazgan narsa hodisalarni ko`z oldiga kеltirish - qayta tiklovchi, o`z 
istagi  xohishi  asosida  yangi  obrazlar  yaratib  tasavvur  qilish  -  ijodiy 
xayol shaqlida bo`ladi. Ijodiy xayol - fantaziya dеb ham aytiladi. (Shoir, 
yozuvchi, ixtirochi - konstruktor uchun zarur sifatlar). 
Ijodiy xayol ijodkor-ixtirochi uchun, yozuvchi yoki rassom uchun 
juda zarurdir. Ijodkor o`z boshidan kеchirgani, bilgani doirasidan vaqt 
va fazo jihatidan ilgarilab kеtadi.  
Xayoliy yoki yangi obraz yaratishning bir nеcha usullari bor:  

 
225 
1)  agglyu-tinatsiya  -  еlimlash,  bir  nеcha  obrazdan  yangi  obraz 
yaratish - masalan - suv parisi, kеntavr, uchar ot -  pеgas  va hokazo 
fantastik obrazlarni yaratish.  
2)  gipеrbolizatsiya  -  bo`rttirish  yoki  kichraytirish  (Gullivеr 
sarguzashtlarini eslang). 
3)  qayd  etish-narsa  va  hodisalarning  eng  muhim  bеlgilariga 
diqqatni jalb qilish (O`rtoqlik hazili, sharj).  
Bulardan  tashqari  tipiklashtirish,  orzu  xayol  (uchar  gilam  - 
samolyot), qayd etish, tipiklashtirish shaqlida ham bo`ladi. 
Bolalar o`yini ham, konstruktor tasavvuri ham ijodiy xayol, lеkin 
mazmuni va opеratsiyalari bir-biridan farq qiladi.  
 
 
                                         T A F A K K U R 
 
T a ya n ch     s o’ z     v a     i b o r a l a r : 
 
Tafakkur,  nuqt,  logika,  tafakkur  psixologiyasi,  uning 
turlari.  Tafafkkur  operasiyasi,  analiz,  sintez,  taqqoslash, 
umumlashtirish, 
mavhumlashtirish, 
klassifikasiyalash, 
sistemalashtirish. 
 
 
Kishining  butun  hayoti  uning  oldiga  hamisha  jiddiy  va 
kechiktirib  bo’lmaydigan  vazifalar  va  muammolarni  qo’yadi. 
Bunday  muammolarning,  qiyinchiliklarning,  tasodiflarning 
yuzaga  kelishi  atrofimizdagi  voqelikda  hali  juda  ko’p 
noma’lum,  tushunib  bo’lmaydigan,  kutilmagan,  yashirin 
narsalar borligidan  dalolat  beradi. Demak, olamni chuqurroq 
o’rganib,  unda  odamlar  va  narsalarning  tobora  yangi-yangi 
jarayonlarini,  xususiyatlarini  va  o’zaro  munosabatlarini 
ochish lozim. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, hayot va 
faoliyat  davomida  har  bir  individ  narsalarning  qandaydir 
yangi,  ilgari  ma’lum  bo’lmagan  xususiyatlariga  duch  keladi. 
O’tmishdagi  bilimlarimizning  kamligi  bilinib  qoladi.  Koinot 
cheksiz  bo’lganidek,  uni  bilish  jarayoni  ham  cheksizdir. 
Tafakkur  hamisha  hali  bilib  olinmagan,  yangilikning  ana 
shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo’ladi. 
Tafakkur-jiddiy  ravishda  yangilikni  qidirish  va 
ochishga  bog’liq,  aloqador  psixik  jarayondir,  uning 
tahlili  va  sintezi  jarayonida  voqelikni  bavosita  va 
umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy 

 
226 
faoliyat  asosida  hissiy  bilishlardan  paydo  bo’ladi  va 
hissiy  bilish  chegarasidan  ancha  tashqariga  chiqib 
ketadi. 
Tafakkur-bu  predmet  va  hodisalarning  umumiy 
xususiyatlarini  aks  ettirish,  ular  o’rtasidagi  qonuniy  aloqalar 
hamda  munosabatlarni  topish  jarayonidir.  Boshqacha  qilib 
aytganda,  tafakkur-bu  borliqni  umumlashtirilgan  holda  va 
bevosita  aks  ettirishdir.  Tafakkur-inson  aqliy  faoliyatining 
yuksak  shaklidir.  Istalgan  ixtiyoriy  faoliyat,  u  xoh  o’quv,  xoh 
ishlab  chiqarish  faoliyati  bo’lsin,  uning  natijalarini  oldindan 
ko’rishni  albatta  talab  qiladi.  Biroq  oldindan  ko’rish  uchun 
dalillarni  umumlashtirish  va  shu  umumlashmalar  asosida 
xuddi  shunga  o’xshash  boshqa  dalillarga  ham  tadbiq  etish 
mumkin  bo’lgan  xulosalar  chiqarish  kerak  bo’ladi.  Bu 
ikkiyoqlama  yondashish  yakkadan  umumiyga,  umumiydan 
yakkaga-tafakkur orqali amalga oshiriladi. Voqelik tafakkurda 
idrok  va  tasavvurlardagiga  qaraganda  chuqurroq  va  to’laroq 
aks  etadi.  Narsa  vahodisalar  o’rtasidagi  eng  muhim 
bog’lanishlar  va  munosabatlar  tafakkur  yordami  bilan 
ochiladi.  Binobarin,  tafakkur  insonning  shunday  aqliy 
faoliyatidirki,  bu  faoliyat  voqelikni  eng  aniq  (to’g’ri),  to’liq, 
chuqur  va  umumlashtirib  aks  ettirishga  (bilishga),  insonning 
tag’in  ham  oqilona  amaliy  faoliyat  bilan  shug’ullanishiga 
imkon beradi. 
Bilish  faoliya  sezish  va  idrok  qilishdan  boshlanadi  va 
keyin  tafakkurga  o’tib  ketishi  mumkin.  Biroq  istagan 
tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha  hissiy 
bilish bilan, ya’ni sezgi, idrok va tasavvurlar bilan bog’langan 
bo’ladi.  Tafakkur  faoliyati  o’zining  butun  «materialini»  faqat 
bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur sezgilar 
va  idrok  qilish  jarayonlari  orqali  tashqi  olam  bilan  bevosita 
bog’lanadi  hamda  shu  tariqa  olamni  aks  ettiradi.  Bu  aks 
ettirishning  to’g’riligi  (adekvatligi)  amaliy  faoliyat  orqli  tabiat 
va jamiyatni amaliy o’zgartirish jarayonida uzluksiz tekshirilib 
turiladi. 
Bosh  miya  po’stining  biron  bir  sohasi  emas,  balki  bosh 
miyaning  butun  po’sti  bajarayotgan  faoliyat  tafakkurning 
nerv-fiziologik  negizidir.  Analizatorlarning  miyaga  borib 
tutashgan  uchlari  o’rtasida  vujudga  keladigan  murakkab  va 

 
227 
muvaqqat bog’lanishlar tafakkur  qilish  uchun birinchi galda 
ahamiyatga ega. Tafakkurni yo’naltirib turadigan asosiy nerv-
fiziologik negiz shunday yo’l ko’rsatib turuvchi refleksdirki, bu 
refleks  tafakkur  qilish  jarayonlarida  katta  rol  o’ynaydi. 
Tafakkur  qilish  jarayoni  biror  psixik  elementlarning 
shunchaki 
bir-biri 
bilan 
almashinishi 
tarzida 
voqe 
bo’lmasdan,  balki  alohida  aqliy  operasiyalar-biz  idrok 
qilayotgan  yoki  tasavvur  qilayotgan  narsalar  ustida, 
umumiylashgan  va  amalda  tushunchalarga  ega  bo’lgan 
ob’yektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo’ladi. 
Taqqoslash, 
analish 
va 
sintez, 
abstraksiya 
va 
umumiylashtirish, konkretlashtirish, klassifikasiya (tasnif) va 
sistema  (tizim)ga  solish  aqliy  operasiyalarning  asosiy 
turlaridir.  
Download 39.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling