O’zbekiston respuliikasi xalq ta’limi


Download 0.6 Mb.
bet1/8
Sana19.10.2020
Hajmi0.6 Mb.
#134601
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MALAKA ISHI NAMUNASI



O’ZBEKISTON RESPULIIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

BUXORO VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

MAKTABGACHA, BOSHLAGICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKALARI KAFEDRASI
Himoyaga ruxsat etaman” markaz direktori G. H. Nigmatova “_____” ______________ 2020-yil

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari malakasini oshirish kursi “J” guruhi tinglovchisi Ne’matova Hilola Hayitovnaning

TABIATSHUNOSLIK DARSLARINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH”



mavzusida tayyorlagan

MALAKA ISHI

Kafedra mudiri _________G. T. Yadgarova Ilmiy rahbar _________ S. S. Torayeva


BUXORO 2020

1



ANNOTATSIYA

Tabiatshunoslikni oqitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini

shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va gozallikni tushunishni tarbiyalash kerak.

Zamonaviy pedagogika talim va tarbiyaga tarbiyalovchi talim deb atalmish yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Talimning tarbiyalovchilik harakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni oqitish oqituvchiga oquvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Tabiatshunoslik boyicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalarini aks ettiradi.

Oquvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega, oquvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni ozlashtirish jarayoni bilan bogliqdir.

Shu munosabat bilan ham tabiatshunoslikni oqitish oqituvchi uchun tarbiyaviy ishlarga katta imkoniyatlar beradi. Tabiatshunoslikni oqitishda ogzaki, korgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora koproq qollanilmoqda.

Tabiatshunoslik boyicha mashgulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi oyinlar, olkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas boglamoq zarur.

Bularning hammasi oqituvchiga tabiatshunoslik boyicha oquvchilar bilan shugullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga tasir korsatishga ham imkon beradi. Boshlangich sinflarda tabiatshunoslikni oqitishning maqsadi botanika, zoologiya, ekologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiena, geografiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.

2


MAVZU: TABIATSHUNOSLIK DARSLARINI O‘QITISHDA
INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

REJA:

KIRISН

1. Boshlangich sinfda tabiatshunoslik darslarining talim-tarbiyaviy ahamiyati.

2. Boshlangich sinfda tabiatshunoslik darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish mazmuni.

3. Atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik darslarida ilg`or usullardan, amaliy ish turlaridan foydalanish.

4. Boshlangich sinf tabiatshunoslik darslarida pedagogik texnologiyalarni qollashning metod va shakllari.

UMUMIY XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

3



KIRISH

Boshlangich sinf uzluksiz jarayon sifatida malum didaktik qonuniyat-

larga asoslangan pedagogik tizim doirasida ijro etiladi. Bu tizimning samarasi esa oqituvchining kasbiy mahoratiga, ijodkorligiga oz ustida tinimsiz ishlashiga, jamiyatda roy berayotgan o‘zgarishlarga moslasha olish tezligiga bogliq, yani oqituvchi shaxsi va faoliyati ijtimoiy buyurtma talablariga mos holda yangilanib, rivojlanib borishi lozim.

Hozirgi kunda oquvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik mahoratga, yuksak manaviy-axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur bilimlarga ega bolishlari, talim-tarbiya ishlarida ilgor pedagogik texnolo- giyalar va interfaol usullardan samarali foydalanishlari davr talabidir.



Boshlang‘ich sinfda tabiatshunoslik darslarining ta’lim-tarbiyaviy
ahamiyati

Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi oldida quyidagi vazifalar turadi:

umumiy talim va kompleks tarbiya sistemasida tabiatshunoslikning

oquv predmeti sifatidagi ahamiyati va urnini aniqlash;

tabiatshunoslik materiallarini tanlash va birlashtirish (sintez qilish).

uning talim hamda tarbiyaviy vazifalarini aniqlash.

Boshlangich maktabda tabiatshunoslikni oqitish tabiat hayotidagi ayrim

faktlar va osimliklar, hayvonlar hamda odamning tashqi xususiyatlari bilan tanishtirishdangina iborat emas. Tabiatshunoslikni oqitish jonli va jonsiz tabiatning har xil ob’yektlari ortasidagi, jonli tabiat bilan odamlar mehnati ortasidagi ozaro aloqalarni kichik yoshdagi maktab oquvchilari tushuna oladigan shaklda ochib berishi, jonajon tabiatga muhabbatni, uning boyligini qoriqlash va ehtiyotlik bilan foydalanish istaklarini tarbiyalashi kerak. Shunga kora pedagogika bilim yurtlarining oquvchilari tabiatshunoslik darslarini tabiat muhofazasi masalalarini hisobga olgan holda rejalashtirishga o‘rganadilar.

Boshlangich maktab tabiatshunoslik kursi tabiat xodisalarining keng doirasini qamrab oladi, shu munosabat bilan bazan organilayotgan xodisalar bilan ozaro bogliq holda kozatishlar olib borish qiyin boladi. Shuning uchun
4


ham tabiatshunoslikni dastlab organish uchun obyektlar tanlashda quyidagilarni: oquvchilarning yosh xususiyatlarini, organilayotgan materialning tushunarli bolishini, uning talimiy va rivojlantiruvchi tasirini, olkashunoslik materiali bolishini, olingan bilimlarni maktab jonli tabiat burchagi va oquv-tajriba uchastkasidagi ishlar bajarilishida foydalanish imkoniyatini hisobga olish zarur.

Tabiatshunoslikni oqitish metodikasining muhim vazifasi - har bir sinf uchun yakka tartibda dastur ishlab chiqishdir. Umuman oquv predmetining mazmuni maktab dasturi bilan belgilanadi, u tabiatshunoslik fanining rivojlana borishi bilan ozgarib va takomillashib boradi.

Tabiatshunoslikning talim hamda tarbiyaviy vazifalarining bajarilishi uchun xilma-xil oqitish metodlari va oquv jarayonini tashkil qilishning har xil shakllaridan foydalanish kerak boladi. Barcha ta’lim va tarbiyaviy vazifalarning bajarilishi metodlarning togri tanlanishiga bogliq. Tabiatdagi mustaqil kuzatishlarsiz kichik yoshdagi oquvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantirib bolmaydi, tirik organizmlarni bevosita organmasdan turib osimlik va hayvonlar hayotini tushunib bolmaydi, osimliklarni ostirish va hayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilmasdan qishloq xojalik mehnatining amaliy o‘quv hamda konikmalarini hosil qilib bolmaydi.

Tabiatshunoslikni oqitish jarayoni faqat oqituvchinigina emas, balki oquvchilar faoliyatini ham oz ichiga oladi. Oqitishning natijasi dasturda moljallangan material puxta ozlashtirilgan bolishi kerak. Shuning uchun ham oqitish metodlari va oquvchilarni tashkil etish shakllarini organish ularning materialni ozlashtirib olish jarayonini organish bilan birga boradi.

Qollaniladigan har qanday metodning ahamiyatini, oquvchilarning materialni ozlashtirganligini, ularda zarur tasavvur va tushunchalarning shakllantirilganligini tarbiyaviy natijalarni aniqlamasdan turib bilib bolmaydi. Faqat shu malumotlarga asoslanib, har qanday metodni togri baholash mumkin.

Oqitish ishida oquvchilar bilimini hisobga olishni togri tashkil etish va


5

uning asosida har bir oquvchi natijalarini va umuman oqitishni baholash muhimdir.

Oqitish metodlari togrisidagi masalani ishlab chiqish bilan mashgulotlarning oquv jihozlari togrisidagi masalalar ham chambarchas bogliqdir, chunki oquv qurollari va boshqa jihozlar tabiatshunoslikdan tasavvurlari va tushunchalarni shakllantirishning asosi hisoblanadi. Tabiatshunoslik metodikasi, shuningdek oqitishning moddiy bahosi— tabiatshunoslik kabineti, tirik tabiat burchagi, oquv-tajriba uchastkasi, geografiya maydonchasi, oqitishning texnika vositalarini tashkil etish va foydalanish masalalarini ham qarab chiqadi, bularsiz tabiatshunoslikni oqitishni togri olib borish mumkin bolmaydi.

Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam organib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi oquvchilarda tabiat togrisida, oz joyi va barcha mamlakatning tabiiy boyliklari togrisida bir butun tasavvur shakllantirish kerak. Oquvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar ozlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati atrof tabiat bilan chambarchas bogliq ekanligini korsatish muhimdir.

Shu talablarga kora kichik yoshdagi o‘quvchilarga:

jonli va jonsiz tabiat togrisida aniq bilimlar berish, ularning ozaro

boglikligini ochib berish;

odam organizmi va uning salomatligini saqlash togrisida

malumotlar berish;

tabiatda kuzatishlar otkazish oquvi va konikmalari bilan

qurollantirish;

tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyligini kopaytirishga

qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;

jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni

tarbiyalash.

Zamonaviy pedagogika talim va tarbiyaga tarbiyalovchi talim deb atalmish


6

yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Talimning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni oqitish oqituvchiga oquvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Tabiatshunoslik boyicha barcha temalar kompleks tarbiya masalalarini aks ettiradi.

Oquvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega, oquvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni ozlashtirish jarayoni bilan bogliqdir.

Shu munosabat bilan ham tabiatshunoslikni oqitish oqituvchi uchun tarbiyaviy ishlarga katta imkoniyatlar beradi. Tabiatshunoslikni oqitishda ogzaki, korgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora koproq qollanilmoqda.

Tabiatshunoslik boyicha mashgulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi oyinlar, olkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas boglamoq zarur.

Tabiatshunoslikni oqitish jarayonida oquvchilarni har tomonlama tarbiyalash

Tabiatshunoslik ozining mazmuni va metodlari bilan oquvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.

Tabiyot - dunyo fani va shuning uchun ham tabiatshunoslik darslari oquv materiali mazmunini yetkazishning o‘ylab chiqilgan metodikasini talab qiladi, uning asosiy maqsadi bilimlar yigindisini faqat esda qoldirish bolib qolmasdan, balki ularni ishonchga aylantirish hamdir. Ishonch insonlarga, atrof olamga bolgan munosabatda, odatlarda, ish tutishda, xulq-atvorda namoyon bolishi kerak. Bunda birinchi planga-tabiatshunoslikning turmush bilan aloqasi chiqariladi. Oquvchilarni hayotimiz bir me’yorda borishi, konkret xalq xojaligi rejalari aks ettirilgan davlat qarorlari bilan oquvchilarni tushunarli formada tanishtirib borish alohida ahamiyat kasb etadi.

Moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish


7

Tabiatshunoslik tushunchalarining shakllanishi murakkab fikrlash jarayonining natijasidir. Bu jarayonni boshqara turib, oqituvchi yorqin misollarda tabiat sirlarini ochib beradi, moddiy dunyoqarash asoslarini oquvchilarga singdiradi.

Rejali ravishda asta-sekin tabiat bilan tanishtirib borish bu ish uchun poydevor yaratadi. Moddaning (qum va loyning, foydali qazilmalarning, suvning) xususiyatlari bilan tanishtira borib, amaliy mashgulotlar otkazish bilan oqituvchi oquvchilar tomonidan insonning tabiatni ozgartirishga qaratilgan faoliyatini tushunib olinishiga yordam beradi.

Bolalarni atrof tabiat va odamlar hayoti bilan tanishtira borib, oqituvchi aniq misollarda tabiat xodisalarining sabablarini tushuntirib berishi kerak va oquvchilarning bu xodisalar ortasidagi oddiy boglanishlarni tushunib olishlariga erishishi kerak. Natijada oquvchilar tabiat-bir butunlik, unda jism va xodisalar biri-biri bilan uzviy aloqada, biri-biriga bogliq ekanligini tushunib olishga imkon beradigan bilimlarni toplaydilar.

Tabiatshunoslik darslarida moddiy dunyoqarash asoslari oqituvchi tomonidan rejali ravishda uzoq vaqt davomida olib boriladigan ishlar jarayonida shakllanadi. Tabiatshunoslikni organa boshlashdanoq oquvchilarda osimlik va hayvonot dunyosi togrisida moddiy tushunchalarni shakllantirib borish, amaliy ishlarni bajarish, tajribalar, kuzatishlar, ekskursiyalar otkazish jarayonida esa, olingan tushunchalar ilmiy nuqtai nazaridan tasdigini berishi kerak.

Shaxsiy kuzatishlar bilan tasdiqlanadigan oqituvchi hikoyasi tasirida oquvchilarda tabiatda gayritabiiy hech narsa yoqligi, barcha tabiat xodisalari tabiiy qonunlar bilan tushuntirilishi, bu qonunlarni bilish insonga tabiat boyligidan oqilona foydalanish imkoniyatini berishi haqida asta-sekin ishonch vujudga keladi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling