O’zbekiston respuplikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.08.2020
Hajmi0.59 Mb.
#125462
  1   2   3   4   5
Bog'liq
iqtisodiy matnlarda neologiznlarning tarjima qilinishi


O’ZBEKISTON RESPUPLIKASI 

 OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI 

 

TARJIMONLIK FAKULTETI 

 

 

 

«Himoyaga ruxsat etiladi»  Fakultet 

dekani dots.X.Xayrullayev_______ 

«____» __________ 2013 y. 



 

 

 

BARATOV ZOIDNING 

  

5220600



-tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim  yo‘nalishi bo‘yicha  

Bakalavr darajasini olish uchun 

 

 

“IQTISODIY MATNLARDA NEOLOGIZNLARNING TARJIMA 



QILINISHI”

  

mavzusidagi  bitiruv malakaviy ishi



 

 

 

Ilmiy rahbar: Sayfullayev A. 

 

 

 



 

 

 



 

 BMI tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 

 majlisida muhokama qilindi 

 va himoyaga tavsiya etildi.  

 Bayyonnoma _____  

2013 yil  «   »iyun. 

 

Kafedra mudiri:_________katta o’qit. Sayfullaev A. 



                       

 

 



 

 

 

 

 

 

SAMARQAND-2013 

 


 

 



 

 

MUNDARIJA



 

 

KIRISH---------------------------------------------------------------------------------------3 

 

I.BOB. NEOLOGIZMLAR  HAQIDA ------------------------------------------------6 

 

1.1 Ingliz tili neologizmlari va ularning yasalishi ----------------------------------13 

 

1.2.O`zbek tilida yangi so’zlarning paydo bo`lishi ---------------------------------17 

 

II.BOB. NEOLOGIZMLAR NI TARJIMA QILISH USULLARI -------------24 

 

2.1. Yangi so’zlarning  tarjimada ifodalanishi --------------------------------------24 

 

2.2. Iqtisodiy neologizmlar va ularning tarjimasi ----------------------------------29 

 

2.3. Ilmiy matnlarda iqtisodiy neologizmlar tahlili --------------------------------34 

 

2.4. Gazeta materiallarida iqtisodiy neologizmlar tahlili -------------------------39 

 

 XULOSA VA TAKLIFLAR------------------------------------------------------------43 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI-------------------------------47 



 

ELEKTRON MANBALAR-------------------------------------------------------------51 

 

ILOVA---------------------------------------------------------------------------------------52 

 

                                                       



 

 



 

 

                                                  KIRISH 



“Mamlakatimiz  ijtimoiy-siyosiy  ,ma`naviy-iqtisodiy  islohotlarni  amalga 

oshirishga  jahon  andozalari  darajasi  bilim  olgan  zakovatli  ,  har  tomonlama 

barkamol,  dunyoqarashi  keng  milliy  kadrlarni  tayyorlashda  chet  tilining  xizmati 

katta” (I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” , Toshkent-2000 , 91-bet) 

Ingliz  tilidagi  ilmiy-texnik  matnlar,  neologizmlar  xususan,  iqtisodiy 

neologizmlar va ularning o`zbek tilida ifodalanishi , tarjima qilish usullari va ularga 

oid muammolar tarjimashunoslikning kam o`rganilgan sohalaridan biridir. Tarjima 

sohasida  tarjimonlarimiz  ko`pgina  yutuqlarga  erishgan  bo`lishlariga  qaramasdan  , 

ingliz  tilida  iqtisodiy  neologizmlar  va  ularning  o`zbek  tilida  ifodalanishi  va 

tarjimasi  borasidagi  ishlar  ozchilikni  tashkil  qiladi.  Bu  yangi  so’zlar  va  ularning 

tarjimasi  rus  tilida  keng  yoritilgan  bo`lsada,  ularning  o`zbek  tilida  ifodalanishi  va 

tarjimasi  borasidagi  adabiyotlarning  kamligi  va  ularning  mukammal  emasligi  bu 

sohada chuqur ilmiy izlanishlar zaruratini tug`diradi.    

    Istiqlol  tufayli  biz  dunyo  bilan  yaqindan  tanishmoqdamiz.  Istiqlol  tufayli 

bizni dunyo tanimoqda.  Istiqlol tufayli biz ilg`or mamlakatlarning iqtisodiy tizimi, 

ularning malakali mutaxassislari faoliyati bilan ham tanishishga muvofaq bo’ldik va 

albatta  yuqorida  bayon  qilinilganidek  ba`zi  yangi  so’zlarning  o’zbekcha 

muqobillari ishlab chiqilgan. 



Mavzuning o’rganilganlik darajasi va dolzarbligi. Bizning mamlakatimizda 

yangi  so’zlarning  asosiy  belgilari,  ularning  semantik  strukturasi,  struktural  va 

semantik    tiplari  klassifikatsiyasi,  komponentlarining  leksik-grammatik-sintaktik 

xususiyatlari  keng  va  atroflicha  o’rganilgan.  Ilmiy-texnikaviy  matnlarda  yangi 

so’zlar nafaqat mazmuni, balki shakli jihatidan ham alohida qiziqish  uyg’otadi. 

Ilmiy-texnikaviy  matnlarda  neologizmlarninig  nafaqat  mazmuni  ,balki  shakl 

jihatdan ham alohida qiziqish uyg`otadi . Ilmiy-texnikaviy matnlarda neologizmlar 

to`g`risida  har  yili  jurnallarda  ko`plab  maqollar  nashr  qilinadi.  Ma`lumotlar 

almashinuvi ilmiy-texnikaviy  matnlarni alohida fan sifatida paydo bo`lishiga sabab 

bo`ldi . XX asrning 30-yillarida  M.M.Morozov, Ya.I.Resker , A.V.Feodorov ilmiy 

ishlarda  ilmiy-texnikaviy  matnlar  haqida  ishlar  olib  borildi.  50-60  yillarda  bu 


 

 



 

 

muammolarga yangi qarashlar yuzaga keldi. 1953 – yilda  A.V.Feodorov o`zining 



Umumiy  tarjima  nazaryasini  nashr  qildirdi  va  bu  albatta  ilmiy-texnikaviy  matnlar 

to`g`risidagi  savollarga  ijobiy  javob  bo`ldi.  R.V.Yumpeltaning  ilmiy-texnikaviy 

matnlarda    umumiy  savollari  nomli  kitobi  nashr  qilindi  va  alohida  fan  sifatida 

yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. 

Bitiruv  malakaviy  ishimizda  o`zbek  tilshunosligida  hali  atroflicha 

o`rganilmagan aynan iqtisodiyotga oid neologizmlarni , ularning struktural tuzilishi 

va semantik-etimologik aspektlarni tadqiq qilishni mavzu qilib oldik. 

Ilmiy  izlanishning  maqsad  va  vazifalari.  Bitiruv  malakaviy  ishimizning  

asosiy  maqsadi  iqtisod  sohasiga  oid  neologizmlarni  o`rganib  ularning  kelish 

manbalarini  aniqlash  va  o`zbek  tiliga  tarjima  qilish  bo`lib,  iqtisodiyotga  oid 

tushuncha  so‘z,  atama  (termin)lar  o‘z  o‘rnida  va  to‘g‘ri  qo‘llash,  tallafuzni 

shakllantirish;    o‘z  sohasiga  doir  hujjatlarni  mukammal  tuzish  malakasini  hosil 

etish.  


Shu o`rinda  “termin – atama “ ifodalaydigan muammolarga alohida to`xtalish 

joiz. Neologizmlar bir yoki bir necha so`zdan iborat bo`lib , tilning lug`at tarkibida 

fan  va  texnikaga  oid  yagona  tushunchalarni  ifodalaydigan,  ko`chma  ma`noda 

ishlatilmaydigan  ,  tilda  sinonimik  variantga  ega  bo`lmagan  va  ko`pincha 

baynalminallashgan til vositalariga aytiladi . 

Shu  sabab  bitiruv  malakaviy  ishimizda    fan  va  texnikaga  oid  xususan  

iqtisodga  oid  ayrim  neologizmlarning  yasalishdagi  o`rni,  atama  xarakteriga  ega 

bo`lgan  leksik  birliklarni  neologizmlarga  aylanish  jarayonini  o`rganishni,  ularni 

tarjimada  ifodalanishini  maqsad  qilib  qo`ydik.  Ishimizning  yana  bir  maqsadi 

hozirgi  o‘zbek  tilida  qo‘llanib  kelinayotgan  iqtisodiy  terminlarni  to‘plash  va 

sistemalashtirishdan ham iboratdir. 

Ilmiy  izlanishning  ob’ekti  va  manbalari.  Bitiruv  malakaviy  ishimizni 

bajarishda rus va o`zbek tilshunos olimlarning neologizmlarning mohiyati, vujudga 

kelishi  va  tilda  bajaradigan  vazifalari  haqidagi  tadqiqodlarga  tayanib 

neologizmlarning  leksik,  stilistik,  semantik  funksiyalarini,  kelib  chiqishiga  oid 

etimologiyalarini tadqiqod obekti qilib belgiladik. Ishni bajarishda iqtisodiyotga oid 


 

 



 

 

matnlar  va  ularning  o`zbek  tiliga  tarjima  qilish  usullari,  hamda    iqtisodiyotga  oid 



neologizmlarni  misollar  orqali  dalillashda  iqtisodiyotga  oid  matnlar,  hujjatlardan 

foydalandik. 

 Ilmiy  izlanishning  metodologik  asoslari  va  tadqiqot  usullari.    Bitiruv 

malakaviy ishimizni bajarishda nazariy va amaliy tilshunoslikning asosiy tadqiqot 

metodlari:  qiyoslash,  taqqoslash  va  nazariy  xulosalarga  kelish  metodidan 

foydalandik. Bu boradagi fikrlarni misollar orqali asliyat ,rus va o’zbek tillaridagi 

neologizmlar orqali tahlil qilishga urindik.  

Ishning  ilmiy  yangiligi.  Bitiruv  malakaviy  ishimizning  ilmiy  yangiligi  rus 

tilida  nashr  qilingan  neologizmlarga  oid  tadqiqodlarda  bayon  qilingan  nazariy 

asoslarga  tayanib  neologizmlar  tarkibida  alohida  guruhni  tashkil  qiluvchi 

neologizmlarni  tasnif  qilish  va  ularni  o`zbek  tilida  ifodalanishini  o`rganishdir, 

shuningdek  ko’p  uchraydigan  iqtisodiyotga  oid  neologizmlar  lug`atini  yaratish  

boshqa sohalarda uchraydigan neologizmlar lug`atini tuzishdan iborat. 



Ilmiy  izlanishning  nazariy  va  amaliy  ahamyati.  Bitiruv  malakaviy 

ishimizning  nazariy  va  amaliy  ahamyati  shundan  iboratki,  o’zbek  tilida  bayon 

qilinayotgan  neologizmlarninig  semantikasi  va  etimologiyasi  bo`yicha  nazariy  va 

amaliy  bilimlarning  umumlashmasi  sifatida  inglizcha-o`zbekcha  neologizmlarni 

qiyoslab o`rganayotgan talabalarga nazariy va amaliy material bo`lishi mumkin. Bu 

esa ishimizning nazariy va amaliy ahamyatini belgilab beradi. 



 Ishning  hajmi  va  tuzilishi.  Bitiruv  malakaviy  ishimiz    57  sahifadan  iborat 

bo’lib  «Kirish», 1-bobda Neologizmlar haqida , 2-bobda Neologizmlarning tarjima 

qilish  usullari  haqida  bayon  qildik.  Ishimizning  xulosalar  qismida  malakaviy 

ishimizning  natijalarini  bayon  qildik.  Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxatida 

ishimizda  foydalanilgan  barcha  mualliflarning  asarlari  alifbo  tartibida  berilgan. 

Ishimizning  ilova  qismida  iqtisodiy  neologizmlarning    inglizcha  -  o`zbekcha  - 



ruscha lug`atini kiritdik. 

 

 



 

 

I BOB   NEOLOGIZMLAR HAQIDA 



      Yangi  so’z  –  bu    biron-  bir  soha  (fan,  texnika,  san’at  va  h.k.)ga  tegishli 

muayyan tushuncha  yoki  maxsus narsani  aniq  ifoda  etadigan  so‘z  yoki  so‘z 

birikmasidir.    Neologizmlarga  qo‘yiladigan  talab  -  ular  bitta  ma’noli  bo‘lishlari 

kerak.  Tilning  lug‘aviy  majmuasida  ular  alohida  bir  salmoqli  qatlamni  tashkil 

qiladilar.  Bunday  so‘zlar  jamiyat  tomonidan  yasalishi,  tartibga  solinishi  va 

o‘zgartirilishi  mumkin  bo‘lgan  yagona  qatlamdir.  Shuning  uchun  deyarli  hamma 

tillarda  neologizmlar  ishlab  chiqilishiga  alohida  e’tibor  qaratiladi.  Sohaviy 

neologizmlarni  tayyorlash  yoki  ularni  me’yorlashtirish  uchun  tilshunoslar  va  o‘sha 

sohadagi  mutaxassislardan  tashkil  topgan  ishchi  guruhlar,  qo‘mitalar  tashkil 

qilinadi.  

Barcha fanlar va texnikaga doir terminologik ishlarning maqsadi o‘sha sohalar 

mutaxassislarininggina  emas,  balki  umuman  terminlar  vositasida  ish  ko‘radigan 

har  bir  shaxsning  bir-biri  bilan  axborot  almashish  jarayonini  amalga  oshirishdan 

iboratdir. Bu jarayon esa lug‘atlar vositasida yanada jadal tus oladi. Shunisi borki, 

lug‘atda  o‘z  “tasdig‘i”ni  olgan  har  bir  termin  bevosita  yozma  nutqqa-darsliklar, 

o‘quv  qo‘llanmalari,  ilmiy-tadqiqot  ishlar,  matbuot  sahifalariga,  qolaversa  badiiy 

adabiyotga ham ko‘chadi. Shunday ekan, har qanday termin u yoki bu tushunchani 

aniq,  to‘g‘ri  ifodalashni  taqozo  etadiki,  ular  o‘zbek  tilining  qonun-qoidalariga 

binoan yaratilishi lozim bo‘ladi. Iqtisodiyot fani bo‘yicha nashr etilgan darslik va 

qo‘llanmalar,  ilmiy-ommabop  asarlar,  lug‘atlarda  o‘z  ifodasini  topgan  aksar 

terminlar  o‘zbek  tilining  ichki  qonunlari  asosida  tushunchalarni  aniq 

ifodalayotgani,  bu  esa  o‘qish-o‘qitish  jarayonining  hozirgi  talablar  darajasida 

bo‘lishiga yordam berayotganini ko‘rish mumkin.  

      Hozirgi  kunda  atama  so‘zi  bilan  bir  qatorda  termin,  istiloh  ayni  ma`noda 

qo`llanmoqda. Termin so‘ziga ta`rif beradigan bo`lsak , bu so‘z lotin tilidan olingan 

bo`lib  ,  (terminus  –  chegara,had)  bilim  yoki  faoliyatning  maxsus  sohasiga  doir 

tushunchani  ifodalovchi  so`z  yoki  so`z  birikmasi  tushuniladi.  Termin  umumxalq 

tiliga  muayyan  terminalogik  tizm  orqali  o`tadi  ,  binobarin  termin  va 

umumiste`moldagi so`zlar bir-birini to`ldiradigan leksik birliklardir. 



 

 



 

 

      Sestema xarakteriga egalik o`z terminalogik maydonda bir ma`nolikka moyillik, 



his-tuyg`uni 

ifodalamaslik 

,uslubiy 

betaraflik 

kabilar 

terminlarga 

xos 

xususiyatlardir.  So`z  bilan  terminning  umumiy  va  xususiy  tomonlari  yetarli 



darajada ochib berilgan emas. Kundalik turmushda keng iste`moda bo`lgan so`zlar 

ayni paytda turli sohalarga doir terminlar hamdir. 

      Demak,  neologizm  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy  hayotga  doir  turli  qatlamlarga 

mansub  bo`lgan  tushunchalarni  ifodalovchi,  muayyan  guruh  kishilari  orasida  bir 

ma`nolarda ishlatiladigan lisoniy birliklardir.  

     Neologizm tushunchasi va tarjimasini bilish uchun uning morfologik tuzilishini, 

umumiste`mol  so`zlardan  farq  qiluvchi  leksek  xususiyatlari,  atama  so`zlarning 

asosiy turlari va ularni qo`llash usullarini bilish darkor. Bu esa, o`z navbatida atama 

tomonidan ifodalanayotgan tushunchani to`liq tushunishga, lug`at tarkibidagi yangi 

so’z ma`nosini topishda ishni osonlashtiradi. 

     Yangi  so’z  aniq  va  qisqa  bo`lishi  kerak.  Yangi  so’zning  aniqlik  tushunchasida 

uning ma`noviy komponentlarining umumiy ma`nolari tushuniladi.  

    Neologizmlarning morfologik tuzilishi. 

Barcha neologizmlar tuzilishiga ko`ra quyidagicha bo`ladi: 

    sodda  neologizmlar  –  Avoid  –  bekor  qilmoq  ,  Credit  -  kredit  (pul  yoki  tovar 

shaklida Кредит (ссуда в денежной - qarz berish) или товарной форме) ; 

     murakkab  neologizmlar  –  Book-keeper–    hisobchi  buxgalter  –счетовод, 

бухгалтер 

     atama  so`z  -  Capital  income  –  Kapitaldan  olinadigan  daromad  –  Доход  от 

капитала 

       Ilmiy-texnik  matnlarda  bir  necha  komponentlardan  iborat  neologizmlar 

ko`plab uchraydi. Ko`p komponentli amalar  quyidagicha : 

       a) komponentlarning bitishuv yo`li orqali ifodalanishi.  

Masalan : Cargo scale – Yuk o’lchami – Грузовая шкала ,  

Carrying charge – Saqlash qiymati – Стоимость хранения. 

       b) grammatik jihatdan ya`ni predloglar yoki qo`shimchalar orqali ifodalanishi. 

Masalan : rate of exchange – valyuta kursi , Lack of credit – Kredit tanqisligi . 


 

 



 

 

        Ushbu atama – so`zlar umumiy ma`noni tashkil etadi. Atama–so`zlarning uch 



turi mavjud . 

    1.Komponentlarning  ikkalasi  ham  lug`at  tarkibida  alohida  ma`noga  ega. 

Masalan  , Cash –  Naqd pul – Наличность  , balance – hisob va boshqalar. 

     Ammo  ,  ushbu    komponentlardan  tuzilgan  ayrim  atama-so`zlar  yangi  ma`no 

ifodalaydi : 

                Cash balance – Kassa qoldig`i – остаток кассы     

                Cash payment – Naqd pul bilan to’lash– Платеж наличными   

                Cash discipline – Kassa intizomi – Кассовая дисциплина 

                Cash flow – Pul oqimi – Денежный поток 

    Bu  turdagi  atama  –  so`zlarning  xarakterli  jihati  shundakki  ,  ularning  mustaqil 

ma`nolarining ajratilishidadir .  

   Ikkinchi  turdagi  atama  so`zlarga  komponentlarning  biri  albatta  texnik  atama 

bo`lib , boshqasi esa umumiste`moldagi so`zdan iborat bo`ladi. Komponentlarning 

ikkalasi ham N + N yoki Adj + N shaklida ifodalanadi  shaklida  

ifodalanadi :  

                Collective property – Jamoa mulki – Коллетивная ствeнность     

                Compulsory clearing – Majburiy kliring – принудительный клиринг 

                Convention rate –  Kelishuv stavkalari – Конвенциональные ставки 

 Misollardan  ko`rinib  turibdiki  ,birinchi  komponent  o`zining  ma`nosida 

qo`llanmoqda , ikkinchi komponent esa turli sohadagi atamani ifodalamoqda. 

      Flow of capital – Kapital oqimi – Приток капитала  

      Foreign capital – Xorijiy mablag’lar – Иностранный капитал 

      Capital city – Poytaxt shahar – столица 

      Capital letter – Bosh harf – прописная буква. 

 2.  Komponentlarning  birinchisi    adj.  bo`lib  ,  ma`lum  sohada  maxsus  ma`noni 

anglatadi .      

     Masalan:  Close company – Yopiq kompaniya – Закрытая компания 

                   Compulsory  payments  –    Majburiy  to’lovlar  –    Обязательные 

платежи 


 

 



 

 

  3.  Bu  turdagi  atama  so`zlarning  ikkala  komponentlari  ham  umumiste`moldagi 



so`zlar bo`lib, ushbu so`zlar orqali yangi ma`noli atama paydo bo`ladi .  

            Masalan :   

            Salary earner – Xizmatchi – Служащий 

            Wage earner –Yollanma ishchi  – Наемный рабочий 

 

  Exchange control – Valyutani tartibga solish – Валютное регулирование 



            Exchange goods –  Birja tovarlari – Биржевые товары 

Bu turdagi atama-so`zlar odatda  Adj + N shaklida ko`p uchraydi : 

         Domestic market – Ichki bozor – Внутренний рынок 

 

         Double  taxation  –    Ikkiyoqlama  soliqqa  tortish  –    Двойное 



налогообложение 

         Economic growth – iqtisodiy o’sish –  Экономический рост. 

Terminalogik sistemadagi neologizmlar ma`lum bir sohadagi tushunchani ifodalab 

,  ular  ma`lum  predmetlar  guruhiga  ,  jarayonlariga  oid  tushunchalardir  .  Har  bir 

terminalogik  guruhda  umumiy  bir  unsur  bo`ladi  .  Masalan  ,  til  birlikaridan    agro   

so`zi  –    agronomiya  ,  agroiqtisodyot  ,  agrobeznes  ,  agrosanoat  kabi  neologizmlar 

uchun asosiy unsur hisoblanadi.  

       O‘zbek  tiliga  Davlat  tili  maqomi  berilgunga  qadar  va  u  amal  qila 

boshlangandan  keyin  qator-qator  matbuot  xodimlari,  hatto  ayrim  tilshunoslar 

Davlat  tili  haqidagi  qonunni  to‘liq  joriy  etish  o‘rniga,  uning  ayrim  bandlariga 

deyarli  e’tibor  bermay,  ko‘pdan  buyon  qo‘llanib  kelinayotgan  va  omma  nutqiga 

singib  ketgan  ko‘plab  terminlarni,  ularning  ichki  mazmunini  o‘rganmay  turib, 

yangidan  noto‘g‘ri  hosil  qilingan  leksemalar  bilan  almashtira  boshlashdi.  Xatto 

“termin”,  “terminologiya”  kabilar  “atama”,  “atamashunoslik”  leksemalari  bilan 

almashtirib  qo‘llanadigan  bo‘ldi.  Binobarin,  “atama”,  “atamashunoslik”  kabi 

tushunchalar  umumxarakterda  bo‘lganligi  e’tiborga  olinmadi.  Chunki,  “atama” 

deyilganda  terminologiyaga  mutlaqo  aloqasi  bo‘lmagan  onomastika  (toponimiya, 

antroponomiya,  oykonimiya  kabilar)ga  aloqador  leksik  birliklar  ham  tushuniladi. 

Garchi, chet el va umuman, sho‘ro tilshunosligida termin nazariy jihatdan nisbatan 

to‘liqroq  o‘rganilgan  bo‘lsa  ham  uning  ta’rifi,  termin  va  termin  bo‘lmagan 



 

10 


 

 

 



so‘zlarning  bir-biridan  farqlanuvchi  belgilari,  terminning  tarkibi  (uning  nechta 

elementdan  iborat  bo‘lishi  singari  masalalar)  hali  oxirigacha  o‘rganilgan  va  hal 

qilingan,  deya  olmaymiz.  Bu  hol  to‘laligicha  o‘zbek  tilshunosligi  va 

terminologiyasiga ham taalluqlidir.  

      Har  qanday  tushunchalar  tizimiga  muayyan  terminlar  tizimi  to‘g‘ri  keladi. 

Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi.  Terminlar 

umumiste’moldagi  so‘zlardan  farqli  ravishda  joriy  qilinib  ularning  qo‘llanishi 

ma’lum  darajada  nazorat  ostida  bo‘ladi.  “Terminlar  paydo  bo‘lib  qolmaydi”, 

aksincha,  ularning  zaruriyati  anglangan  holda  “o‘ylab  topiladi”,  “ijod  qilinadi”. 

Shuningdek, oddiy so‘zdan farqli ravishda, terminning ma’nosi kontekstga bog‘liq 

bo‘lmaydi,  muayyan  leksema  terminologik  ma’nosida  va  o‘z  terminologik 

maydonida  qo‘llanar  ekan,  ayni  ma’no  saqlanib  qolaveradi.  Biroq  ko‘p  ma’noli 

terminlarning  aniq  ma’nosini  ajratib  olish  uchun  kontekstning  zarurligi  shubha 

tug‘dirmaydi.  

     Terminologik  birikmalarning  ko‘p  leksemaliligi,  ya’ni  ular  komponentlarining 

soni  nechtagacha  bo‘lishi  keyingi  yillarda  terminshunoslarning  diqqat-e’tiborini 

jalb etib kelmoqda.  

     Haqiqatan  ham  keyingi  yillarda  miqdoran  ortib  borayotgan  ko‘p  komponentli 

birikma terminlar tushuncha mazmunini to‘laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni 

amalda  qo‘llash  va  esda  saqlab  qolish  ancha  noqulaydir.  Aslini  olganda,  bunday 

terminlar ikki, nari borsa uch, to‘rt komponentdan iborat bo‘lishi lozimki, natijada, 

birikma  terminlarning  komponentlari,  tegishli  belgilarni  to‘laroq  aks  ettirish 

maqsadida,  aniqlovchilar,  sifatdoshli  birikmalar  qo‘shish  orqali  hosil  qilinishi 

darkordir.  Bu  tushunchani  ifodalashning  dastlabki  bosqichiga  xos  holat  bo‘lib, 

keyinchalik  tushuncha  haqida  muayyan  tasavvur  yuzaga  kelgach,  u  qadar 

ahamiyatsiz  belgilarni  ifodalagan  komponent  (so‘z)lar  qisqartirilishi,  binobarin 

termin 

ixchamroq 



holga 

keltirilishi 

mumkin. 

Biroq 


bu 

jarayon 


boshboshdoqlik,tavakkalchilik asosida emas, balki ma’lum qonun-qoidalar asosida 

ongli ravishda amalga oshirilishi lozim. 



 

11 


 

 

 



     Ta’kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug‘ullangan deyarli barcha olimlar        

mazkur  tushunchaning  ta’rifini  berishga  urinib  ko‘rishgan.  Ularning  barchasigina 

emas, ayrimlarini, ham namuna tariqasida keltirib o‘tish ko‘plab sahifani egallagan 

bo‘lardi.  Shuning  uchun  ularni  jamuljam  etgan  holda  “termin”  tushunchasiga 

quyidagicha ta’rif berish mumkin: 

Termin  -  kasbiy  ma’no  bildiruvchi,  kasbiy  tushunchani  ifodalovchi  va      

shakllantiruvchi  ayrim  ob’ektlar  va  ular  o‘rtasidagi  aloqalarni  muayyan  kasblar 

nuqtai  nazaridan  bilish  hamda  o‘zlashtirish  jarayonida  ishlatiladigan  so‘z  yoxud 

birikmadir. Haqiqatan ham  shunday. Chunki har bir sohaning,  tarmoqning termini 

borki, u o‘sha soha, tarmoq doirasida qo‘llanadi, aniqroq qilib aytganda, kasb-hunar 

egasining  nutqini  shakllantiradi,  o‘zaro  nutqiy  muomala  uchun  shart-sharoit 

yaratadi.  Bu  o‘rinda  shuni  qayd  etish  lozimki,  muayyan  kasb-hunar  yoxud 

mutaxassislikka  ega  bo‘lgan  kishilar  ko‘pincha  u  yoki  bu  sohaning  o‘ziga  xos 

spetsifik  terminlari  bilan  ish  ko‘radi.  Masalan,  bo‘lajak  iqtisodchilarning  yozma 

yoki  og‘zaki  nutqida  kartel,  kliring,  tovar  oboroti,  mayda  mulkchilik,  mablag‘ 

ajratish,  renta  kabi  tor  doiradagina  qo‘llaniladigan  terminlar  ishlatilishi  tabiiy  bir 

holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb 

egasining nutqida ishlatilmaydi.  

Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan 

til  egalarining  deyarli  barchasi  nutqida  bab-baravar  ishlatilaveradi.  Bozor,  mol, 

savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi,  

olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.   

     Iqtisodiyot  leksikasi  xalq  tilining  boyishiga,  rivojlanishiga  katta  ta’sir  etadi. 

O‘zbek iqtisodiyot leksikasini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:  

  1.Umumiste’mol iqtisodiy so‘zlar. 2.Iqtisodiy terminlar.                       

Umumiste’mol iqtisodiy so‘zlarga bozor, pul, qarz, boylik, savdo, soliq, pul va shu 

kabi hammaga tushunarli bo‘lgan so‘zlar kiradi.  

    Iqtisodiy  terminlar  esa  umumiste’moldagi  so‘zlardan  bir  qator  xususiyatlari 

bilan farq qiladi. Iqtisodiy termin o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki xususiyatiga 

va vazifasiga ko‘ra kashf etiladi. Iqtisodiy terminning ma’nosi bitta bo‘ladi. So‘z 


 

12 


 

 

 



esa bir necha ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin. O‘zbek tilining iqtisodiy terminlari 

iqtisodiyotning turli sohalariga bog‘liqdir.  

Ularni  ixtisosliklardan  kelib  chiqqan  holda  quyidagicha  guruhlarga  ajratish 

mumkin:  

    1.  Bank  ishi:  milliy  valyuta,  so‘m,  qiymat,  narx,  talon,  kupon,  jamg‘arma, 

xazina,  qog‘oz  pul,  banknot,  veksel,  chek,  kredit  kartochkalari,  pul  oboroti,  pul 

massasi, pul agregati, bank, pul tizimi, metallik nazariyasi, miqdoriylik nazariyasi, 

pul  muomalasi,  inflyatsiya,  kredit,  tijorat  krediti,  bank  krediti,  davlat  krediti, 

xalqaro  kredit,  kreditning  chegaralari,  lizing,  hisobli  kredit,  lamsbardli  kredit, 

lizing  operatsiyalari,  lizing  shartnomasi,  kredit  mexanizmi,  kredit  yig‘indisi,  foiz 

stavkasi, kredit xavf-xatari, aktiv, passiv, foiz marjasi, eksportli kredit, muammoli 

ssuda.  

    2.  Soliq  va  soliqqa  tortish:  soliq  ob’ekti,  soliq  sub’ekti,  soliq  manbalari,  soliq 



normasi,  soliq  birligi,  soliq  stavkasi,  soliq  dekloratsiyasi,  soliq  siyosati,  soliq 

mexanizmi,  soliq  tizimi,  to‘g‘ri  soliq,  egri  soliq,  bojxona  boji,  davlat  boji,  ijara 

xaqqi, to‘lov, yig‘im, daromad solig‘i, foyda solig‘i, avans to‘lovlari, foyda, yalpi 

foyda,  korxonalar  daromadi,  soliq  to‘lovchi,  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i,  aktsiz, 

aktsiz  solig‘i,  er  solig‘i,  mol-mulk  solig‘i,  aholi  solig‘i,  soliq  idorasi,  soliq 

qo‘mitasi, soliq qonunchiligi.  

       3.  Moliya:  moliya  funktsiyasi,  moliya  siyosati,  moliya  nazariyasi,  moliyaviy 



nazorat,  moliyaviy  resurs,  moliyaviy  munosabat,  iqtisodiy  munosabat,  mulkiy 

munosabat,  davlat  byudjeti,  amortizatsiya  ajratmalari,  amortizatsiya  fondi,  ish 

haqi  fondi,  rag‘batlantirish  fondi,  taqsimlash,  tartibga  solish,  pensiya  fondi, 

bandlik  fondi,  moliya  rejasi,  daromad  va  xarajat  balansi,  biznes  reja, 

rejalashtirish, xo‘jalik sub’ekti, xayriya fondi, yalpi ichki mahsulot va boshqalar.  

Umuman  iqtisodiy  so‘z  va  terminlar  uzoq  davrlar  mobaynida  yaratilgan 

leksemalardir.  Ma’lumki  har  qanday  jamiyatda  iqtisodiyot  muhim  rol  o‘ynaydi. 

Shu  sababli  iqtisodiyotga  tegishli  so‘z  va  terminlar  aniq,  lo‘nda  va  mantiqan 

asoslangan bo‘lmog‘i lozim.  


 

13 


 

 

 



    O‘zbek  iqtisodiy  terminologiyasida  milliylik  va  baynalmilallik  masalasi 

murakkab  masaladir,  chunki  u  nafaqat  o‘zbek  tilida  balki  boshqa  tillarda  ham 

etarlicha hal qilinmagan.  

    Ta’kidlash  lozimki,  nafaqat  iqtisodiyot  balki  fan-texnika,  ishlab  chiqarishning 

xilma-xil  soha  va  terminlar  majmui,  ya’ni  yig‘indisi  terminologiya  deb  ataladi. 

Masalan,  matematika  terminologiyasi,  tibbiyot  terminologiyasi,  iqtisodiyot 

terminologiyasi va boshqalar.  

                      1.1 Ingliz tili neologizmlari va ularning yasalishi  



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling