O’zbekiston rivojlantirishda aqlli shahar texnologiyalarining qo’llanilishi


Download 182.09 Kb.
bet1/3
Sana12.10.2022
Hajmi182.09 Kb.
#841892
  1   2   3
Bog'liq
Aqlli shahar
fizika kechki, модел диссер rus, bvbnvjhy, JEMM2022006, dasturlar uchun, Boshlang\'ich, Algoritmik tillar va dasturlash FAN DASTUR amaliy 22-23 (1), Название документа, Raxmonov Firdavs, 1-TAJRIBA, Dilmurod Ishmirzayev Raxim o\'g\'li, alkjdsnf, bayonnoma 37 2, 4-MARUZA



O’zbekiston rivojlantirishda aqlli shahar texnologiyalarining qo’llanilishi.
Xatamov O.Q- iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Annotatsiya. Maqolada "buyumlar interneti" ga asoslangan texnologiyalarni ijtimoiy hayotga tatbiq etishning xususiyatlari ko’rib chiqiladi. Aqlli shahar texnologiyalari aholi foydalanishi uchun texnika, uskunalar va insonlar hayot tarziga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kiritilishini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, hozirgi sharoitda Aqlli shahar istiqbollarini tavsiflanadi. IoT shahar aholisi turmush tarziini yaxshilashga va jadal rivojlantirishga imkon beradi degan xulosaga kelindi.
Tayanch tushunchalar: Buyumlar internet, IoT, aqlli shahar, Smart sity, Aqlli tarmoq.
Аннотация. В статье исследуются особенности применения технологий «Интернет вещей» в общественной жизни. Технологии умного города включают внедрение информационных и коммуникационных технологий в жизнь людей, бытовой техники, оборудования и использования людьми. Он также описывает перспективы умного города в текущем контексте. Был сделан вывод, что Интернет вещей позволяет гражданам улучшить и ускорить свой образ жизни.
Ключевые слова: Интернет вещей, IoT, умный город, умный город, умная сеть.
Abstrakt. The article examines the features of the application of technologies "Internet of Things" in public life. Smart city technologies include the introduction of information and communication technologies into people's lives, household appliances, equipment and human use. He also describes the perspectives of a smart city in the current context. It was concluded that the Internet of Things allows citizens to improve and speed up their lifestyles.
Key words: Internet of Things, IoT, smart city, smart grid.
Aqlli shahar - bu turli xil axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT), shu jumladan shahar infratuzilmasini boshqarish uchun buyumlar Interneti tizimini (transport, ta'lim, sog'liqni saqlash, uy-joy kommunal xizmatlari, xavfsizlik va boshqalarni) birlashtirish uchun shaharsozlik kontseptsiyasi hisoblanadi. "Aqlli shahar" ni yaratishdan maqsad, xizmat samaradorligini oshirish va aholining ehtiyojlarini qondirish uchun АКТdan foydalangan holda aholining hayot sifatini yaxshilashdir. “Aqlli shahar” loyihasi va shu bilan birga shahar xo‘jaligini raqamlashtirish loyihasida ishtirok etuvchi barcha shaharlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy va qo‘shimcha chora-tadbirlar majmui.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020yil 5-oktabrdagi «Raqamli O‘zbekiston—2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirish,elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha: 2021-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida «Raqamli Toshkent» kompleks dasturi doirasida jismoniy shaxsga identifikatsiya ID-kartasini berishda davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro elektron munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun uning shaxsiy kabineti shakllantirish masalalari qo’yildi. Telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining qurilish-montaj, rekonstruksiya, sinovdan o‘tkazish va integratsiya qilish ishlarini yakunlash hamda tijorat maqsadida foydalanishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining konstruksiyasini o‘zgartirish, mavjud qurilmalardagi hamda telekommunikatsiya liniyalari va inshootlaridagi uskunalarni kengaytirish bo‘yicha xabardor qilish tartibi joriy etilsin; raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha: 2022-yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/sdan kam bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi; 2022-yil 1-yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlanishi ko’rsatib o’tildi. Iqtisodiyot tarmoqlarida virtual va to‘ldirilgan reallik, sun’iy intellekt, kriptografiya, mashina o‘rganishi, katta ma’lumotlarni tahlil qilish va «bulutli» hisoblash texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish va qullab quvvatlash va istiqbolli innovatsion ishlanmalar va startap-loyihalarini amalga oshirish hamda ularni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash asosiy masala sifatida qaraldi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning qo‘shimcha vazifalari etib belgilandi:2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirishni nazarda tutgan holda, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatda hisobot yuritishda dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish; dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik maydonchalar yaratish orqali “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish, 2023-yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish;ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022-yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o‘qitish markazlarini ochish.iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish masalalari ko’rsatib o’tildi[1-3],




Download 182.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling