O‘zbekiston soliq tizimida soliq bazasini aniqlash usullari va uning ahamiyati
Download 59.62 Kb.
|
maqola . soliq bazasini aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- МЕТОДЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ НАЛОГОВОЙ БАЗЫ В НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЕ УЗБЕКИСТАНА И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ
- METHODS OF DETERMINATION OF THE TAX BASE IN THE TAX SYSTEM OF UZBEKISTAN AND ITS IMPORTANCE
- Key words
- Mavzuning o‘rganilgan darajasi
- Soliq to‘lovchining daromadi asosida soliq bazasini aniqlash usuli[10]
- Soliq to‘lovchining mahsulot, tovar, ish va xizmatlar sotuvidan olgan tushumi asosida aniqlanuvchi usuli[11]
- Soliq turi Soliq bazasini aniqlash xususiyati
- Soliq to‘lovchining tadbirkorlik maqsadida foydalangan resurslari asosida soliq bazasini aniqlash usul[12]
- Soliq to‘lovchining unga tegishli bo‘lgan mulki asosida soliq bazasini aniqlash usuli[13]
- Soliq to‘lovchining faoliyat turiga qarab soliq bazasini aniqlash usuli[15]
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
O‘ZBEKISTON SOLIQ TIZIMIDA SOLIQ BAZASINI ANIQLASH USULLARI VA UNING AHAMIYATI Xalikchayeva Sadoqat Ilxomjonovna Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Moliya va soliqlar” kafedrasi asisstenti tel:(93)5445632 bahodir211@mail.ru ANNOTATSIYA Maqolada soliqlarning davlat byudjet daromadlarining shakkilantirishdagi asosiy manbaasi sifatida e’tirof etilishiga, mamlakatimizda olib borilayotgan soliq tizimidagi ilg‘or soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va soliq bazasi haqida hamda amaldagi mavjud soliq va yig‘imlarning soliq solish bazasini aniqlash usullari va uning xususiyatlari xususida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: soliqlar, iqtisodiyot, soliq siyosati, harakatlar strategiyasi, soliq elementlari, daromad, soliq bazasi, soliq kodeksi. МЕТОДЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ НАЛОГОВОЙ БАЗЫ В НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЕ УЗБЕКИСТАНА И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ Халикчаева Садокат Ильхомжановна Государственное Экономичиский Ташкента ассистент кафедры финансов и налогов Университета тел: (93) 5445632 bahodir211@mail.ru АННОТАЦИЯ В статье рассматривается признание налогов основным источником доходов государственного бюджета, концепция совершенствования современной налоговой политики в налоговой системе и налоговой базе, а также методы и особенности определения существующей налоговой базы по налогам и сборам. упомянутый. Ключевые слова: налоги, экономика, налоговая политика, стратегия действий, элементы налогообложения, прибыль, налоговая база, налоговый кодекс. METHODS OF DETERMINATION OF THE TAX BASE IN THE TAX SYSTEM OF UZBEKISTAN AND ITS IMPORTANCE Khalikchaeva Sadokat Ilkhomjanovna Tashkent State Economy University Assistant of the Department of Finance and Taxes tel: (93) 5445632 bahodir211@mail.ru
The article discusses the recognition of taxes as the main source of state budget revenues, the concept of improving the advanced tax policy in the tax system and the tax base, as well as methods and features of determining the existing tax base of taxes and levies. referred to. Key words: taxes, economics, tax policy, action strategy, tax elements, income, tax base, tax code. Kirish Soliqlar har bir davlat mavjud bolishining va rivojlanishing asosiy sharti sanaladi. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarda soliqlar juda muhum ahamiyat kasb etadi, ya’ni davlat sektorining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashdagi asosiy dastak hamda davlatning samarali faoliyatini amalga oshirishi uchun byudjet daromadlarini yetarli va uzluksizligini ta’minlashning qudratli omilihamdir. O‘zbekiston Respblikasining jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi mamlakatlarda soliqlar va soliqqa tortish bilan bog‘liq munosabatlarni jahon amaliyotida qabul qilingan uslubiy tamoyillar bilan birxilligini ta’minlash, milliy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ilg‘or rivojlangan davlatlarning tajribalari va ko‘rsatkichlari bilan taqqoslay olishini talab etadi. Bugungi kunda olib borilayotgan katta doiradagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlar va ularning amal qilish mexanizimini soddalashtirib borish, soliq yuki darajasini kamaytirish hamda shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq solish tizimini yanada osonlashtirish va soliq ma’muriyatchiligini bundanda optimallashtirish, qolaversa, tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishdagi nomutanosibliklarni qisqartirish bo‘yicha keng qamrovli davlat siyosati yuritib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 29 iyunda qabul qilingan PF-5468 sonli “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmoni fikrimizga yana bir bor tasdig‘ bo‘la oladi[1]. Farmonda mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi[2]: iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish; soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish; makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta’minlash; soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish; soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash; xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash; soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish obyektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish. Yuqoridagi farmon ijrosini taminlash va izchil soliq siyosatini amalga oshirishda yurtimizda 2020 yil 1 yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga kirdi. Aytib o‘tish joizki, mazkur hujjat soliq qonunchiligini maksimal darajada soddalashtirishga yo‘naltirilgan konseptual o‘zgartirishlardan tarkib topgan va uning asosiy maqsadi – insofli soliq to‘lovchilar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Ushbu hujjatga asosan, davlat soliq xizmati organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatlar shakllari hamda mexanizmlarini takomillashtirish, soliq tizimini bundanda samarali tashkil etish orqali ba’zi soliqlarning soliq solish bazasini kengaytirish masalalari ko‘zda tutilgan. Mavzuning o‘rganilgan darajasi Soliq tizimi haqida so‘z yuritar ekanmiz mavjud soliq va yig‘imlarning amal qilish mexanizimi, davlat byudjetiga tushish miqdorini uning elementlariga bevosita bog‘liqligining guvohi bo‘lamiz, Chunonchi, soliq bazasi bu elementlar ichida eng muhim ahamiyatli tarkibiy jihatidir. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi soliq kodeksining 69-moddasida soliqlarning elementlari, ularning tarkibi, mazmuni va mohiyati batafsil yoritilgan. Qolaversa, Soliq kodeksining qolan moddalarida ham mavjud har bir soliq turi bo‘yicha soliq solish bazasini aniqlash tartibi aniq va izchil yoritib berilgan. Soliqqa tortiladigan baza va uning elementlariga ta’sir etuvchi omillar haqida A. Jo‘rayev va S. Shirinov “Soliq statistikasi va soliq pragnozi” nomli o‘quv qo‘llanmada[3], Vahobov A.V va Malikov T.S “Moliya” darsliklarida ham yetarlicha fikir mulohazalar bildirib o‘tishgan[4]. Qolaversa, Peronko I.A, GorelkoA.I kabi iqtisodchi olimlar ham “Проблемы формирования налоговой базы на региональном и местном уровнях” nomli maqolalarida, ham soliq bazasi bo‘yicha tegishlicha fikir mulohazalar bildirib o‘tishgan[5]. Tadqiqot metadologiyasi Tadqiqot metadalogiyasi sifatida butun iqtisodiy hamjamiyat doirasida hamda respublikamiz soliq tizimida olib borilayotgan soliq islohotlari, malakatimiz prezidenti qaror va farmonlarini chuqur o‘rganish davomida analiz, sintez va iqtisodiy matematik usullar, qiyosiy tahlil hamda prognozlash orqali nazariy tahlil usullaridan keng foydalanilgan. Tahlil va natijalar Soliq elimentlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari, soliq elimentlaridan soliq munosabatlarini tartibga soluvchi soliq qonunchiligini ishlab chiqishda foydalaniladi. Shu sababli ham yangi tahirdagi soliq kodeksining 6-bobi “Soliqlarning elementlari” deb nomlandi va bu bobning 69-moddasiga binoan “Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi. Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi: 1) soliq solish obyekti; 2) soliq bazasi; 3) soliq stavkasi; 4) soliq davri; 5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi; 6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 7) soliqni to‘lash tartibi. Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin” deya soliq elementlari haqida belgilab qo‘yilgan[6]. Soliq elementlaring eng muhim tarkiy qismlaridan biri esa soliq bazasidir. Soliq bazasi soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi. Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi ushbu Kodeks bilan belgilanadi deya tavsif berilgan[7]. Demak, soliq solinadigan bazani aniqlash tartibi soliq solish obyektining turiga va tavsifiga bog‘liq. Bundan tashqari soliq bazasi xususida ilmiy adabiyotlarda “Soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) – unga nisbatan soliq stavkasi qo‘llaniladigan daromad. Soliq to‘lovchning yalpi daromadidan amaldagi qonunchilik bo‘yicha taqdim etilgan soliq imtiyozlarini chegirish orqali aniqlanadi” degan hulosalar ham mavjud[8]. Soliq bazasini aniqlashning mavjud soliq va yig‘imlar xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir davlatda yurgizilayotgan soliq siyosati va o‘z qonunlariga tayanib aniqlash usul metadalogiyasi mavjud. Bu usul metadalogik xususiyatlari har bir davlat iqtisodiy siyosati, soliq siyosati, moliya siyosati, rivojlanganlik darajasi, davlatning joylashuv o‘rni, mentaliteti hamda turli ichki omillar ta’siridan kelib chiqqan xolda shakklantiriladi. O‘zbekiston soliq tizimida soliq obyektining tavsifiga qarab soliq bazasini aniqlash usullarini quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin[9]. 1-chizma 1-chizmadan ko‘rishimiz mumkunki, O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliq solish bazasini aniqlash usullari beshta yo‘nalishda amalga oshiriladi. Keling, biz hozirda soliq tizimimizda mavjud bo‘lgan soliqlar va yig‘imlar haqida bilib olsakda, so‘ngra soliq bazasini aniqlash usullariga guruhlar asosida taqsimlab ularni jadvallar yordamida tahlil qilsak. Shunday ekan soliq kodeksining yangi tahririning 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi: 1) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 2) aksiz solig‘i; 3) foyda solig‘i; 4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 7) mol-mulk solig‘i; 8) yer solig‘i; 9) ijtimoiy soliq. O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi. Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi. Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi. Soli kodeksining 18-moddasi esa “Maxsus soliq rejimlari” deya atalib, bu moddaga kora, soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi: 1) aylanmadan olinadigan soliq; 2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi; 3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi. Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin. 1-jadval
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkunki, soliq to‘lovchining daromadlari asosida soliq bazasi aniqlanadigan soliq turlari nomma-nom berilgan. Bunga ko‘ra foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliqlarda soliq solish bazasini aniqlash uchun soliq to‘lovchi daromadi asos qilib olinadi. Albatta, soliq solish xususiyatlariga binoan chegirib tashlanadigan xarajatlar, soliq solishdan ozod etilgan daromadlani, ushbu soliq turlaridan berilgan imtiyozlarni hisobga olgan holda, qolaversa, o‘tgan soliq davrlariga tegishli zararlar summasiga soliq solinadigan baza kamaytiriladi. Masalan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘I soliq to‘lovchilari jami daromaddan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi fuqorolari uchun soliq imtiyozlarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi norizidentlari uchun esa soliq imtiyozlarini hisobga olmagan holda aniqlanadi. 2-jadval
Soliq to‘lovchining mahsulot, tovar, ish va xizmatlar sotuvidan olgan tushumi asosida aniqlanuvchi usuli[11]
Soliq to‘lovchining mahsulot, tovar, ish va xizmatlar sotuvidan olgan tushumi asosida soliq bazasini aniqlash usuli milliy soliq tizimida eng va ko‘p foydalaniladigan usul hisoblanadi. Mazkur usul yordamida qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, aylanmadan soliq turlarining soliq bazasini aniqlashda foydalaniladi. Ko‘rsatilgan soliq turlari bo‘yicha soliq bazasini aniqlashda mahsulot, tovarlarni sotishdan, ish bajarishdan va xizmat ko‘rsatishdan olingan tushumlardan hisoblash asosi sifatida foydalaniladi. 3-jadval
Soliq to‘lovchining tadbirkorlik maqsadida foydalangan resurslari asosida soliq bazasini aniqlash usul[12]
Soliq to‘lovchining tadbirkorlik maqsadida foydalangan resurslari asosida soliq bazasini aniqlash esa yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar soliq solish bazasini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqda soliq bazasi yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishta har bir qazib olingan foydali qazilmaga, shu jumladan asosiy foydali qazilmani qazib olishda birga chiqadigan foydali kompanentlarga nisbatan aniqlanadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblar ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. 4-jadval Soliq to‘lovchining unga tegishli bo‘lgan mulki asosida soliq bazasini aniqlash usuli[13]
Soliq to‘lovchining unga tegishli bo‘lgan mulki asosida soliq bazasini aniqlash usuli vositasida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, avtotransport yig‘imlari soliq solish bazasini aniqlashda foydalaniladi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 412-moddasiga asosan aniqlanadi. Mazkur moddaga asosan soliq solinadigan baza mavjud ko‘chmas mulk ob’yektlarining o‘rtacha yillik qolidiq qiymati(o‘rtacha yillik qiymati) doirasida belgilanadi. Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang‘ich qiymati bilan soliq to‘ovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalangan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdorio‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bunda to‘liq amortizatsiya qilingan bino bo‘yicha uning uch yilda kamida bir marta aniqlanadigan qayta baholangan qiymati soliq bazasidir. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati me’yorida belgilanadi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bazasi O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 427-moddasi asosida aniqlanadi. Mazkur moddaga asosan soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari jami yer maydonidan chegirib tashlanadi. Ayirish natijasi soliq bazasi deb ataladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bazasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari, jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun ajratilgan, shuningdek, yakka tartibdagi garajlar egallagan yer maydonlari uchun soliqqa tortish bazasi esa – yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari asosida aniqlanadi[14]. 5-jadval Soliq to‘lovchining faoliyat turiga qarab soliq bazasini aniqlash usuli[15]
5-jadval asosida fikirlashadigan bo‘lsak, mamlakatimz soliq tizimida ayrim soliq turlari bo‘yicha faoliyat turiga qarab soliq solish bazasi aniqlanadi. Bu soliqlarga qat’iy belgilangan miqdorda soliq, bolalar o‘yin avtomatlari xizmati uchun belgilanadigan qat’iy soliq, avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmati uchun qat’iy belgilangan soliqlari kiradi. Xulosa va takliflar Soliq bazasini aniqlash tartibining puxta mexanizimi ularning to‘g‘ri va aniq hisoblanishiga, davlat byudjetiga yetarli miqdorda kelib tushishiga asos yaratuvchi asosiy manbaa ekanligini yuqoridagi tahlillar orqali kuzatishimiz mumkin. Hulosa tariqasida aytmoqchi bo‘lganlarimiz shulardan iboratki, soliq bazasi soliq to‘lovchilar faoliyatiga bevosita ta’sir o‘tkazuvchi omil sanalib, uning kengayishi yoki qisqarishi soliq to‘lovchilar miqdoriga to‘g‘ridan to‘gri ta’sir o‘tkazadi, qolaversa, davlat byudjetiga kelib tushishi, tushim miqdorining o‘zgarishiga to‘g‘ri proporsiyda bog‘langan. Shunday ekan soliq bazasini aniqlash tartibi eng muhim jarayon va uni takomillashtirish hamda jahon tajribalarini o‘rgangan holda eng samarali usullarni bizning soliq tizimimizga joriy etish oldimizda turgan muhim masalalardan sanaladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati [1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 29 iyunda qabul qilingan PF-5468 sonli “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmon https://lex.uz/docs/-3802378 [2] 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi [3] Soliq statistikasi va prognozi: O‘quv qo‘llanma / A.Jo‘rayev, S.Shirinov. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2015. - 392 b. [4] Vahobov A.V.,Malikov T.S. Moliya. Darslik/Toshkent Moliya instituti: “Noshir”,2011. 712 bet. [5] Peronko I.A, GorelkoA.I kabi iqtisodchi olimlar ham “Проблемы формирования налоговой базы на региональном и местном уровнях” nomli maqola [6;7] https://lex.uz/docs/-4674902?ONDATE=11.03.2020 [8] O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi: -T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2020 y. -624 b 71-modda [9;10;11;12;13;15] A. Jo‘rayev va S. Shirinov “Soliq statistikasi va soliq pragnozi” nomli o‘quv qo‘llanma asosida muallif tomonidan tuzilgan. [14] ] O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi: -T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2020 y. -624 b. 427-modda Download 59.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling