O`zbekiston tarixi 7-sinf "everset" o`quv markazi Husanboy Xoldorov


Download 38.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.04.2023
Hajmi38.51 Kb.
#1330750
Bog'liq
7-o`zbek majburiy 1-10-MAVZULAR



O`zbekiston tarixi 7-sinf “EVERSET” o`quv markazi
Husanboy Xoldorov
Kanalimiz : 
@TARIX_TILSIMI
Murojaat : 
+9989(3)-678-68-77
Majburiy bloklar uchun
1-10-mavzular yuzasidan
sinov testi 
1. Narshaxiyning ma`lumotlariga ko`ra, ayrim 
dehqnlar Buxoro amiri va Buxorxudotlar 
ularning o`z yerlarini tortib olganligi 
shikoyatini kimga yetkazganlar ? 
A) Arab xalifasi B) Xuroson noibi
C) So`g`d ixshidi D) Xalifa xos soqchisi
2. Narshax va Samarqandda “Oq kiyimlilar” 
yengilgach, kimlar arablarga yordam bera 
boshlaydi? 
A) Dehqonlar B) Savdogarlar
C) Mulkdor tabaqa vakillari D) Hunarmandlar 
3. Chag`onga qarshi ukasi Hurzod qo`zg`olon 
kotargan vaqtda So`g`d hokimi kim edi? 
A) Divashtich B) Sheri Kishvar
C) G`urak D) Abruy 
4. Ilk o`rta asrlarda tashkil topgan qaysi davlat 
aholisining etnik tarkibini turkiy tilda 
so`zlashuvchi qabilalar ittifoqi tashkil etgan? 
A) Eftallar B) Xorazm
C) Xioniylar D) Turk xoqonligi 
5. O`rta asrlarda tashkil topgan qaysi 
davlatning tangasi teskari tomonida sulolaviy 
ayri tamg`a tushirilgan? 
A) Xorazm(Afrig`iylar) B) Eftallar
C) G`arbiy Turk xoqonligi D) Kidariylar 
6. V-VI asrlada O`rta Osiyo hududida qaysi 
yozuvlar tarqalgan? 
A) Sug`d, xorazm, eftal
B) Xorazm, turkiy run, eftal
C) Eftal, so`gdiy, toxar
D) Sug`d, xorazm, toxar 
7.Arablar tomonidan VIII asr boshlarida 
egallangan shaharlarni to`g`ri xronologik 
ketma-ketlikda joylashtiring.
1. Balx, 2.Madinat ash-Shosh, 3.Kesh, 
4.Samarqand, 5.Xorazm, 6.Buxoro. 
A) 1,6,3,4,5,2 B) 1,2,3,4,5,6
C) 1,6,3,5,4,2 D) 1,6,5,3,4,2 
8. O`rta Osiyoda arablar hukmronligi davrida 
soliqning xalifa xazinasiga tushishiga kimlar 
vositachi bo`lishgan? 
A) Amirlar va noiblar
B) Buxorxudotlar va dehqonlar
C) Xuroson noibi va hokimlar
D) Dehqonlar va amirlar 
9. VII asrning birinchi yarimida G`arbiy Turk 
xoqoni Xitoyga necha marta elchi yuborgan? 
A) 5 marta B) 9 marta
C) 25 marta D) 11 marta 
10. Arablar davrida viloyat hokimi qanday nom 
bilan yuritilgan? 
A) Takin yoki tegin
B) Amid
C) Voliy
D) Amir 
Muallf :
Husanboy XOLDOROV
Agar shogirt shayxulislom,
Agar qozidur,
Agar ustoz rozi,
Alloh rozidur.
ALISHER NAVOIY 

Download 38.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling