Oʻzbekiston tarixi fanidan Seminar mashgʻulotlar


Haqiqatda ushbu fan, toʻgʻri va haqqoniy yoritilganda kishilarga, jamiyatning barcha ahliga ibrat va tarixiy tajriba beradi


Download 195.75 Kb.
bet2/3
Sana03.11.2021
Hajmi195.75 Kb.
1   2   3
Haqiqatda ushbu fan, toʻgʻri va haqqoniy yoritilganda kishilarga, jamiyatning barcha ahliga ibrat va tarixiy tajriba beradi.

Oʻzbekiston tarixi — qadimgi ikki daryo (Amudaryo va Sirdaryo) oʻrtasida joylashgan, kishilik jamiyatining rivojiga ulkan hissa qoʻshgan, jahon ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qoʻshib ulugʻ allomalar va buyuk sarkardalarni yetkazib bergan, qadimgi va yaqin oʻtmishda oʻz boshidan ne-ne qiyinchiliklar va bosqinlarni oʻtkazgan millat - oʻzbeklar tarixi.

Oʻzbekiston tarixi fani yaqin oʻtmishda paydo boʻlgan va zamonaviy fanlar tarkibiga kiruvchi tarix fani tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ze'roki, Oʻzbekiston nomi ila atalgan mamlakatimiz, oʻtgan asrning 20-yillarida (1924-yil, 25-yanvar) paydo boʻlganligini hisobga olib, Oʻzbekiston tarixi fanini biz yangi fan sifatida ajratmoqdamiz. Sababi, Mamlakatimiz dunyo siyosiy xaritasida paydo boʻlishidan avvalroq, uning hududi Turkiston nomi ila atalgan va bu mintaqada oʻzbeklardan tashqari juda koʻplab millatlar va elatlar hamjihatlikda yashab kelishgan.

Shunday boʻlsada, Oʻzbekiston tarixi fani juda keng tushunchadagi fan hisoblanadi, va oʻz ichiga Oʻzbek millatining paydo boʻlishi, uning boshqa millatlar bilan tarixiy aloqalari, turli tarixiy davrlarda bir-biriga yaqin bir necha etnoslarning yaqinlashib, yagona xalqga birlashuvi, ularning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissanini chuqur hamda holis oʻrgandi.

Fan doirasidagi dastlabki asarlar, maʼlumotlar, asosan, 16-asrdan, Oʻzbek xalqining toʻliq shakllangan davridan boshlab yaratila boshlangan, bizning davrimizgacha oʻnlab va hatto yuzlab tarixiy asarlar yaratilgan.

Oʻzbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida 16-asrda yashab oʻtgan tarixchi olim Muhammad Solih qalamiga mansub "Shayboniynoma" asarini keltirib oʻtish mumkin. Undan soʻng koʻplab tarixchi olimlar Turkiston (qisman Oʻzbekiston) tarixi haqida juda koʻplab tarixiy asarlarni yozib qoldirishgan. Ular sirasiga, Hofiz Tanish Buxoriy, Fazliddin ibn Roʻzbexon, Shayboniy Ubaydulloxon, Ahmad Donish, Shermuhammad Munis va uning jiyani Muhammad Erniyozbiy Ogahiy, va boshqa buyuk ajdodlarimizni keltirib oʻtish mumkin.

Keyinchalik, 18-asr va 19-asr boshlarida oʻzbek tarixshunosligida qorongʻulik davriga toʻgʻri keldi va bu davr tarixini ochib beruvchi asarlar yozilishi sekinlashib qoldi. Keyinchalik, 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab oʻzbek tarixshunosligida ham oʻzgarish va yangilanishlar boshlandi, ammo, bu davr yurtimizda Rus mustamlakachiligi davriga toʻgʻri keldi, tarix fanida ham imperiya manfaatlarini koʻzlab soxtalashtirilgan tarix versiyasi yaratildi. 20-asrda oʻzbek tarixshunosligi eng ziddiyatli davrga qadam qoʻydi. Bu davrda ham ming yillik tarixga ega boʻlgan va ota-bobolarimizning bunyodkorlik va fidokorona mehnatlari, qadim tarixga ega xalqimizning buyuk tarixi, sovetcha usulda Kommunistik partiya mafkurasiga boʻysundirildi.

Mustaqillik sharofati ila, oʻzbek xalqi oʻz erkini oʻz qoʻliga olishi munosabati bilan, Oʻzbekiston tarixshunosligida ham tarixiy oʻzgarishlar va yangilanishlar sodir boʻldi. Ming yillik tarixga ega millatimizning tarixi tiklandi. Endi bizning oldimizda, ushbu tarixni oʻz holicha va haqqoniy ravishda kelajak avlodlarga sof holda qoldirish, vatanimizning boy va rang-barang, sermazmun tarixidan tajriba olib, tarixdagi xatolarni takrorlamaslikka intilib, tarixning faqatgina yaxshi va ezgu jihatlarini qoʻllagan holda, vatanimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshuvchi inson boʻlishimiz kerak. Chunki, ushbu shiddatli zamon bizdan shuni talab qilmoqda, tarixning achchiq va qorongʻu qismidan xulosa chiqarib yadhash har bir zamlnav6 insonning burchidir.

Yurt koriga yarash uchun avvalo yurt tarixini chuqur va mukammal bilish talab etiladi. Bugungi yoshlar oldidagi dolzarb masalalardan biri bu — oʻzi yashab turgan millat tarixini, vatan tarixini bilish hisoblanadi. Ze'ro, Yurtboshimiz Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini taʼkidlab, ― Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq―, ―Oʻzlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi‖, ―Tarix xalq maʼnaviyatining asosidir‖ kabi koʻplab tarixiy haqiqatni toʻgʻri anglatuvchi oʻta teran fikrlarni olgʻa surgan edi.

Bugungi tezkor va shiddatli zamonda oʻtmish xotirasiga murojaat qilmay yashash qiyin ekanligini zamonning oʻzi bizga koʻrsatmoqda. Shunday ekan, barcha-barchani, u kim boʻlishidan va qaysi ijtimoiy guruhga mansub kishi boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻzi tugʻilib oʻsgan va voyaga yetgan vatani tarixini, ota-bobolari kim boʻlganini, oʻzining kimlarning avlodi ekanini, va qanday buyuk hislatlarga ega ekanligini bilishi, asosiysi kelajakda kim boʻlishini bilmoqchi boʻlsa, oʻz yurtining qadim tarixidan to hozirgi davrigacha boʻlgan oʻtmishini chuqur va mukammal bilmogʻi zarur, va bu talabni zamon bizdan talab qilmoqda...

Taraqqiy etgan millatlarning oʻz tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy ѐdgorlik va obidalarini eʼzozlashi, koʻz qorachigʻidek asrashining koʻpgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo boʻlganidan to hozirgacha davom etib kelaѐtgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bogʻliqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, oʻz oʻtmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi. Boshqacha bir maʼnoda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini toʻgʻri anglagandagina, xalqlar oʻz kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Nasroniy (xristian)lik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430-yy.) hozirgi eramiz boshidayoq, yaʼni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak oʻrnini koʻrsatib, shunday degan edi; ― "Gʻaflatda ѐtgan xalqni uygʻotish uchun avvalo, uning tarixini uygʻot".


Download 195.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling