O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)


 O‘zbek adabiyotining ravnaqida Alisher Navoiyning xizmati  nimalardan iborat? Agar  bu  ulug‘  zotni  avliyo  desak,  u  avliyolarning


Download 3.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana12.02.2017
Hajmi3.35 Kb.
#287
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

6. O‘zbek adabiyotining ravnaqida Alisher Navoiyning xizmati 
nimalardan iborat?
Agar  bu  ulug‘  zotni  avliyo  desak,  u  avliyolarning 
avliyosi,  mutafakkir  desak,  mutafakkirlarning  muta-
fakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.
Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»

155
O‘TMISH SADOSIDA TARIX
SABOQLARI VA MA’NAVIYAT
(Xotima o‘rnida)
Siz o‘quv yili davomida jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonning 
IV–XVI asr boshlari tarixi bilan tanishdingiz. Qadim zamonlarda 
Turon,  o‘rta  asrlarda  Turkiston  va  Movarounnahr  nomlari  bilan 
shuhrat topgan yurtimiz tarixi bayoniga yakun yasalar ekan, shu-
ni  e’tirof  etish  joizki,  xalqimizning  bu  ko‘hna  o‘tmishi,  avva-
lambor,  uning  ulkan  bunyodkorlik  faoliyati  tarixidir.  Bu  davrda 
o‘lkamizda  azim  daryolar,  katta-kichik  soy  va  jilg‘alar  jilovla- 
nib, deh qonchilik maydonlari kengaytirildi, bog‘-rog‘lar va bo‘s-
tonlar barpo etildi. Hozirgi kunda Siz-u biz hayot kechirayotgan 
voha va viloyatlar shakllandi va obod etildi. Son-sanoqsiz qishloq 
va shaharlar bunyod etildi. Shaharlar kengayib, hunarmandchilik, 
tijorat, ma’rifat, ilm-fan hamda madaniyatning markaziga aylan-
di.  Hunarmandchilikning  turli  xil  tarmoqlari  rivoj  topib,  qo‘li 
gul  mohir  hu narmandlarning  nozik  did  va  ijodiy  mahorati  bilan  
yasagan buyum-u asboblari hamda zeb-ziynatlari o‘ziga xos yuk-
sak san’at asari darajasida qiyomiga yetkazildi.
Bir  tomondan  sug‘orma  dehqonchilik  va  chorvachilik,  ik-
kinchi tomondan hunarmandchilikning taraqqiyoti o‘z navbatida 
ichki  va  tashqi  tijoratning  kengayishiga,  ayniqsa,  tashqi  bozor 
bilan  olib  borilgan  aloqalarning  mustahkamlanishiga  va  bular  
esa, shubhasiz, xat-u savod, ilm-u ma’rifatning yuksalishiga olib 
keldi.  Aynan  shu  davrda  Muhammad  ibn  Muso  al-Xorazmiy, 
Ahmad  al-Farg‘oniy,  Abu  Nasr  Farobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy, 
Abu  Ali  ibn  Sino  va  Mirzo  Ulug‘bek  singari  o‘rta  asrlarning 
buyuk  alloma  olimlari  yetishib  chiqdi.  Ular  jahon  ilm-fanining 
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdilar.
el-yurtni  boshqarishda  ham  o‘ziga  xos  davlatchilik,  qonun 
va  qoidalar,  yer  va  mulkka  bo‘lgan  haq-huquq  tizimlari  yuzaga 
keldi.  Bu  diyorda  yirik  viloyat  hokimlari  boshqargan  mahalliy 
voha hokimlaridan tortib, Turk xoqonligi, Somoniylar, Xoqoniya-
Qoraxoniylar, Xorazmshohlar hamda Amir Temur saltanati kabi 
buyuk  davlatlar  tashkil  topdi.  Bu  tarixiy  voqelik  shuni  qat’iy 
tasdiqladiki, Vatanimiz hududlarida davlatchilik madaniyati o‘rta 
asrlarda  yanada  rivoj  topib,  buyuk  saltanatlik  boshqaruv  tizimi-
gacha ko‘tarildi.

156
Davlatchilik  tizimi  voha  hokimliklaridan  markazlashgan 
sal tanat,  ya’ni  shahanshohlik  (imperiya)  darajasigacha  ravnaq  
topishi,  shuningdek,  aholisini  umumdavlat  dini  va  e’tiqodida, 
xususan,  Islom  dini  aqidalari  asosida  kamol  topishi,  beshak,  
tarixiy  Turon–Tur kis ton  mintaqasida  qadimdan  yashab  kelayot-
gan  ajdodlarimizni  birlashtirdi.  Bu  davrda  Imom  al-Buxoriy,  
Abu  Iso  at-Termiziy,  Burhoniddin  Marg‘inoniy,  Xoja  Ahror  va 
Bahouddin Naqshband kabi ulamolar yetishib chiqdi. Ular islom 
dini  va  qonunshunosligi  taraqqiyotiga  hamda  uning  jahon  dini 
darajasiga ko‘tarilishiga katta hissa qo‘shdilar. Islom dini odam-
lar e’tiqodini mustahkamladi.
Ularning  xalq  bo‘lib  shakllanish  jarayonida  yengilmas  kuch 
sifatida  asosiy  omil  vazifasini  bajardi.  Sharq  va  G‘arbdan  turli 
qabilalarga  mansub  etnik  guruhlar  o‘lkamizga  kirib  kelib,  ma-
halliy  tub  aholi  bilan  qo‘shilib,  qorishib  ketdi.  Asrlar  davomida 
yuz  bergan  bunday  etnik  jarayonlar  natijasida  o‘z  hududi,  dav-
latchiligi, tili, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy turmush tarziga ega 
bo‘lgan o‘zbek xalqi shakllandi.
Mashaqqatli mehnat, dehqonchilikning barokati, rohat-u uqu-
bati,  yerga  egalik  qilish  munosabatlari  xalqimizning  turmush 
tarziga  kuchli  ta’sir  qilib,  unda  mustahkam  e’tiqod,  pok  axloq,  
sabr-qanoat qilish odobini shakllantirdi.
Bunday  zabardast  jamoatchilik  qudratini  yuzaga  keltirgan 
tarixiy  Turkiston  –  O‘zbekiston  tarixda  Buyuk  karvon  yo‘lida 
Sharq-u  G‘arb  davlatlarining  o‘zaro  iqtisodiy  va  madaniy  mu-
nosabatlarining  shakllanishida  bag‘rikeng  va  sohibkor  vositachi 
hamda qalqon mamlakat sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Vatanimiz  uzoq  tarixi  guvohlik  beradiki,  adolat  yo‘qolib, 
zulm kuchaygan vaqtlarda el-yurtda tanglik va notinchlik yuzaga 
keladi. Xalq g‘alayonlari ko‘tarilib, mamlakat iqtisodiy va siyo-
siy buhronga duchor bo‘ladi. Bunday og‘ir va mushkul vaziyatli 
davrda,  ayniqsa,  mahalliy  hokimlarning  Markaziy  hokimiyatga 
qarshi  xatti-harakatlari  avj  olib  ketadi.  Bunday  davrlarda  mam-
lakat tanazzulga yuz tutib, davlat barham topadi. Bu borada Te-
muriylar saltanatining fojiali qismati, ayniqsa, saboqlidir.
Ona-Vatanning  mana  shunday  qismatidan  saboq  chiqargan 
ota- bobolarimizning «Vatanni sevmoq iymondandir» degan sha-
rafli so‘zlarida olam-olam ma’no-mazmun mujassamlashgan. Va-
tanga bo‘lgan muhabbat esa ota-ona va ustozlarga bo‘lgan izzat-
hurmat, oilaga bo‘lgan sadoqat va e’tiqoddan boshlanadi.

157
MUNDARIJA
KIRISH
  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  3
I BOB
O‘RTA ASRLARDA YERGA EGALIK QILISH
MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
1-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 5
2-§.  Ilk  o‘rta  asrlar  davlatlari  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  8
3-§.  eftallar  davrida  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  hayot  .  .  .  .  .  .  13
4-§.  O‘rta  Osiyo  xalqlari  Turk  xoqonligi  davrida  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  17
5-§.  G‘arbiy  Turk  xoqonligi  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  21
6-§.  Mahalliy  hokimliklarning  tashkil  topishi  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  25
7-§. VI–VII asrlarda madaniy hayot . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 29
II BOB
O‘RTA OSIYONING ARAB XALIFALIGI  TOMONIDAN FATH 
ETILISHI. XALQ QO‘ZG‘OLONLARI (VII–VIII asrlar)
8-§. Islom dini va arab xalifaligi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 33
9-§. Movarounnahr fath etilishining iqtisodiy va ma’naviy 
oqibatlari  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  37
10-§. Xalifalik hukmronligiga qarshi xalq harakatlari . . . . . . . . . 39
11-§. Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr. 
Abu  Muslim  qo‘zg‘oloni  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  41
12-§.  «Oq  kiyimlilar»  qo‘zg‘oloni  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  43
III BOB
MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL DAVLATLARNING
TASHKIL TOPISHI
13-§. Xalifalikning zaiflashuvi, mustaqil davlatlarning shakllana 
boshlashi  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  47
14-§.  Somoniylar  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  51 





15-§.  Somoniylar  davrida  ijtimoiy-iqtisodiy  hayot  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  54
16-§. IX–X asrlarda yer-mulk munosabatlari. Somoniylar sulola-
sining inqirozi. G‘aznaviylar davlati . . . . . . . . . . . . . . . . 58
17-§.  Qoraxoniylar  davlati  va  Movarounnahr  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  62
18-§.  XI–XII  asrlarda  ijtimoiy-iqtisodiy  hayot  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  65
19-§.  Xorazm  davlati  va  uning  yuksalishi  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  67
20-§.  O‘rta  osiyolik  mutafakkirlar.  Ilm-fan  ravnaqi  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  71
21-§. Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayotida yangi 
davr  (IX–XIII  asr  boshlari)  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  75
22-§.  Me’morchilik,  san’at,  musiqa  va  diniy  e’tiqod  .  .  .  .  .  .  .  .  .  79
23-§.  etnik  jarayonlar  va  o‘zbek  xalqining  shakllanishi  .  .  .  .  .  .  .  83
IV BOB
VATANIMIZ XALQLARINING CHINGIZXON ISTILOSI VA 
ZULMIGA QARSHI OZODLIK KURASHI
24-§. Xorazmshohlar saltanati bilan Mo‘g‘ullar davlati o‘rtasidagi 
munosabatlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 87
25-§. Chingizxon bosqini . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 92
26-§.  Xorazmshohlar  davlatining  halokati  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  97
27-§.  Chig‘atoy  ulusining  tashkil  topishi  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  101
28-§.  Ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  hayotning  jonlanishi  .  .  .  .  .  104
V BOB
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATI
29-§.  Amir  Temurning  siyosiy  kurash  maydoniga  kirib  kelishi  .  108
30-§.  Amir  Temur  –  markazlashgan  davlat  asoschisi  .  .  .  .  .  .  .  .  112
31-§.  Amir  Temurning  harbiy  yurishlari  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  115
32-§.  Amir  Temur  saltanatining  ma’muriy  va  harbiy  tuzilishi  .  .  120
33-§. Mamlakat obodonchiligi yo‘lida . . . . . . . . . . . . . . . . . . 123
34-§.  G‘arbiy  Yevropa  davlatlari  bilan  aloqalar  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  126
35-§. Amir Temur vorislari o‘rtasida taxt uchun kurash va uning 
oqibatlari  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  129
36-§.  Ulug‘bek  –  ma’rifatparvar  davlat  arbobi  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  132
37-§. Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi . . . . . . . . . 135
38-§.  Dehqonchilik,  yer  egaligi  munosabatlari  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  139
39-§.  Hunarmandchilik  va  savdo  aloqalari  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  142
40-§.  Ilm-fan  ravnaqi  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  146
41-§.  Madaniy  hayot  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  150
O‘TMISH SADOSIDA TARIX SABOQLARI VA MA’NAVIYAT
(Xotima o‘rnida) . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 155

O‘quv nashri
MUHAMMADJONOV  ABDULAHAD  RAHIMJONOVICH 
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
(IV ASRDAN XVI ASR
BOSHLARIGACHA)
7-SINF
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta 
ta’lim maktablari uchun darslik sifatida tasdiqlagan
Ikkinchi nashri
«Sharq» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati
Toshkent – 2013
Muharrir Ulug‘ BEK
Badiiy muharrir Tolib Qanoatov
Texnik muharrir Ra’no Boboxonova
Musahhihlar: Ma’mura Ziyamuhamedova, Sharofat Xurramova
Sahifalovchi Lyubov Batseva
Nashr litsenziyasi AI № 201, 28.08.2011-y.
Bosishga ruxsat etildi: 24.05.2013. Bichimi 60x90
1
/
16
. «TimesUZ» garniturasi. 
Ofset  bosma.    Shartli  bosma  tabog‘i  10,0.    Nashriyot-hisob  tabog‘i  10,7.   Adadi 
366597  nusxa. 2889-sonli buyurtma. 
«SHARQ» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasi,
100000, Toshkent shahri, Buyuk Turon ko‘chasi, 41-uy.

Darslikning birinchi marotaba foydalanishga berilgandagi 
holati.
Muqova  butun,  darslikning  asosiy  qismidan  ajralmagan. 
Barcha varaqlari mavjud, yirtilmagan, ko‘chmagan, betla-
rida yozuv va chi ziqlar yo‘q.
Muqova  ezilgan,  birmuncha  chizilib,  chetlari  yedirilgan, 
darslikning  asosiy  qismidan  ajralish  holati  bor,  foydala-
nuvchi tomonidan qoniqarli ta’mirlangan. Ko‘chgan varaq-
lari qayta ta’mirlangan, ayrim betla riga chizilgan.
Muqovaga  chizilgan,  yirtilgan,  asosiy  qismidan  ajralgan 
yoki  butunlay  yo‘q,  qoniqarsiz  ta’mirlangan.  Betlari 
yirtilgan, varaqlari yetishmaydi, chizib, bo‘yab tashlangan. 
Darslikni tiklab bo‘lmaydi.
Ijaraga berilgan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval
¹
1
2
3
4
5
6
O‘quvchi-
ning ismi va 
familiyasi
O‘quv
yili
Darslik -
ning  
olingan-
dagi 
holati
Sinf
rahbari-
ning  
imzosi
Darslik-
ning  
topshiril-
gandagi
holati
Sinf 
rahbari-
ning 
imzosi
Darslik  ijaraga  berilib,  o‘quv  yili  yakunida  qaytarib  olinganda 
yuqoridagi jadval sinf rahbari tomonidan quyidagi mezonlarga asosan 
to‘ldiri ladi:
Yangi
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Download 3.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling