O‘zbekiston tasviriy san’ati o‘zining qadimiy ildizlariga EGA. XV-XVI asrlarda Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali kabi buyuk rassomlar asos solgan an’analar hozirgacha davom etib kelmoqda


Download 10.64 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi10.64 Kb.
#1016043
Bog'liq
San’at mening hayotimda


O‘zbekiston tasviriy san’ati o‘zining qadimiy ildizlariga ega. XV-XVI asrlarda Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali kabi buyuk rassomlar asos solgan an’analar hozirgacha davom etib kelmoqda. Respublika tasviriy va amaliy san’at bilim yurtida qadimiy hunarmandchilik turlarining san’at darajasiga ko‘tarilgan ganchkorlik, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, kulolchilik sirlari yosh avlodga o‘rgatilayotgan bo‘lsa, rassomchilik kollejida tasviriy san’atning rang-tasvir, portret, peyzaj, miniatyura, natyurmort kabi turlari o‘qitilmoqda. O‘zbek rassomlari Chingiz Ahmarov, Abdulhaq Abdullayev, Bahodir Jalolov, Ro‘zi Choriyev, Muzaffar Abdullayevlarning asarlari dunyodagi ko‘pgina nufuzli ko‘rgazmalarda namoyish qilingan.Kino san’ati ham O‘zbekistonda juda yuqori darajada rivoj topgan. Kinoning barcha turlari – badiiy film, hujjatli film, teleseriallar, multiplikatsiya, ilmiy-ommabop filmlar sanoatining shuhrati MDH mamlakatlarida mashhur. Har yili «O‘zbekfilm» kinostistudiyasida tarixiy, sarguzasht, detektiv, sevgi va hayot hamda mehr-vafo haqidagi o‘nlab filmlar suratga olinadi. «Mahallada duv-duv gap», «O‘tgan kunlar», «Kelinlar qo‘zg‘aloni» kabi filmlarni o‘zbekistonliklar juda sevib tomosha qilishadi.
O‘zbek teatr san’ati ham o‘z tarixiga, rivojlanish bosqichi ham o‘ziga xos an’analariga ega.Teatr san’ati darg‘alari Abror Hidoyatov, Sora Eshonto‘rayeva, Shukur Burhonov, Nabi Rahimov, G‘ani A’zamov, Soyib Xo‘jayev kabilar o‘zbek teatr san’atini yuqori pog‘onaga ko‘targanlar. Ular ishtirokidagi har bir spektakl tomoshabinlarga olam-olam ma’naviy ozuqa bergan.
O‘zbekistonda, shuningdek, opera, balet, estrada, me’morchilik kabi san’at turlari ham katta yutuqlarga ega bo‘lgan holda rivojlanib bormoqda.
Kamoliddin Behzod Kamoliddin Behzod - buyuk o‘zbek musavviri. U 1455-yilda Hirotda kambag‘al hunarmand oilasida tug‘ilib, ota-onasidan juda erta yetim qoldi. Behzodning musavvirlikdagi iste’dodini payqagan Amir Ruhillo (Mirak Haqqosh) uni o‘z tarbiyasiga oladi. Behzod musavvirlikni Pir Said Ahmad Tabriziydan o‘rgandi. Musavvirlardan Shoh Muzaffar, Qosim Ali, Mavlono Hakim Muhammad kabi Behzod ham Alisher Navoiyning rahnamoligidan bahramand bo‘lgan. Ijodi 1470-yillarda boshlangan.
Alisher Navoiy va Sulton Husaynning vafotidan so‘ng Hirotni Shayboniyxon, 1512-yilda esa Eron shohi Ismoil I bosib oldi. Ko‘p san’atkorlar Hirotdan chiqib ketdi. 1520-yillarning boshida shoh Ismoil I Behzodni Tabrizga chaqirtirib, katta imtiyoz berdi. Shoh Ismoil I dan keyin uning o‘g‘li Tahmos taxtga chiqdi. Behzod Tahmosga musavvirlikni o‘rgatadi. Lekin shoh Behzodning san’atini qadrlamaydi. Rassom ona yurti Hirotga qaytadi.
Shayx Sa’diyning “Bo‘ston”iga ishlagan miniaturalari (1478) musavvirning ilk asarlaridir. 1488-yilda Sulton Husayn buyurmasi bilan u 4 ta miniatura ishlagan. Behzod asarida hayot manzaralarini jo‘shqin tasvirlaydi. Turli ranglar bir-biriga mos, asarlaridagi shaxslar harakatchan, tabiatan jonli. Ilk asarlaridayoq Behzod mohir manzarachi rassom sifatida ko‘zga tashlandi.
Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”, “Layli va Majnun”, Xisrav Dehlaviyning “Majnun va Layli” asariga ishlagan miniaturalari butun dunyoga mashhur.
Behzod miniatura san’ati tarixida maxsus - “Behzod maktabi”ni yaratdi. Darvesh Muhammad, Maqsud Muzahhib kabi rassomlar uning maktabida ta’lim olganlar. Behzod ustoz san’atkor sifatida Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o‘lkalar tasviriy san’atining taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi. Miniatura san’atini yangi bosqichga ko‘tardi, uning tarixida yangi davr yaratdi. Behzod miniaturalari uning tirikligidayoq bu san’atning oliy yutug‘i deb tan olingan.
Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod 1535-yilda Hirotda vafot etgan.
Yunus Rajabiy
O‘zbek xalqi dunyoga fan va madaniyatning boy yodgorliklarini berdi. Sharq olimlari qoldirgan asarlar hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bular fan va madaniyatning rivojlanishiga katta ta’sir etmoqda.
Boshqa ilmlar qatorida musiqa ilmi ham fanning yirik tarmog‘i - xalq merosidir.
Xalq yaratgan kuy va qo‘shiqlar avloddan-avlodga o‘tib hozirgi kungacha yetib keldi.
O‘zbek musiqasining bilimdonlaridan biri bastakor va olimYunus Rajabiy bu sohada faol ish olib bordi. U o‘zbek musiqasini o‘rgandi, to‘pladi.
1960-yilda Yunus Rajabiyning ”O‘zbek xalq musiqasi” nomli besh tomlik kitobi nashr etildi. Bu besh tomlik kitob o‘zbek musiqa madaniyatida katta voqea bo‘ldi.
Xalq madaniy merosini hurmat bilan saqlab kelgan, o‘zbek musiqasini yanada rivojlantirgan akademik Yunus Rajabiy haqiqiy olim edi.

Adabiyotlar ro‘yxati:1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
Download 10.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling