"O’zbekiston temir yo’llari" aj toshkent temir yo’l muhandislari instituti


Download 144.71 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi144.71 Kb.
#111478
Bog'liq
Maxsus o'lchovlar. AB-216 guruh. Amangeldiyev Bahodir


“O’zbekiston temir yo’llari” AJ

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti



“Temir yo’l transportida avtomatika va telemexanika va telekommunikatsiya texnologiyalari”kafedrasi



Mustaqil ish

Mavzu: Temir yo’l transporti rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar

Bajardi: AB-216 guruh

talabasi Amangeldiyev B

Qabul qildi:Ubaydullayev S

Toshkent-2020

Mavzu: Temir yo’l transporti rels zanjirlarida profilaktika va rostlashdagi o’lchashlar

Reja:


  1. Kirish

  2. Rels zanjirlari haqida tushuncha

  3. Rels zanjirlari profilaktika va rostlashdagi o’lchashlar

  4. Rels zanjirlarida ekspluatatsiya sharoitidagi o’lchashlar

  5. Xulosa

Kirish
Ishlabchiqarishjarayonlarininazoratqilishdaob’yektivvaishonchliusulbo’lib, harqandayishlabchiqarishningajralmasqisminitashkiletadilarvamuximrol’ o’ynaydilar. Tabiatningturlixilhodi-salarnio’rganilishi, fanvatexnikarivojlanishio’lchashjarayonlaribilanuzluksizbog’liqdir.

Ishlabchiqarishniavtomatikboshqaruvi, ishlabchiqarishningjarayonlarinivanazoratoperatsiyalariniavtomatizatsiyalashhamo’lchashjarayonlaribilanuzluksizbog’liqdir.

Har xil o’lchov turlari orasida elektr o’lchovlari birinchi o’rinda turadi, chunki ular ko’pgina afzalliklarga ega. Bular qatoriga quyida-gilarni kiritish mumkin:

a)kattaliklarni uzluksiz o’lchash imkoniyati (diagramma yoki tasmalarda yozib olish);

b)o’lchash ob’yektidan uzoqlashgan holda kattaliklarni o’lchash imkoniyati

O’lchov – bu maxsus texnik vositalar yordamida tajriba yo’li bilan fizik kattalikning miqdoriy ma’nosini aniqlashdir. Fizik kattaliklarning miqdoriy va sifat bahosi o’lchov asboblar yordamida aniqlanadi. Olinayotgan ma’lumotlar ishonchli bo’lishi uchun, asboblarga yuqori talab qo’yiladi va bu masalani metrologiya yechadi.

Metrologiya – bu zarur bo’lgan aniqlikka erishish usullari va o’lchovlar, usulllar va vositalarni birligini ta’minlash haqidagi fan. Metrologiya umumiy va amaliyga bo’linadi. Umumiy metrologiya etalonlarni (namunalarni), o’lchovlarni, tizimlarni yaratish bilan shug’ullanadi. Amaliy metrologiya amaliy masalalarni yechadi. O’lchovlar birligini ta’minlaydigan qonun chiqaruvchi metrologiya alohida ifodalangan (umumiy qoidalar, talab va me’yorlar).

Rels zanjirlari haqida tushuncha
Rels zanjirlari temir yo’l avtomatika va telimexanikasining barcha qurilmalari: avtomatik blokirovka, ALS elektr markazlashtirilgan strelkalar va signallar, mikroprotsessorli markazlashtrilgan, dispetcherlik markazlashtirish va hakolar uchun asosiy qurilma bo’lib xizmat qiladi. Bu tizimlarda rels zanjiri quyidagi vazifalarni bajaradi: peregon va stansyada joylashgan rels iplarining butunligini, strelkalarining sostav ostida o’tmasligini nazorat qiladi; ular yerdaligida lokomotivga kodli signallar uzatiladi, lokomotivning o’tish joylari yoki stansiyalarga yaqinlashuvi nazorati avtomatik tarzda olib boriladi.

Rels zanjirlari asosiy xususiyatlari: yo’lning bo’sh -bandligini nazorat qilish, rels iplari nazorati, yo’ldan lokomotivga ma’lumot jo’natish.

Elektr rels zanjiri yoki qisqacha rels zanjiri bu ta’minot va qabul qiluvchi qurilmalarning tok oquvchi rels liniyasi bilan uyushqoqligidir.

Shu sababli harakat tarkibi va uni nazorat qiluvchi qurilma o’rtasida uzluksiz aloqa o’rnatiladi. Rels zanjirilarining yana bir muhim xususiyatilaridan biri ularning telemexanik kanal sifatida ishlatilishidir.

Rels zanjirilariga quyidagi talablar qo’yiladi: har qanaqangi sharoitda ham izolyatsiya qarshiligining eng past chegarasi yani bir ipli rels zanjirlar uchun 0,5 om*m, magistral yo’llar uchun 1,0 om*m, saralash tepaliklari uchun 0,37 om*m bo’lganda soz holda ishlashi kerak;

shuntni qayd etish tegishli vaqtda bajarilishi kerak;

teskari tortuvchi tok aylanishini ta’minlash;

izoiyatsiyalangan stiklar ishdan chiqqanda rels zanjiri qurilmalarining xavfli nosozligi vujudga kelmasligi kerak;

rels zanjirlar kerakli signallarni ALS qurilmasiga to’g’ri yetkazishi kerak; rels zanjirlar xavfli va xalaqit beruvchi ta’sirlarga uchramasligi kerak ya’ni:

-teskari tortuvchi tok;

-paralel yo’ldagi qo’shni rels zanjirlar;

-ALS signallari;

-yuqori kuchlanishli liniyadan himoyalanishi kerak.

Rels zanjirlarini sifatlari, xususiyatlari va qo’llanilishiga qarab tasniflanadi. Ularning bu xususiyatlariga tortqi turi, tortqi tokining kanalizatsiyalash sxemasi, signal tok turi, yo’l qurilmasi turini keltirish mumkin (1.rasm). Rels zanjirlar parametrlariga eng ko’p tortqi turi va ishlatilishi sohasi ta’sir ko’rsatadi.








1-rasm. Rels zanjirlar tasniflanishi
Rels zanjiri bu elektr rels zanjiri bo’lib unda ta’minot manbasi yuklanishyo’lqurilmasimavjud, toknio’tkazuvchilarsifatidarelsiplariishlatiladi. Rels zanjirlari avtoblokirovka, ALS, strelka va signallarning elektr markazlanishida, dispetcherlik markazlanishda asosiy element sifatida ishlatiladi.

Rels zanjirlari quyidagilarni ta’minlaydi: peregonda va stansiyada uchastkalarni bo’sh yoki bandligini va rels iplarini butunligini nazoratini; harakat tarkibi ostida strelkani o’tkazishga yo’l qo’ymasligini; yo’l qurilmalaridan lokomotivga kod signallar uzatish; o’tish svetoforlari orasida o’zaro bog’liqlikni ya’ni mosligini ta’minlaydi; pereyezdga va stansiyaga poyezdni yaqinlashishini nazorat qiladi va boshqa bir qancha funksiyalarni temir yo’l avtomatika tizimida bajaradi.

Ishlash shartlarini har xilligi va keng imkoniyatlarga ega rels zanjirlaridan RZ foydalanish, o’zimizdagi temir yo’llarda, yaqin va uzoq mamlakatlarning temir yo’llarida turli xildagi rels zanjirlaridan foydalanishga olib keldi.

Hozirda temir yo’lda rels zanjirlarini bir-birlaridan farq qiluvchi ko’plab turlari ishlatilib, ularni quyidagilarga ajratish mumkin:

-ishlash prinsipi va ishlatilish sohasi bo’yicha;

-poyezdning tortqi ko’rinishi;

-tortish tokining borligi va uning kanalizatsiyalanishi;

-ta’minot rejimi;

-yo’l qurilmasi turi bo’yicha.

Rels zanjirlarini ishlatilish sohasi, ularni bajaradigan vazifasi, ularning oraliq darajasi, ekspluatatsiya sharoitlari kabi kompleks talablar asosida tanlanadi, shu asosda Rels zanjirlarining peregon yoki stansiyalar uchun qo’llaniladigan turlari ishlab chiqilgan.


Texnik xizmat qilish grafigi bo’yicha rel’sli zanjirni ishlatish jarayonida yo’l relesida kuchlanishni aniqlash ehtiyoji tug’iladi. Bu uni me’yoriyga  muvofiqligini tekshirish maqsadida bajariladi.

Rostlash – rel’sli zanjir to’g’ri uzluksiz ishlashini ta’minlovchi, yo’l releda kuchlanishni hosil qilish deyiladi. Rel’sli zanjir nazariyasidan shu ma’lumki, yo’l reledagi kuchlanish giperbolikka yaqin bo’lgan qonun bo’yicha ballast qarshiligiga ko’ra o’zgaradi 

Turli rel’sli zanjirlar uchun hisoblar asosida rostlashjadvallar tuzilib PR da qanday kuchlanish ishlatilishi kerakligi ko’rsatilgan. Bunda shag’alli va boshqa turdagi ballast uchun rostlash jadvallari mavjud. Havoda PR da Up kuchlanish o’rnatilsa, unda r o’zgarishida (yomg’ir, namlik)  PR da kuchlanish pasayadi v poyezd o’tgandan keyin rele langarni tortib ololmaydi. Xuddi shu holat yuz beradi, agar qattiq sovuqqa shunday kuchlanish berilsa. Bundan kelib chiqadiki, qattiq sovuqda yoki quruq havoda rostlash paytida rel’sli zanjirda PR da kuchlanishni ozgina zahira bilan berish kerak. Nam ballastda ham kuchlanish ozgina zahira bilan berilishi kerak. Faqat qattiq va uzoq yomg’irlarda ish kuchlanishni berish mumkin, chunki r kamayishining davom etishi kutilmaydi. To’g’ri, sozlangan rel’sli zanjir elektromexanik aralashishsiz yil davomida havoni turli sharoitlarida mustahkam ishlashi kerak. SHuni nazarda tutish kerakki, rostlash jadvali rel’sli zanjirning har xususiyatlarini ko’zda tuta olmaydi, shuning uchun jadvalga qattiq amal qilish shart emas.

Rel’sli zanjir xususiyatlariga quyidagilar kiradi: issiq va quruq havoda ballast qarshiligi r loylar, ifloslar va chirigan shpalalar hisobiga past bo’lib qolaveradi, ba’zida qattiq yomg’irlardan keyin suv tez parchalanib, r yuqori darajada qoladi. Jadvaldan foydalanishda ehtiyojsiz kuchlanishning yuqori chegarasidan o’tib ketmasligi kerak, chunki rel’sli zanjirning shsntga sezgirligi pasayadi.

Yo’l relelarni ishonchli ishini ta’minlash uchun oziqlanish manbaini ancha kam quvvati kerak bo’ladi, shu bois kodli rel’sli zanjirni sozlash kodli tokning me’yoriy miqdorin ta’minlovchi kuchlanishni yo’lli transformatorida o’rnatish bilan boshlash kerak. Kodli tok miqdori bir yilda ikki martta o’lchanadi. Bunda rel’sli zanjirning kirish uchiga Rshn=0,006 Om li me’yoriy shunt SHU-01M o’rnatilib, A9-1 tok o’zgartirgich yordamida (rel’s ipning kallasiga qo’yiladi) kodli tokning miqdori o’lchanadi

Ajratuvchi (izolyatsiyalovchi) tutashmalar nosozligida ikkita qo’shni rel’s zanjiri o’zaro ulanadi. Buni natijasida rel’sli zanjirdan birining yo’l relesi ikkinchisidan oziqlanishi mumkin.

Agar shu kuchlanishning miqdori yetarli bo’lsa, yo’l relesi rel’sli zanjir bandligida ham qo’zg’algan bo’lib qoladi. Muhofazaning sxemali usullari bo’lmagan rel’sli zanjirlarda o’ta xavfli  holat bo’lmasligi uchun qo’shni rel’sli zanjirlarda faza va qutbliliklar almashini kerak. Almashinish to’g’riligini ishga tushirish paytida, oziqlantiruvchi kabel’ va yo’l transformatorlarini almashtirish, oziqlantiruvchi simlarni boshqa joyga ulash, oziqlantirish manbalarini o’chirish bilan bog’liq bo’lgani kabi ishlardan keyin tekshiriladi. Undan tashqari, bir yilda ikki martta barcha rel’sli zanjirlarda fazalar va qutbliklar almashinishni tekshiruvi amalga oshiriladi. Bu ishlarni bajarishdan avval izolyatsiyalovchi tutashmalarni tekshirib chiqish kerak. Izolyatsiyaovchi tutashmalarning har tomonidan bir turdagi asboblar o’rnatilsa, qutblilikni almashinishda kattaroq samaraga erishish mumkin.

O’zgarmas tokli rel’sli zanjirlarda qutblikni almashinishini tekshirish vol’tmetr yordamida amalga oshiriladi.  Bunda vol’tmetr avval izolyatsiyalovchi tutashmaning bir tomoniga ulanadi, so’ngra uni simlarini uchlari almashtirilib, ikkinchi tomonida ulanadi (6.11,a-rasm). Agar shu ikkita ulovda asbob mili bir tomonga og’ishi kuzatilsa, demak, qutblar almashinishi to’g’ri. Uzluksiz o’zgaruvchi tokli rle’s zanjirlarda qutblar almashinuvi 6.11,b-rasmdagi sxema bo’yicha tekshiriladi va agar U1>U2 bo’lsa, almashinish chidam beradi. Bir ipli rel’sli zanjirlarni almashinishini tekshirish uchun uchta o’lchov amalga oshiriladi: ikkitasida izotutashuvlardan ikki tomonga qarab va uchinichisi diogonal bo’yicha . O’lchovlra natijasida U31(U2) bo’lsa, almashtirish badjarilgan, agar U3>U1(U2) bo’lsa, almashtirish bajarilmagan hisoblanadi.

Ikki tomonlama avtoblokirovkadagi rel’sli zanjirlarda qaysiki,belgilangan yo’nalish harakatiga bog’liq bo’lgan oziqlanuvchi va rele uchlari bir rel’sli zanjirdan ikkinchi rel’sli zanjirga  o’tuvchi apparaturalar bo’lganida, fazalarni almashinishini tekshirish har izotutashda ikki martta o’tkahiladi; haqiqatning juft va toq yo’nalishlarida. Ikki elementli releli rel’sli zanjirlarda fazalarni almashinishdan tashqari, releli uchidan kodlanishini hisobga olganda, kodli transformatordan yo’l relelari ishlab ketish ehtimolidan istisno bo’lishi uchun bitta rel’s zanjirdagi kodli va yo’lli transformatorlar orasida fazalar almashinishiga rioya qilish kerak. Bu holatda releli uchidagi ikkita o’lchov o’tkaziladi. Biri kodlitrasformatorning ikkilamchi cho’lg’amida va ikkinichisi transmitterli rele kontaktlari orasida.

Kontaktlar orasida kuchlanish, fazalar to’g’ri almashinishida drossel’-transformatordagi kuchlanishlar yig’indisiga teng, ya’ni shu kuchlanishlardan u kattaroq bo’lishi kerak. Turli xildagi o’zgaruvchan tokli  rel’sli zanjirlar tutashlarida almashinishni tekshirish, masalan bir ipli va ikki iplilarni uzluksiz va koli oziqlanishli bo’lmaydi. CHunki bir ipli rel’sli zanjirlarda izolyatsiyalovchi tutashmalari nosozligida rel’sli zanjirlardan biri tortish bog’lagich bilan tutashadi. Kodli  rel’sli zanjirlar va uzluksiz oziqlanishli zanjirlar orasidagi izolyatsiyani buzilishi ulardan birini ishini to’xtatadi.


Rel’sli zanjirdagi izolyatsiyalovchi tutashmalar holatini o’lchash shkalada ichki qarshiligi 51 Om va belgilangan kuchlanishi 1,5-6 V bo’lgan vol’tmetr yordamida aniqlash mumkin. Agar bunday qarshilikli vol’tmetr bo’lmasa, unda 15 Vt quvvatli 51 Om qarshilikli rezistorni ichki qarshiligi 1000 Om dan kam bo’lmagan vol’tmetrga parallel qilib  ulab foydalanish mumkin (bunday vol’tmetr sifatida s-4380 yeki EK-2346 asboblarini olish mumkin).

Izolyatsiyalovchi tutashma sozligini tekshirish usullarini bayon etishdan avval uni ekvivalent (muqobil) sxemasini ko’rib chiqamiz (7.1,a-rasm). Bu yerda, N1,N2-ustquymalar (nakladkalar); R1,R2-rel’slar; r11, r12, r22, r21-rel’s R va ustquyma N orasidagi izolyatsiya qarshiligi; rz-er yoki drossel’ orqali rel’slar orasidagi o’tish qarshiligi; rn-taglik (prokladka) va kostullar orqali ustquymalar orasidagi o’tish qarshiligi. Agar izolyatsiyalovchi tutashmaning (izotutashmaning) me’yoriy qarshiligini 50 Om deb hisoblasak, ya’ni r11=r12=r22=r21=50 Om, unda rel’sli zanjirning turiga hamda ballast holatiga qarab, har qanday ustquyma va rle’s orasidagi qarshilik 12,5 dan 37,5 Om gacha bo’lishi mumkin. Lekin odatda ustquyma 37,5 Om hisoblanadi. Bu demak izolyatsiyalovchi tutashma qarshiligi 150 Om tashkil etishi mumkin.

Nosoz izotutashmani aniqlashni eng  oddiy usuli – bu vol’tmetr Bilan tutashmadagi kuchlanish tushuvini o’lchashdan iborat (8.1,b-rasm). SHunda 0,3 V shkalada vol’tmetr milining og’ishi umuman kuzatilmasa – bu izotutashma teshilganligi (qisqa tutashganligi) haqida dalolat beradi. Lekin asbobning mili biroz og’ishida izotutash soz deb bo’lmaydi, chunki ma’lum sharoitda  hattoki 1 Om dan kam bo’lgan o’tish qarshiligida ham kata kuchlanish tushuvi kuzatilishi mumkin.

 Elektrlashtirilmagan uchastkalarda qachonki bita izotutashmani  tegishli rel’s zanjirning soxta bandligiga olib kelmaganida, tutashma nosozligini 8.1,v-rasmda keltirilgan sxema bo’yicha aniqlash mumkin. Bu yerda rel’sli zanjirda diogonal bo’yicha tutashgich yotkizilganida vol’tmetrning ko’rsatkichi kamayishi birinchi tutashma nosozligini bildiradi. Ikkinchi izotutashmani tekshrishi uchun tutashgich boshqa diogonal bo’yicha yotqiziladi. Odatda bunday usul qarshiligi 3-5 Omdan oshmaydigan ozotutashmalarni aniqlashaga imkoniyat beradi.  izotutashmaning ikki tomonida drossel’-transformatorlar joylashganda qo’llash mumkin. Agar birinchi tutashma qarshiligi 1 Om dan oshmasa, unda U1 kuchlanish U2 kuchlanishga nisbatan kamida 10-20 % kichik bo’ladi, ya’ni U1>U2. tutashma izolyatsiyasi to’la teshilganligida kuchlanishlar farqi 50 % ni tashkil qilishi mumkin, ya’ni U»U2. rasmdan ko’rinib turibdiki, nosoz tutashma tomoniga ulangan        DT yarimcho’lg’amdagi  kuchlanishning kamayishi ikkinchi drossel’-transformatorning yarim cho’lg’ami unga parallel qilib ulanganligi sababli yuzaga keladi. Bundan tashqari, yondosh rel’sli zanjirdagi tokning bir qismi birinchi yarim cho’lg’amda ham teskari fazada oqib turadi.3[1]   

Izotutashmani ampermetr yordamida ham tekshirish mumkin . Bu yerda o’lchov natijasiga signal va daydi toklari ta’sir etmaslgigi uchun batareyaning Ub kuchlanshi 9V bo’lishi kerak (masalan ikkita ketma-ket ulangan KBSL-0,-4,5 batareyalar). Agar «rel’s-ustquyma» (R-N) ko’rinishidagi to’rt o’lchovlarning har birida tok miqdori 0,2 A dan oshmasa, izotutashma holati qoniqarli deb baholanadi.

Izotutashmaning izolyatsiyalovchi elementlar sozligi yuqorida ko’rsatilgan 51 Om li vol’tmetr yordamida 7.3,a-rasmda keltirilgan sxema bo’yicha aniqlanadi. Strelka o’tkazgich izolyatsiya bosh yo’llarda bir oyda bir marta, qolgan yo’llarda esa,  uch oyda bir marta tekshiriladi. Izolyatsiya elektr yuritma garniturasi mahkamlanadigan joylarda, ostryaklarga tortqichlarni mahkamlash nuqtalarida tortuvchi tasmalarni (styajnaya polosa) biriktirish joylarda o’rnatiladi.

Tarmoqlangan rel’sli zanjirda yuzaki ko’rik bilan qisqa tutashuv joyini aniqlash qiyin. Bunday holda shikastlangan izolyatsiya  joyini IRS-25/50 asbobdan tashqari  millivol’tmetr yordamida ham aniqlash mumkin

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Poyezdlar harakatini tartibga solish uchun (СЖАТ)ning eng muhim elementlaridan biri - elektr temiryo'l oqimi yoki qisqacha temir yo'l zanjiri. RC tufayli harakatlanuvchi poezdlar va (СЖАТ) qurilmalari o'rtasida uzluksiz avtomatik ulanish o'rnatiladi. Bu temir yo'llarning birinchi va eng muhim maqsadi.

Temir yo'l zanjiri temir yo'l liniyasining (RL) va RLga ulanadigan asboblarning kombinatsiyasi hisoblanadi. Elektr temir yo'lidagi simlar relslardir.

Ular XIX asrning ikkinchi yarmida ixtiro qilingan. Amerikalik muhandis Uilyam Robinson. Birinchi RZning quvvat manbai va ro'yxatga olish qurilmasi (o'rni) bir joyda joylashgan. Tekshiriladigan bo'linma bo'sh bo'lsa, oqim o'z o'rni sargari orqali oqmaydi (shuning uchun bu RZ "odatda ochiq" deb nomlanadi) va poyezdga kirganda u kuchga ega bo'ladi.

Bundan ko’rinib turibdiki rels zanjirlari XIX asrdan beri hozirgacha ozini mavqeini saqlab kelmoqda. Balki kelajakda rels zanjirlarini o’rniga mikroprotsessorli tizimlar qo’llanilar.



Rels zanjirlarida maxsus o’lchovlarga keladigan bo’lsak bu poyezdlar harakati xavfsizligi uchun judayam muhim jihat hisoblanadi, nafaqat poyezdlar balki insonlar salomatligi bundan mustasno emas.
Download 144.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling