"O`zbekiston temiryo`llari" aj toshkent temiryo`l muhandislari instituti


Download 57.49 Kb.
Sana06.06.2020
Hajmi57.49 Kb.
#115764
Bog'liq
ATJMM 8


“O`zbekiston temiryo`llari” AJ

Toshkent temiryo`l muhandislari instituti


“Temir yo`l transportida axborot

tizimlari” kafedrasi

Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellash

fanidan
Amaliy mashg’ulot №8


Bajardi: AT-34 guruh talabasi

Aliqulov B.B

1.Iqtisodiy-matematik usullar va modellar predmeti va maqsadi.



Hammamizga ma’lumki tabiat va jamiyat xossalari kuzatilayotganda ular to’g’risida dastlabki tushunchalar hosil bo’ladi. Bu tushunchalar oddiy so’zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar orqali ifodalanishi mumkin. Xuddi ana shunday tushunchalarga model deyiladi.
Model so’zi lotincha modulus so’zidan olingan bo’lib, o’lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Keng ma’noda esa model biror ob’ekt yoki ob’ektlar sistemasining namunasidir. Yoki boshqacha qilib aytganda model bu shunday bir moddiy yoki hayoliy-g’oyaviy tasavvur qilinadigan ob’ekt bo’lib uni bevosita tekshirish, o’rganish jarayonida kuzatilayotgan ob’ekt haqida yangidan-yangi ma’lumotlartafsilotlarni aniqlash mumkin bo’ladi. Masalan yerning moduli globus, yoki pasportdagi suratni-uning egasini modeli deyish mumkin. Ifodalangan modellar yordamida kuzatilayotgan ob’ektni bilish esa modellashtirish deyiladi. Yoki boshqacha qilib aytganda modellashtirish deganda ob’ektni bevosita emas balki model deyiladigan yordamchi ob’ektni
tahlil qilish asosida chetdan o’rganish, bilish tushuniladi. Modellashtirish usulini foydalanishning zaruriyati va ahamiyati shundaki u juda ko’p ob’ektlar yoki shu ob’ektga doir muammolarni bevosita yoki umuman (qachonki ob’ektga tushish, uni ko’rish, bilish mumkin emas, masalan yerni yadrosi, koinotni tubi, yoki amaliyotda mavjud bo’lmagan: iqtisodni kelgusi holati, jamiyatni kelgusidagi talabi va h.k.) tekshirish yoki o’rganish umuman mumkin emas.
Odatda modellashtirish quydagi elementlarni saqlovchi jarayondan iborat bo’ladi:
- sub’ekt (tekshiruvchi);
- tekshiriladigan ob’ekt;
- o’rganilayetgan ob’ekt bilan o’rganayotgan sub’ekt munosabatlari orasida
vositachi bo’lgan model.
Modellashtirish jarayonini ma’nosini eng sodda holda sxema tarzida
qo’yidagicha ifodalash mumkin:

2.Tizimini tahlil qilishning asosiy tamoyillari.

Iqtisodiy matematik modellar hisobga olinadigan ekzogen (modeldan tashqarida aniqlanadigan) va endogen (model yordamida aniqlanadigan) o’zgaruvchilar bo’yicha ochiq yoki yopiq modellarga bo’linadi. Biroq ekzogen o’zgaruvchilar hisobga olinmaydigan yopiq IMM juda kam onda - sonda uchraydi. Ko’pchilik IMM ochiq yoki juda kam hollarda yopiq modellarga xos bo’ladi. Axborotlarni agregatlanganligi (bir necha turlari, qismlaridan iboratligi) murakkabligi darajasiga ko’ra murakkab va batafsil IMMga bo’linadi, ya’ni yuqori darajali batafsillashgan jarayonlarni aks ettiruvchi IMMga “Mikromodel” va xalq xo’jaligini murakkab modellarini «Makromodel»lar deb ataladi. Modellashtirish ob’ektiga yondashish bo’yicha normativ va diskret IMMlar bir - biridan farq qiladi. Normativ IMM maqsadli jarayonlarni tartibli boshqarishni aks ettiradi. Diskret modellar esa faqat kuzatilayotgan omillar - faktorlarni ta’sirini aks ettiradi, ifodalaydi. Normativ modellarga xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlanishi imkoniyatlari va vositalarini aks ettiruvchi modellar misol bo’la oladi. Diskret modellarga misol sifatida harid funksiyasi, ishlab chiqarish funksiyalarini misol keltirish mumkin. Umuman yakun qilib aytganda matematik usullar bilan iqtisodiy tekshirishlar o’tkazish jarayonida IMMni yangi turlari va ularni sinflarga bo’lish va integratsiyalashni yangi belgilari paydo bo’lishi muqarrardir.

-iqtisodiy tahlil usullari (iqtisodiy samaradorlik nazariyalari usullari); -davlat va huquq nazariyasi usullari; -yuridik dogmatika va germenevtika usullari; -tarihiy hujjatlar tahlili va sintezi va xok. So‘ngi asrda vujudga kelgan yangi sohalararo fanlarning quyidagi usullari tizimlarni o‘rganishda nihoyatda foydalidir:

-boshqaruv usullari; -verbal modellashtirish usuli; 11 -qarorlar qabul qilish usullari; -kibernetik va sinergetik usullar


3. Tizim yondashuvi va iqtisodiy obyektlarni modellashtirish.

Agar tizim ichkaridan o‘rganilsa, tizimning tuzilmasi, tarkibiy qismlari va ular orasidagi o‘zaro aloqalar ko‘rib chiqiladi, ya’ni bu – tuzilmaviy yondashuvni qo‘llash jarayonidir. Funksiyalardan holi tuzilma yo‘q bo‘lganligi kabi, tuzilmadan holi funksiyalar ham bo‘lmaydi, ya’ni ikkalasi bir-biri bilan doimo uzviy bog‘liq bo‘ladi va ularni ajratib bo‘lmaydi. Tuzilmaviy yondashuv tizimning qanday tuzilganligi, qanday qismlardan tarkib topganligi va ular qanday bog‘liqligini o‘rganishda qo‘llaniladi. Tuzilmaviy yondashuv ikkita bosqichdan iborat bo‘ladi: boshida tizimning barcha muhim qismlari aniqlanadi va ular elementlar sifatida namoyon qilinadi; keyin tizimning tuzilmasi aniqlanadi. Qisqacha qilib aytganda “Tizim - bu nima va qanday tuzilgan?” degan savolga javob izlanadi. Tashqi muhitdagi o‘zgarishlar yangi muammolar va maqsadlarga olib keladi, bu esa o‘z navbatida tizim funksiyalarining va buning oqibatida uning tuzilmasining ham o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga, agar tuzilmaning salohiyati yuqori, ammo qo‘yilgan maqsadlar bunga mos bo‘lmasa, maqsadlar va funksiyalar mos ravishda to‘g‘rilanadi. Ma’lumki, tuzilmaviy va funksional yondashuvlar tizimning dekompozitsiyasini amalga oshirishda qo‘llaniladi. Tizimli yondashuv tizimning kompozitsiyasini amalga oshirishda qo‘llaniladi. Ushbu yondashuv qo‘llanilganda tizim yahlit holatda bo‘lganligi faraz qilinib uning hususiyatlari o‘rganiladi. Tizimli yondashuvdan oldin tuzilmaviy va funksional yondashuvlar amalga oshirilgan bo‘lishi shart. Tizimli yondashuvni tor ma’noda tuzilmaviy va funksional yondashuvlar sintezi sifatida ko‘rsa bo‘ladi. Keng ma’noda tizimli yondashuv, bundan tashqari, tizim ishlashining samaradorligini o‘rganishni, ya’ni texnik-iqtisodiy yondashuvni ham o‘zida qamrab oladi.


4. Murakkab tiziminig modeli

Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi



Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus. Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisiga aytiladi. Masalan, avtomobilni ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt desa bo‘ladi. Universitetning sub’ekti – jamiyat, chunki universitet o‘z faoliyati bilan jamiyatga naf keltiradi. Sub’ekt ba’zi tizimlarda ajralmas, ba’zilarida esa ajralgan bo‘lishi mumkin. 15 Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi. Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘plami. Masalan, avtomobil va xaydovchi tizimida avtomobil ob’ekt bo‘lib xizmat qiladi. Universitetning o‘zi – ob’ekt, jamiyat esa - sub’ekt. O‘zbek tilining so‘zlari majmuasi – ob’ekt, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamiyat esa - sub’ekt. Yoshlar orasidagi jinoyatlar bilan kurashish tizimida ob’ekt sifatida quyidagi bir necha organlar majmuasi ko‘rilishi mumkin: prokuratura, ichki ishlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, o‘zini-o‘zi boshqarish, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati organlari. Muammo (masala) – sub’ektning ob’ektga nisbatan mulohaza ko‘rinishida bildirilgan tanqidiy munosabati. 16 Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi, ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi. Tezaurus – quyi ob’ektlar, sub’ekt va ob’ekt orasidagi munosabatlarni maxsus belgilar bilan ifodalash va ular yordamida muammoni yechish maqsadida qo‘llanadigan til. Masalan, bu – matematik, lingvistik yoki dasturlash tili bo‘lishi mumkin. Murakkab tizim – bu shunday ob’ektki, u quyidagi uchta universal hususiyatlardan iborat bo‘ladi: -ob’ektning yahlitligi (elementlarning integrallashganligi) 17; -elementlarning bir-biri bilan tuzilma shaklida bog‘liqligi18; -ob’ektning maqsadga intilishi (ya’ni ob’ektda maqsad sari intilish hususiyati mavjud). Yuqorida keltirilgan ta’rif ushbu darslikda o‘rganiladigan murakkab tizim tushunchasining to‘liq ta’rifi hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bundan avvalgi ta’rifda tizimning yaxlitlilik xususiyati keltirilmagan edi. Yahlitlik (integrallashganlik) hususiyati. Murakkab tizimning birorta elementini ajratib bo‘lmaydi. Demak, murakkab tizimga nisbatan hususiy tahlil emas, balki tizimli tahlilni amalga oshirish kerak, ya’ni har bir elementni tizimdan ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan ajralgan element o‘zining muhim hususiyatlarini yo‘qotadi, tizim doirasida esa u o‘z hususiyatlarini saqlaydi. Bunga sabab, o‘sha elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligidir. Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati. Murakkab tizimdagi elementlar bir biri bilan har hil munosabatlarda bo‘lishadi. Agar ba’zi elementlar alohida bo‘lib qolib, ularning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi aniqlanmasa, tizim haqidagi ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi. Agar har bir elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘liq aniqlansa, u holda tizim deterministik deb nomlanadi. Deterministik tizimlar ko‘pincha mexanika va matematika sohasida uchraydi. Ijtimoiy tizimlar esa deterministik bo‘lmaydi. Murakkab tizimdagi elementlar bir biriga nisbatan ierarxik yoki boshqacha holda joylashgan bo‘ladi. Qaysidir elementlar tizimning yuqori pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, boshqalari – quyi yoki parallel pog‘onada joylashgan bo’ladi.
5. Yakka tartibdagi modellar uyg’unligi

TRBU ni qo’llaniladigan eng samarali sohalarga katta tarmoqlararo


loyihalar, katta qurilishlar, korxonalarni yangi seriyali mahsulotlar ishlab
chiqarishga tayyorlash, yalpi va yakka tartibda ishlab chiqarishni tashkil etish,
kompleks ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish kabilarni misol keltirish mumkin.
Tijorat sohasida TRBU asosan:
katta savdo markazlari, shahar savdo korxonalarini qurilishlarida;
 katta magazin-supermarketlar va markazlarni yangi jihozlar bilan
jihozlashda, almashtirishda, yangi ilg’or xizmat turlariga o’tishda;
 shahar, viloyat, respublikalarda tijorat korxonalarini boshqarishni yangi
tizimlarini yaratish kabilarda.

6. Tizimlari boshqarish



Ishlab  chiqarishni  boshqarish  -  bu  ijodiy  jarayon,  o’ziga  xos  bir  san'at.  U 
rahbarning  xilma-xil  ish  usullarida namoyon bo’ladi. Bu  usullar  esa  rahbarga ushbu 
sohada  oz  omilkor  kishilarning  fikrini  turli  kanallar  orqali  aniqlash  va  bu  ijobiy 
fikrlardan boshqarish jarayonida foydalanish imkoniyatini beradi. U o’z fikrlarini har 
bir kishining ongiga etkazish uchun ham ma'lum xislatlarga ega bo’lishi kerak. 
7.Teskari aloqa tushunchasi

Teskari  aloqa  -  eshitganga,  o’qiganga  yoki  ko’rganga  tan  aks  ta'sir  yoki 
ta'sirlanish  tayanchi.  Bunda  mazkur  axborotni  olgan  shaxs  shu  axborotga  bo’lgan 
munosabatini,  tushunganligi  yoki  to’liq  tushunmaganligini,  qo’llab-quvvatlashi  yoki 
inkor  etishini  shu  axborotni  yuborgan  shaxsga  bildiradi.  Bunday  aloqa  har  ikkala 
tomonning bir-birini qanchalik tushunganini bilish uchun zarur. 
Rahbar  berilgan  topshiriq  yoki  aytilgan  so’z  har  doim  bo’ysinuvchilar 
tomonidan  birdek  qabul  qilinadi,  deb  o’ylamasligi  kerak.  Bunday  xato  fikrga 
boruvchi  rahbar  o’zini  real  voqelikdan  uzoqlashtiradi.  Teskari  aloqani  samarali 
o’rnatmagan rahbarning boshqaruv faoliyati zaiflashadi va inqirozga yuz tutadi. 
Shov-shuv  axborot  almashuv  jarayonida  salbiy  ta'sir  ko’rsatuvchi  unsurlardan 
hisoblanadi.  Axborotlarni  uzatish  nazariyasi  tili  bilan  aytganda  shov-shuv  -  bu 
g’oyani buzib talqin qilishda namoyon bo’ladi. Aytilgan so’zdan tortib, to uni qabul 
qilingungacha  bo’lgan  masofadagi  turli  to’siqlar,  shov-shuvlar  axborotni 
kodlashtirish  va  dekodlashtirish,  shuningdek  rahbar  bilan  bo’yisnuvchi  o’rtasidagi 
aloqa jarayoniga katta ta'sir o’tkazishi mumkin. 
Shu sababli shov-shuvni ham e'tiborsiz qoldirish mumkin emas.    
8. Teskari aloqa bilan tizimning modeli

B o s h q a r u v a x b o r o t t i z i m l a r i unchalik keng bo‘lmagan analitik imkoniyatlarga ega. Ular kundalik, haftalik holat bo‘yicha axborotlarga ehtiyoj sezuvchi boshqaruvchilarga xizmat ko‘rsatadilar. Ularning asosiy vazifalari firmadagi kundalik operatsiyalarga doir ma’lumotlarni kuzatish va ular asosida qat’iy strukturalashtirilgan umumlashtirilgan hisobotlarni shakllantirishdir. Bunda kerakli axborotlar operatsion bo‘g‘in axborot tizimlaridan olinadi.


9.Iqtisodiy- matematik modellar tasnifi asoslar

“Iqtisodiy-matematik usullar va modellar (IMUM)” fanini o’rganishdan


maqsad makro-va mikroiqtisodiyot, ularning tarmoqlari, firmalar faoliyati kabi
iqtisodiy ob’ektlar misolida iqtisodiy masalarni qo’yilishi, ularning iqtisodiy
mazmunini o’rganish, kompyuterlarda yechish va olingan natijalarni tahlil qilish
malakalarini hosil qilishdir.
Ko’rsda ko’riladigan masalalar:
--iqtisodiy hodisa va jarayonlarni matematik modellarini qurish va ularni yechish usulini tanlash;
--matematik modellarni tahlil qilish asosida iqtisodiy jarayon qonuniyatlari haqida tushuncha va bilimlarni chuqurlashtirish;
--turli matematik modellarni makro-va mikroiqtisodiyotda qo’llanishni o’rganish.
Iqtisodiy jarayonlar o’ta murakkab va tasodifiy omillarga bog’liqdir.
Shu sababli ularni turli-tuman matematik modellari yaratilgan.Bu
modellarning har biri o’z kamchilik va yutuqlariga
egadir.Ko’rilayotgan iqtisodiy masalani maqsad va hususiyatlaridan
kelib chiqib mos (adekvat) modelini va cheklanishlarini tanlab olish
kerak bo’ladi.
9. Optimallashtirish modellari

optimallashtirish bu iqtisodiy-tashkiliy tadbirlar majmuidan (kompleksidan)


iboratdir. Ushbu muammo-kompleksning asosiy vazifasi zaxiralarni saqlashning
normalashtirish (me’yorlashtirish) ni iqtisodiy matematik modellashtirish va
usullari asosida zamonaviy kompyuterlardan foydalanib amalga oshirib qachon,
qancha miqdorda,
umumiy harajatlari eng kichik miqdorda bo’ladigan u yoki bu
tovar zaxiralarini olish samarali ekanligini aniqlab berishdan iboratdir.
O’z navbatida iqtisodiy matematik usullar yordamida aniqlangan zaxiralar
miqdori ishlab chiqarish ehtiyojini ta’minlash va ortiqcha katta miqdordagi
zaxiralarni saqlashga mablag’ sarf qilmaslik imkonini beradi.
Zaxiralarni saqlashni boshqarish nazariyasi, usullari iqtisodiyotni turli
tarmoqlari bilan bir qatorda juda ko’p miqdorda oziq-ovqat va turli tovar
zaxiralariga ega bo’lgan savdo, tijorat, umumiy ovqatlanish korxonalari,
tayyorlov idoralari kabi sohalarda keng qo’llanilishi mumkin.
135
Odatda, amaliyotda eng avvalo joriy tovar zaxiralari normalanadi. Joriy
tovar zaxiralarini normalash esa qo’yidagi kabi tadbirlarni bajarish bilan amalga
oshiriladi:
 Zaxiralarni tashib keltirish davri va chastotasini aniqlash;
 Tovarlarga bo’lgan talab-ehtiyoj miqdori-hajmini aniqlash;
 Buyurtmani tashib keltirish tartibini aniqlash;
 Buyurtmani bajarish shartlarini belgilash.
Download 57.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling