O'zbekiston va shanxay hamkorlik tashkiloti 2022


Download 0.55 Mb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1037070
  1   2   3
Bog'liq
O\'ZBEKISTON VA SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI 2022


O'ZBEKISTON VA SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI 2022


Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammiti — 2022-yilning 15–16-sentabr kunlari tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Samarqandda boʻlib oʻtgan sammiti. Ushbu sammit tashkilot qayta tashkil qilingandan beri tartib boʻyicha 22-yigʻilish boʻldi.


Tarixi
ShHTning Samarqand sammiti Oʻzbekistonda oʻtkazilgan bu kabi tadbirlarning toʻrtinchisi boʻldi. Bundan avvalgilari 2004-, 2010- va 2016-yillarda Toshkentda boʻlib oʻtgan. Samarqand sammit mezbonligini qabul qilgan 15-shahar boʻldi[3]. Har yili bir marta ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari yig‘ilishi o‘tkazilib kelinadi. Lekin pandemiya sababli 2020- va 2021-yillardagi sammitlar onlayn tarzda boʻlgan edi. 15-16-sentabr kunlari prezidentlar Samarqand sammitida uch yil deganda ilk marta yuzma-yuz ko‘rishishdi va unda 40 dan ortiq hujjat imzolandi. Yakunda Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi va tashkilot raisi maqomi O‘zbekistondan ilk marta Hindistonga o‘tdi.
Sammitga tayyorgarlik
Invetitsiyalar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov Xalqaro press-klub yigʻilishida ShHTning 2022-yilgi sammiti Samarqand shahrida oʻtkazilishi haqida aytib, shunday degan edi:
“Samarqandni qayta qurish boʻyicha katta dastur qabul qilingan. Shahar 2022-yilda ShHT sammitini qabul qiladi. Ushbu tadbirda 20 ga yaqin prezident va rahbarlar ishtirok etadi. Buning barchasi yangi infrastruktura obyektlari va mehmonxonalar qurishni taqozo etadi.”
— Laziz Qudratov
„Samarkand City“turistik zonasi va sammit oʻtkaziladigan obyektlarni joylashtirish boʻyicha Samarqand shahar bosh rejasi kontseptsiyasini ishlab chiqish bilan „China Construction Engineering Design Group Corporation Ltd.“ arxitektura-loyiha kompaniyasi shugʻullangan. Sammitga tayyorgarlik doirasida Samarqandda yangi aeroport, 8 ta yangi mehmonxona va Xalqaro turizm markazi qurildi.
Sammit Samarqand tumani va Toyloq tumani o‘rtasida joylashgan sayyohlik markazida boʻlib oʻtdi.
Avtoraqamlar
Sammitda xizmat qiluvchi avtomobillar uchun vaqtinchalik SSS va SSP seriyali maxsus avtoraqamlar joriy etilib, ushbu avtoraqamlaridagi avtomobilning qaysi hududga mansubligini bildiruvchi raqamlar o‘rniga ShHT emblemasi tushirilgan. Shuningdek, ShHTning inglizcha qisqartmasi boʻlmish — SCO seriyali, ko‘k fonli avtoraqamlar ham chiqarildi. Davlat rahbarlari harakatlanadigan avtomobillar uchun esa SCO VIP seriyali, yashil fonli avtoraqamlar chiqarildi.





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling