O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek tili va sharq mumtoz adabiyoti” kafedrasi 4- bosqich talabasi Qodirqulov Nizomjon Shuhratjon o‘g‘lining “Arab va O‘zbek tillaridagi sifatlarning qiyosiy tadqiqi.” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 – filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar bo‘yicha)
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi haqiqatdan ham arab va o‘zbek tillarida eng dolzarb bo‘lgan mavzulardan hisoblanadi.
Bitiruv-malakaviy ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi, foydalanilgan manbalar, tadqiqot obyekti va ishning tuzilishi haqida maʼlumot berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida talaba tomonidan o‘rganib chiqilgan adabiyotlar va bevosita foydalanilgan ilmiy ishlar, manbalar belgilangan tartibda keltirib o‘tilgan.
Umuman, tadqiqot ishi mantiqiy uzviylikda yozilgan. Talabaning ilmiy ishni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga muvofiq yozganligi yaqqol seziladi. Biroq har qanday tadqiqotda bo‘lgani singari ushbu bitiruv malakaviy ishida ham texnik kamchiliklar ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari tadqiqotda bir qator imlo, uslubiy va tarjimalarda g‘alizliklar bor. Shuni qayd etish kerakki, malakaviy ishi faqat ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi emas, balki yetuk savodxonlik ko‘rsatkichi hamdir. Shuning uchun imkon qadar ularning bo‘lmasligiga intilish lozim. Lekin sanab o‘tilgan kamchiliklar tadqiqotning mazmuni va qimmatiga putur yetkazmagan va ishning ilmiy saviyasini pasaytirmagan. Shuni hisobga olib “O‘zbek tili va sharq mumtoz adabiyoti” kafedrasi 4- bosqich talabasi Qodirqulov Nizomjon Shuhratjon o’g’lining “Arab va o’zbek tillaridagi sifatlarning qiyosiy tadqiqi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini belgilangan meʼyorlar darajasida tayyorlangan tugallangan tadqiqot ishi sifatida “ijobiy” baholayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |