O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 0.6 Mb.
bet3/22
Sana18.06.2022
Hajmi0.6 Mb.
#764734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2 5278465483379579054
matematika va gozallik nomli matemat, 149038 CamScanner 05-06-2020 15.43.21, 149030 CamScanner 05-06-2020 15.44.36, Ochiq dars-ishlanma Ona tili, 2 5352828100465919443, 2 5352828100465919443, 111, 1, 8-Маъруза, 1-mavzu. FANGA KIRISH, xm-2......, arabskaya leksikologiya, arabskaya leksikologiya, arabskaya leksikologiya, Малака ошириш Нигматов Х. ЗАКТ
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Mavzuni o‘rganish jarayonida o‘rta asr nahvshunos olimlaridan Mahmud az-Zamaxshariy, Ibn Ya’ish, Ibn Foris, Mustafo G‘alayiniy, Ibn Hojib Abu Amr Usmon ibn Umar al-Kurdiy3, Bugungi kundagi tadqiqotchilardan Ne’matulla Ibrohimov, Muhammadjon Yusupoм4, Mirqobil Hasanov5, Maqsuda Sodiqova6, B. Mengliyev, M. Qo‘ldoshev7, A. Xojiyev, boshqa olimlar bu mavzuni o‘zlarining ilmiy asarlarida yoritib berganlar. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda ko‘plab o‘zbek, rus, ingliz, arab olimlari o‘z asarlarida sifat so‘z turkumi haqida qimmatli ma’lumotlar keltiradilar. O‘zbek arabshunoslaridan B.Z. Xolidov8, N.Ibrohimov, M.Yusopov9, A.Abdujabborov10, M.Hasanov11 keltirgan ma’lumotlar ham tadqiqot tarkibiga kiritildi.
Tadqiqot manbalari. Ilmiy ishni yozishda o‘zbek arabshunoslari N. Ibrohimov, M. Yusupovning “Arab tili grammatikasi”, M.Hasanovning “Arab tili”, Rahmatulloh Rasuljon o‘g‘lining “Janoh ut-tolib”12 va “Najoh ut-tolib” (“ Tolibi ilm muvaffaqiyati”)13 asarlaridan, hamda sof arabiy manbalar, jumladan, arab nahv olimlaridan Ibn Hojib Abu Amr Usmon Ibn Umar Kurdiy tomonidan yozilgan “Kofiya” asarida14 “na’t” (sifat) mavzusini to‘laqonli yoritib berishda “na’t”(sifat) larning ma’nosiga va ularning gap tarkibida qanday qo‘llanilishiga alohida to‘xtalib o‘tgan.
O‘zbek tilshunoslaridan Sayfullaeva R.R., Mengliyev B.R., Boqieva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q.larning “Hozirgi o‘zbek tili” asari15 va M. Sodiqovaning “Hozirgi o’zbek tilida sifat”16nomli monografiyasidan va boshqa ko‘plab olimlarning sifat so‘z turkumiga oid keltirgan ma‘lumotlaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari: o‘zbek va arab tilidagi sifatlarning ma’nolari, gap tarkibida qo‘llanilish holatlari hamda sifatlarning o‘ziga xos tomonlarini o‘zbek va arab tilshunosligi nuqtai nazaridan tahlil qilish hamda sifat so‘z turkumi o‘zbek va arab tilshunosligida qanday yoritilganini qiyoslab o‘rganishdan iborat.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling