O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining nizom I i bob. Umumiy qoidalar


Download 22.78 Kb.
bet1/5
Sana20.11.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1789100
  1   2   3   4   5
Bog'liq
“Kamalak” bolalar tashkilotining Nizomi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi
Kamalak” bolalar tashkilotining
N I Z O M I

I BOB. UMUMIY QOIDALAR

    1. “Kamalak” bolalar tashkiloti (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb yuritiladi) o‘n yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalarni ixtiyoriylik, oshkoralik, huquq va majburiyatlar tengligi tamoyili asosida birlashtiradigan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (keyingi o‘rinlarda muassis deb yuritiladi) qoshidagi tashkilotdir.

    2. Tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi – bolalarni milliy g‘oya asosida Vatanning sodiq farzandlari va komil inson etib tarbiyalash, ularning huquq-manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon qilishlari hamda rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishdan iboratdir.

    3. Tashkilot o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi hamda ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.

    4. Tashkilot muassis tomonidan tasdiqlangan o‘z ramzi, belgilari va ko‘krak nishoniga, tashkilot (a’zosi)ning tantanali va’da matniga ega bo‘lishi mumkin.

    5. Tashkilot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar, Toshkent shaharlarda o‘zining tuzilmalariga egadir.

    6. Tashkilotning faoliyat muddati cheklanmagan, u o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida Yoshlar ittifoqi homiyligida amalga oshiradi.

    7. Tashkilotning bosh shiori: “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!”

    8. Tashkilotning to‘liq nomi:

davlat tilida – “Kamalak” bolalar tashkiloti;
lotin yozuvida – “Kamalak” bolalar tashkiloti;
rus tilida – Детская организация “Kamalak”;
ingliz tilida – Children’s organization “Kamalak”.

    1. Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 11-uy.



Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling