O'zbekistonda avtomobil transporti rivojlantirishning istiqbollari


Download 92 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi92 Kb.
#1498313
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekistonda avtomobil transporti rivojlantirishning istiqbollari


O'zbekistonda avtomobil transporti rivojlantirishning istiqbollari

Reja:


  1. Kirish.

  2. Transport vositalarining ahamiyati.

  3. 11.Asosiy qism:

  4. O`zbekistonda dastlabki transport vositalari.

  5. O`zbekistonda transport tizimi.

  6. Temir yo`l transporti.

  7. Avtomobil transporti.

  8. Havo transporti.

  9. Suv transporti.

O`zbekistonda ilk transport vositalarining shakllanishi mavzusidagi masalasini yoritishning asosiy maqsadi. O`zbekiston Respublikasi mustaqil sharoitda transport va transport vositalarning tutgan o`rni naqadar muhim ekanligini talabalarga tushuntirish eng asosiy maqsadidan biri bo`lib hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining tabiiy-geografik sharoitining turli xilda bo`lganligi uning transport vositalarining harakat va turlarini belgilab bergan.


O`zbekiston tabiiy-geografik sharoiti turli xilda bo`lganligi uning transport vositalarining harakati va turlarini belgilab bergan. ¢arb va Sharq o`rtasida joylashgan baland tog`liklar, bepayon sahro va dashtlar, cheklangan suv yo`llari, buyuk ipak yo`lini yuzaga keltirib uzoq davrlar davomida asosan karvon transporti vositasini kashf etib uzoq mamlakatlar bilan savdo aloqalari mustahkamlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, mazkur karvon yo`li XXv asr mobaynida xalqaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilib kelgan. Uning uzunligi 7 ming kilometrga yaqin bo`lib nihoyatda katta hududni qamrab olgan: bir qismi o`rta yer dengizi sohillaridagi qadimgi Rim va Yunonistondan Mesopatamiya orqali, ikkinchisi o`rta Osiyo va Dashti qipchoq usti bilan Xitoy va hindistonga yetib borgan. Bu davrda o`rta Sharqda hukmronlik qilgan kushon imperiyasi Rim podsholigi bilan aloqada bo`lgan va Sharq bilan Farb o`rtasida o`ziga xos «ko`prik» hisoblangan.
O`zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo`lovchi tashuvchi transportning barcha turi - temir yo`l, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), daryo, truboprovod, transport shuningdek umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti temiryo`l, avtomobil, tasmali transport, osma arqon transporti rivoj topgan. 1995 yili mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8,4% transport tarmoqlariga to`g`ri keldi. Transport tarmoqlarida band bo`lgan ishchi xizmatchilarning o`rtacha yillik soni 298,3 ming kishini, jumladan temir yo`l transportida 58,4 ming , suv transportida 0,6 ming , avtomobil, shahar elektr transporti, yuk ortish va tushirish korxonalarida 239,3 ming kishini tashkil etdi.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin transportni xalq xo`jaligiga va aholiga xizmat ko`rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi (1992), «O`zbekiston avtomobil transporti» («UzAvtotrans») davlat aksiya-dorlik korporatsiyasi (1993), «O`zbekiston temir yo`llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi 1994 va boshqa idoralar tashkil etildi.
Sanoat va qishloq xo`jaligida ishlab chiqarishning o`sishi keng miqyosidagi kapital qurilishi va transport moddiy texnika bazasining yuksalishi bilan yuk yo`lovchilar tashish hajmlari ham orta bordi. Umumiy foydalanishdagi sanoat transport turlari va yuk yo`lovchilarning asosiy qismini avtomobil transporti tashkil etadi (1995 yilda yuklarning 70% : 1819, 6 million yo`lovchi).
Respublikada transport iqtisodiy viloyatlar va korxonalar, xalq xo`jaligi o`rtasida, shuningdek mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni taminlaydi.
O`zbekistonda dastlabki transport vositalari.Aholi zich yashaydigan shahar va qishloqlar orasida ot-ulov qo`shilgan g`ildirakli transport yuradigan yo`llar ham o`tgan. Ular qizil tuproqli, qishda juda loy va botqoqli, yozda changi ko`kka ko`tariladigan ba`zan qumli, o`tish qiyin bo`ladigan yo`llar edi. Bunday yo`llarda qulay va moslashgan mahalliy transport, o`zbek aravasi qatnab turgan. Yuqorida aytilganidek, O`zbekistonda qadimdan asosan ikki xil arava ma`lum: birinchisi- ikkita katta g`ildirakli kashgar arava. Ikkinchisi- asosan markaziy viloyatlarda, Farg`ona va Zarafshon vodiylarida tarqalgan qo`qon arava. Birinchi xil aravalar, arxeologik va yozma manbalarga qaraganda, eng qadimiydir. Ikkinchisi o`ziga xos arava Xorazm vohasida bo`lib, va ular hozirgacha saqlangan. qadimiy Xitoy manbalarining xabar berishicha, butun o`rta Osiyo viloyatlaridan faqat Xorazmda savdogarlar o`z sayohatida foydalaniladigan bir ho`kiz qo`shilgan ko`p kegayli ikki katta g`ildirakli aravalar mavjud bo`lgan. Xorazm aravasining tugini (tegarchigi) qo`qon aravanikidan ancha keng va qalin, aravakash aravaning old qismiga o`rnatilgan zangi bo`sag`asida o`tirib boshqaradi. qo`qon aravada esa haydovchi aravaga qo`shilgan ot egarida joylashgan. Odam uzoq yo`lga ketadigan bo`lsa, aravalarga maxsus soyabon o`rnatilgan, yuk tashish (ayniqsa qovun-tarvuz) uchun turlangan katta savat moslashtirilgan. Aravalar unga qo`shilgan hayvon (ot, ho`kiz,eshak) ga qarab katta-kichik bo`lgan. Mayda-chuyda yuk tashish, dalaga o`g`it chiqarish uchun g`altak arava mavjud bo`lgan. Katta shahar va qishloqlarda aravakashlar maxsus uyushmalarga birikkanlar.
Shaharda eng keng tarqalgan transport vositasi ot va eshak hisoblanilgan, ayrim joylarda tuya va ho`kizlardan ham foydalanilgan. Tuya va eshakka minish uchun ularga yumshoq kigiz to`shalgan, egar ishlatilgan. Ba`zan aravaning ayrim qismlari, egar va yuganlar chiroyli naqsh va kashtalar bilan bezatilgan.

Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling