O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos


Download 28.5 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2023
Hajmi28.5 Kb.
#1106776
  1   2
Bog'liq
ERKIN VOHIDOV, Matematik kecha 170119230548, temp 25346250396706807024pdf original-1 (1), 61-70, Slesorliq jumıs úskeneleri, Профессиональная школа, Science, Jaslar forum is-reje, Kirisiw, 7MAVZU savollari, 7-mavzu, 8MAVZU, План. Образование в Узбекистане. Из истории края, 5-mavzu, 14112053

Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li.
REJA:


  1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos

xususiyatlari

  1. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda ―o’zbek modelining o’rni va ahamiyati

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

XX asrning 90-yillari boshida O’zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo, Yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning mustaqillikka erishgani bilan bog’liqdir. Istiqlolimiz sharofati bilan iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini joriy etish, mavjud ijtimoiy-iqdisodiy, xalqaro masalalarni o’z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda mustaqil hal etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish bilan uyg’unlikda olib borildi.


Ayni paytda, bozor munosabatlari xalqimiz va Vatanimiz uchun butunlay yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li - Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa bozor madaniyatini shakllantirish lozim edi. Bu esa oson ish emasdi. Zero, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida xalqimiz haqiqiy bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan.
To’g’ri, sosializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat, kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin ko’rinishdagi unsurlar ham mavjud bo’lgan. Ammo, sosializm mazmunmohiyatiga ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor o’ringa qo’yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi.
Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va
monopollashuvdan qaytish mehanizmlari orqali raqobat muhitini yaratish, erkin
tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif
asosida shakllanadigan narx mexanizmini joriy etish kabi bozor ustunlarini qaror
toptirish, pirovardida aralash iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki, shusiz ham
chuqur inqiroz girdobiga tushib qolgan iqtisodiyotimizni sog’lomlashtirishning bozordan boshqa yo’li yuq, oldinda ulkan islohotlarni amalga oshirish vazifasi
turardi.
Shukrki, O’zbekistonimiz jahonning tabiiy resurslarga boy mamlakatlaridan.
Yurtimizda turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun keng ekin
maydonlari, yirik industrial baza, malakali kadrlar, qisqasi, jamiyat a’zolari
extiyojlarini to’la qondirish uchun zarur barcha imkoniyatlar mavjud bo’lsa-da,
eng ayanchlisi, ana shunday ulkan imkoniyatlarga qaramasdan, yurtimiz qashshoq
mamlakatlar qatoriga tushib qolgan, jamiyatda eng zarur iste’mol mollarining ham
keskin tanqisligi vujudga kelgan edi. Sababi eski tuzum davrida jamiyatdagi tabiiy
muvozanat buzilgan — shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasida bevosita
uzviylik yo’q edi. Bu uzviylik esa har qanday jamiyatda taraqqiyotning lokomotivi
vazifasini bajaradi, mavjud barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanishga
xizmat qiladi.
Sobiq SSSRda ham bir qancha iqtisodiy islohotlar o’tkazilganini ta’kidlash lozim. 1953, 1965, 1979 yillarda o’tkazilgan xo’jalik yuritish mexanizmlarini takomillashtirish, moddiy manfaatdorlikni oshirishga qaratilgan islohotlar shular jumlasidandir. Lekin, iqtisodiy rivojlanishda burilish yasash maqsadida amalga oshirilgan bunday urinishlarning birortasi ham kutilgan samarani bermadi. Berishi ham mumkin emasdi. Chunki, islohotlarni amalga oshirishda shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasidagi bevosita uzviylik hisobga olinmagan edi. Bu masala esa, ta’kidlanganidek, jamiyat poydevori hisoblanadigan mulk munosabatlarini qayta qurish bilan bog’liq. Mulk munosabatlarini o’zgartirish esa bevosita sosializmning taqdiri bilan bog’liq edi. Murt poydevor ustiga qurilgan binoni ta’mirlash bilan uning ko’rkamligini oshirish mumkin. Ammo uning mustahkamligi-yu samaradorligini oshirib bo’lmaydi. Shuro zamonidan katta shov shuv va dahmaza bilan boshlangan, biroq nihoyasiga yetmay, orayo’lda qolib ketgan iqtisodiy islohotlar ham xo’jalik yuritishning ayrim bo’g’inlarini takomillashtirishdan nariga o’ta olmadi, butun iq tisodiyotni jonlantirishga ojizlik qildi. Natijada, yana odatdagidek ma’muriy-buyruqbozlik tartibotiga zo’r berildi. Bu usul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqani ekstensiv omillardan keng foydalanish orqali naridan-beri ta’minlash imkonini berdi. Ammo tabiiy resurslarning ham chegarasi bor, imkoniyatlari cheklangan. Ulardan kelajak avlod manfaatlarini hisobga olmasdan, pala-partish foydalanish talay muammoalarni, jumladan, ekologik keskinlikni keltirib chiqardi.
Ekstensiv omillarning borgan sari imkoniyatlari torayib ketaverishi, intensiv
xo’jalik yuritish mexanizmining mavjud emasligi ertami-kech iqtisodiy tanqislik
va tanglikni keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shunday bo’ldi ham! Iqtisodiy tanglik
XX asr 80-yillarining oxiriga kelib yanada keskin va halokatli tus oldi. Bu, avvalo,
mahsulot ishlab chiqarishning butunlay pasayib ketishida, ishlab chiqarish
quvvatlarining ish bilan ta’minlanmaganida, ishsizlik darajasining o’sishida, pulkredit va valyuta tizimining izdan chiqishida namoyon bo’ldi. Xususan, 1990 yilda sobiq ittifoq yalpi milliy mahsuloti 1989 yildagiga nisbatai 2 foiz, ishlab
chiqarilgan milliy daromad hajmi 4 foiz, mehnat unumdorligi 3 foiz pasaydi. Tashki savdo aylanmasi 6,6 foiz qisqarib, tashqi savdoning salbiy saldosi 9,8
millard rublga yetdi. Davlat qarzi esa bir yilda 150 millard rubl ko’payib, 550
millard rubldan oshib ketdi.
Surunkali inflyasiya hammaning tinkasini qurita boshladi. Natijada shusiz
ham nochor axvolda kun kechirayotgan aholining daromadlari va turmush darajasi
muttasil pasaya boshladi. Ishlab chiqarish ko’lami va hajmining tinimsiz
qisqarishi, ayniqsa, O’zbekistondek keskin demografik sharoitda yashayotgan
respublikalardagi aholi turmush darajasiga yanada og’irroq ta’sir ko’rsatdi.
O’zbekiston aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish, real daromadlar,
ish haqi, mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari bo’yicha sobiq shuro respublikalari
orasida eng oxirgi o’rinlardan biriga tushib qolgan edi.
Islom Karimov bu ayanchli vaziyat haqida shunday ta’kidlagan edi:
"O’zbekiston kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha
mamlakatda 12-o’rinni egallab turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab
chiqarish bo’yicha esa ittifoqdagi o’rtacha darajadan ikki hissa past".
Bu davrda sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan O’zbekiston o’rtacha
ittifoq ko’rsatkichidan 40 foiz, qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan
esa ikki barobar orqada edi. Respublika aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo’yicha ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etardi.
Boz ustiga iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi va uni tashkil etish shakllari
zamon talablariga mutlaqo javob berolmasdi. Mamlakat xo’jaligining amal qilib
kelgan tarkibi ekstensiv rivojlanish mahsuli bo’lgan bu tizim iqtisodiy zarurat
emas, balki qat’iy markazlashgan ma’muriy va rejali boshqarishga asoslangan edi.
Qat’iy reja asosiga qurilgan iqtisodiyot esa rivojlanishga qodir emasligi bugun
ko’pchilikka ma’lum. Rejali iqtisodiyotning tanqislik, ishlab chiqarish
monopolizmi kabi "surunkali kasalliklar" doimiy hamroxidir. Sobiq sho’rolar
mamlakatida ijtimoiy ahamiyati kam bo’lgan, xalq ehtiyojlarini bevosita
qondirishga emas, balki "planni to’ldirish" uchun mahsulot chiqariladigan sohalar,
korxonalar behad ko’payib ketgan edi.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini xalq extiyojlari tomonga burmasdan turib
tanqislikka barham berib bo’lmaydi. Ishlab chiqarish tarkibiga faol ta’sir
ko’rsatadigan asosiy samarali mexanizm bu — bozordir. Chunki bozor
sharoitidagina ijtimoiy ehtiyojlarga mos kelmaydigan sohalar o’z-o’zidan barham
topadi. Davlat bozor tan olmagan, zarar keltirib ishlaydigan, norentabel soha va korxonalarni qo’llab-quvvatlamaydi. Xalq ehtiyojlariga xizmat qiladigan,
xaridorgir, byudjet uchun mablag’ beradigan ishlab chiqarish turlari esa
rag’batlantiriladi.

Ma’lumki, O’zbekiston 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng


umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan
voz kechib, ―o’zbek modeli‖ deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi.
Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tish, mamlakatimizda isloh etish va modernizasiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Yaqin o’tmishga qarab shuni ta’kidlash mumkinki, haqiqatan ham,
mustaqillik qo’lga kiritilgan davr o’ta murakkab bo’lib, u paytda sobiq ittifoq
parokandalikka yuz tutgan, mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat
tobora keskin tus ola boshlagan edi. Shunday qaltis vaziyatda o’zligimizni anglash
va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish yanada kuchaydi.
O’sha tahlikali va og’ir vaziyatda respublika rahbari Islom Karimov bosiqlik bilan
oqilona ish tutib, qat’iy siyosiy irodani namoyon etib, mamlakatimizni chuqur
tanazzuldan olib chiqishga qaratilgan, barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyotini barpo etishning har tomonlama puxta o’ylangan islohotlar
strategiyasini ishlab chiqdi va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi.
Yurtboshimiz rahbarligida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida g’oyat mashaqatli, shu bilan birga, sharafli taraqqiyot yo’li bosib o’tildi.Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, Prezidentimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hyech qachon osonlikcha kechmasligini uqtirib o’tgan edi.
I.A.Karimov ―O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li‖ risolasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki
yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va
iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamo yilni belgilab
berdi. Ilmiy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur nafaqat o’sha
davrdagi avlod taqdiri, balki kelajak avlodlarimiz taqdirini ham o’ylab tuzilgan
bo’lib, eski tuzumdan meros bo’lgan illatlarni tezroq bartaraf etish,
mamlakatimizning rivojlangan, madaniyatli davlatlar darajasiga chiqib olishini
ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Prezidentimiz nomi bilan
bevosita bog’liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi.
Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin dunyoda yaratilgan va mavjud
bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni
jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli
quyidagi besh tamoyilga asoslanadi:
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak,
ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. Shuningdek, ichki, tashqi va
iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’l ishi lozim. U
islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab
chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;
uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi
Konstitusiya va qonunlarni barcha hyech istisnosiz hurmat qilishi va ularga
og’ishmay rioya etishi lozim;
to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli
ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak. Aholining salkam 50 foizini 16 yoshga yetmagan
bolalar tashkil etadigan O’zbekistonda buning alohida ahamiyati bor;
beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning obyektiv qonunlarini
e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi ―inqilobiy sakrashlar‖siz, ya’ni evolyusion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan
bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida chuqur tanazzuldan xalos bo’lib,
barqaror taraqqiyot va aholi turmush farovonligiga erishishga qaratilgan tub
o’zgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari I.A.Karimov tomonidan
quyidagicha izohlab berildi:
- ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma -bosqich
shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati
uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;
- ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo’lishiga
barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan
rivojlantirish negizi bo’lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini
ta’minlash;
- korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning
xo’jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni
boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar
va rag’batlantirish vositalaridan keng foydalanish;
- iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali
foydalanishni ta’minlaydigan chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatdosh
mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish;
- kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning
dunyoqarashini o’zgartirish, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va
shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish.
Mustaqillikning ilk yillarida, ya’ni ijtimoiy yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikki vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yildi:
- totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- respublikaning o’ziga xos sharoiti va xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish;


Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling