O'zbekistonda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning agrotexnalogiyalari reja


Download 47.98 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi47.98 Kb.
#1226919
Bog'liq
4 mavzu chorvachilik



O'zbekistonda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning agrotexnalogiyalari


REJA:

1. Chorvachilik mahsulotlari o’rni


2. Rivojlanish strategiyasi
3. Chorvachilik mahsulotlari agrotexnalogiyalari

1.Chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli goʻsht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, ayniqsa, qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini koʻpaytirishda muhim oʻrin tutadi. Shu bilan birga, hududlardagi ishlarning hozirgi holati mazkur tarmoq korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ozuqa bazasini koʻpaytirish, naslchilikni yaxshilash, shu jumladan, sunʼiy urugʻlantirishni rivojlantirish va naslchilik xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida aniq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Xalqimizning chorvachilikni rivojlantirish borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ushbu tarmoqda ilmiy yondashuvlar va ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, import oʻrnini bosuvchi va eksportbop chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yanada ragʻbatlantirish, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini koʻpaytirishdir Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak uni, suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi. Chorvachilikning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, 


yilqichilik, tuyachilik, va parrandachilik, asalarichshshk, choʻchqachilik, quyonchilik,
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martda "Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi, 1994-yil 23-fevralda "Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari toʻgʻrisida", 1995-yil 24-martdagi "Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash choratadbirlari toʻgʻrisida" qarorlariga koʻra, jamoa xoʻjaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi (1995). Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan goʻsht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 25 dekabrda qabul qilingan "Naslchilik toʻgʻrisida" qonuni Chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
1990—2003-yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi xoʻjaliklarida qoramollar soni 28,2% ga, sigirlar 38, qoʻy va echkilar 7, otlar 36% ga, sut yetishtirish 32,8% ga, goʻsht yetishtirish 18,6% ga koʻpaydi, Chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer xujaliklari hissasiga toʻgʻri keladi CH. ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari olib borilmoqda. Respublika ekin maydonlarining 10% ga yaqin kismiga yemxashak ekinlari ekiladi. Tabiiy va madaniy yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Aralash yem, oqsilmineral yem qoʻshimchalari, yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari koʻpaymoqda. Chorvachilikda veterinariya xizmati koʻrsatish — kasalliklarning oddini olish va davolash, Chorvachilik maxsulotlari veterinariyasanitariya ekspertizasi hayvonlar kasalliklariga karshi kurash styalari, veterinariya shifoxonalari va punktlarida, veterinariya labda olib boriladi. Respublikada chorvador mutaxassislar kollejlar, Toshkent agrar universiteti, Samarkand, Andijon qishloq xoʻjaligi intlarida tayyorlanadi. Chorva hayvonlari zotini yaxshilash, mahsuldor podalar guruhini koʻpaytirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida





3 O'zbekistonda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning Misr agrotexnalogiyasi qo’llaniladi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi delegatsiya Misr qishloq xo‘jaligi tadqiqotlar markazi va Misr paxtachilik institutida bo‘ldi. U yerda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan muzokaralar o‘tkazilgan. Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilik, parrandachilik va balikchilikni rivojlantirish Bosh boshqarmasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya Bosh boshkarmasi va "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etilgan, ularni asrash va parvarishlashsa yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan vazirlikning Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibidagi Uzbekiston chorvachilik, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi intlari, Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi va Ipakchilik instituti, Uzbekiston veterinariya, Uzbekiston veterinariyasanitariya va akarologiya (1991) intlari shugʻullanadi. Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida davlat mintaqaviy baliq chavoqlari yetishtirish pitomnigida baliq zotlari (kora, ok, amur, doʻng peshona) yetishtiriladi. "Naslxizmat" respublika naslchilik uyushmasi qishloq xoʻjaligi subʼyektlariga chorvachilik boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Davlat naslchilik korxonasi qoramollarning turli zotlari boʻyicha sunʼiy urugʻlantirishda foydalanish uchun muzlatilgan urugʻlarni qadoqlab, sunʼiy urugʻlantirish bilan shutullanuvchi "Naslxizmat" tashkilotlariga yetkazib beradi.
Download 47.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling