O‘zbekistonda g’allachilik mahsulotl


Download 57.14 Kb.
bet1/3
Sana24.02.2023
Hajmi57.14 Kb.
#1226406
  1   2   3
Bog'liq
1 mavzu g\'alla


O‘zbekistonda g’allachilik mahsulotlarini yetishtirish agrotexnologiyasi va texnikalari.

REJA:

1. Qishloq xo‘jaligi muhandislik asoslari fanining maqsadi va vazifalari.


2. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda muhandisning o‘rni va ahamiyati
3. Bakalavrlarning qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash yo‘nalishida ta'lim olishiga bo‘lgan umumiy talablar.
4. Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat ob'ektlari.

Qishloq xojaligi muhandislik asoslari fanining maqsadi va vazifalari
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda barcha texnologik jarayonlar asosan mexanizasiyalashtirilgan, ya'ni insonning qo‘l mehnati bilan bajarishga sarflanadigan quvvati texnikalarning zimmasiga yuklatilgan. Qishloq xo‘jalik mashinalari energetik vositalar (traktor va elektr yuritmalar) yordamida harakatga keltirilib, texnologik jarayon operator (mexanizator) yordamida amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda foydalaniladigan traktorlar vazifasiga ko‘ra uch turga ajratiladi: chopiq, transport va universal traktorlar.
Qishloq xo‘jalik mashinalari esa vazifasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: - tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari (hozirgi kunda pluglar deb aytiladi);
- tuproqqa sayoz ishlov berish mashina va qurollari (chizellar, tirmalar, molalar deb aytiladi);
- ekish va o‘tqazish mashinalari (chigit, don ekish seyalkalari, tuganak yoki ko‘chat o‘tqazish mashinalari deb aytiladi);
- mineral va organik o‘g‘itlarni sepish mashinalari;
- ekinlarni sug‘orish mashina va qurollari (egatlab, tomchilatib, yomg‘irlatib va gidroponika usulida sug‘orish);
- ekinlarni parvarishlash, qator oralariga ishlov berish mashinalari (kul'tivator-o‘g‘itlagichlar deb nomlanadi);
- ekin zararkundalari va kasalliklariga qarshi kurashish mashinalari (changitgichlar, purkagichlar deb aytiladi);
- hosilni yig‘ishtirib olish mashinalari (paxta, g‘alla, makkajo‘xori yig‘ishtirish kombaynlari deb ataladi);
- donga dastlabki ishlov berish mashina va uskunalari (donni saralash va tozalash mashinalari deyiladi);
- melioratsiya mashinalari (tuproqning holatini yaxshilashga, dalalarni tekislashga, sug‘orishga mo‘ljallangan mashinalar)
- chorvachilik mashinalari (em-hashak yig‘ish, tayyorlash va tarqatish, omuxta yem tayyorlash, go‘ng chiqarish mashinalari va uskunalari kabilar)
- bog‘dorchilik va sabzavotda (meva, poliz) qo‘llaniladigan mashinalar;
Yuqorida sanab o‘tilgan mashinalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish texnologik jarayonlarining bir qismini bajarishini qamrab olsada, O‘zbekiston respublikasida mavjud dolzarb muammolarning texnik yechimini o‘z ichiga olgan.
Bilim olish mobaynida aynan shu sohadagi muammolarni mukammal texnik yechimlarini topishga harakat qilish bilan bir vaqtda, dunyo hamjamiyatidagi muammo, ilg‘or texnologiya va texnikalarni o‘rganib, yangi texnologiya va texnikalarni yaratadigan mutaxassislari zarur.

Download 57.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling