O'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar mazmun va mohiyati. Mustaqil ta’lim 1-mavzu


Download 8.43 Kb.
Sana31.10.2023
Hajmi8.43 Kb.
#1736249
Bog'liq
1-mavzu

O'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar mazmun va mohiyati.

Mustaqil ta’lim 1-mavzu

Reja:

1. O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar 2. Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash- davlat siyosatining bosh yo’nalishi.

3. Diniy bag’rikenglik – ijtimoiy barqarorlik omili.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoniga sharh e'lon qilindi.
Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat boshqaruvining mutlaqo yangi va samarali faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni talab qiladi.
Shu munosabat bilan mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun elektron portallar va ma'lumotlar bazalari yaratildi.
Xususan, ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziya olishni soddalashtirish uchun www.license.gov.uz, «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta'minlash uchun birdarcha.uz veb-saytlari yaratildi. Davlat xizmatlarini qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish natijasida tadbirkorlik subektlarini ro‘yxatga olishning tartib-taomillari 4-martaga, ro‘yxatga olish uchun zarur vaqt esa 30 daqiqaga qadar qisqartirildi.
Shu bilan birga, so‘nggi yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarning obektiv tahlili, davlat boshqaruvi organlari faoliyati, aholi bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot natijalari mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli hal etishga ehtiyoj vujudga kelganligini ko‘rsatdi.
I.A.Karimov “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” risolasida mamlakat mustaqillikka erishgandan so’ng dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdilar. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur yashab turgan fuqarolarning taqdirigina emas, balki ularning kelajak avlodlarining taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, o’sha davrda hukmron bo’lgan yakka hokimlik tizimining illatlarini tezroq bartaraf etish, mamlakatimizni rivojlangan, madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Islom Karimov nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi.Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
  • - birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
  • -ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;
  • -uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim;
  • -to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avval-boshdan ana shu nozik jihatga alohida e’tibor qaratildi. Barcha o’zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo’yildi. Bugungi kunda ham o’zgarishlar jarayonining mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan tamoyil mujassamdir.
Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda.
Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo aholisining 55 foizi ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lsa, atigi 29 foizi kompleks ijtimoiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatiga ega. Pensiya yoshidagi keksalarning 68 foizi qarilik pensiyasini oladi. Bu esa ko‘plab davlatlarda ham jamg‘arib boriladigan, ham sug‘urtali pensiya ta’minoti yetarlicha rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Yana bir og‘ir muammo — taraqqiy topgan yigirma birinchi asrda ham, afsuski, insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqi dunyoning ko‘pgina mintaqalarida hali real haqiqatga aylanmadi. Bu, ayniqsa, aholining 56 foizi mazkur imtiyozdan mahrum bo‘lgan qishloq joylariga taalluqlidir. Yaqinda XMT jahon hamjamiyatiga bugungacha amaliyotda bo‘lmagan - xususiy beg‘araz yordamni eng kam darajadagi ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun yo‘naltirish haqidagi chaqiriq bilan murojaat qildi. O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi. Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas’uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.


Download 8.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling