O’zbekistonda makroiqtisodiy beqarorlik


Download 15.18 Kb.
Sana07.04.2020
Hajmi15.18 Kb.

O’zbekistonda makroiqtisodiy beqarorlik.

O’zbekiston mustaqillikka erishishdan oldin, faqatgina xomashyo yetkazib beruvchi baza hisoblangan. Shuning uchun sanoat korxonalari juda kam miqdorda bo’lgan, tayyor mahsulotlar esa boshqa mamlakatlardan kirib kelgan. Mustaqillikning dastlabki davrida, ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan xomashyo mahsulotlari o’rtasida nomutanosiblik ro’y bergan, ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan.

O’zbekistondagi mana shu davr iqtisodiy siklning jonlanish fazasiga to’g’ri keladi. Bora bora xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor berilgandan keyin sanoat rivojlanib bordi, hozirgi kunga kelib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar taklifi ularga bo’lgan talabdan oshib ketgan. Bu o’z navbatida siklni keltirib chiqaruvchi sabablarning biri hisoblanadi. Ya’ni talab va taklif o’rtasidagi nomutanosibliklar. Bunga sabab: 1-ko’pchilik tadbirkorlar bozordagi talabni o’rganmasdan mahsulotlarini ishlab chiqarib taklif qilishadi, sotib olinmagan mahsulotlar omborlarda qoladi va tadbirkorga zarar keltiradi, bu esa siklning 2-omilini keltirib chiqaradi, ya’ni takror ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklar. Undan tashqari aholini jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti 2019-yil noyabr oyi holatiga ko’ra O’zbekiston hududida 8 892 700 so’mni tashkil qiladi, bu 1oyda 741 058 so’m degani, iste’mol mollari esa 3 028 300 so’m, aholining o’rtacha oylik ish haqisi 2019 yil 3-kvartalida 2 217827.2 so’m, lekin band aholi mehnatga layoqatli aholi soniga nisbatan 67.4%ni tashkil etadi. Bu statistikadan aholini barcha qatlami ham mazkur sanoat va iste’mol tovarlarini xarid qila olmaydi. Sotilmay qolgan tovarlar korxonalarning ishlab chiqarish qobiliyatini susaytiradi.

Xulosa: Iqtisodiy siklni inqiroz fazasi ham mavjud. O’zbekiston misolida oladigan bo’lsak, bu holat qachonki O’zbekiston iqtisodiyoti yuksalish cho’qqisiga yetsa, ana shu paytda sodir bo’ladi. Inqirozni ta’siri kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilariga, monopol korxonalarga kam ta’sir qiladi. Sanoat tarmoqlari, investitsion Tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar ishlab chiqaruvchilari, qurilish sohasi bu inqirozdan katta talofat ko’rishi mumkin.



Taklif: Qolgan sohalarni inqirozdan katta talofat ko’rmaslik uchun bir qancha ishlarni amalga oshirish zarur:

  1. Eksport hajmini oshirib ortiqcha omborda turgan tovarlani tovar oborotiga qoshib ularga qilingan xarajatlarni qoplash;

  2. Mamlakatdagi aholini bandligini to’laroq ta’minlash, o’rtacha ish haqining real qiymatini oshirish;

  3. Inflatsiya darajasini pasaytirish;

  4. Kam xarajat qilib, ko’proq mahsulot ishlab chiqarish.

Download 15.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling