Oʻzbekistonda maʼmuriyhududiy birlik; oʻzini oʻzi


Download 85.9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.11.2020
Hajmi85.9 Kb.
#154680
Bog'liq
Mahalla - Vikipediya


Mahalla

Mahalla — Oʻzbekistonda

maʼmuriyhududiy birlik; oʻzini oʻzi

boshqarishning xalqimiz anʼanalari va

qadri-yatlariga xos boʻlgan usuli. M. tarixi

qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy

manbalarda qayd etilishicha, jez

davrining yodgorligi boʻlgan

Sopollitepapya 8 ta oila yashagan. Ularni

faqat urugʻ jamoasigina emas, balki

ishlab chiqarish manfaatlari ham



birlashtirib turgan. Keyinchalik ularning

safiga patriarxal tizim asosida 100 dan

ortiq oilalar kelib qoʻshilgan. Katta oilalar

jamoasini ular orasidan saylangan

oqsoqol boshqargan. Oqsoqollar oʻz

navbatida oliy oqsoqollar kengashiga

birlashgan. Oqsoqollar, odatda, jamoa —

qishloq hayoti bilan bogʻliq barcha

masalalarni oliy kengash orqali hal

qilishgan. Miloddan avvalgi 3-asrdan

milodiy 5-asrning boshlarigacha Fargʻona

(Parkana) davlatida ham oqsoqollar

kengashi muhim vazi-falarni hal etgan.

Kengash, asosan, sulh tuzish, vazirlar

tarkibi va soliqlarni tayinlash, urush eʼlon


qilish, jamoa ishlariga safarbar etish kabi

masalalar bilan shugʻullangan.

"Mahalla" atamasi arabcha boʻlib, "oʻrin-

joy" degan maʼnoni anglatgan. U turli

mintaqalarda mahallot (joy), guzar,

jamoa, elat, elod nomlarda atalib

kelingan. Adabiyotlarda M.larning koʻp

ming yillik tarixga ega ekanligi haqida

maʼlumotlar uchraydi. Mac, Narshaxiy

oʻzining "Buxoro tarixi" asarida Buxoroda

bundan 1100 yil ilgari bir qancha M.lar

boʻlganini qayd etib oʻtgan. Alisher

Navoiy oʻzining "Hayrat ulabror" asarida

M.ni "mahalla shahar ichidagi

shaharcha"dir deb taʼriflaydi, Hirot shahri


yuz shaharcha ahamiyatiga ega boʻlgan

M.lardan tashkil topganligini aytib oʻtadi.

M.lar, ayniqsa, Amir Temur davrida

ravnaq topgan. M.lar fuqarolarning

kasbkori asosida shakllangan va shunga

qarab nomlangan. Mas, zargarlik,

misgarlik, koʻnchilik, pichoqchilik,

qoshiqchilik, temirchi, egarchi, taqachi va

h. k. M. qadimda mahalliy hokimiyatning

oʻziga xos bir shakli, koʻrinishi tarzida

faoliyat koʻrsatgan. M.ni boshqarish

jamoatchilik asosida olib borilib, oʻzining

yozilmagan ichki tartibqoidalariga ega

boʻlib, u hamma uchun birdek qonuniy

hisoblangan.


M. kichik maʼmuriy hudud boʻlishi bilan

birga, turmush tarzi, qadriyatlar, anʼanalar,

urf-odatlar umumiyligi bilan bogʻlangan

kishilar jamoasi birligidir. Tarixning turli

bosqichlarida davrlar, tuzumlar

oʻzgarishiga qarab M.ning vazifalari ham

oʻzgarib turgan.

20-asrning boshlaridayoq M.lar daha

boshliqlari — mingboshilar saylaydigan

yuzboshi (oqsoqollar) tomonidan

boshqarilgan. Yuzboshi va uning

yordamchilari M.dagi barcha jamoat

ishlari va marosimlarni boshqarganlar,

shuningdek, fuqarolarning shahar



yigʻinlari va shahar muassasalarida M.

manfaatlarini himoya qilganlar.

M.ning asosiy vazifalari: marosimlarni

birgalikda oʻtkazish, oʻz hududini batartib

saqlash va obodonlashtirish, yosh

avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, jamiyat

hayotida tartib saqlanishini taʼminlash,

barcha anʼanaviy meʼyorlarning bajarilishi

ustidan nazorat oʻrnatish, urf-odatlarga

rioya qilish va ularni buzgan, jamoat maj-

buriyatlaridan boʻyin tovlaganlarni

jazolashdan iborat boʻlgan. M. rahbari-

yati ariq-hovuzlarni tozalash, koʻchalar,

yoʻllar qurish va M. obodonchiligi bilan

bogʻliq boshqa jamoat ishlarini


uyushtirganlar. Bu ishlarning barchasi

birgalikda hashar yoʻli bilan amalga

oshirilgan.

M. jamiyatimizning tuzilmasi sifatida

tarixan bir qancha rivojlanish

bosqichlarini bosib oʻtdi. U 20-asrning 1-

choragida oʻzining anʼanaviy shaklini oldi.

Sovet hukumati M.ga oʻz umrini yashab

boʻlgan oʻtmish sarqiti sifatida qaradi.

Shundan kelib chiqib, u anʼanaviy milliy

boshqaruvlarni bekor qilish yoʻli bilan bu

yerda sanoatlashgan "ilgʻor" jamiyatni

qaror toptirish siyosatini joriy etishga

kirishdi. 20-yillar boshlaridan sovet



hukumati M.lar vazifasini cheklash,

oʻziga boʻysundirishga intildi, bu hol M.

faoliyatiga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Biroq M.

oʻzining yashovchanligini namoyon etib,

anʼanaviy xayot va aloqa tarziga qarshi

har qanday hujumlarga va ularni

yoʻqotish yoʻlidagi urinishlarga dosh

berdi. U ilgarigi hayot tarzi, urf-odat va

rasmrusumlarni saklab qoldi.

20—30-yillarda M. eski turmushga qarshi

"hujum"da — paranji tashlash va

xotinqizlarni ozodlikka chiqarish

harakatida ishtirok etdi. Shu bilan birga

M. savodsizlikni tugatish, ommani

maʼrifatli qilish, joylarni obodonlashtirish


(yoʻl, choyxona, maktablar qurilishi)da

muhim ahamiyat kasb etdi.

1932 yil 17 aprelda Oʻzbekistonda

birinchi marotaba shaharlardagi M.

qoʻmitalari toʻgʻrisida Nizom chikdi. 1935

— 36 yillarda M.larda oqsoqol

boshchiligida M. qoʻmitalari tashkil etilib,

aholi oʻrtasida olib boriladigan barcha

ishlarni rais boshqargan.

Ikkinchi jahon urushi davrida M.

baynalmilalchilik tabiatini namoyon etdi.

Urush davrida M. qoʻmitalari armiyaga

chaqiruvni tashkil etish, aholidan posilka


joʻnatish, koʻchirib keltirilgan aholini,

bolalarni joylashtirishda faol ishtirok etdi.

1961 yil avg .da Oʻzbekiston Oliy

Kengashi tomonidan chiqarilgan

"Respublika shahar, qishloq,

posyolkalaridagi va ovullaridagi M.

qoʻmitalari toʻgʻrisida"gi Nizomda ham

M.ga yuridik shaxs maqomi berilmagan

edi. "M. qoʻmitalari bironbir moliyaviy

xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanishi

mumkin emas, ular oldisotdi, ijaraga

berish ishlarini bajarishda qatnashishlari

mumkin emas" edi. M.ning huquq va

vakolatlari cheklangan edi.



Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach,

M.larga boʻlgan munosabat tubdan

oʻzgardi. OʻzR Konstitutsiyasining

105moddasiga va 1993 yil sentabrda

qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi

boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi

qonunga binoan, M.lar oʻz huquqiy

maqomiga ega boʻlib, mahalliy hokimiyat

tarkibiga kirdi. M. lar davlatning

joylardagi muhim tayanchi, yuridik shaxs

sifatida oʻz molmulkiga, moliyaviy

byudjetiga, bankdagi hisobkitob

raqamiga — jamgʻarmasiga egadir. Bu

qonunga asosan, har bir M. oʻz hududida

ishlab chiqarishni tashkil etishi, kichik

korxonalar ochishi, oʻzi ishlab chiqargan



mahsulotni sotishi, uning bir qismini

M.dagi ehtiyojmandlarga bepul tarqatishi,

oʻz hududidagi aholini ish bilan

taʼminlashi, aholiga madaniymaishiy

xizmat koʻrsatishi mumkin.

Hozirgi paytda M.larning bozor

iqtisodiyoti qonunlari asosida, oʻz

faoliyatlarini tashkil etishlari uchun

barcha imkoniyatlar yaratildi. Ular,

toʻymaʼraka marosimlarini oʻtkazish,

hasharlar uyushtirish, oilaviy nizolarni

bartaraf etish, bemorlar holidan xabar

olish ishlari bilan shugʻullanadi. Koʻpchilik

M.larning oʻz masjidi bor, turli maʼrakalar

uchun kerakli ashyolar (doshqozon,


idishtovoq, choynak-piyola, tobut va

boshqalar) mavjud. 90-yillarda M.

hokimiyatning rasman quyi yuridik

organiga aylandi. M. vazi-falari ancha

kengaydi, u demokratik davlatning eng

muhim boʻgʻinlaridan biri.

M. va uning aholisining ham ijtimoiy-

iqtisodiy, ham madaniy yuksalishiga har

tomonlama yordam berish, milliy anʼana

va urf-odatlarni boyitish, M. qoʻmitalari

ishlarini muvofiklashtirish, M.lardagi kam

taʼminlangan oilalar, keksalar, faxriylar,

nogironlar, koʻp bolali oilalar, yetim-

yesirlar, baynalmilalchilar manfa-atlarini

har tomonlama himoya qilish maqsadida


1993 yil 17 avg .da Oʻzbekiston "Mahalla"

xayriya jamgʻarmasi tashkil etidsi.

"Mahama" gaz. chiqa boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A.

Karimov M.ning hozirgi zamon

jamiyatidagi mohiyati va ahamiyatiga

quyidagicha baho beradi: "Oʻz-oʻzini

boshqarishning xalqimiz anʼanalari va

qadriyatlariga juda xos boʻlgan usuli —

mahallalar tizimi soʻnggi yillarda juda

katta nufuzga ega boʻlib bormoqda. Ular

amalda oʻz huquqlaridagi barcha ishlar

uchun masʼuldirlar. Zero, mahallaning

qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Uning

nufuzini koʻtarish, bilingki, nafaqat


iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy, balki bu siyosiy,

tarbiyaviy, ulkan maʼnaviy masaladir. Biz

mahallalarga shu nuqtai nazardan

qarashimiz lozim".

Har bir M. aniq tashkiliy tuzilmaga ega.

Unga M.ning umumiy yigʻilishida

saylanadigan M. kengashi rahbarlik

qiladi. Kengash oʻz tarkibidan rasman M.

yigʻini raisi (oqsoqol)ni, oʻrinbosari va

kotibini saylaydi. Bundan tashqari, M.

kengashiga keksa, tajribali kishilardan M.

oqsoqoli maslahatchilari ham saylanadi.

Kengash huzurida toʻy marosimlarini

oʻtkazish, xotinqizlar, yoshlar, urush va

mehnat faxriylari bilan ish olib boruvchi,


jamoat tartibini saqlash,

obodonlashtirish, turar joy fondlarini

saqlash va h.k. boʻyicha komissiyalar

tuziladi.

M. rahbariyati 2,5 yilga saylanadi va har

yili aholi oldida hisobot beradi. Joriy

masalalarni hal etish uchun M. kengashi

oyda bir marta yigʻiladi. Endilikda

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish

organlari yuridik shaxs maqomiga ega

boʻlib, belgilangan namunadagi muhrga

ega hamda mahalliy davlat hokimiyati

organlarida roʻyxatga olinadi.


1998 yil 23 aprelda Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining

"Fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish

organlarini qoʻllab-quvvatlash haqida"gi

farmoniga koʻra, M. rahbariyatining (rais,

kotib) faolligini oshirish, ijtimoiy

muhofaza qilish va qoʻllabquvvatlash

maqsadida ularning ish haqi oshirildi,

pensioner raislarga pensiyani toʻliq

olishlariga ijozat berildi. Natijada M.

rahbariyatining manfaatdorligi va nufuzi

ortdi.


Fuqarolik jamiyatini qurish, albatta, kuchli

davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-

bosqich oʻtish orqali roʻy beradi. 1999 yil


14 aprelda Oʻzbekiston Res-publikasining

"Fuqarolarning oʻzoʻzini boshqarish

organlari haqida"gi (yangi tahrirda)

qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun

fuqarolarning oʻzinioʻzi boshqarish

organlari faoliyatida tub burilish yasadi.

Yangi tahrirdagi qonunning 7moddasiga

asosan, fuqarolarning oʻz-oʻzini

boshqarish organlari davlat hokimiyati

organlari tarkibiga kirmaydi deb

toʻgʻridan-toʻgʻri belgilab qoʻyildi. Bu

qonunda M. bajarishi zarur boʻlgan

vazifalar belgilab berilgan. M.ga yuqorida

sanab oʻtilgan vazifalardan tashqari,

yangi vazifalar yuklatilgan. U oʻz

hududida savdo va maishiy xizmatni,



sanitariya va ekologik holatni nazorat

qilishga koʻmaklashadi, yongʻin

xavfsizligi, turar joy fondini saklash,

aholidan soliq va majburiy toʻlovlarning

oʻz vaqtida toʻshishini taʼminlashga

yordam beradi. Ana shu pul mablagʻlari

tushumining muayyan miqdori oʻz-oʻzini

boshqarish organlari jamgʻarmasiga

oʻtkaziladi. Bu mablagʻ kam taʼminlangan

oilalarning uy-joy, kommunal xizmatlari

toʻlovlariga, shuningdek, M.ni

obodonlashtirishga sarflanadi. Endilikda,

har bir M. oʻz madaniy markazini, guzarini

qurib, shu yerda choyxona, novvoyxona,

doʻkon, maishiy xizmat shoxobchalari,

turli sport oʻyinlari maskanini barpo



etmoqda. M. qoʻmitasi tashabbuskor

jamoat tashkilotidir. M.da xoʻjalikmadaniy

qurilish tadbirlarini amalga oshirish,

uning hududini obodonlashtirish, uy-

joylarni va hududdagi shahar xoʻjaligini

saqlash, ozodalikni taʼmin etish,

tartibqoidani mustahkamlash va h.k.

uchun sharoit mavjud. M.larning

ahamiyati mustaqillik sharoitida kun

sayin oʻsib bormoqda. Ular

mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va

barqarorlikni taʼmin etishda, omma kuch-

gʻayratini bunyodkorlikka yoʻnaltirishda

muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A.

Karimovning tashabbusi bilan 2003 yil

Oʻzbekistonda "Obod mahalla yili" deb

eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi 2003 yil 7 fevralda qabul

qilgan "Obod mahalla yili" dasturiga

binoan, M. nufuzini koʻtarishga qaratilgan

muhim vazifalar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasida jami 9627

fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish

organi faoliyat koʻrsatadi, shulardan 6855

tasi yuridik shaxs maqomiga ega.

Adabiyot


Karimov I. A., Bizdan ozod vaobod

Vatan qolsin, T., 1996; Malitskiy N. G.,

Toshkent mahalla va mavzelari, T.,

1996; Mahalla: oʻzini oʻzi boshqarish

huquqiy kafolati (qonunchilik va

meʼyoriy hujjatlar toʻplami), T., 1999;

Toshkent mahallalari: anʼanalar va

zamonaviylik, T., 2002.

Davron Shorahmedov.

[1]


1. 

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

  Soʻnggi tahrir 1 yil avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


title=Mahalla&oldid=2056320

" dan 


olindi 

Download 85.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling