O’zbekistonda tabiatdan foydalanishning umumiy tendentsiyalari


Download 39.96 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi39.96 Kb.
#256661
Bog'liq
mintaqa


  1. O’zbekistonda tabiatdan foydalanishning umumiy tendentsiyalari.

O’zbekiston xududida tabiatdan foydalanish tub mohiyati bilan tabiiy sharoit va resurslar, ma’danlar mavjuddigi, aholi va mehnat resurslarining joylashuviga bog’liq. Respublikaning tekislik qismi cho’l zonasidan, tog’ oldi - chala cho’l, tog’ yonbag’irlari - balandlik mintaqalaridan iborat. Mamlakat hududining uchta yirik qism - mintaqaga bo’linishi tabiatdan foydalanishni 3 ta makromintaqaga ajratish imkonini beradi.

Tekislik mintaqasi tabiiy sharoitlari xilma - xil: qumli, lyossli cho’llar bilan birga Qizilqumda paleozoy jinslaridan tashkil topgan qoldiq tog’lar, daryolarning yirik deltalari, terrasali daryo vodiylari mavjud. Bu hol tabiatdan foydalanishni yanada murakkablashtiradi. Chunonchi, daryo deltalari va vodiylari sug’orma dehqonchilik, qumli, gipsli va boshqa cho’llar yaylov chorvachiligi bilan shug’ullanish, tog’ yonbag’irlari nodir metallar, uran, marmar, bo’r va yura davrlari yotqiziqlari neft va tabiiy gaz, fosforit rudasi va boshqa ma’danlarni qazib olish uchun manba hisoblanadi.

Tog’ etaklaridagi daryo vodiylari, konus yoyilmalari - sug’orma dehqonchilik; adirlar, qirlar - yaylov chorvachiligi, neogen va paleogen yotqiziqlari - neft va tabiiy gaz qazib olishda foydalaniladi, sog’lomlashtirish va dam olish ob’ektlari sifatida ishlatiladi.

            Tog’ yonbag’irlari - asosan yaylov chorvachiligi, polimetall va nodir metal rudalari, qurilish materiallari, marmar qazib olish uchun foydalaniladi. Bu mintaqada rekreatsiya ob’ektlari mavjud.

Tabiatdan eng unumli (yuqori darajada) foydalanish asosan vohalarda, ma’danlar qazib olinadigan konlarda, baliqchilik havzalarida, rekreatsiya ob’ektlarida mavjud bo’lib, yaylovlarda bu ko’rsatkich bir necha barobar kam, xuddi shunday hodisa tegishli sayyohlik infratuzilmasiga ega bo’lmagan rekreatsiya ob’ektlarida ham sodir bo’lmoqda, ya’ni eng yaxshi imkoniyatlardan to’liq foydalanilmayapti. Bundan tabiatdan foydalanish yuqori darajada bo’lgan hududlarda tabiiy muhit kam aziyat chekayapti yoki yaylovlarda tabiatda o’zgarish deyarli sodir bo’lmayapti, degan xulosa chiqarilmasligi kerak.

Vohalarda yerdan (70-95%) va suvdan (64%) foydalanish koeffisienti nisbatan ancha yuqori, lekin bu ko’rsatkichlar zamon talabiga javob bermaydi. SHuning uchun ham sug’orma yerlarning yarmisidan ziyodi sho’rlangan, irrigatsiya yeroziyasi, deflyatsiya keng maydonlarda rivojlangan, tuproqning qashshoqlanish darajasi yuqori (gumus miqdori 2 marta kam), o’rtacha sug’orish me’yori (har ga maydonda 11-12 ming m3) ilmiy asoslangan ko’rsatkichlar-dan (7,5-8 ming m3) ko’p va b. Binobarin, sug’orma yerlardan olinayotgan o’rtacha hosil miqdori nisbatan kam, chunki yerlarning agronomik va meliorativ sharoitlari yuqori darajada (paxtadan, aytaylik, 35-40 ts) hosil etishtirish uchun qulay emas. Bu hol tegishli amaliy tadbirlarni muntazam qo’llashni talab etadi.

Yaylovlarda, ayniqsa, cho’l mintaqasidagi qumli yaylovlardan foydalanish darajasi haqiqatan ham kam. Chunki yaylovlardan ularga dam bermasdan beto’xtov foydalanish, oq saksovul, cherkez, juzg’un kabi butalarni yoqilg’i maqsadida qirqish, texnogen omillarning tartibsiz harakati, em-xashakbop o’tlarni sun’iy ravishda ko’paytirmaslik va boshqa sabablarga ko’ra ularning mahsuldorligi 60-yillardan boshlab kamayib bormoqda. Har bir qorako’l qo’y boqiladigan maydonning o’rtacha sathi yildan - yilga ortib bormokda (chunki ular iste’mol qiladigan o’tlarning miqdori kamaymoqda). Avtomobil, traktor va boshqa mexanizmlarning tartibsiz harakati tufayli harakatdagi qumlarning maydoni kengaymoqda. SHu sabablarga ko’ra, yaylovlardan foydalanish darajasi zamon talablariga umuman javob bermaydi.

 


  1. Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning  asosiy ko’rsatkichlari.

Suv resurslari tarkibiga ko’ra yer osti,  yer usti, berk havzalar hamda muz va qor suvlariga bo’linadi. Suv resurslarining yuqorida ko’rsatib o’tilgan tarkibining barchasi yagona suv resurslari hisoblanadi. O’zbekiston hududida qor, muz, yer osti suvlari, daryolar, ko’llar, sun’iy ko’llar, suv omborlari, kanallar va boshqa irrigatsiya va sug’orish inshootlari asosiy suv resurs va manbalari hisoblanadi.  O’zbekiston hududida 10 km3 suv hosil bo’ladi, 1 yilda esa 89 km3 suv sarf qilinadi. Suv omborlarida 16 km3 suv saqlanadi, qolgan qism suv qo’shni davlatlardan kirib keladi. Orol suv havzasida 270 km3 suv hosil bo’ladi va undan 6 ta mamlakat foydalanadi.

  O’zbekiston suv resurslarining 85%i qishloq xo’jaligida sarflanadi. Bug’lanish koeffitsientining yuqoriligi qishloq xo’jaligini suvsiz rivojlanishiga imkon bermaydi, shuning uchun bu sohada ko’p suv ishlatiladi.

Suvning  10 % i esa  sanoatda ishlatiladi, bu sohada ishlatiladigan suv to’g’ridan to’g’ri suv havzalaridan olinadi va ishlatilgan suv havzalarga  tozalanmasdan tashlanadi.

Aholi ehtiyojlari va kommunal xo’jaliklarida 5 % suv ishlatiladi.      Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida jadal o’sib borayotgan aholini va rivojlanib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta’minlash dolzarb va jiddiy muammo bo’lib turibdi.

Orol havzasining maydoni – 2686,6 ming km2ni tashkil etadi. Orol havzasi ikki yirik daryo Amudaryo va Sirdaryo muhim ahamiyatga ega. Ularning har ikkalasining suvlari respublika tashqarisida hosil bo’ladi. Ulardan tashqari Norin, Qoradaryo, So’x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, SHeroboddaryo yirik daryolar jumlasiga kiradi. Bu daryolarning ko’pchiligi  o’zlarining o’rta oqimlari bilan O’zbekiston Respublikasining hududidan o’tadi. O’zbekistonda hammasi bo’lib 50 ga yaqin daryo bo’lib, ulardan 10 tasining uzunligi 150 kmdan ortadi.

          Amudaryo o’zining sersuvligi jihatidan Sirdaryodan ustun tursada, uzunligi va maydoni jihatidan undan biroz keyinda turadi. Amudaryoning suv resurslari mutaxassislar tomonidan 82,6 km3/ yil, deb baholanadi.

Sirdaryoning yer usti suvlari o’rtacha 37,2 km3/yilni tashkil etadi va yilning suvliligiga bog’lik bo’ladi va suvning miqdoriga qarab 22,5 dan 45,4 kmyilgacha o’zgarib turadi.

O’zbekiston Respublikasining qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sug’orish madaniyatiga asoslanganligi sababli bu yerda kanallarga alohida ahamiyat beriladi. Kanallar uch turga bo’linadi: umumiy, xo’jaliklararo kanallar va ichki xo’jalik kanallari. Yil mobaynida kanallar daryo va suv omborlaridan suv olib iste’molchilarga uzatadilar.

O’zbekiston respublikasida 53 ta suv ombori va 28 ta selxonalar mavjud bo’lib ular sel kelishi xavfini bartaraf etish va suvni mavsumiy tartiblash maqsadida qurilgan.

      O’zbekiston respublikasida 80 foiz suv vegetatsiya davrida sug’orish uchun sarf qilinadi. Daryolarning tizimi esa mazkur talablarga javob bermaydi. SHu sababli O’zbekistonning qurg’oqchil iqlim sharoitida suv omborlarining ahamiyati juda katta. Suv omborlaridagi suv 16 km3 ni tashkil qiladi.

        Suv omborlaridan tashqari respublikamiz hududida sug’orish maqsadlarida ham juda ko’p irrigatsiya-sug’orish inshootlari qurilgan. Bugungi kunda O’zbekistonda suv xo’jaligi inshootlari vujudga keldi. U 236 davlat sug’orish tizimini, 37 ko’tarib suv uzatish, 248 bosh suv to’plash qurilmalari,  40 ta yirik  nasos  stantsiyalarini  va   150  mingdan ortiq turli inshootlarni o’z ichiga oladi.

O’zbekiston qurg’oqchil, kontinental iqlimli, cho’l va chala cho’l zonalari hamda tog’ va tog’ oldi hududlaridan tashkil topgandir. Bizdagi o’rtacha yog’in miqdori 400 mm ni tashkil qilgan holda, bug’lanish koeffitsienti 2500-2700 mm ni tashkil etishi suv resurslarining ahamiyati qanchalik yuqori ekanligini bildiradi.

   Bozor munosabatlariga o’tish natijasida O’zbekistonda suv resurslarini boshqarishning yangi tarkib­lari ham paydo bo’ldi. Lekin shuni ta’kidlab o’tish kerakki, suv resurslarini boshqarish borasida hali echilmagan muammolarning ko’pligini ham aytib o’tish mumkin. Ular ichida muhimlari quyidagilar:

1.  Suv resurslarini boshqarishning yagona davlatlararo organini tashkil etishning zarurligi. Mutaxassislarning hisoblariga qaraganda bunday organ maxsus maqomga, tarkibga, havzada suv resurslardan foydalanish va uning holatini baholash borasidagi ma’lumot markaziga ega «Sirdaryo», «Amudaryo» havzaviy suv birlashmalarini o’z ichiga oluvchi Xalqaro suv-energetika kontsortsiumi bo’lishi lozim.

2. Mamlakatimizning yirik daryolari va suv manbalari (Amudaryo, Sirdaryo, Arnasoy, Orol dengizi)ning ijtimoiy-iqtisodiy maqomini belgilash;

3. Suv resurslarini boshqarish masalalariga oid qonuniy va huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, bu masala bo’yicha yagona davlatlararo kontseptsiyani ishlab chiqish;

4. Respublikalarning manfaatlarini hisobga olgan holda, suv sifati va miqdori monitoringi tizimini rivojlantirish;

5.Gidroekologik jihatdan «xavfli» hududlarni batafsil o’rganish;

6. Orol dengizi havzasi suv resurslarining yagona ma’lumotlar manbaini yaratish, bunda ulardagi tadrijiy o’zgarishlarni hisobga olish.

      O’zbekiston suv resurslarining katta qismini qishloq xo’jaligida foydalanadi. O’zbekiston iqlimidan kelib chiqqan holda 1 ga yerga 1 yilda  sarf qilinishi kerak bo’lgan suv 1200 m3 qilib belgilangan lekin sarf qilinayotgan suv miqdori 1600-1800 m3 ni toshkil qilmoqda. O’zbekiston suv resurslaridan norma bo’yicha foydalanilsa 4,2 mln. ga o’rniga 4,8 mln ga yerga dexqonchilik qilish mumkin. Agar ilg’or sug’orish texnologiyalaridan va tajribalaridan foydalansak, mavjud suv resurslari bilan 7-8 mln ga yerni sug’orish mumkin bo’lar edi.

Sanoatda ham suvdan foydalanishning  samarali usullaridan  kam foydalaniladi. Foydalanilgan suvni tozalash, berk havzalar tashkil qilish sanoat korxonalarini nazorat qilish, belgilangan normalarga rioya qilish masalalari rivojlangan mamlakatlarga nisbatan bir necha marotaba past e’tibor beriladi.

 Kommunal xo’jaligida Evropa mamlakatlari bir sutkada 300-350 l suv sarflasalar, bizda  esa 600-550 l ni tashkil etadi.

 Shuning uchun mustaqillikni dastlabki yillaridan boshlab suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilar e’tibor berildi.

1). Ishlatilayotgan suvni hisobga olish. (qishloq xo’jaligi, sanoat va kommunal xo’jaligida ham)

2). Suvdan foydalanishni iqtisodiy mexanizmini yaratish.(normadan kam foydalanilganda va kam ifloslantirganda rag’batlantirish, aksi bo’lganda jarima solish, suvning tannarxini belgilash va baholash va hokazo).

3).  Suvdan foydalanganlik uchun haq to’lashni tashkil etish (suv o’lchagichlar o’rnatish, foydalanish normalarini belgilash).

4). Suv resurslarini nazorat qilish va foydalanishni rejalashtirish.

5). Suv resurslaridan foydalanishning jahon tajriba va texnologiyalarini o’rganish va o’zimizda qo’llash.

O’rta Osiyo suv resurslari agarda uni tejab ishlatilsa,  70-80 million kishiga etishi mumkin, BMT ning ma’lumotlariga ko’ra 2030 yillarga borib O’rta Osiyoda shuncha aholi yashaydi. O’rta osiyo aholisi 50 million kishiga etmasdan Orol dengizining qurishi, suv tanqisligining sezilishi, bu eng avvalo suv resurslaridan tejamsiz foydalanish isrofgarchilikning nihoyatda yuqori ekanligini bildiradi. Suvdan noto’g’ri foydalanish: quyidagi muammolarni keltirib chiqarmoqda:  1). Suv resurslarining tanqisligi; 2).Orol dengizi va ko’pgina tabiiy ko’llarning qurishi; 3). Mavjud sug’orilayotgan yerlarning sho’rlanishi va hosildorliknig keskin pasayishi. 4). Bio xilma-xillikning kamayishi. 5). Mavjud suv resurslar   suv manbalarini hamda uning atrofida ekologiyaning izdan chiqishi va ifloslanishi;  6).  Suv resurslarida tuz miqdorining ortishi. 7)Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlay olmasligimiz. 

 


  1.  Atmosfera havosini muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanish.

Atmosfera yer sharining katta qalinlikdagi havo qobig’idir. Atmosfira havosi yerdan   300 km gacha tarqalgan 1000 km balandlikda xam xavo zarralarini uchratish mumkin.  Atmosfera havosining 80 % i yerdan 20 kmgacha  balandlikda joylashgan bo’lib troposfera deb ataladi. Atmosferaning 20 km dan 55 km gacha  stratosfera bo’lib unda 20 %gacha havo mavjuddir. Undan yuqori qismi ionosfera deyiladi .

         Atmosferaning tarkibi: gazli kimyoviy tarkib, namliligi, muallaq suzib yurishi, harorati, suv bug’larining mavjudligi   bilan xarakterlanadi. Atmosferaning tarkibidagi havoning 78,08 % azot 20,95 % kislorod 0.03 % is gazi  - 0,03, argon – 0,93 va  neon, geliy, kripton, vodorod, ozon, metan, uglerod oksidi, azot oksidi kabi ko’plab gazlar uchraydi, ularning miqdori 0,02 % dan ortmaydi. Atmosferaning umumiy massasi 10*15  tonna gaz.

Atmosfera biosferaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi va ma’lum xususiyatlarga ega. Atmosfera yer shari bo’yicha tekis taqsimlangan. YOrug’likni, namlikni, issiqlikni, elektromagnit to’lqinlarini taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan asosiy omil hisoblanadi. U kosmosdan keladigan zararli nurlar, meteroitlarni zararsizlantirib o’tkazadi. Atmosferaning bu xususiyatlari yerda hayotning barqarorligini ta’minlaydi. Sayyoramizning issiqlik balansi ham atmosferaga bog’liq. Atmosfera doimo biosfera, gidrosfera va litosfera bilan o’zaro aloqadadir. U tirik organizmlar uchun kerak bo’lgan kislorod, is gazi, azotning manbai hamdir. Ular biologik modda aylanishida faol  ishtirok etadi. Atmosfera tufayli suv tabiatda aylanib yuradi. Bundan tashqari moddalarning geologik aylanishi, tog’ jinslarining emirilishi, harakati va boshqa jarayonlarda ham faol ishtirok etadi. 

Atmosfera bilan mintaqaviy tabiiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy tizimlar o’rtasida qarama-qarshi yo’nalishdagi aloqalar mavjud. Atmosferaning holati bu tizimlarning holati va ishlashiga bog’liqdir ( litosfera yuzasi holati, sanoat-qishloq xo’jaligi va kommunal xo’jalik chiqindilari). Bunday ta’sir yerning issiqlik balansiga, jonli tabiatga, namlik aylanishi, biologik modda aylanishi kabi boshqa jarayonlarga katta ta’sir ko’rsatadi.  CHiqindilar hajmi va ularning zarari qancha ko’p bo’lsa, havo harakati qanchalik sekin bo’lsa, yog’in miqdori qancha kam bo’lsa, atmosferada zararli moddalar shunchalik ko’p to’planadi. SHunga mos ravishda tabiiy, ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlarga ta’siri ham ko’p bo’ladi. Chiqindili atmosferaning turib qolishi “smog” hodisasining sodir bo’lishiga olib keladi.

Atmosfera havosining ifloslanishini baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: hamma ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga chiqariladigan moddalar hajmi, chiqarilayotgan moddalarning ushlab qolinganlarining salmog’i, ushlab qolingan moddalarning zararsizlantirish salmog’i, atmosferadagi zararli moddalarning ruxsat etilgan me’yoriga nisbati, zararli moddalarning tarkibi. Bu ko’rsatkichlarning hammasini umumiy hisoblash, ingredientlar bo’yicha hisoblashni shaharlar, qishloqlar, ma’muriy tumanlar bo’yicha  amalga oshirish lozim.

O’zbekistonda atmosfera havosini holati va muhofaza qilishning istiqbolli yo’nalishlari. Sanoat sohasida asosiy e’tibor eng yirik ifloslantiruvchi korxonalar tomonidan atmosferaga chiqindilar chiqarib tashlashni qisqartirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Masalan, bunday korxonalar qatoriga Olmaliq kon metallurgiya kombinati, Angren va Navoiy shaharlarining issiqlik elektr stantsiyalari, Ohangarondagi tsement zavodi, Navoiy va Quvasoydagi qurilish materiallari zavodlari va ayrim boshqa korxonalar kiradi. Bu manbalarning har biri yiliga 10 ming tonnadan ortiq chang va 30 ming tonnadan ortiq oltingugurt, azot va boshqa zararli moddalar birikmalarini chiqarib tashlamoqda.O’zbekistonda atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarning 13%i Olmaliq kon metallurgiya kombinati hissasiga to’g’ri keladi. Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaydigan, chang va gazdan tozalash uskunasi bilan jihozlashni talab qiladigan doimiy manbalarning eng ko’pi quyi CHirchiqda to’plangan (339), undan keyin Olmaliq (96), Angren (59), Bekobod (39) shaharlari turadi. 10 dan ortiq shaharlarda atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

           

          4. O’zbekistonning yer resurslari va ulardan samarali foydalanish.

O’zbekistonning umumiy  yer resurslari 44,89 mln ga., shundan 27,9 mln. ga. (63,3%) qishloq xo’jaligiga qarashli yerlar hisoblanadi. Mamlakat umumiy yer maydoning 5,6 mln ga. yer dehqonchilikda foydalaniladigan yerlardir. Shundan 4,447 ming ga. (15,9 %) haydaladigan yerlar hisoblanadi, 1,2 mln ga yer lalmikor yerlardir. Sug’oriladigan yerlar 4,2 mln ga (mamlakat hududining 9,4 %)

       Mamlakat hududining (22,8 mln ga yerlar) 50,9 % cho’l zonasiga to’g’ri kelada. 21 % yerlar tog’ va tog’ oldi yerlari hisoblanadi. O’rmon fondi 10 mln ga. dan oshadi. SHundan 3 mln. ga. o’rmonlar tog’ o’rmonlari, qolganlari esa cho’l o’rmonlaridir, so’gorilayotgan yerlar qishloq ho’jaligi mahsulotining 90 % ini beradi. O’zbekiston iqtisodiyoti uzoq yillar davomida asosan qishloq  xo’jaligiga, paxta xom ashyosiga ixtisoslashtirilishi natijasida obikor yerlarning meliorativ ahvoli  yomon ahvolga tushib qoldi.  Bundan tashqari O’zbekiston yerlarining ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt kabi  cho’l yerlar tashkil etadi.

Yerning cheklanganligi va sifat tarkibining pastligi, tuproq yeroziyasi, sho’rlanishini ifloslanishi, yeroziya, yaylov depressiyasi bilan bog’liq  bo’lgan ekologik xavf-xatar to’xtovsiz ortib bormoqda. Respublika sug’oriladigan yerlarning 2 mln gektari (50 % ga yaqin)  buzilish xavfi ostida qolgan. Ular asosan sho’rlangan yerlardir. Bu yerlarning 0,8 mln. gektari o’rtacha va kuchli darajada sho’rlangan. Qoraqalpog’iston, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari yerlarining 90-95 %, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarining 60-70 %  yerlari sho’rlangan. Respublika tuprog’ining asosiy sifat ko’rsatkichi hisoblangan unumdorlik (gumus) 30-35% ga pasayib ketgan. SHamol yeroziyasiga (deflyatsiya) uchragan yerlar  maydoni 2,1 mln gektarga, suv yeroziyasi ta’siridagi maydonlar esa 0,7 mln ga teng. Mamlakatdagi 22 mln ga. yaylovning 6 mln gektari – shamol, 3 mln gektari esa suv yeroziyasi ta’siridadir. DDT pestitsididan  foydalanish 1983 yil ta’qiqlanganiga  qaramay, uning tuproqdagi miqdori hamon normadan 2-4 barobar ortiqdir.

Tuproqning har xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi real tahdid tug’dirmoqda. Tuproqqa ortiqcha ishlov berish uning nurlanishiga va pestitsidlar, og’ir metallar changi Bilan ifloslanishiga, tarkibidagi chirindining kamayishiga, yeroziyaning avj olishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib keldi.

O’zbekistonda yerning ishdan chiqishiga asosan sug’orish va zovur tizimining eskirishi, sug’orish texnikasining qoloqligi va suvdan foydalanishda isrofgarchilikka yo’l qo’yilishi sabab bo’ldi, bu esa yerning meliorativ holati  yomonlashuviga va tuproq tarkibida tuzining ko’payib ketishiga olib keldi. yerning yaroqsiz  holga tushishi muammosini tubdan hal etish uchun sug’orish tizimini butunlay  qayta ta’mirlash, tabiat bergan tekin ne’mat suvga bo’lgan munosabatni o’zgartirish, shuningdek yeroziyaga qarshi agrotexnik, xo’jalik, o’rmon meliorativ, gidro texnika tadbirlarini amalga oshirish zarur.

 Yerdan foydalanish sohasida vujudga kelgan amaliyotning kamchiliklari  keltirib chiqargan ekologik muammolar tuguni faqat mamlakat qishloq xo’jaligini izchil suratida isloh qilgan taqdirdagina echilishi mumkin.

Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, qishloq xo’jaligining o’zini ham, dehqon va qishloq aholisining yashash muhitini ham sog’lomlashtirish uchun ekinlarni almashlab ekiladigan turlarini ko’paytirishga o’tish (bedazorlar va boshqa o’tzorlarni kengaytirgan holda) muhim ahamiyatga ega. Mamlakat iqtisodiyotining mustahkamlashishi va uning eksport imkoniyatlarinioshib borishi buning uchun yaxshi sharoitlar yaratadi.

Bunda quyidagilar asosiy o’rinni egallashi kerak; qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanishni yaxshilash, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi tarkibini qayta ko’rib chiqish, yaylov yerlaridan foydalanishni yaxshilash, samaradorligini oshirish yerni sho’rlanishini bartaraf etish va boshqalar.

1.Yerdan foydalanishn, uni asrash, muhofazalash sohasidagi ekologik xavfsizlikni kuchaytirish va o’tmish davr asoratlarini bartaraf etishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat; 1) Zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.  2) Zaharli kimyoviy  moddalarni qo’llash ustidan qattiq nazorat o’rnatish. 3) Ekin zararkunandalariga qarshi kurashishda biologik usullardan keng foydalanish. 4) Sug’orish suvidan me’yoridan ortiqcha foydalanish oqibatida ikkilamchi sho’rlanishining avj olishiga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish. 5) Tuproqlar yerroziyasiga qarshi kurashish. 6) yerdan foydalanishni oqilona tejab tergab foydalanishning intensiv yo’liga o’tish. 7) yerdan foydalanishda iqtisodiy rag’batlantirish, ifloslantirganlik uchun solinadigan maxsus soliqlardan keng foydalanish.

 


  1. O’zbekiston hududidining  biologik resurslari va ulardan unimli foydalanish muammolari.

O’zbekiston hududida cho’l, adir, tog’ oldi, tog’, baland tog’, balandlik zonalarida o’simlik qoplami tarqalgan. Respublika  hududida 4000 dan ortiq o’simlik turi bo’lib, shulardan 10-12 foizi muhofazaga muhtoj. O’zbekiston “Qizil kitobi” ga yo’qolib ketish xavfi bo’lgan o’simliklarning 42 oila, 3 avlodga kiruvchi 301 turi kiritilgan.

Bularning ko’pi qimmatbaho dorivor o’simliklardir. O’simlik dunyosiga antropogen ta’sirining oqibatlari tutzorlar, tog’ o’rmonlari maydonining kamayishi, cho’lda saksavul , tog’larda archa kabi qimatbaxo daraxt va buta o’simliklarning ko’plab kesilib ketganligi , yaylovlardan noto’g’ri foydalanish oqibatida o’simlik qoplamlari tabiiy xolatning salbiy o’zgarishlarga uchraganli va boshqalarda yaqqol ko’rinadi.

O’zbekiston faunasi o’simliklar kabi, so’ngi o’n yilarda muhofazaga muhtoj bo’lib qoldi. Fauna tarkibi 99 yovvoyi  hayvonlar, 410 turdagi qushlar 79 turdagi  baliqlardan iborat. Har yili 60 mingdan ortiq suvda suzuvchi  qushlar, 2 ming qirg’ovul, 13 ming kaklik, 500 bosh yovvoyi to’ng’iz, 10 mingtagacha sayg’oqlar, 50 mingdan 100 minggacha toshbaqa, 50 mingdan 100 minggacha qurbaqalar ovlanadi. Respublika suv havzalarida  50 ming tonnadan ortiq baliq ovlanadi.

O’zbekiston  “Qizil kitobi “ga umurtqali hayvonlarning nodir va yo’qolib borayotgan  jami 63 tur va kenja sut emizuvchi hayvon turlari kiritilgan bulib , ular orasida 22 tur sut emizuvchi xayvon va 5 tur baliq bor.

Respublika  ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish asosida jonli tabiatni butun tabiiy genafondini asrash, muhofazalash, madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini ko’paytirish hisobiga ularni boshlang’ich baza sifatida saqlab qolish muhim ilmiy –amaliy vazifadir.

Biologik resurslar jonli tabiat resurslari bo’lib, ularning o’ziga  xos ko’rsatkichlari, foydalanish samaradorligini aniqlash usullari bor. biologik resurslar ba’zasida biomajmualar barpo etiladi. Respublika bioresurslaridan unimli foydalanish g’oyat muhim muammodir. Biomassaning kamligi, bardoshlilik darajasining pastligi, suv resurslarini taqchilligi biologik resurslardan foydalanish samaradorligini pasaytiradi. Dorivor o’simliklarni xududimizda 620 turi bo’la turib, ulardan foydalanishni iqtisodiy mexanizmlarini shakllanmagani sababli bor yo’g’i 120 turidan foydalaniladi, ulardan ham samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Xitoyda esa 3000 tur dorivor o’simliklardan foydalanishni iqtisodiy mexanizmi ishlayotganini hisobga olsak bu masalada qilinayotgan ishlar qanchalik ko’pligini bilish mumkin.

 


  1. Mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning istiqbolli yo’nalishlari.

O’zbekiston hududlari turli foydali qazilma xom ashyolariga boy. Ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Oltin, mis,  qo’rg’oshin, rux, radioaktiv elementlar, tabiiy gaz, neft va boshqa foydali qazilmalar miqdori bo’yicha ko’pgina davlatlar orasida etakchi o’rinda turadi. Respublikada tuzlar, alyuminiy xom ashyosi, qoplama bezak va qimmatbaho toshlar, ba’zi kamyob elementlarning katta resurslari aniqlangan.O’zbekiston qurilish materiallari va yoqilg’i energetika resurslariga ham boy. Hozirgi qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari va istiqbolli joylar aniqlangan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, tasdiqlangan resurslari 970 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi. Respublikaning umumiy xom ashyo imkoniyati 3,3 trillion AQSH dollariga teng. Har yili respublika konlarida o’rtacha 5,5 mlrd dollarga teng  miqdorida foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6-7 mlrd dollarlik yangi resurslar qo’shilmoqda.

O’zbekiston hududlarida neft va gaz kondensati tabiiy gazning 155 ta istiqbolli konlarida qimmatbaho metallar bo’yicha  40 tadan ortiq nodir va radiaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik  kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta  konlari qidirib topilgan. O’zbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolin resurslari bo’yicha dunyoda etakchi o’rinni egallaydi. Masalan, oltin resurslari bo’yicha respublika dunyoda 4-o’rinda turadi, uni qazib olish bo’yicha 7-o’rinda, mis resurslari bo’yicha 10-16 o’rinda, uran resursi bo’yicha 7-8 o’rinda turadi.

Ko’pchilik mineral xom ashyo resurslari mavjud tog’-kon sanoati majmualarining uzoq muddat jarayonida ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Ular yirik konlarda to’plangan bo’lib, ularni qazib olingan joyning o’zidayoq majmua qayta ishlash imkoniyati bor. Hozir 650 dan ortiq tog’-kon korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.

Shu bilan bir qatorda respublikada tog’-kon sanoati resurslarini qazib olishda muntazam yo’l qo’yib kelingan xatolar quyidagi salbiy  oqibatlarga olib keldi:



  • Tog’ kon sanoati rayonlardagi tabiiy landshaftlarning buzilishi, izdan chiqishi;

  • atrof-muhit ekologik holatining yomonlashuvi;

  • qazilma boyliklardan samarasiz foydalanish;

  • ko’plab chiqitlarning paydo bo’lishi va atrof muhitning ifloslanishi;

  • chiqitlardan foydalanishning etarli darajada yo’lga  qo’yilmaganligi.

Har yili respublikada 100 mln tonnadan ortiq har xil chiqitlar paydo bo’layotir, ularning yarmi zaharlidir. Ularning umumiy hajmi 2 mlrd tonnadan ortiqroqdir. Har yili tog’ kon sanoati faoliyati oqibatida 50-60 mln tonna turli jinslar to’planib, ular 10 mln gektar yerni egallayotir.

Buzilgan landshaftlarni tiklash, ya’ni landshaftlar rekultivatsiyasi yuzasidan chora tadbirlarning keng tizimini amalga oshirishni taqozo etadi. Konlardan majmua foydalanish resurslarini tejash, ishlab chiqarishning chiqitsiz va kam chiqitli  texnologiyasini keng joriy etish, iqtisodiy rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish va uni keng qo’llash mineral xom ashyo resurslaridan samarali foydalanishning istiqbolli yo’nalishlari hisoblanadi.

O’zbekistonda har yili 100 mln tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil bo’lib uning atiga 0,2 % zi qayta ishlanadi. Bu chiqindilarni asosiy qismi tog’ – kon  saoatida hosil bo’ladi. Shundan;  25 mln  m³ foydali qazilmalarni qazish paytida, 42 mln  m³ rudani boyitishidan hosil bo’lgan chiqindilar 1,25 mlyard  m³  qazib chiqarib tashlangan tog’ jinslari,1,3 mlrd  m³  boyitilgan rudalar to’planib qolgan.

Respublikamizda  maishiy chiqindixonalarni soni 159 tani tashkil etib, ularda taxminan 30 mln  m³ shahar va qishloqlarda hosil bo’lgan chiqindilar saqlanadi.

 

 

Mamlakatimizdagi maishiy chiqindilarni har 1 mln  m³ da mavjud bo’lgan ikkilamchi resurslar. ( ming tonna)



oziq ovqat chiqindilari

qog’oz va karton

to’qimachilik chiqindilari

plastmassa

ishlatish mumkin bo’lgan boshqa chiqindilar

360

160

55

45

100 gacha

 

  1. O’zbekistonning rekreatsiya tabiiy resurslari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish.

Rekreatsiya xo’jalik tarmog’i va odamlar faoliyati turi sifatida yaqqol ifodalangan resusr yo’nalishiga ega bo’lgan tarmoqlar qatoriga kiradi va bunda u tog’ kon, o’rmon sanoati, baliq ovlash, qishloq xo’jaligiga o’xshab ketadi.

Ular kurort, sog’lomlashtirish, sport, ekologik rekreatsiyalar turlariga bo’linadi. Turizmning asosiy resursi –dunyo xilma-xilligidir. Odamlar yashaydigan ajoyib, buyuk, hayratlanarli joylar va ularning xilma-xilligi turistlarda yirik shaharlarni, turli mamlakatlarni, tabiat go’shalarini, tog’ va tekislik landshaftlarini, tarixiy yodgorliklarni, odam ta’sir ko’rsatmagan qo’riqxonalarni ko’rish ishtiyoqini uyg’otadi. SHovqin, odamlarning to’planishi, ko’p qavatli uylar va binolarda charchab toliqqan, yirik shaharlarda yashovchilar uchun dengiz bo’ylarida, tabiat qo’ynida hordiq chiqarish katta ta’surot qoldiradi, ulrning quvvatlarini tiklaydi.

O’zbekiston tabiiy hamda antropogen rekreatsiya resurslariga boydir. Mamlakat hududida dunyoga dong’i ketgan tarixiy shaharlar va yodgorliklar mavjuddir. O’zbekistonda xilma-xil rekreatsiya turlarini rivojlantirishga mustahkam asos bo’ladigan rekreatsiya krmponentlari mavjuddir. Masalan, 200 dan ortiq shifobaxsh issiq suvlar, shifobaxsh mineral suvlar, shifobaxsh balchiqlar, shifobaxsh tuzlar hamda iqlim resurslari shular jumlasidandir.

O’zbekiston tabiatining rekreatsiya qiymati uning hudud landshaftalrining xilmag’xilligi bilan belgilanadi. O’zbekistonning quyidagi tabiiy rekreatsiya rayonlarini ajratish mumkin: Farg’ona, CHirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Mirzacho’l, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqalar.

O’zbekistonda turli darajada muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 20,6 ming km2

1-jadval


O’zbekiston respublikasining muhofaza

qilinadigan tabiiy hududlari.

 


 

Rasmiy nomi, tashkil etilgan yili

Joylashgan manzili

maydoni

km2



1.

Chotqol tog’-o’rmon biosfera qo’riqxonasi (1947 y.)

Toshkent vil. Ohangaron va Toshkent tumanlari.

4516

2.

Hisor  tog’ archa (1983 y.)

Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ va SHahrisabz tumanlari.

8143

3.

Zomin tog’ archa (1926, 1960 y.)

Jizzax viloyati Zomin va Baxmal tumanlari.

268,4

4

Badayto’qay tekislik. To’qay (1971)

Qoraqalpog’iston respublikasi, Beruniy tumani.

64,6

5

Qizilqum to’qay, qum (1971)

Buxoro, Romitan tumani, Xorazm Do’stlik tumani.

101,4

6.

Zarafshon vodiy, to’qay (1979)

Samarqand viloyati Bulung’ur va Jomboy tumani.

 

7.

Nurota biosfera qo’riqxonasi

(1979)


Jizzax viloyati Forish tumani.

177, 5

8.

Kitob geologiya qo’riqxonasi (1987)

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani.

53,7

9.

Surxon tog’-o’rmon (1987)

Surxondaryo viloyati Termiz va Sherobod tumani.

276,7

 

Jami

 

2274

 

2-jadval


Davlat milliy parklari

         



 

Rasmiy nomi, tashkil etilgan yili

Joylashgan manzili

maydoni

Km2


1.

Zomin xalq parki (1976)

Jizzax, Zomin tum.

241,1

2.

Ugom-CHotqol tabiiy milliy parki (1990)

Toshkent viloyati. Bo’stonliq, Parkent, Ohangaron tumani.

5745,9

 

Jami

 

5987,0

 

3-jadval


Noyob yovvoyi etishtirish markazi.

 


 

Rasmiy nomi, tashkil etilgan yili

Joylashgan manzili

maydoni

km2



1.

Jayron ekomarkazi

Buxoro viloyati.

51,4

 

 

4-jadval



Davlat zakazniklari.

  

Ra    Rasmiy nomi, tashkil etilgan yili

Joylashgan manzili

maydoni

km2


1.

Arnasoy (1983)

Jizzax viloyati.

663,0

2.

Qorako’l (1980)

Buxoro viloyati.

100,0

3.

Sayg’oq (1991)

Qoraqalpog’iston resp.

10000,0

4.

Sudochi (1991)

Qoraqalpog’iston resp.

5000,0

5.

Sarmish (1991)

Navoiy viloyati

25,2

6.

Qoraqir

Buxoro vilryati.

300,0

7.

Qarnob cho’l

Samarqand viloyati.

400,0

8.

Qo’shrabot

Samarqand viloyati

165,0

9.

Dengiz ko’l

Buxoro viloyati.

86,0

 

Jami

 

 

 

5-jadval


Davlat tabiat yodgorliklari.

 


 

Rasmiy nomi, tashkil etilgan yili

Joylashgan manzili

maydoni

km 2


1.

Vardanze (1975-1983)

Buxoro viloyati.

3,0

2.

Yozyovon (1991)

Farg’ona va Namangan viloyati

31,8

 

Jami

 

34,8

 

Hozirgi paytda  muhofaza qilinadigan hududlar tizimi tarkibiga umumiy maydoni 2164 km2 9 ta davlat qo’riqxonasi, maydoni 6061 km2 bo’lgan 2 ta milliy park, maydoni 12186,5 km2 bo’lgan 9 ta davlat zakazniklari, 1 ta respublika noyob hayvonlari ko’paytirish markazi kiradi. Lekin mo’hofaza qilinadigan xududlarining faqatgina 1,8 % zi uzoq muddatli xisoblanadi. Bu albatta etarli emas.

Qo’riqxonalar mamlakatning muhofaza qilinadigan hududlari tizimini 10 % izini tashkil qiladi.

Milliy parklar yaqin yillarda tashkil qilingan, 1976 yilda Ugom CHotqol milliy parkini tashkil qilish bilan.  Miliy parklarlar muhofaza qilinayotgan jami xududning 30% zini tashkil qilinadi.

Davlat zakazniklari muhofaza xududlarini 39% izini tashkil qiladi. 

Muhofaza qilinadigan hududlar tizimi O’zbekiston viloyatlari va tabiiy ekologik zonalar bo’yicha nihoyatda notekis joylashgan. Ularning asosiy qismi Toshkent viloyatiga to’g’ri keladi.



SHuni alohida ta’kidlash zarurki, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar mintaqalarning umumiy rivojlanish strategiyasining elementiga aylanmagan. Ularning umumiy maydoni normativlardan 3-6 marta kamdir. Ma’lumki, biosferaning o’z-o’zini tiklash va takror ishlab chiqarish xossalarini saqlab qolish uchun mamlakatlar hududining 10% dan 25 % gacha muhofaza qilinadigan hududlarga aylantirish kerak.


Download 39.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling