O'zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari mundarija


O’zbek xalqining urf-odatlari


Download 309 Kb.
bet10/38
Sana11.11.2021
Hajmi309 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
O’zbek xalqining urf-odatlari

To’y marosimlari. O’bek xalqi hayotida to’y marosimlari uzoq tarixiy davr mobaynida shakllangan. Shunday tantanalardan biri nikoh to’yidir. Bunda ikki yoshning yangi hayotga qadam qo’yayotganl;igi ei-ulus, qo’ni-qo’shni va jamoaga ma’lum qilinib, ularning turmush qurganligi e’tirof etiladi. Nikoh to’yigacha quda-andalar turli marosimlarni bajaradilar. Bu bir-birini yanada yaqindan bilish, o’zaro ishonchni mustahkamlash, to’yni yaqinlashtirish yo’lidagi harakatlardan iborat. Bular uy ko’rish (qiz ko’rish), sovchilik, sep taxlash, to’qqiz tovoq, qizlar majlisi, kelin tushirish, bet ochish, kelin salom, charlar kabi marosimlardir.

O’g’il balog’atga etgach, unga munosib qalliq axtarilgan. Unda “Onasini ko’r qizini ol” maqoliga rioya etilgan. Qiz ma’qul deb topilgach, sovchi yuborilgan. Sovchilarning so’ngi borishida fotiha to’y kuni belgilangan. Bo’lajak kelin-kuyovlarga baxt-saodat tilab fotiga to’yga yakun yasalgan. To’ydan avval, qiznikida “qizlar majlisi” o’tkazilgan. Unga qizning yaqin dugonalari qaqtnashib, o’yin-kulgi qilish odat bo’lgan.

Nikoh to’y kuni osh bir kun oldin qiz tomonga oshning xarajatlari yo’naltiriladi. O’sha kuni qizning otasinikida nikoh marosimi o’tkazilib “xutbai nikoh” ya’ni nikoh o’qilgan. Go’shangga (chimildiqqa) avval kuyov, so’ngra kelin olib kirilgach, ayollar “salomnoma qo’shig’i” ni aytishgan. Bu marosimlarni bajarishda har bir viloyatning o’ziga xos udumlari ham mavjud. Chimildiqli uyga kuyovning o’rtoqlari kiradi. Dasturxon yozilib, to’qqiz tovoqqa to’qqiz xil taom qo’yladi. Bo’sh tavoqqa kelinning onasi tomonidan tayyorlangan engil lazzatli taom qo’yilgan. Kuyov jo’ralari tovoqqa sovrin pul tashlab, kuyov uyiga qaytganlar.

Kuyovning uyiga krtish oldidan, qiz ota-onasi bilan xayrlashish marosimi o’tkazilgan. Kelin yangalari, dugonalari davrasida otasining oldiga kelib, uning tizzasiga boshini qo’yib: “Otajon bergan noni tuzingizga rozi bo’ling” – deydi. Otasi rozilik bildirib, unga baxt-saodat, uvali-juvali bo’lishni tlaydi. Songra qiz onasi oldiga borib: “onajon bergan oq sutingizga raxmat”, - deb onasidan rozi-rizolik olib, aravaga chiqqan. Agarda uni kuzatib kelayotgan qiz-juvonlar o’lan va yor-yor aytib, kuyov uyiga qarab ravona bo’lgan. Kuyov eshigi oldida gulxan yoqqanlar. Bu marosimni ham har bir viloyatlarda o’ziga xos tarzda o’tgan. Kelin uyga kirishdan oldin xona eshigi oldida to’xtab, egilib, qulliq qilib tavob etish urfini bajo keltirgan.

Kelin salom marosimi ham jozibali o’tgan. Bu udumga ko’ra kelin-kuyovning ota-onasi va qarindoshlariga alohida-alohida salom beradi. Bu marosimni hazilkash va so’zamol ayollardan biri boshchiligida o’tkaziladi. Shu kuni yoki ertasi kuni “bet ochish” va “ko’rmana” marosimi o’tkazilgan.

O’zbek xalqi to’ylarida beshik to’yi va sunnat to’ylarining tarbiyaviy ahamiyati ham katta bo’lgan. Beshik to’yi nikoh to’yining mahsuli sifatida oilada dunyoga kelgan ilk farzand ko’rilganligi sifatida berilgan. Beshik chaqoloqning ona tomoni qarindoshlari- bobosi, buvisi, tog’a va xolalari tomonidan qilingan. Beshik udumi bilan bog’lik chaqoloqqa zarur barch buyumlar tayyorlangan. Oilada moddiy imkoniyat darajasi va chaqoloqning o’g’il yoki qiz ekanligiga qarab sovg’a tayyorlangan. Sovg’alar karnay-surnay navolari jo’rligida olib borilgan. Mehmonlar kutib olinganda bolaga baxt tilash ramzi sifatida ularning yuzlariga un sepib qabul qilganlar. Dasturxonlar bezatilib, so’ngida chaqoloqni beshikka belash marosimi o’tkazilgan. Marosim ohirida qarindoshlari yuz ko’rarga kelib sovg’alar berib beshik ustiga shirinliklar solib bolaga, oilaga baxt tilaganlar.

O’zbek xalqining qadimgi to’ylaridan yana biri xatna bo’lib (o’g’il to’yi ), undan maqsad islomning sunnatini bajarishidir. To’y o’g’il bolalar 3-7 yoshga etganlarida o’tkazilgan. To’yga qarindoshlar, qo’ni – qo’shnilar bilan biro y atrofida tayyorgarlik ko’rilgan. Ko’rpa, to’shak, to’y sarpolarini tayyorlash mahalla yoki qishloqning keksa va o’rta yoshdagi ayollariga topshirilgan. Bu marosimdan keyin to’y oldidan xatmi qur’on marosimi qilingan. Bunga qishloq yoki mahalla keksalari, masjid imomi, yoki qari va qarindoshlar taklif qilinib, dasturxondan keyin fotiha tortilgan. To’y arafasida toy bolaga qavm – qarindoshlar sarpo kiygizganlar, sunnat to’y elga osh tortish va bolaga ezgu tilaklar tilash bilan yakunlangan.


Download 309 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling