O'zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari mundarija


Download 309 Kb.
bet13/38
Sana11.11.2021
Hajmi309 Kb.
#443684
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
O'ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
O`FF 402 Raxmatova Shoira 2-mavzu, 1-2 amaliy, 24-Mavzu Vakuumli va elektromagnit o’chirgichlar, 23-Mavzu Havo o’chirgichlari, 2 5335052287389730271, 2 5335052287389730271, masala yechishning algebraik usuli, Clauses, Clauses, Сирож, Сирож, Ax Jovliyev mustaqil ish, 9-sinf-informatika-testlar-1, 4--mavzu maruza, ТОПШИРИҚ №1..
Kattalarni hurmat qilish o’zbek xonadonida umuminsoniy qadriyatlar bo’lib, bolaga juda yoshligidan boshlab o’rgatilgan. Yoshi katta kishining ishiga yordamlashish odat va odob hisoblangan. Odob qoidalariga rioya qilish oiladan boshlangan. Yoz paytlarida ayniqsa barvaqt turilgan. Bolalar yuz qo’llarini yuvib kattalarga salom bergan. Kattalar ayniqsa, mehmonlar qo’liga suv quyib sochiq tutish bolalikdan o’rgatilgan.

Dasturxon oilaning ko’rki, to’kinlik ramzi hisoblangan. Dasturxonga hurmat bajo keltirish odatga aylangan.

Asosiy xo’jalik mashg’ulotlari dehqoncjhilik bo’lgan o’zbek xalqida non azaldan ezozlanib kelingan. Nonga hurmat bilan munosabatda bo’lish bolalarga juda yoshlikdan o’rgatilgan. O’z navbatida, non bilan bog’liq bir qancha urf-odatlar shakillangan. Jumladan non hech aqchon oyoq ostiga tashlanmagan. Non ushog’ini bosish og’ir gunoh hisoblangan. Non o’ziga xos rizq – nasiba ramzi bo’lganligi uchun ham uzoq safarga yoki harbiy xizmatga ketayotganlarni non tishlatib kuzatish udum bo’lgan.

Nonni yomon ko’zdan yovuz kuchlardan asrovchi vosita sifatida yangi tug’ilgan chaqaloqning yoki hanta qilingan bolaning yostig’i ostiga boshqa qator magik xususiyatga ega bo’lgan birga non qo’yigan.

Suvni qadirjash odati ham O’zbek xalqining turmushida chuqur ildiz otgan. Kattalar farzandlariga suvni bulg’amaslik uqtirib borganlar.

O’zbek xalqi hayotidagi marosimlar asosan, 2 katta turmushga – mavsumiy va oilaviy turmush marosimlariga bo’linadi. Chunonchi mavsumiy marosimlar (gap – gashtaklar, birinci qor yoqqanda “qor xat” yozish), baxorgi marosimlar (shox moylar, qo’sh chiqarish, loy tutish, Navro’z bayrami, sumalak sayili, gul sayillari, lola sayili, sunbula sayili, “sust xotin”), yoki yozgi marosimlar (“choy momo”, suv sayili, tut sayili, qush sayili) va kuzgi marosimlar (“oblo baraka” mehrjon, xosil bayrami, qovun sayili, uzum sayili, anor va anjir sayili) kiradi.

Ikkinchi turkumiga kiruvchi oilaviy – turmush marosimlari ham bir necha guruhga bo’linadi. Bularga bola tug’ilishi va tarbiyasi bilan bog’liq marosimlar, nikoh hamda matom marosimlari kiradi. Shunigdek, o’zbeklarning an’anaviv turmush tarzida islom dini bilan bog’liq ro’za hayiti (iyd al-ftir), qurbon hayiti (iyt al-atho) bayramlari mavlud, ashuro, layald ul qadr kechasini kutish bilan bog’liq tarzda o’tkaziladigan marosimlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O’bekiston mustaqillikka erishgach, bu bayramlarning ko’pchiligidan voz kechildi, lekin joriy taqvim bilan bog’liq umumbashariy bayramlardan 1 yanvar-yangi yil, 8 mart –xotin-qizlar kuni, 9 may – xotira va qadrlash kuni tarzida saqlab qolingan. Ayni vaqtda mustaqil O’zbekiston Respublikasida yangi xalq bayramlari ta’sis etildi: 1 sentyabr – mustaqillik kuni, 1 oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni, 8 dekabr – Respublika Kontitutsiyasi qabul qilingan kun, shuningdek Ro’za va Qurbon hayitlari kuni, Navro’z bayrami.

O’zbeklar bahor faslida yana bir qancha boshqa sayillar (boychehcak, gunafsha, gulbargi, qizilgul, lola va sunbula sayillari) ham o’tkazganlar.


Download 309 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling