O'zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari mundarija


Download 309 Kb.
bet15/38
Sana11.11.2021
Hajmi309 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Ha’yit bayrami marosimlariga jiddiy tayyorgarlik ko’rilgan. Arafa kunlari qabristonlarga borib yaqinlar mozorlarini ziyorat qilish odatga aylangan. Hovli va ko’chalar tozalanadi. Ha’it kuni tong yorishi bilan kattayu – kichik toza kiyimlarini kiyib masjid va namozgohlarga borib hayit namozini jamoa bo’lib o’qiydilar. So’ngra yaqin ta’ziyali xonodonlarga borib fotiga o’qib qaytadilar. Hayitning birinchi kuni shahar va qishloqlarda sayil bo’lgan. Hayit kunlari (odatda 3 kun) oilada katta-kichik bir-birlarini tabriklaydilar, qavm-qarindosh, qo’ni-qo’shnilarini ham tabriklaydilar, bemor va nogironlarni borib ko’radilar, to’kin dasturxon yozib, taom pishirib mehmon kutadilar.

Toshkrnt shahri va Toshkent viloyatining ayrim yerlarida “kelin ko’rish” yoki “kelin salom” deb nomlangan marosimo’tkaziladi. Nikoh to’yidan keyin yosh kelinlar hayit kunlaridasturxon bezatib, mehmon kutishadi. Marosimni o’tkazishdan bir kun avval kelinning ota-onasi qizi kelin bo’lib tushgan xonadonga yo’qlov yuboradi. Bu bilan ular qudalarni, kuyov va qizlarini muborak ayyom bilan qutlashadi. O’z navbatida, kuyov xonadonidagilar ham o’zlari pishirgan shirinliklardan berib yuborishadi.

Insoniyat hayotining muhim burilish tuqtalari bilan bog’liq tarzida o’tkaziladigan tadbirlar oilaviy marosimlar deb yuritiladi. Oila va oilaviy marosimlar etnosga xos madaniy va maishiy an’analar uzatuvcvhisi hamda davomchisi hisoblanadi.

Aqiqa. O’zbek oilalarida yangi tug’ulgan bolaga ism qo’yish va “qorin sochi” (bolaning tug’ulgandagi sochi) ga qaychi urish bilan bog’liq odat. Islom an’analariga ko’ra, odatda chaqaloq 7 yoki 14 yoxud 21 kunligida o’tkazish tavsiya etilgan. O’zbek xalqining qadimdan saqlanib kelinayotgan yana bir marosim xatna qilish (o’g’il to’yi) dir. Xalq o’rtasida xatna “sunnat to’yi”, chupron “qo’lini xalollash (poklash)” kabi nomlar bilan yuritiladi.

Ajdodlarimizning rasm-rusmlari, dunyoqarashi, ishonch-e’tiqodlari, turmush-tarzi va hayot haqidagi falsafiy qarashlari, asrlar bo’yi jamlangan hayotiy tajribalari va turmush ko’nikmalarini o’zida mujassamlashtirgan eng jozibali marosimlardan biri ikki yoshni birlashtiruvchi–nikoh to’yidir. Bundanmaqsad nikohni jamoatchilikka ma’lum qilish va ota-ona, qarindosh urug’lar jamoa bilan birga nishonlashdir. Nikoh to’yi tizimida bir qancha marosimlar mavjud: sovchilik, unashtirish, uy ko’rar (qiz ko’rar), sep taqlar, to’qqiz berish (to’qqiz tovoq), qiz oshi, baqon tutish, yuz ochdi, kelin salom, chorlar, quad chaqirish kabi marosimlar va ular bilan bog’liq rasm-rusmlardir. Bularning aksariyati hozirgacha saqlanib, amal qilinib kelinadi.

O’zbek xalqi motam marosimi, inson vafoti bilan o’tkaziladigan marosimlardir.o’zbeklar marhum dafn etilgandan keyin, uni xotirlab bir qancha ehson marosimlari o’tkazilgan. Marhumning “uchi”, “ettisi”, “yigirmasi” va qirqi” ni o’tkazish yoki ruh (arvoq) larga atab qirqta chiroq qo’yish kabi e’tiqod va udumlar, aslida hech qanday ilohiy yoki shar’iy tamoni bo’lmagan, ular ibtidoiy davrlardagi e’tiqodiy qarashlar va sehri raqamlar bilan bog’liq qadimgi xalq qarashlari asosida paydo bo’lgan. Marosim va odatlarning ko’pchiligi, xalqimizning asrlar davomida amal qilib kelgan milliy qadriyatlaridir. Sovetlar davrida olib borilgan mustamlakachilik va agiestik siyosat natijasida ko’plab milliy an’anaviy qadriyatlarimiz bilan bog’liq an’analar va urf-odatlar ta’qib ostiga olinishi ma’lum ma’noda ma’naviy qashshoqlashishga sabab bo’ldi.

O’zbekiston milliy mustaqillikka erishgach, xalqning qadimiy va azaliy qadriyatlari asta-sekin tiklandi va ularning ko’plari xalqimiz turmush tarzidan o’zining munosib o’rnini topdi.





    1. Download 309 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling