O'zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari mundarija


O’zbek xalqining uy–joylari va jixozlash an’analari


Download 309 Kb.
bet22/38
Sana11.11.2021
Hajmi309 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
O’zbek xalqining uy–joylari va jixozlash an’analari. O’zbek xalqi uy-joy buyod qilishda tabiiy sharoit va fasllar almashinuvini birinchi navbatda hisobga olgan. Har bir viloyatning xalq an’anaviy usulida asoslangan me’morchilik maktabi bor edi. Jumladan, Toshkent, Buxoro, Farg’ona, Xorazm va Shaxrisabz maktablari mashhur bo’lgan. Tog’li hududlarda qor yomg’irk o’p yog’ishi va zilzila xavfi mavjudligi uchun ko’pincha qo’shustunli uylar qurish, Xivada esa bir qator sinchli imorat qurish rasm bo’lgan. Yog’ingarchilik ko’p bo’ladigan tog’li hududlarda uylar tomi qalin lombos qilingan. Uyning romlari ichki tomondan qo’yilgan. Qo’shni tomon derazasiz devordan iborat bo’lgan. Boy va o’ziga to’q oilalar hovlisi ikki: ichki va tashqi qismdan tashkil topar edi. Hovlining ichki qismi bolalar va ayollar uchun bo’lsa, hashamatli, bejirim xonalardan iborat tashqi qismni mehmonlar, keldi-ketdi uchun mo’ljallangan. Hunarmandlar hovlilari o’z kasbiga moslab qurilgan bo’lib, do’kon va shogirdlar yahsaydigan xonalar ham tashqarida bo’lar edi. Ular oilaning soniga qarab, bir necha xona, ayvon, xo’jalik xonalari, oshxona, mehmonxonalardan iborat bo’lgan. Aholi zichroq bo’lgan shaharlarda ularning mehmonxonalari ko’pincha ikkinchi qavat bolaxonasida joylashgan. Qadimgi uy-joylar asosan poydevorsiz qurilgan. Imorat o’rni tekislangach, somon, qamish yoki chipta yoyib, paxsa devor ko’tarilgan. Ayrim xollarda zaxga qarshi tosh, g’o’la va pishgan g’isht qo’llanilgan. Tomni yopishda dastlab, bolor yog’ochlar qo’yilib, ustidan vassacho’plar terilgan yoki qora tol shox-shabbalar yoyilgan, uning ustidan esa bo’yra to’shalib, so’ngra lo’mbas qilingan. Tom usti somon suvoq bilan suvalgan. Yomg’ir suvlari oqib ketishini ta’minlash uchun yog’och yoki spool tornovchalar o’rnatilgan.

Tashqi ko’rinishi oddiy bo’lishiga qaramay ularning darvozalari va eshiklariga naqsh berish odat tusiga kirgan. Ularga jes yoki temirdan yasalgan xalqasimon baldoq osilgan. Uyga kiradigan joyida to’g’ri burchakli poydak bo’lib, unga oyoq kiyimlari echilib kirilgan. Eshik oldidagi burchakda foydalanilgan suvni oqizadigan joy bo’lib, bunday hovuzchasimon suv to’kkichlar Samarqand va Buxoro tomonlarda marmar toshlardan, Xivada esa sopol bo’laklaridan tayyorlangan. Oqova suv, uy ostidagi maxsus sopol quvurlar yoki karpich (g’isht) ariqchalar orqali tashqariga chiqarilgan.

Iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ayvonlar katta ahamiyatga ega bo’lgan. Unda jazirama issiqda dam olinar, qishda esa qishki xonalar asqotar edi. Xorazmda ayvonlar baland va kengligi bilan ajralib turgan. Shuningdek, Xorazmda yozning o’ta issiq kelishi bois qariyb har bir uy oldida hovuz va uning atrofida g’ujumlar o’stirilgan. G’ujumlar havoni salqinlatuvchi va toza kislorod ishlab chiqarish xususiyatiga egaligi bilan noyob daraxt sirasiga kiradi. Shunga ko’ra Xorazmni g’ujumlar diyori deb bejiz aytilmagan.

Xonliklarning asosiy qismi aholisi qishqi xonalarni sandal yordamida isitsa, Xorazmda mo’rini choqdan foydalanilgan. O’zbek xalqi qadimdan o’z hovlisini toza, saranjon–sarishta saqlashga intilgan. Shuningdek, avlodlarimiz go’zallikka oshufta va moyil bo’lganligi bois, har bir oila o’z hovlisini chiroyli qilib bezash, garchi oddiy bo’lsada ko’rimli qilishga harakat qilgan. Ularning devorlari bo’ylab to’g’ri burchakli yoki gumbaz shaklida bir necha taqmon, ular o’rtasida esa tokchalar qurilgan. Ularga ko’rpa–to’shaklar, uy–ro’zg’or buyumlari joylashtirilgan. Boylarning uylari naqshinkor qilib bezatilar, eriga g’isht terilib yoki pol qilinib, uning ustidan bo’yra chipta, so’ngra kigiz yoki polos to’shalib, uning ustidan Turkman yoki Eron gilamlari yoyilar edi. Chiroyli ko’rpacha, bolishlar sandiq ustiga taxlab qo’yilgan.

Ko’chmanchi O’zbek qabilalari ham o’tov uylardan foydalanganlar. Uyning qulay tomoni shundaki, qishda ichida olov yoqish, yozda esa salqinlatish sharoitini yaratishga moslashgan. Umuman xalqimizda “o’s uying, o’lan to’shagging”, “vatan ostonadan boshlanadi” kabi naqillar beg’izga aytilmagan. Shu bois ota–bobolarmiz ostonani muqaddas bilib, uning birinch xatlab kiradigan eshigini past qilib qurganlar. Unga xurmat yuzasidan egilib kirib, egilib chiqqanlar. Uy ostonasidan g’udayib kirish va mag’rurona chiqishni also ep ko’rmaganlar. Bu umri ohiriga qadar manon bo’lgan joyga katta hurmat, ajdodlarimizning vatanga sadoq ramzi edi.


Download 309 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling