Xalq o’yinlari. O’zbeklar yurti xilma-xil xalq o’yinlariga boy o’lka hisoblanadi (arg’umchoq, bekinmachoq, oqterakmi-ko’kterak, tortishmachoq, chillak, podachi, bo’ri keldi, xo’roz va tovuq, oqsoq bo’ri va qo’ylar, olmon poyga, bo’ron, qirqtosh, cho’nqa chuvoq, otib qochar, soqqa, bir tayoq, elkada kurash, mindi va h.k.). Bu o’yinlar odamlar salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga sport turlari paydo bo’lishiga zamin yaratgan.
Istiqlol davrida milliy qadriyatlarni qaytadan tiklash boshlandi. 1993 yillarda Jizzax viloyatining Forish tumanida xalq o’yinlari sayli o’tkazildi. 1994-1996 yillarda shu maskanda xalq o’yinlari va milliy sport turlari bo’yicha respublika musobaqasi tashkil qilindi. Ularda unitilayotgan ommaviy o’yinlar va milliy sport turlari nomoyish etildi, ayrimlari bo’yicha qiziqarli musobaqalar uyushtirildi. Aynan shu musobaqalardan o’rin olgan turlar bo’yicha mamlakatda “Alpomish o’yinlari” (1998–Termiz: 2000–Farg’ona) va ayollar o’rtasida “To’maris o’yinlari” (1999–Jizzax, 2001-Shahrisabz) festivallari bo’lib o’tdi. O’quvchilar o’rtasida xalq o’yinlari va milliy sport turlari festivali o’tkazila boshlandi (2005 - Jzzax). Qadimiy kurashning xalqaro andozalariga moslashtirilgan qoidasi ishlab chiqildi va shu qoida asosida musobaqa tashkil etildi (1991- Miroqi), 1992 yildan Shahrisabz, Buxoro, Termiz, Xiva va Andijon shaharlarda xalqaro musobaqalar uyushtirildi va bu davrda xorijdagi nufuzli sport anjumanlarida kurash keng targ’ib qilindi. 1998 yil 6 sentyabrda Toshkentda 29 davlat vakillari, kurash xalqaro asatsatsiyasi (KXA) ga asos solindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “xalqaro kurash asotsatsiyasini qo’llab–quvvatlash to’g’risida ”gi (1999 yil 1 fevral) farmoni kurashni dunyoda rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |