- Hozirgi kunda ko‘plab olimlar tomonidan iqtisodiy fan asoschilaridan deb tan olina boshlagan Sharq mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1405 y.) o‘zining “Kitob-ul-ibar” nomli asarida shunday deydi: “Xarajatlaring daromadlaringdan hech qachon oshib ketmasin”. Bu bilan u har qanday iqtisodiy faoliyat negizida tejamkorlik yotishiga ishora qiladi. Shuningdek, u hunarmandchilik, fan va san’atning rivoji bevosita mehnat unumdorligining o‘sishi, mahsulot ishlab chiqarishga sarflanayotgan vaqt va resurslardan samarali foydalanishga bog‘liq, deb ko‘rsatadi. Ibn Xoldun tejamkorlikning mazmunini tovar ishlab chiqarish jarayonida mahsulotga sarflanadigan mehnatning qisqarishi orqali tushuntirib beradi. U “oddiy” va “murakkab” mehnatni farqlab, mehnat unumdorligini o‘stirishda va, demakki, mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanayotgan vaqtning tejalishida murakkab mehnatning ahamiyatini isbotlab beradi.1
Mamlaktimizda yoqilg‘i-energetika resurlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda1: - muqobil energiya resurslarini izlash va joriy etish ishlarini jadallashtirish (bunda asosiy e’tibor shamol va quyosh energiyasidan foydalanish, tabiiy metan hosil qilish hamda undan foydalanish, shamol generatorlari va quyosh elementarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalariga qaratilmoqda);
- ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish, energiya tejamkor, xomashyo va materiallarning ortiqcha sarfini kamaytirish imkonini beruvchi asbob-uskuna va texnologiyalarni joriy qilish;
- gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv yetkazib berish va saqlash tizimini modernizatsiya qilish orqali bu resurslarimizning texnik yo‘qotilishi miqdorini kamaytirish;
- maishiy yoritish vositalarining tejamkor, zamonaviy turlaridan foydalanishni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, ularni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, narxini asossiz o‘sib ketishini cheklash choralarini ko‘rish;
- energiya resurslaridan maishiy sohada foydalanishga bozor mexanizmini joriy etishni jadallashtirish. Jumladan, zavonaviy o‘lchash asboblarini o‘rnatish, hisob-kitobning kredit tizimini keng joriy etish;
- gaz, neft, ko‘mir qazib chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, Issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, ulardagi energiya hosil qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarni zamonaviylari bilan yangilash, kichik gidroelektrostansiyalarni qurish va yagona energotizimga ulash asosida energiya resurslari hajmini oshirish va tannarxini kamaytirish;
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |