Ma’ruzachi:raqamli iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi N.Eshqobilova REJA:
1
2
3
Sanoatda xom ashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi
Qayta ishlovchi barcha sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi elementlardan biri xom ashyodir, chunki xom ashyosiz hech qanday mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Xom ashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma`lum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o`zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat hosil qiladi. Natijada xom ashyoning to`la qiymati tovar shaklini olgan yalpi mahsulotga o`tadi.
Xom ashyo asosiy va yordamchi materiallarga bo`linadi.
Asosiy xom ashyo — tayyor mahsulotning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumidir. Tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi yoki asosiy xom ashyoni qayta ishlashga zarur sharoit yaratib beruvchi qolgan barcha mehnat buyumlari yordamchi materiallar deb ataladi.
Mehnat buyumlarining mahsulot ishlab chiqarishda qay tarzda qatnashishiga qarab ular ham xom ashyo (asosiy xom ashyo), ham yordamchi material bo`lishi mumkin. Masalan, neft yoqilg’i sifatida yordamchi material bo`lsa, benzin yoki kerosin ishlab chiqarishda esa xom ashyodir.
Xom ashyo keng miqyosda iste`mol buyumlari hamda ishlab chiqarish mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallardan iborat. U quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-miqdori jihatidan etarli bo`lishi;
-qazib olish arzon va oson bo`lishi;
-texnologik jarayonlar oson borishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |