O’zbekistondagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari


Download 0.55 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1151386
Bog'liq
Jumanov Bexruz erkin iqtisodiy zona


O’zbekistondagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari
O‘zbekistonda ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlarining faoliyati ancha jadallashgan. Xususan, “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
Shuningdek, “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 yangi erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo‘yicha ham barcha chora-tadbirlar ko‘rilyapti.
Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million $ miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.
Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham muammolarni bartaraf etishda ayni muddao bo‘lmoqda. Bozor talablari va import nomenklaturasini o‘rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantirilgan. Imtiyozlardan yana biri shuki, kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha soliqlardan ozod etilgan.
Shuningdek, bo‘sh turgan yoki samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish binolaridan unumli foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida mazkur binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytgacha mamlakatimizda ularning soni 96 taga yetdi.
Hozirgacha ushbu zonalarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha amalga oshirilgan, 9 ming 600 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida 248 loyihani amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 11 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.
Erkin iqtisodiy zonalardagi muammolar va ularni qanday bartaraf etish yo’llari
Lekin shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: mazkur yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanilyaptimi? Agar kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi o‘rnini tahlil qiladigan bo‘lsak, ularda hamon tashabbuskorlik yetishmasligi, faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligi ko‘zga tashlanadi.
Masalan, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ko‘rib chiqish hamda muvofiqlashtirish jarayoni hamon murakkabligicha qolib, rasmiy xarakter kasb etmoqda. Afsuski, erkin iqtisodiy zona qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda hanuz byurokratizm asoratlari saqlanib qolmoqda.
Ayniqsa, “Urgut”, “Qo‘qon”, “G‘ijduvon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmatsevtika yo‘nalishidagi erkin iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy sarmoya­larni jalb qilish ishlari sust. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan barqaror ta’minlashda ham muammolar kuzatilmoqda.
Vaholanki, mazkur hududlarda investor va tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni davr taqozo qilmoqda. Avvalo, ushbu zonalar faoliyatiga doir me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish, zarur bo‘lsa davr talablariga moslashtirish, barcha uchun ochiq va tushunarli mexanizm yaratish zarur.
Qolaversa, yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolarni ajratish tartibini ham soddalashtirish lozim. Masalan, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyi­halar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’muriy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu paytgacha bu kengash 17 vazirlik va idoradan iborat edi. Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, ularning soni 4 ta etib belgilandi. Shu bilan birga, yangi tizim — hududiy komissiyalar tashkil etilib, ularning loyihalarni ko‘rib chiqish va ruxsat berish huquqlari kengaytirildi.
Bundan tashqari, hukumat tomonidan imtiyozlar yaratiladi. Iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish mezoni qayta ko‘rib chiqilib, ishtirokchilarga kredit ajratishni yaxshilash hamda muhandislik ta’minoti vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Boshqa qator muammolar ham mavjudki, ular ishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Masalan, ayrim erkin iqtisodiy zonalarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish bilan bog‘liq masalalar haligacha oxiriga yetkazilmagan. Bu investorlarni jalb qilishda qiyinchiliklar tug‘diryapti. Erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan tijorat banklariga yangi investitsiyaviy loyi­halarni amalga oshirish yuzasidan taklif kiritish bo‘yicha yetarlicha tashabbus ko‘rsatilmayapti.
Ba’zi viloyatlar hokimliklari tomonidan erkin iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari uchun sun’iy imtiyoz berilishiga va bu, o‘z navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga olib kelmoqda.
Shu bois, mavjud erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat, shuningdek, farmatsevtika zonalarida faoliyat yuritayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion, yuqori texnologik ishlab chiqarish­larni tashkil qilgan biznes subyektlari va tadbirkorlarga berilayotgan qo‘shimcha imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalarning tashkiliy-huquqiy asoslarini mus­tahkamlash ham muammolardan biridir.
Ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakat investitsiya salohiyatini jahon biznes hamjamiyatiga to‘la namoyon etishga qaratilgan, sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini shakllantirishda kompleks yondashuvlarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga e’tibor qaratilishi zarur. Shu bilan birga, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonunni bugungi kun talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, uni davr ruhiga uyg‘un holda yanada takomillashtirish lozim


«Angren» erkin iqtisodiy zonasi

«Angren» EIZ ning asosiy funksiyalari qatoriga quyidagilar kiradi:


«Angren» EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va «Angren» erkin iqtisodiy zonasi qatnashchisining reyestrini yuritish, guvohnoma berish.
«Angren» EIZ hududida «Angren» EIZ qatnashchilari bo‘lmagan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobini yuritish.
«Angren» EIZ hududida investitsiya kiritish to‘g‘risidagi bitimlarni tayyorlash va tuzish.
Ishlamayotgan korxonalarni va davlat mulki bo‘lgan mol-mulkni nul sotish qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tayyorlash va «Angren» EIZ qatnashchilari bilan tuzish.
O‘rnatilgan tartibda tanlab olingan investorlar bilan investorlar tomonidan o‘z zimmalariga olingan majburiyatlar zarur tarzda bajarilishini nazoratga olish.
«Angren» EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini boshqarish.
«Angren» EIZ qatnashchilariga shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish.
«Angren» EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish

Erkin iqtisodiy zona "Jizzax"


“Jizzax” EIZ Jizzax viloyatining Jizzax tumanida joylashgan bo’lib Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida ham filiali mavjud.

“Jizzax” EIZning yaratilishidan asosiy maqsad, Jizzax va Sirdaryo tumanlarida ishlab chiqarish va resurs istiqbollaridan to’liq va samarali foydalanish u yerga zamonaviy yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqishda xorijiy va vatanimiz sarmoyadorlarining sarmoyalarini jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish, ushbu ish asosida yangi bo’sh ishchi o’rinlari yaratish va aholi daromadini ma’lum ma’noda oshirishda iboratdir.

“Jizzax” EIZ 30 yil ish olib borishga mo’ljallangan, undan uzoqroq muddat ham faoliyatini cho’zdirish extimoldan holi emas, ushbu zonaning faoliyati davomida bir qancha o’ziga xos soliq rejimi va bojhona imtirozlari amalda bo’ladi.

Erkin iqtisodiy zona "Navoiy


“Navoiy”EIZ territoriyasida o’zgacha huquqiy rejim amal qiladi shuningdek, soliq, valyuta va bojxona rejimi ham, chiqish va kirish tartiblarining oddiylashtirilganligi, O’zbekiston Respublikasi norezident-fuqarolarining mehnat faoliyatlarini olib borishlariga ruxsat olish, bir qancha soliq, bojxona va shunga o’xshash boshqa majburiy to’lovlardagi imtiyozlar shular jumlasidandir.
Sarmoyadorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida, “Navoiy” EIZ korxonasi yuqori darajali infratuzilmalar bilan ta’minlangan. EIIZ dagi korxonalar talabga javob beradigan infratuzilma transporti, injenerlik kommunikatsiyasi, mehnat xavfsizligi va mehnat qiluvchi personal hayotini maishiy qulaylik bilan ta’minlash borasida tubdan ta’minlangan.
“Navoiy” EIZ bevosita xalqaro aeroport, E-40 avtomagistrali va xalqaro miqiyosdagi temir yo’l bilan yaqin masofada joylashgan bu Navoiyning multimodal transport-logistika tizginini maksimal tarzda samarali qo’llash yordam beradi.
Erkin iqtisodiy zonasi "Urgut"
EIZ URGUT
Tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan mineral-xom ashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligining, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining Samarqand viloyati Urgut tumanida — «Urgut», Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida — «G‘ijduvon», Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida — «Qo‘qon», Xorazm viloyati Hazorasp tumanida — «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi o‘rinlarda «Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ, «Qo‘qon» EIZ va «Hazorasp» EIZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda «Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ, «Qo‘qon» EIZ va «Hazorasp» EIZ tarkibiga kiritish uchun yer uchastkalari chegaralarini o‘rnatsinlar va ularning belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasinlar.
3. Quyidagilar «Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ, «Qo‘qon» EIZ va «Hazorasp» EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling