O’zbekistondagi top mehmonxonalar


Download 18.54 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi18.54 Kb.
#157338

O’zbekistondagi top mehmonxonalar

1. Wyndham Tashkent Hotel - mamlakatimizda o‘z faoliyatini 2015 yilda boshladi. Bugungi kunda otel xodimlari dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyuruvchi sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha yuqori darajada xizmat ko‘rsatib kelmoqda va O‘zbekistonning mehmonxona sanoati rivojiga katta hissa qo‘shmoqda. Wyndham Hotel Group – dunyoning eng yirik mehmonxona tarmog‘i bo‘lib, 66 mamlakatda 8 200 mehmonxonaga ega. Kompaniya o‘n beshdan ortiq brendlar ostida faoliyat yuritadi.

Mehmonxona qayta ta'mirlanganidan so‘ng xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ham bir necha sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Mehmonxona o‘z mijozlariga yanada ishonchli hamkorlikni taklif qilgan holda Wyndham Rewards dasturini joriy qildi. Unga ko‘ra, mehmonlar har bir sarflangan dollar uchun 10 balldan yig‘ib borishadi. Wyndham Rewards esa mazkur ballarni maxsus jamg‘arma kartasiga tushirib beradi. To‘plangan bonuslar orqali mehmonxonada bepul qolish, onlay xarid qilish yoki aviachiptaga ega bo‘lish mumkin. Mo‘jizali oshxona

WYNDHAM TASHKENT o‘z oshxonasi, mazali taomlari bilan ham mehmonlar orasida yaxshi nom qozongan. Bosh oshpaz Doniyor Siddiqov 17 yil ish tajribasiga ega. Bu esa o‘z navbatida oshxona ozoda turishida, xizmatchilar tartibli yurishida va taomlar lazzatli chiqishida katta rol o‘ynaydi.


2. Hyatt Regency Tashkent – bu mehmonxona poytaxtimizdagi eng yaxshi va eng katta mehmonxonalardan biri hisoblanadi. Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasini The Abu Dhabi Uzbek Fund investitsiya jamg‘armasi hisobidan 110 million dollar evaziga xususiylashtirish rejalashtirilmoqda. 2020 yilda mehmonxona kreditlarini qoplash uchun davlat byudjetidan 66,4 milliard so‘m ajratiladi.


3. O‘zbekistonda Hilton Hotels & Resorts xalqaro brendining birinchi mehmonxonasi ochildi. O‘tgan shanba kuni Hilton Tashkent City taqdimoti o‘tkazilgan bo‘lsa, dushanba kuni u o‘z eshiklarini rasman ochdi.

Tashkent City hududida barpo etilgan mehmonxona binosi 21 qavatga ega. Bu xalqaro ishbilarmonlik markazida faoliyat yuritadigan oltita mehmonxonaning birinchisi.

Taqdimot vaqtida Hilton`ning MDH va Rossiya davlatlarida rivojlantirish bo‘yicha direktori Aleksey Shatalovning ma’lum qilishicha, kelgusida ushbu brend mehmonxonalari O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham ochiladi. Mehmonxonadagi 258 ta xonalari standart, lyuks hamda fransuz, ingliz, arab va mumtoz uslubda barpo etilgan 8 ta prezident xonalaridan iborat. Prezident lyuks xonalarining maydoni 250 kv. m bo‘lib, mehmon kutish zali, tushlik zonasi va oshxonani o‘z ichiga oladi.

4. Ichan Qa’la hotel – ushbu mehmonxona yurtimizdagi eng yaxshi xizmat sifatini taklif qiluvchi mehmonxonalardan biri hisoblanib, Toshkent shahar markazidan atigi 1.2 km uzoqlikda, airoport va shahar vokzal stansiyasidan 4 km uzoqlikda joylashgan. Mehmonxona 60ta nomerni o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, 6 turdagi xonalarni mijozlarga taklif etadi. Maxsus www.booking.com platformasida mehmonxonaning mijozlar tomonidan servis sifatiga olgan bahosi 10 ballik tizimda 8.9 ballni qo’lga kiritib turibdi.





Download 18.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling