О’zbekistоngа chet el investitsiyаlаrini jаlb qilish. Sоhаdаgi muаmmоlаr vа kelаjаkdаn kо'zlаngаn mаqsаdlаr


Download 25.88 Kb.
Sana23.11.2019
Hajmi25.88 Kb.

О’zbekistоngа chet el investitsiyаlаrini jаlb qilish.

Sоhаdаgi muаmmоlаr vа kelаjаkdаn kо'zlаngаn mаqsаdlаr.

Iqtisodiy jihatdan mavqei yuqori bo’lgan davlatlarga bugungi kunda kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalarning salmog'i oshdi. Bu haqidagi huquqiy hujjatlarga ko'z tashlar ekanmiz u yerda O'rta Osiyo davlatlari ham borligi kishini mamnun etadi. Bungа sаbаb esа Osiyо mаmlаkаtlаri hududidаgi resurslаrning rаng-bаrаngligi vа mehnаt kаpitаli sаnаlmish аhоli sоninig о’sib bоrishidir.

Muhtaram yurtboshimiz deyarli har bir chiqishida - “Aholini turmush tarzini ko‘tarish, xalqni boqish uchun chet eldan investitsiya olib kelish zarur” deb ta’kidlamoqdalar, bu masalada O‘zbekistonning chet eldagi elchilariga alohida topshiriq berdilar. Hatto Turkiya va Janubiy Koreya Respublikalariga rasmiy tashrif bilan borib, o‘sha joydagi yirik kompaniya rahbarlari bilan uchrashdilar ham. Bu kabi islohotlar O'zbekistonning iqtisodiyoti uchun o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi.

Bugungi kunda O’zbekistonda 363 ta Janubiy Koreya korxonasi faoliyat

yuritayotgan bo’lib, ularning 60 tasi yuz foiz Koreya mablag’i asosida ish olib bormoqda. Ushbu korxonalar, asosan, savdo-sotiq, yengil sanoat, tog’-kon, kimyo, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, sog’liqni saqlash, sayyohlik va xizmat ko’rsatish sohalariga ixtisoslashgan.1

Eng asosiysi, bu islohotlardan ko‘zlangan maqsad – yurtimizga qaratilgan investitsiya oqimini kuchaytirishga erishaoldikmi?

Yo‘q, albatta.

Statistikaga qaraganda, so‘nggi 5 yil ichida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, asosan, neft-gaz sohasiga jalb etilgan (73 foiz). Bulardan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasiga 6 foiz, elektroenergetika sohasiga 2 foiz, yengil va to‘qimachilik sohasida 1 foiz atrofida va avtomobil sohasiga 0,2 foiz investitsiya jalb qilingan.

Mamlakatimizdagi investitsiyalarning yarim yillik o‘sish hajmi 2-2,5 milliard AQSh dollari (YaIM ning 4 foizidan kam) darajasida qolmoqda. Bu esa iqtisodiy o‘tish davridagi mamlakatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan hamda ayrim MDH mamlakatlarining ko‘rsatkichlaridan past hisoblanadi.2

Xo‘sh, chet ellik investorlar nima sababdan O‘zbekistonga investitsiya kiritib, foyda olishga shoshishmayapti?

Har chet ellik O‘zbekistonga investitsiya kiritish avvalida, birinchi navbatda qonunlarimizni ishlash darajasini, ya’niki ular kiritgan investitsiyasi “reyder” egallab olishdan qay darajada ximoyalanganligini, bunga mas’ul bo‘lgan davlat idoralari (prokuratura, sud) faoliyatini o‘rganishadi, bu borada investorlar o‘zlariga berilgan va’dalar va qonunlarimizdagi kafolatlarga emas, yurtimizdagi real holatdan - qonunlarni ishlash darajasini qanday ekanligini aholining fikridan kelib chiqib, ko‘proq ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘rganishadi.

Chunonchi, chet ellik investorlarni bu boradagi fikrlari 2016 yil dekabr oyida O‘zbekiston TIV tashabbusi bilan o‘rganilganida, chet ellik investorlar yurtimizga investitsiya kiritishga tavakkal qilinmayotgani uchun bir qator sabablar ko‘rsatishib, bularning eng asosiysi sifatida qonunlarimizni yetarli darajada ishlamayotganini ko‘rsatishgan.

Shundan so‘ng, Prezidentimiz tashabbusi bilan investorlarga qulaylik yaratish uchun valyuta-kredit sohasida, viza, iqtisodiy qonunbuzishlar uchun javobgarlik sohasida va bu tizimlarni shu kungacha boshqarib kelgan kadrlar borasida bir qancha o‘zgartirishlar amalga oshirildi, lekin yurtimizga investitsiya oqimida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmadi.

Bu jiddiy o’zgarishlarga turtki sifatida e’tiboringizni quyidagi 3 ta taklifga qaratmoqchiman.



1-taklif: Muhtaram Prezidentimizni amalda sinalgan bir ijobiy ish tajribasiga to‘xtalmoqchiman.

Prezidentimiz hali Bosh Vazir sifatida ishlayotgan vaqtlarida qishloq xo‘jaligidagi ahvolni o‘nglash, paxta-g‘alla rejasi bajarilishini ta’minlash maqsadida, har kuni kech soat 23-00 dan ertasi kuni soat 2-3 gacha selektor yig‘ilish o‘tkazib, o‘z yerida tegishli agro texnik tadbirlarni o‘tkazmagan fermer xo‘jaliklarini tinimsiz tanqid qilishi, o‘zining ijobiy natijasini berganiga hammamiz guvohmiz.

Bu tajribaning eng e’tiborli jihati shundaki, dangasa, ishyoqmas fermerlardan yerlari olib qo‘yilmagan holda ularni o‘z yerida ishlashga va o‘z navbatida foyda olishga majbur qilingan, shundan so‘ng ham natijaga erishilmaganida esa fermerni yeri olib qo‘yilib, boshqa bir fermerga o‘tkazilgan.

Aynan selektor tajribasini sud va prokuratura tizimining qonunbuzishlarini bartaraf etish uchun qo‘llab, xar bir qonunbuzish yuzasidan arizalarni yig‘ilishda tizimdagi barcha hodimlarni guvohligida hal etilishi menimcha kutilgan natijani beradi.

Zero, prokuratura va sud tizimidagi hozirgi ahvolni o‘nglash uchun bu organlarning rahbar kadrlari almashtirilishi, oylik maoshlari ko‘tarilib, ayrim imtiyozlarni berilishi ham kutilgan natijani bermadi.

2-taklif: Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, prokuratura va sud organlari qaroridan norozi bo‘linganida faqat shu organlarning yuqori rahbariga murojaat etiladi. Albatta fuqaro mansabdor shaxsning qarori noqonuniyligini va qaysi qonunni buzganini isbotlab berishi lozim.

Bugungi kundagi amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, tegishli mansabdorning qarori qaysi holatda noqonuniy ekani qonun asosida ko‘rsatilib, yuqori instansiyaga murojaat etilganida ham hech narsa o‘zgarmayapti.

Buning asosiy sababi bu organlar faoliyati qonun asosida yopiq doira (zamknutiy krug) sifatida shakllantirilgan, ya’ni bu organlarning qarori qonuniy yoki noqonuniyligiga shu organning o‘zidan tashqari hech kim baho beraolmaydi.

Ushbu holatga barham berish uchun Adliya vazirligi va uning joylardagi boshqarmalariga shunday vakolat berish kerakki, fuqaroni murojaati asosida vazirlik tomonidan tegishli mansabdor qonunni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘llagani haqida xulosa berib, shu bilan birga o‘sha mansabdorning yuqori rahbariga taqdimnoma chiqaradi.



3-taklif: Bugungi kundagi sud-prokuratura tizimidagi noqonuniy amaliyot shundaki, bu organlar amaldagi qonun normalarini noto‘g‘ri yoki o‘zi bilganicha talqin etish orqali qaror chiqarib, fuqarolarni noroziligini qo‘zg‘atmoqda.

Bu organlarning bundayin faoliyati ustidan yuqori instansiyaga shikoyat qilinganida ham hech narsa o‘zgarmasdan qolib, yuqori instansiyalarda ham qonun noto‘g‘ri talqin etilmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, qonun normalariga faqat Konstitutsiyaviy sud sharh berishi mumkin va oddiy fuqaro Konstitutsiyaviy sudga bunday masalada murojaat etishga haqli emas, axir bu islohotlar aynan shu fuqaroni manfaati uchun emasmi?!

Yana bir nomantiqiy holat, qonun loyihalari Oliy Majlis tomonidan ishlab chiqiladi va har bir qonunning qoidasi deputatlar tomonidan chuqur o‘rganilib, atroflicha muhokama qilinganidan so‘ng qabul qilinadi, ya’ni bu qonun normalaridagi jumlalarni qanday talqin etish kerakligini deputatlarchalik hech kim yaxshi tushunmaydi, shu jumladan Kostitutsiyaviy sudning sudyalari ham.

Shu o‘rinda bildirilayotgan taklif - qonun normalariga sharh berish vakolati Oliy Majlisga ham berilib, bu masalada Oliy Majlisga murojaat etish huquqi fuqarolarga ham berilishi lozim.

Ushbu takliflar amalda qo‘llanishi sud va prokuratura tizimidagi qonunlarni ishlash darajasini oshirishiga ishonchim komil.

Fikrim so’ngida nimani aytib o’tmoqchiman, Hozirgi kunga kelib chigal muammmolar ijobiy hal bo’lganligi yurtimiz iqtisodiyoti uchun juda katta yutug' bo'lib xizmat qilmoqda. Yurtimiz mustaqilligi mustahkamlanib borar ekan, iqtisodiy o'sish ham bundan mustasno emas. Xususan 2017-yilning 5-sentabrdagi “Xorijiy valyutalarni leberallashtirish” to'g'risidagi qonunning qabul qilinishi yanada investitsiya sohasiga qulay imkoniyatlar yaratdi. Bu xalqimiz fuqarolari uchun davlat banklari tomonidan joriy etilgan bozor kursi bo'yicha valyutalarni olish imkonini berdi. Sog'lom raqobat rivojlanib, korrupsiyaning cheklanishiga olib kelmoqda.

Аmmо, lekin, biroq, investitsiyаlаrning 70 fоizidаn оrtig‘i bir nechа sоhаlаrgа jаlb etilgаnligi nаtijаsida respublikа mintаqаlаri kesimidа investitsiyаlаrning nоmutаnоsib tаqsimlаngаnini kо‘rish mumkin. Birоrtа hаm qо‘shmа kоrxоnа оchilmаgаn tumаnlаr hаm bоr. Bulаrning bаrchаsi islоhоtlаrni yаnаdа chuqurlаshtirish, hаm tаshqi, hаm ichki investоrlаr uchun shаrt-shаrоit yаrаtish, qоnunchilikni tаkоmillаshtirish, sоhаdа munоsаbаtlаrni tаrtibgа sоlishning huquqiy аsоsini yаnаdа yаxshilаsh zаrurаtini tаqоzо qilmоqdа.



Binоbаrin, eng uzоq hududlаrdа hаm qulаy ishbilаrmоnlik muhitini yаrаtish investitsiyаviy muhitni bаrqаrоrlаshtirishning muhim оmillаridаn biri sаnаlаdi. Zero, aynan shu tizimdagi qonun ustuvorligi xalqning roziligini va qolaversa yurtimizga investitsiya oqimi kuchayishini belgilab beradi.

1 -mfer.uz

2 -stat.uz

Download 25.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling