O’zbekistonistonda qadimgi Ahamoniylar davri davlatchiligi va boshqaruvi


Download 39 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi39 Kb.
#328574
Davlatchilik. Ahamoniylar
Bog'liq
organik kimyo besh azoli geterosikli, organik kimyo besh azoli geterosikli, Нанокимё - 2семинар, MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQ (1), 4-lob, Egamberdiyev, Новый документ 2020-06-05 11.41.37, Новый документ 2020-06-05 11.41.37, 6-sinf-fizika-namuna, 6-sinf-fizika-namuna, 1-test, 1-test, dars ishlanma titul, ODT 9-topshiriq, oraliq(1)

5-mаshg’ulоt.

O’zbekistonistonda qadimgi Ahamoniylar davri davlatchiligi va boshqaruvi


Kеysning аsоsiy mаqsаdi:

Tаlаbаlаrning tizimidagi funks yalar; iqtisodiy funksiyalar; ijtimoiy funksiyalar; harbiy-s yosiy funksiyalar; hududiy funksiyalar va ularning aoliyatlari bоrаsidаgi bilimlаrni kеngаytirish, mаvjud bilimlаrni аmаldа qo’llаy оlish оlish ko’nikmаsini shаkllаntirish. O‘zbekiston xududida rivoj topgan ilk shahar-davlatl r, Axamoniylarning cheklanmagan podsho h kimiyati (mutloq monarxiya) Satrapliklarda boshq uv tizimi; Aleksandr Makedonskiyni g boshqaruv faoliyati; unon-baktriya davlat bos qaruv rtibi va davlat tuzimi; Dovonva Qang‘ davlatlari hududi va boshqaruv tizimi; Kushon davlati (podshol gida) xo‘jalik bo qar vi tаriхidаn mukаmmаl хаbаrdоr o’lishlаr gа er shish vа mаvzugа оid fikrlаrni erkin bаyon qil оlish mаlаkаsigа o’rgаtish.

Kеys bo’yichа sаvоllаr:
1.Vatanimiz hududidagi ilk davlat tuzilmalariga qaysilar kiradi?

Qadimgi Baqtriya va Qadimgi Xorazm o‘lkamoizdagi ilk davlat tuzilmalari edi.



2 Yunon-Baqtriya i «Ming shah rlar ’ kasi» deb atag n olim kim?
Xo’jaligining rivojlashlanishi sababli Baqtriya davlati Yunon-rim mualliflarining asarlarida «Ming shaharlar o’lkasi»,«Baland bayroqli davlat»kabi nomlar bilan tilga olinadi.Yunon-Baqtriya davlatining bu darajada rivojlanishi uning Buyuk Ipak yo’li o’tadigan hududda joylashganligida edi.Aynan mana shu omil tufayli Yunon-Baqtriya davlatida qishloq xo’jaligi,hunarmandchilik va savdo-sotiq yuksaldi,o’zaro tovar ayrib oshlash rivojlandi.
3 Qang’ davlatida bosh qaruv qanday bo’lgan?
Katta xan sulolasi mil.av 202 y Qang’uy (Qang’)podshosi o’z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish yuritgan. Qang’ davlati kengashida qabila boshliqlari,harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki va tashqi siyosati maslahat bilan hal qilingan. Qang’ dalatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlargabo’linib, ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu deb

atalgan. Qang’ hukmdori mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan.Bu viloyatlarning ko’pchiligi Qang’ davlatining kuchaygan davlatlarida, mil.av.II -Iasrlarda tobe etilgan.

Xitoy manbalarida ta’kidlashicha, Toshkent, So’g’diyona va Xorazm hududlaridagi beshta joy Susye,yuni,chu,yuechyan’,fuli viloyatlari eslatib o’tiladi.

4 Dava n davlati haqida nimalarni bilasiz?


Davan (xitoycha Dayuandan olingan) — Fargʻona vodiysidagi qad. davlat. Miloddan avvalgi 2—1-asrlardagi Xitoy manbalarida keng , obod, boy mamlakat — D. haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. D. shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulugʻ hukmdor qarorgohi Gushan (hozirgi Oʻzgan shahri deb taxmin etiladi)da boʻlgan. Podsho qokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qoʻyilgan. Oliy kengash qukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto oʻlim jazosiga hukm qilishi mumkin boʻlgan. D. atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. 3-asrgacha uchraydi. Soʻngra D. oʻrniga "Boxan" va "Polona" (mil. 5-asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qad. D. ga moye keladi deb qayd etib oʻtganlar. Xitoyliklar D. deb nomi toharlar (Taxwar) bilan bogʻliq boʻlgan mamlakatni atashgan degan fikr bor.
5 Kushonlar davlati hukmdorlaridan kimlarni bilasiz?
Kushonlar sulolasi davrida o’zbek davlatchiligi saltanatlik bosqichiga ko’tarildi. Kushon davlatini boshqargan sulolalr asos solgan –Kujula Kadfiz(mil.av.Birinchi asr boshlarida),uning o’g’li Vima Kadfiz(mil.av.I asr o’rtalarida) ,Kanishka (78-123y.y.)va Kanishka II, Vasudeva, Kanishka III, Vasudeva II nomlarini tilga olib o’tmoq joiz bo’ladi.
6. Zardo’shtiylik dinining ilk targ’ibotchisi kim edi?
Zardushtiylik, zoroastrizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan din.[1] Asoschisi — Zardusht edi. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qad. paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi "Magupta" deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "majus" shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri "Zardusht" "majus", "zardushtiylik" esa "majusiylik" sifatida qoʻllanib kelingan. Z.da "otash" va "quyosh" tangri Ahuramazdanmng oʻgʻli deb hisoblangan.
7 Bu dinning muqaddas kitobi «Avesto» haqida nimalarni bilasiz?
Avesto” so’zining o’zagi “sto” bo’lib, “o’rnatilgan, muqarrar qilingan qonun – qoidalar, hayotning asosiy yo’riqnomasi demakdir. “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, otashparas ajdodlarimizning ijtimoiy hayoti, ma’naviy dunyosi haqida ma’lumot beradigan eng ishonchli tarixiy manbadir.
Zardushtiylik degan nom dinga nisbatan shartli ravishda o’rta hol dinni uning payg’yambari (Zaratushtra) bilan atashdir. Aslida mazkur din Mazda Yasna deb atalgan, ya’ni “Mutlaq oqil zotga” sig’inish degan ma’noni anglatgan.
ushbu kitob millod. avval. VII – VI asrlarga hozirgi O’zbekistonning Xorazm viloyati hududida yaratilgan. Uning yaxlit kitob sifatida dunyo yuzini ko’rganiga 2700 bo’lgan.
“Avesto” kitobi Zaratushtra va Axura Mazdaning savol javoblaridan. Kitob 21 qismdan iborat bo’lgan Zamonlar osha ulardan faqat to’rt qismi hozirgacha yetib kelgan. Bular: “Videvdot”, “Yasna”, “Visparat”, “Yasht” qismlari. Turli qismlardan olingan kundalik e’tiqod marosimlari uchun eng zarur duolar to’plami – “Xurdak Avesto” (“Kichik Avesto”) kitobi ham mavjud. Unda “Avesto”ning asosiy qismida saqlanmagan matnlarning parchalari ham bor. Yetib kelgan qismlar orasida “Videvdot” qismi 22 bobdan iborat. Qolgan 3 qismning bir qator bob va bandlari saqlanmagan.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling