O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi-milliy taraqqiyot asosi. Reja: O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning mazmun va mohiyati


Download 34.84 Kb.
bet1/11
Sana15.02.2023
Hajmi34.84 Kb.
#1202427
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi-milliy taraqqiyot asosi.


O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi-milliy taraqqiyot asosi.
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning mazmun va mohiyati.
2.Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yunalishlarni milliy va umuminsoniy negiziga asoslanishi, ularni milliy g‘oyaning asosiy tamoyillari bilan mushtarakligi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ayni chog‘da Harakatlar strategiyasi g‘oya va maqsadi, mohiyati hamda ahamiyati davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, umuman, barcha yurtdoshimiz tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda.


Harakatlar strategiyasi Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida qabul qilingani bejiz emas. Zero, unda xalqimizning porloq kelajagi hamda istiqbolini belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar qamrab olingan. Mazkur hujjat qabul qilinishidan avvalroq aholi keng qatlami, chunonchi, qonun ijodkorlari, huquqshunos olimlar o‘rtasida qizg‘in muhokamalar olib borilganini aytish zarur.
Muhokama uchun turli axborot maydoniga joylashtirilgan mazkur Strategiya yuzasidan yurtdoshlarimizdan ko‘plab fikr va takliflar kelib tushdi. SHu bilan birga, poytaxtimizda media-haftalik hamda xalqaro davra suhbati tashkil etilib, ularda qatnashgan mutaxassis va ekspertlar, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlarning, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy investorlar vakillarining fikrlari o‘rganildi.
Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishi xususida gapiradigan bo‘lsak, unda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlis rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yaxshilash, siyosiy partiyalar rolini oshirishga doir ustuvor vazifalar ko‘zda tutilgani fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tarixiy hujjat orqali davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlar hamkorligi zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham muhim chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarilishini alohida e’tirof etish joiz. Bular pirovardida davlat idoralari hamda xalqimiz o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi va yurtdoshlarimizga munosib turmush sharoiti -yaratilishini kafolatlaydi. Batafsilroq tushunchaga ega bo‘lish uchun quyidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Download 34.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling