O’zbekiston Milliy Universiteti
Geografiya va tabiiy resurslar
fakulteti geografiya yo’nalishi 4 – bosqich
sirtqi talabasi Aliyev Jahongirning
O’zbekiston geografiyasi fanidan
“O’zbekistonning aholisi va mehnat resurslari”
mavzusida
KURS ISHI
Kurs ishi rahbari: Jaloliddinov Nizomiddin
Bajardi: Aliyev Jahongir
Toshkent 2022
Reja:
Kirish
1. O‘zbekiston aholisining soni, uning o’sishi va hududiy joylashishi.
2. Aholining tarkibi va urbanizatsiya jarayoni.
3. Mehnat resurslari, ularning joylashishi va mehnat resurslaridan foydalanishni yanada yaxshilash muammolari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Iqtisodiy - ijtimoiy geografiya aholi va mehnat resurslarini o’rganishga alohida e’tibor beradi. Chunki bu fanning tekshirish, o’rganish obyektlaridan biri aholi sanaladi.
Har qanday mamlakat yoki hudud xalq xo’jaligini hududiy tashkil etish, uni rivojlantirish avvalo aholi soni, uning zichligi va mehnat malakasiga bog’liq bo’ladi. Agar aholi zich yashasa, mehnat resurslari ko’p bo’lsa ko’p mehnattalab ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish uchun imkoniyat mavjud bo’ladi. Aholi kam yoki siyrak joylashgan bo’lsa unning aksi bo’ladi.
Har bir hudud yoki iqtisodiy rayon aholisining mehnat malakalarini hisobga olib, ma’lum tarmoqlarni rivojlantirish imkoni mavjud bo’ladi. Turli mintaqa aholisi va mehnat resurslari o’zining ko’pgina xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bu hol hisobga olinmog’i va xalq xo’jaligi tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirishda unga e’tibor berilmog’i kerak.
Aholi va mehnat resurslari haqida aniq ma’lumotlar zarur bo’lganidan ham dunyoning barcha mamlakatlarida har 5 yoki 10 yilda aholi ro’yxati o’tqazib turiladi. Bu ma’lumotlar qancha uy-joy qurilishi, qancha bog’cha, maktablar barpo qilinishi, yangi ish o’rinlari yaratilishda hisobga olinadi. Aholi uchun iste’mol buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, ularga maishiy hizmatni yo’lga qo’yish, infratuzilma tarmoqlarini barpo qilish hamda yuksaltirishda ham aniq aholi soni asqotadi.
Xullas aholi va mehnat resurslariga xo’jalikdan ajratib qarab bo’lmaydi va ularni holatini o’rganib borish katta xalq xo’jalik ahamiyatiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |