O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari


Download 113.15 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi113.15 Kb.
#238873
Bog'liq
TARIX

O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANINING PREDMETI,MAQSADI VA VAZIFALARI

Tayyorladi

B/T 103-guruh talabasi

Xursanova Dilfuza

“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti -O’zbekistonning qariyb 70 yillik zulmdan qutilib, shu kunlargacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyoti davrlari jarayonini o’rganish. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyotini o’rganuvchi va o’rgatuvchi, tarixidan g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otuvchi fandir.

Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati hazinasiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. O’zbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha halqlar qatorida doimo erkinlik, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o’zining chuqur ildiz otgan an’analariga egadir.

“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning vazifasi – mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushinish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.

“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining maqsadi-mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi o’zgarishlarni, O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o’rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan ;

- O’zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o’rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g’oyasini qo’llay bilish, atrofida sodir bo’layotgan jarayonlarga o’z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o’rnini anglash va bugungi kunda sodir bo’layotgan voqyealarning tarixdagi muhim voqyealar bilan bog’liqligini bilish kerak.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarorni imzoladi. Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o’rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o’rni va rolini ko’rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo’yilgan.

Mazkur hujjatda ko’rsatilgan vazifalarni bir-birini to’ldiruvchi ikki yo’l orqali ro’yobga chiqarish lozim. Birinchi yo’l – yangi avlod ilmiy va o’quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo’l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ’ib etish va o’qitish.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!


Download 113.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling