O’zbekistonning muhofaza qilinadigan hududlari va faunasi


Download 14.22 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi14.22 Kb.

O’zbekistonning muhofaza qilinadigan hududlari va faunasi

Insoniyat rivojlanishi bilan uning tabiatga bo`lgan munosabati ham o`zgarib bormoqda. Shuning uchun ham har bir davlat o`z mamlakatining tabiiy boyliklarini asrash maqsadida muhofaza qilinadigan hududlarini tashkil qilgan. Bu hududlarni esa Davlat qo`mitasining boshqarmalari boshqaradi.

Bugungi kungacha yer yuzida turli noyob hayvonlar insonning noto`g`ri munosabati va tazyiqi oqibatida butunlay yo`qolib ketgan va yo`qolish havfi ostida turibdi. Buning misoli sifatida XX asrgacha yo`q bo`lib ketgan tur, stellerov sigiri, qalin junli karkidon, xaltali bo`ri, sayyor kaptar, dronit, gigant dinoris kabi hayvonlarini misol qilib keltirish mumkin. [1,177b] Bu ko`rsatkich faqat yer yuzida emas, balki mamlakatimizda ham mavjud. Jumladan: turon yo`lbarsi, gepard, turkman quloni, Orol sulaymon balig`i kabi hayvonlar umuman yo`q bo`lib ketdi, qoplon, sirtlon, to`xta tuvaloqlar esa yo`q bo`lib ketish havfi ostidagi hayvonlardir. [2,8b] Ana shunday ayanchli oqibatlarning oldini olish va bioxilma-xillikni saqlab qolish uchun alohida muhofaza qilinadigan hududlar tashkil etilgan. Xususan, respublikamizda alohida muhofaza qilinadigan hududlarning quydagi asosiy guruhlari mavjud.

Bular quydagilar:

– Davlat qo`riqxonalari. Bugungi kunda «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar» tizmida qo`riqxonalar markaziy o`rinni egallab, ularning umumiy maydoni 2164 kv.km.ni tashkil etadi. Davlat qo`riqxonalari qadimiy va eng kuchli tartibda muhofaza qilinadigan hududlardan bo`lib, doimiy harakatda bo`lgan muhofaza qilinadigan mintaqalarni nomoyon etadi. Bu hudud ayrim o`simlik va hayvon turlarini yoki ekotizmlarni himoya qilishga qaratigan. Ularda har qanday xo`jalik faoliyati man qilinadi (nazorat qilinadigan ilmiy tadqiqot ishlaridan tashqari). Respublikamizda qo`riqxonalar soni 9 ta bo`lib ular Zomin, Chotqol Surxon, Qizil-Qum, Baday-To`qay, Zarafshon, Nurota, Kitob, Hisor kabi davlat qo`riqxonalardir.

-Milliy bog`lar. Hududlarni muhofaza qilishning bu turi 1976-yilda Zomin va 1990-yilda Ugam-Chotqol milliy bog`larining tuzilishi tufayli joriy etilgan. Milliy bog`lar muhofaza qilinadigan hududning 30% ni tashkil etib, 6061 kv.km. maydonni egallaydi. Milliy bog`larning asosiy maqsadi bioxilma-xillikni saqlash, tabiatdan oqilona foydalanish (turizm, aholi dam olishi, qishloq xo`jaligi, o`rmon mahsulotlarini tayyorlash) hududni kuchli himoya qilishdir. Respublikamizda milliy bog`lar soni 2 ta ular yuqoridagilardir.

-Davlat buyurtmaxonalari. Doimiy bo`lmasdan, ayrim paytlarda mavsumli qo`riqlash tartibiga ega bo`lgan mintaqalarni o`z ichiga oladi. Davlat buyurtmaxonalari qisqa vaqt (5-10 yilga) tashkil qilinadi. Maydoni 12186,5 kv.km. bo`lib, bugungi kunda o`ndan ortiq davlat buyrtmaxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularning vazifasi turli hayvonlarni yetkazib berish, ko`paytirish va himoya qilishdan iborat. Mamlakatimizda Qorako`l, Qamabcho`l, Sayg`oq, Sudoche, Qo`shrabod, Qoraqir, Sarmishsoy, Arnasoy, Dengizko`l, Muborak, Oqtov, Nurobod kabi davlat buyurtmaxonalari muhim ahamiyatga ega.

-Davlat tabiat yodgorliklari. Bu hududning maydoni juda kam bo`lib, umumiy muhofaza qilinadigan hududlarning 0,1%ini tashkil qilib, o`rtacha 35 kv.km. ni tashkil qiladi. Davlat tabiat yodgorliklari respublikamizda uchraydigan tabiiy obidalardan darak berib, ularni muhofaza qilish, zararlanishdan saqlash, ichki va tashqi turizmni rivojlanishi uchun xizmat qilishdan iborat. Bugungi kunda yurtimizda ko`plab tabiat yodgorliklari mavjud bo`lib Vardanzi, Yozyovon, Qirqqiz, Parpi ota, Peshag`orlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Jayron ekomarkazi va Chotqol biosfera rezervati ham mavjud.

Quydagi xarita orqali O`zbekistonning muhofaza qilinadigan hududlari va ayrim hayvonlari haqida ma`lumotlar keltirilgan:

Xarita uchun yechim:

a) muhofaza qilinadigan hududlar:

Qo`riqxonalar (TMQXI bo`yicha I daraja): 1. Zomin; 2. Chotqol; 3. Surxon; 4. Qizil-Qum; 5. Boday-To`qay; 6. Nurota; 8. Kitob; 9. Hisor.

Milliy bog`lar (TMQXI bo`yicha II/IV daraja): 10. Zomin; 11. Ugam-Chotqol.

Buyurtmaxonalar (TMQXI bo`yicha IV daraja): 12. Qorako`l; 13. Qarnabcho`l; 14. Sayg`oq; 15. Sudochi; 16. Qo`shrabod; 17. Qoraqir; 18. Arnasoy; 20. Dengizko`l.

Tabiat obidalari (TMQXI bo`yicha IV daraja): 21. Vardanzi; 22. Yozyovon.

Noyob hayvonlarnin ko`paytirish: 23. Jayron ekomarkazi; 24. qorako`l.

b) Muhofaza qilinadigan turlar:

Tuyoqli hayvonlar: 1-qizilqum yovvoyi qo`yi; 2-xongul; 3-jayron; 4-to`ng`iz; 5-bug`u; 6-sibr echkisi; 7-morxo`r;

Yirtqich hayvonlar: 8-qashqir, chiyabo`ri; 9-silovsin; 10-bo`rsiq; 11-oq tirnoqli ayiq; 12-O`rta Osiyo qunduzi; 13-oq sichqon; 14-savsar; 15-to`qay mushugi; 16-tulki; 17-olaqo`zan; 18-ilvirs;

Kemiruvchilar: 19-tolay tovushqoni; 20- qizil sug`ur; 21-ondatra; 22-ko`k sug`ur; 23-nozik barmoqli yumronqoziq; 24-relekt yumronqoziq;

Qushlar: 25itolg`i; 26-oq qo`ton; 27-oq boshli qumoy; 28-burgut; 29-boltayutar; 30-qoravoy; 31-tuvaloq, dudak; 32-kaklik; 33-cho`l burguti; 34-xo`jasavdogar; 35-kaljo`rchi; 36-jingalakdor birqozon; 37-himolay ulari; 38-qirg`ovul; 39-tasqara; 40-qora laylak; 41-qor tasqarasi.

Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, mamlakatimizda olib borilayotgan bunday islohatlarga faqat mas`ul xodimlar emas, balki har bir fuqoro ham o`z hissasini qo`shishi shart. Jumladan, maktab o`quvchilari va o`qituvchilari tabiatni muhofaza qilish, shu bilan bir qatorda uning bir bo`lagi bo`lgan hayvonot olami borasidagi tadbir va ommaviy kechalarga befarq bo`lmasdan, ularda faol ishtirok etishi, turli ekoharakatlarda faol qatnashishlari lozim.

O'zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish sohasida qonunlari, shu jumladan "Biologik xilma-xillik to'g'risida”gi, "Ko'chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish to`g'risida”gi, "Xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar to'g'risida”gi, "Butunjahon merosni to'g'risida”gi va yana bir qator konventsiyalar bo'yicha uning xalqaro majburiyatlarini amalga oshirish hisoblanadi. Bular O'zbekiston Respublikasining "Muhofaza etildigan tabiiy hududlar to'g'risida”, "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida”gi, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida”gi va boshqalar. 2004-yil dekabrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi yangi qonun qabul qilindi. "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi (03.12.2004-yil) Qonunga binoan O'zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga quydagilar kiradi:

1. Davlat qo'riqxonalar;

2. Kompleks (landshaftli) buyutmalar;

3. Tabiiy bog'lar;

4. Tabiat yodgorliklari;

5. Alohida tabiat ob'yektlari va komplekslarini muhofaza qilish, qayta ishlab chiqarish va tiklash uchun hududlar;

6. Muhofaza etiladigan landshaftlar;

7. Alohida tabiiy resurlarini boshqarish uchun hududlar.O‘ylaymizki, tabiatda hech kim oq qoplonlami uchratmagan. Bundan chorak asr avval insonning xo ‘jalik faoliyati oqibatida mazkur noyob va go ‘zal hay vonlar o‘z yashash joylarini tark etib ketishdi. Ular umuman yo‘q boiib ketish xavfi ostida edi. Ammo bugungi kunda o‘nta oq qoplondan iborat bir oila Hisor togiarining g‘arbiy qismida yashab kelmoqda. Bunga Hisor tog‘-archa qo‘riqxonasini tashkil qilish natijasida erishildi.

0‘zbekistonda 9 ta qo‘riqxona bor. Ularning umumiy maydoni 2164 km.kv va ular davlat tomonidan himoyalanadi. Ushbu hududlarda barcha xo‘jalik faoliyati ta’qiqlangan.

Qo‘riqxonalar - o‘simliklar va hayvonlaming ayrim turlarini yoki ekotizimni himoya qilish uchun moijallangan tabiatning hech kim tegmagan hududlaridir.

Davlat qo‘riqxonalari doimiy ilmiy-tadqiqot o’tkazuvchi xodimlar va qo‘riqxona tashkil qilingan vaqtdan buyon yigib kelinadigan (ayrim hollarda 30- 40 yil davomida) hujjatli materiallarga ega. Bundan tashqari, qo‘riqxona sharoiti ekologik izlanishlar o‘tkazish uchun qulaydir.

Qo‘riqxonalar dastlab tashkil qilinganda ilmiy ishlar tabiiy sharoitlami o‘rganish, fauna va florani ro’yxatga ohshdan iborat edi, xolos. Hozirgi vaqtda ayrim qo ‘ riqxonalarda j onivorlar va о‘simliklarning yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash va saqlab qolish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Respublikamiz hayotida qo‘riqxonalarning о‘mi juda kattadir. Ular ajoyib va betakror landshaftlarni saqlab qolmoqda. Masalan, Zarafshon qo‘riqxonasi to ‘qayzorlar, hayvonot olamining noyob vakillari - Buxoro kiyigi, Seversov qo‘yi yoki Qizilqum qo'yi, tog‘ echkisi, oq qoplon va boshqa yo‘qolib ketayotgan hayvonlami saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan.

O‘zbekiston hududida Chotqol biosfera qo‘riqxonasi mavjud. U 1995 yilda Jahon biosfera qo‘riqxonalari tizimigakiritilgan. Qo‘riqxona g'arbiy Tyan-shon tog'li ekotizimni saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Chotqol qo‘riqxonasi 1947 yilda tashkil qilingan va Toshkent viloyati hududida joylashgan.

Qo'riqxonalarimiz - tabiiy zahiralarimizning oltin fondi va kelgusi avlodlar uchun eng yaxshi sovg‘a desak ham bo‘ladi.

Qo'riqxonalar tartibiga qat’iy rioya qilish natijasida yildan-yilga ulardagi hayvonot olami boyib bormoqda. 0‘zbekiston tog‘larida Nurota yong‘oq-meva qo‘riqxonasi tashkil qilinguncha Qizilqum qo‘yi (Seversov qo‘yi)ning soni yuztaga ham yetmasdi, hozir esa ularning soni 1000 taga yetib qoldi.

20 yillar avval Amudaryo qirg‘oqlaridagi to‘qaylarda 100 dan ziyod Buxoro kiyigi yashab kelar edi. Beshta qo‘riqxona tashkil qilingach ushbu go’zal jonivorlar soni 1000 boshdan oshib ketdi.

1976-yilda Buxoro yaqinida jayronlarni ko‘paytirish va keyinchalik ularni Turkistonning barcha cho‘lli hududlari bo‘yicha tarqatish va shuningdek, ushbu hayvonlaming biologiyasini o‘rganish uchun maxsus qo‘riqxona tashkil qilingan edi. So‘nggi 15 yil ichidajayronlar soni 44 tadan 1000 tagacha yetdi.

Biz o’nlab qo‘riqxonalar, tabiiy milliy bog'lar tashkil qilmaylik, inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdon bilan yondashmasa barcha harakatlar behuda ketadi.

Tabiatni kelgusi avlodlar uchun tabiiy, buzilmagan holda saqlab qolish - bugungi kunning asosiy muammolaridan biridir.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi qonunga binoan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va foydalanish sohasida davlat boshqaruvni hukumat, joylarda davlat hokimiyati organlari hamda maxsus tayinlangan davlat organlari amalga oshiradilar.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasida davlat nazorati O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi va joylarda davlat hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yangi qonun qabul qilinishi bilan uni yangilash va takomillashtirish rejalashtirilgan. Respublikada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yahlit bir tizimdan iborat bo'ladi, u oxir-oqibatda bioxilma-xillikni uzoq vaqt saqlab qolishni ta'minlovchi uzluksiz ekologik turga aylanadi. "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi qonun qabul qilingandan so'ng ko'p sonli ob'ektlarga – o'rmon xo'jalik korxonalari va ovchilik xo'jaliklariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi beriladi. Biosferik davlat rezervati tushunchasini kiritish alohida ahamiyatga ega. Ularni tashkil etish tartib va rejimi bizning qonunchiligimizda birinchi bor ko'zda tutiladi va biosferik rezervatlar bo'yicha YuNESKO xujjatlari talablariga mos keladi. Xozirgi kunda Respublikamizda 9 qo'riqxona va 2 milliy bog' mavjud.

"Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga binoan qo'riqxonalar, milliy bog'lar bilan birga zakaznikalar ham mana shunday hududlarga kiradi. Bugungi kunda Respublikamizda 10 zakaznik mavjud. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tassarufida Hisor qo'riqxonasi faoliyat yuritmoqda. Qo'riqxona 1983-yilda, ikki mustaqil Miroki va Qizilsuv tog' qo'riqxonalarni birlashtirish natijasida tashkil qilingan. Hisor qo'riqxonasining umumiy maydoni 80986 gektarni tashkil etadi. U Hisor tizmasi shimoli-g'arbiy tarmoqlari tabiiy komplekslarining tipik uchastkalarini asl holida saqlab qolish, ulardagi tabiiy jarayonlarning borligini o'rganish va tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan. Hisor davlat qo'riqxonasining er maydoni 4 ta bo'limga ajratilgan:

G'ilon bo'limi – 18838 ga

Miraki bo'limi – 11821 ga

Tanhozdaryo bo'limi – 20233 ga

Qizilsuv bo'limi - 30094 ga

Qo'riqxonada o'rmonlarining aksariyati archadan iborat. Umuman olganda qo'riqxona hududidagi o'simliklar Markaziy Osiyo tog'lariga xos bo'lib, tarkibi bo'yicha turli-tumandir. Hisor qo'riqxonasi hududida o'simliklarning 870 dan ortiq turi o'rganilgan va ayrimlari endemik hisoblanadi. Qo'riqxona hududida Tubergen lolasi, ulug' lola, Bobrov astragali, O'zbekiston chinniguli, etmak, anzur piyozi, Zarafshon archasi va boshqalar bor. O'simliklarning 38 turi O'zbekiston "Qizil kitobiga” kiritilgan.

Hisor qo'riqxonasining hayvonot olami ham xilma-xildir. Qo'riqxonada 2 tur baliq, 19 tur sudralib yuruvchi va amfibiyalar, 103 tur qushlar, 28 tur sutemizuvchilar mavjud. Qushlardan burgut, boltayutar, mitti burgut, qumay, itolg'i; sutemizuvchilardan qor qoploni, Turkiston silovsini, qo'ng'ir ayiq va Markaziy Osiyo qunduzi "Qizil kitobga” kiritilgan. Qo'shtuoyoqlilardan to'ng'iz va Sibir tog' echkisi keng tarqalgan. Kaklik deyarli har qadamda uchraydi. Kemiruvchilardan qizil sug'ur va boshqalar o'tzorlardan boshpana topishgan va ularning asosiy "dushmani” - bo'ri va tulki ham mavjud. Qizilsuv bo'limidagi dengiz sathidan 4000 m dan yuqori bo'lgan "Osmon-talash” cho'qqisi eng baland nuqta hisoblanadi. Yodgorliklardan Tulkito'g'ay ota, Xo'jagul ota ziyoratgohlari, Amir Temur g'ori (uzunligi 670 metr), dinozavrlar izi, Bumni qapchig'ay, o'g'rini zindoni, Ho'kizburun, Suvtushar va Xo'jaqulbars sharsharalari mavjud. Hisor qo'riqxonasi YUNESKO Umumjahon tabiiy va madaniy meros ro'yhatiga kiritish uchun taqdim etilgan.

Qo'riqxona o'ziga xos ilmiy-tadqiqot muassasi bo'lib, uning xodimlari qo'riqxona hududida brakonerlik va tabiatga nisbatan boshqa qonunga xilof ishlar bajarilishining oldini olish yo'lida tinmay mehnat qilishmoqda. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tasarrufidagi "Jayron” Ekomarkazi 1977-yilda tashkil etilgan. U Buxoro shahridan janubiy-sharq tomon 40 kmga cho'zilib joylashgan. Maydoni 7135 ga bo'lib, ulardan 5145 ga to'r bilan chegaralangan. Ekomarkazning asosiy maqsadi nasli va turi yo'qolish arafasida turgan, Tabiatni Saqlash Xalqaro Ittifoqi (TSXI) Qizil Kitobiga kiritilgan jayron, buxoro qo'yi, burama shohli echki, morho`r va bizning hududlarda mutlaqo uchramaydigan Prejvalskiy otlar, qulonlarini saqlash, parvarishlash va ko'paytirish, hamda ularning biologiyasini o'rganishdan iborat.

Ekomarkazning ilmiy ma'lumotlariga ko'ra, bu yerdagi chegaralangan hududda 28 o'simlik oilasiga mansub 200 dan ziyod o'simlik turlari o'sadi. Yil davomida markaz hududida 257 turdagi qushlarni uchratish mumkin. Bu esa O'zbekiston ornitofaunasining 37 % tashkil etadi. Bu hududda sudraluvchilarning 21 turi, bundan tashqari 33 turdagi sut emizuvchi, 2 turdagi amfibiya va 15 turdagi baliqlar yashaydi. 2009-yil 3-oktyabr kuni bo'lgan hisoblar natijalariga ko'ra, Ekomarkaz hududida jayronlarning soni 902 (volerdagilar bilan), Prejvalskiy oti – 21, qulonlarning soni – 67 ga yetgan. Shuningdek, hozirgi kunda ekomarkazda ko'paytirilayotgan buxoro qo'yining soni 10 taga yetdi. Bundan tashqari 1 morxo`r yashamoqda. Morxo`r qo'ylarini sonini oshirish maqsadida o'tgan yili Termiz hayvonot bog'i bilan shartnoma tuzilib, 1 morxo`r vaqtinchalik saqlanishga Ekomarkazga keltirilgan.

Ekomarkaz kelajagi uning hududini kengaytirishga bog'liq. 01.01.2009-yil holatiga uning maydoni 7135 ga tashkil etgan. Lekin, 2009-yil fevral oyida "Jayron” Ekomarkazi hududiga 9369 ga er qo'shilgan. Eng muhimi «Jayron» Ekomarkazda kelajak avlod uchun butunlay yo'q bo'lib ketish xavfiga uchragan hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolishga muvoffiq bo'ldi va Markaziy Osiyoda noyob hayvonlarni qirilib ketishdan qutqarish markaziga aylandi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Biologiya darslik (11-sinf) “sharq” nashryot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent-2018, 177-b



2. O`zbekiston Respublikasi «Qizil Kitobi» II-jild (hayvonot olami) ”Chinor ENK”. –Toshkent. 2009, 8-b

3. O`zbekiston Respublikasi biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va harakat rejasi Toshkent-1998, 54b.
Download 14.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling